7. Olmani intensix navlarini parvarish qilish texnologiyasi
Pakana bo„yli meva daraxtlarini o„stirish texnologiyasi. O‗zbekistonda intensiv mevachilikni rivojlantirishga katta e‘tibor qaratilmokda. Intensiv mevachilikni tashkil etishda zamonaviy usullarini joriy qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini, shu jumladan, hosilni yig‗ib-terib olish va tovar mahsulotga ishlov berishni mexanizasiyalash va avtomatlashtirish, agrotexnika usullarini (shu jumladan, past bo‗yli payvandtaglarni) hamda o‗simliklarni kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilish, bog‗ hosildorligini oshiradigan boshqa usullarni qo‗llash yo‗li bilan hal qilinadi. Hozirgi sanoatlashtirilgan mevachilikda past bo‗yli payvandtaglarda o‗stirilgan va ayniqsa, kuchsiz va kuchli o‗sadigan payvandtaglarda shox-shabbasi yassi (yelpig‗ichsimon) shaklda qilib o‗stirilgan bog‗lar eng istiqbolli hisoblanadi. Intensiv bog‗lar ilg‗or agrotexnika usullarini (suv-oziq rejimi, mevali daraxtlarga maxsus shakl berish va butashni) hamda ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalashtirishni talab etadi.2010 yildan boshlab respublikamizda mevachilikka ixtisoslashgan ko‗pgina fermer xo‗jaliklarida intensiv bog‗lar barpo qilinmoqda. Respublikada birinchilardan bolib, Samarqand viloyatining tog‗ oldi lalmi sharoitida olma, gilos, shaftoli, orik kabi meva ekinlari ko‗chatlari intensiv bog‗larga ekildi va 2-3 yildan hosil bera
boshladi. Pakana olma ko‗chatlari Polsha, Ukraina, Belgiya, Serbiya kabi davlatlardan keltirilib ekildi
Intensiv bog„larning afzalliklari (ustunliklari):
- 2-3 yilda hosilga kiradi;
- 1 gektarida pakana bog‗larda tup soni 2375 - 3100 donani, yarim pakana
bog‗larda 1000-1250 donani tashkil etib, daraxtlarning balandligi 3,5-4 metrni
tashkil qiladi;
- Natijada mehnat unumdorligi yuqori bo‗lib, bir kishi bir kunda 1500 kg meva
teradi, oddiy bog‗da esa 300 kg;
- Ko‗chatlar kasalliklarga, zararkunandalarga, sovuqqa chidamliroq bo‗lib,
mevani shakli, rangi va ta‘mi jahon standart talablariga javob beradi.
Intensiv bog„lar barpo qilishda mevasining pishish muddati, ularni ishlatish
usullari (xo‗raki, qayta ishlanadigan, uzoq muddat saqlashga mo‗jallangan va h.k.)
hisobga olinadi va shundan kelib chiqib, kerakli navlar tanlanadi. Navlar
tanlangandan keyin, ular qaysi payvandtagda yuqoriroq iqtisodiy samara berishi va
yaxshi o‗sib rivojlanishi aniqlanadi. Bunda ekiladigan maydonni tuproq sharoiti
muhim rol o‗ynaydi: uning tarkibiy qismi, zichligi, yer osti suvi sathi va tarkibi
(sho‗r, chuchuk va h.k.)aniqlanadi. Bu omillar nav va payvandtagda bog‗liq bo‗lgan
holatda ko‗chatlarning yaxshi o‗sish va rivojlanishini ta‘minlaydigan bo‗lishi shart. Shuning uchun har bir bog‗ni turiga qarab, uni o‗sib rivojlanishini ta‘minlaydigan maydonni tanlash lozim. Shu bilan bir qatorda tanlanadigan maydonni tekisligi va nishabi, suv bilan ta‘minlanishi yaxshi bo‗lishi lozim. Bog‗ barpo qilinadigan maydon to‗g‗ri tanlansa, ekiladigan ko‗chatlarning o‗sishi va rivojlanishi me‘yorda bo‗lib, uning mahsuldorligi va iqtisodiy samaradorligi ko‗zlangan natijani beradi. Bog‗ barpo etiladigan maydon tekislanadi, lozim bo‗lsa, mukammal planirovka qilinadi. Ko„chat ekiladigan maydon bir yil oldin 50-60 sm chuqurlikda plantaj plug
bilan ag‗darib haydaladi. Bunday haydashdan maqsad, tuproqning uski qatlamidagi begona o‗tlar urug‗ zaxirasi 50-60 sm chuqurlikda tushadi va shu bilan maydonda begona o‗tlar miqdori ancha kamayadi. Natijada ekiladigan ko‗chatlar ildizi yaxshi rivojlanishi uchun yumshoq tuproq muhiti 4-5 yil davomida saqlanadi. Yumshoq tuproqda suv sig‗imi ham yuqori bo‗lib, tabiiy va sun‘iy namlikni yaxshi saqlaydi va bug‗lanishiga to‗sqinlik qiladi. Bu sharoitda tuproqdagi havo eroziyasi ham yaxshi kechadi va ayrim mikroorganizmlarning faoliyati yaxshilanishi hisobiga ularni hayot kechirish qatlami ortadi. Bularning hammasi ko‗chatlarning o‗sishi va rivojlanishiga
ijobiy ta‘sir qiladi. Rejalashdan avval ekiladigan bog„ni ekish sxemasi aniqlanadi. Bu o‗z
vaqtida nav, payvandtag turiga va ularni biologik xususiyatiga bog‗liq. Qator oralariga ishlov beradigan texnika va agregatlarni bemalol o‗tishini ta‘minlash zarur So‗ng maydonda joylashadigan qatorlar yo‗nalishi aniqlanadi. Shunga qarab mavjud rejalash usullaridan biri tanlanadi va shu asosda rejalashtiriladi.
Kvadrat usulida rejalashda - o‗zaro qarama-qarshi yo‗nalishdagi qatorlar birbiridan bir xil masofada joylashtiriladi. Daraxtlarning qator orasi va daraxtlar orasi
bir xil bo‗ladi. Bunday joylashtirish daraxtlarning qator orasiga har tomonlama ishlov
berish uchun qulaydir. To„g„ri burchak usulida rejalash- yuqoridagi usuldan farqi shundaki, bunda
qator orasidagi masofa, daraxt orasidagi masofadan ko‗proq bo‗ladi. Maydonni shakli cho‗ziq to‗g‗ri burchak shaklida bo‗ladi. Qator oralarini kengroq bo‗lishi mexanizasiyadan kengroq foydalanishga imkon beradi. Shu bilan bir vaqtda qatorlar asosiy shamol yo‗nalishidagi perpendikulyar qilib joylashtirilgan bo‗lsa, uning asosiy qismini shamol zararidan ham saqlaydi.
Shaxmatsimon usulda rejalash- bu usulda daraxtlar tomonlari bir xil bo‗lgan uch burchakni burchaklariga joylashtiriladi, yonidagi qatorlarda daraxtlar oldingi qatordagi daraxtni ro‗parasida emas, kvadrat va to‗g‗ri burchakli usul kabi, o‗rtasida joylashadi. Bu usulda ma‘lum maydonga ko‗chatlar soni ko‗proq ketadi, faqat agrotexnik tadbirlarni mexanizasiyalash murakkablashadi va bu usul asosiy qiyaliklarda tog‗ yon bag‗irlarida qo‗llaniladi. To„g„ri rejalangandan so„ng ko„chatlarni ekish uchun sifatli chuqurlar kovlanadi. Agar maydon avvaldan chuqur (50-60 sm) qilib haydalgan bo‗lsa, chuqurlar sayozroq qilib kovlansa ham bo‗ladi. Aks holda chuqurlar keng va chuqur qilib kovlanishi lozim. Yangi ekilgan ko‗chatlarning ildiz sistemasi dastlabki yillarda
juda aktiv o‗sadi va daraxtni aktiv o‗sishi va rivojlanishiga sharoit yaratib beradi. Kovlanadigan chuqurlarni eni 60-70 sm, shag‗alli yerlarda esa 80-100 sm ni, chuqurligi qo‗lda kovlansa ustki qismi 30-40 sm ni tashkil qilishi lozim. Tuproqni bir tomonga alohida qilib olib qo‗yiladi va ko‗chat ekishdan oldin tuproqni ustki qismi chuqur tagiga solinadi. Chuqurlarni hammasi tayyor bo‗lgach ekish boshlanadi.
Intensiv bog„ tashkil etishda payvand tagiga qarab, qo„yidagi sxemalarda ko„chatlar ekiladi: pakana payvandtag M-9 ga ulangan olma ko‗chatlari 3,5x2,5, 2,5x1 m, o‗rta o‗suvchi payvandtagda olma ko‗chati 3,5x3 m, o‗rta o‗suvchi olma ko‗chatlari 6x4 m, 6x5 m sxemalarda ekish tavsiya etiladi. Ekilgan ko‗chatlar birinchi yilning o‗zida parvarish qilish uchun temir-beton ustunlar o‗rnatilgan simbag‗azlarga bog‗lanadi. Ko„chatlarni ekish sxemasiga qarab, gektariga 325-400 dona temir-beton ustunlar, hosilli shoxlarni sinmasligi uchun diametri 2,5 mm li ruxlangan simdan 600 kg talab qilinadi. Sug„orish - tomchilatib amalga oshiriladi. Intensiv bog‗larda tomchilatib sug‗orish tizimi qo‗llanilganda - suv havzasi – elektr nasoslari-suv filtrlari-transport quvurlari - suv gidrantlari – bog‗ ichida polietelin quvurlar orqali sug‗orilib suv
tejaladi, oddiy bog‗da bir sug‗orish me‘yori 600 m 3 ni tashkil qilsa, intensiv bogda bu ko‗rsatkich 80 m 3 tashkil qiladi. Jami intensiv bog‗lar o‗suv davrida 15-18 martagacha sug‗oriladi va tomchilatib sug‗orish 60% suvni tejash imkonini beradi. Tomchilatib sug„orish tizimi orqali mevali daraxtlar mineral o‗g‗itlar bilan oziqlantiriladi. Maxsus konsentrat eritma dozatorlarda tayyorlanadi va polietelin quvurlar orqali mevali boqqa yetkaziladi. Tomchilatib sug‗orish bilan oziqlantirilganda yerning meliorativ holati buzilmaydi , tuproq eroziyaga uchramaydi va ekologik toza mahsulot olinadi. Intensiv bog„larda kasallik va zararkunandalarga qarshi Yevropa davlatlarida 18 marta kimyoviy ishlov berilsa, bizning issiq iqlim sharoitimizda jami 7 marta ishlov beriladi. Intensiv bog‗larda begona o‗tlar, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash choralari kompleks usulda – kuzgi, qishki va bahor – yozgi muddatlarda amalga
oshiriladi. Intensiv bog‗larda meva daraxtlariga maxsus shakl berish usullari qo‗llaniladi.
Hosil shoxlari simbag‗azlarga gorizontal holatda bog‗lanib shakl beriladi. Markaziy shoxdan o„sgan birinchi yarus shoxi ildiz bo‗g‗zidan 65-70 sm balandlikda qoldirilib, simbag‗azning birinchi simiga bog‗lanadi. Ikkinchi yarus shox undan 80-90 sm balandlikda shakllanadi va ikkinchi simga bog‗lanadi, uchinchi yarus shox ham shu balandlikda qoldirilib, uchinchi simga bog‗lanadi. Jami markaziy shox balandligi 3,5-4 m bo‗lib, undan sklet shoxlarning chiqish burchagi 45-60 gradusni tashkil etadi. Intensiv bog‗larda gektaridan 60-90 tonnagacha hosil olish imkoniyati mavjud bo‗lib, oddiy bog‗larda hosildorlik 10-20 tonnani tashkil qiladi. Meva daraxtlaridan yuqori hosil olish uchun boshqa tadbirlar qatorida mevali daraxtlarni past bo‗yli payvandtaglarda o‗stirish usuli ham qo‗llaniladi. Shoxshabbasi kichik hajmli bo‗lib, barvaqt hosil beradigan o‗simliklar past (pakana) bo‗yli deb ataladi. Past bo‗yli daraxtlar ikki guruhga bo‗linadi, tabiiy va sun‘iy past bo‗yli daraxtlar. Birinchi guruhga past bo„yliligi – irsiy xususiyat bo‗lgan meva daraxtlari kiradi. Bunga olmaning ba‘zi eski navlari Pepinka (Pepinka – Litovskaya, Turkman olmasi, Chulanovka va boshqalar) navlari, nokning Vilyams letniy, Lyubimisa Klappa va boshqalar, shuningdek seleksionerlar tomonidan yaratilgan navlar (shafran Kitayka olmasi, Tayejnoye, Plodorodnaya Michurina olchasi, Severnaya Michurina behisi) va boshqalar kiradi. O‗zbekistonda V.V.Kuznesov past bo‗yli olmaning Pervenes Samarkanda navini yaratgan. Sun‘iy past bo‗yli daraxtlar oddiy past bo‗yli daraxtlarning oziqlanishini cheklab qo‗yish yo‗li bilan hosil qilinadi. Daraxtlarning o‗sishini cheklaydigan bir nechta usullar bor: a) sekin o‗sadigan past bo‗yli payvandtaglarga payvand qilish; 202 b) tuvakda yoki bochkada o‗stirish, bunda tuproqning hajmi kam bo‗lishi va yetarli oziqlanmasligi natijasida daraxt sekin o‗sadi, masalan sitrus va manzarali o‗simliklarni xonada o‗stirish; v) daraxt hajmini qisqartirish maqsadida shox-shabbasini doimiy ravishda kesib turish shuningdek, shoxlarini bukib yoki burab qo‗yish yo‗li bilan shoxshabbasiga oziq moddalari yetib borishini cheklab qo‗yish;
g) shoxlarni egib qo‗yish; d) butoqlarni halqalash va boshqalar. Keyingi yillarda daraxtlarga maxsus moddalar - retardantlarni purkash yo‗li bilan ularning o‗sishini to‗xtatib turishning kimyoviy usuli ishlab chiqildi. Har xil navlarni buta yoki mayda daraxtchalar shaklida o‗sadigan va ildizlari sust rivojlangan past bo‗yli payvandtaglarga payvandlash usuli eng ko‗p tarqalgan.
Past bo‗yli payvandtaglardan pakana daraxtlar olish payvandtagning payvandustga ta‘sir ko‗rsatishi bilan bog‗liqdir. Meva daraxtlarni past bo‗yli payvandtaglarda o‗stirishning o‗ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari bor. Past bo‗yli daraxtlarning xarakterli xususiyati-ularning tashqi qiyofasining kichik bo‗lishidir. Oddiy va past bo‗yli payvandtaglarda ulangan daraxtlar dastlabki
yillarda deyarli bir xilda o‗sadi. Lekin, o‗sishdagi farq asta-sekin sezila boshlaydi va daraxtlar hosilga kira boshlashi bilan yaqqol ko‗rinadi. Past bo‗yli payvandtaglardagi daraxtlarga nisbatan ikki barobar kichikroq va shox-shabbasi ikki yarim barobar ingichkadir. Yarim pakana payvandtaglarda o‗stirilgan daraxtlar oraliq o‗rinni egallaydi. Ammo, daraxtlarning o‗sishi (pakana payvandaglarga payvandlangan daraxtlarning) payvandga ham kuchli darajada bog‗liqdir. Masalan, dusenga payvand qilingan 16 yoshli olma daraxtlari shox-shabbasining balandligi Kandil – Sinapda 5,2, Rozmarin belыy 5,5 m va Belflerda 3,8 m ga teng bo‗lgan.
Past bo‗yli daraxtlarning kichik bo‗lishi ularni parvarishlash, butash, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashishni va hosilni terib olishni osonlashtiradi. Lekin, erkin o‗stirilgan past bo‗yli daraxt bog‗larida qatorlar orasi yaqin bo‗lganligi uchun yerni mexanizasiya yordamida ishlashni qiyinlashtiradi. Past bo‗yli payvandtaglarda o‗stirilganda oddiy daraxtlarga nisbatan 4-5 yil, yarim pakana payvandtaglarda esa 2-3 yil ertaroq hosilga kiradi. Behiga payvandlangan nok ko‗chati o‗tqazilgandan keyin uchinchi - to‗rtinchi yilda hosilga kiradi. Olma bilan nokning to‗la hosilga kirishi kuchli o‗sadigan payvandtaglardagiga qaraganda 6-12 yil oldinroq boshlanadi. Barvaqt hosilga kirish past bo‗yli daraxtlarning muhim biologik xususiyati va xo‗jalik uchun qimmatli belgisidir. Past bo‗yli pavandtaglarda o‗stirilgan daraxtlarning yer usti qismlarida hujayra shirasining yuqori konsentrasiyasida bo‗lishi erta boshlanadi va bu hol ularning barvaqt hosilga kirishini ta‘minlaydi. Hosilga kirish esa o‗sishni cheklab qo‗yadi (past bo‗ylilik).
203 Bundan tashqari, barglarda to‗planadigan plastik moddalarning 60 % gacha hosil shakllanishga va qolgan qismi vegetativ organlarga sarflanadi Past bo‗yli daraxtlarni hosildorligi tez o‗sadigan daraxtlarnikidan past bo‗ladi. Ammo, past bo‗yli payvandtaglarda o‗stirilgan daraxtlar oddiy daraxtlarga qaraganda ancha qalin o‗tqazilgandan hamisha oddiy daraxtlarga qaraganda gektaridan ikki barobar va undan ham serhosil bo‗ladi. Past bo‗yli daraxtlarning meva berishida solkashlik hollari kam uchraydi, bu o‗suv jarayonlarning juda erta tugallanishiga va barglarning kech kuzgacha daraxtda saqlanib turishiga bog‗liq bo‗lsa, bu daraxtda oziq moddalarning ko‗p to‗planishiga yordam beradi. Meva daraxtlari sekin o‗sadigan payvandtaglarda o‗stirilganda, mevalarning sifati, ularning o‗rtacha bir tekisligi yaxshilanadi, shiradorligi ortadi, ularning ta‘mi va rangi yaxshilanadi. Shu bilan birga past bo‗yli payvandtaglarda o‗stirilgan olmazor bog‗larni tegishlicha parvarish qilinsa ular a‘lo sifatli tovar hosil beradi - terib olingan jami hosilning 90-95 % i standart mevalar, shu jumladan, 80 % birinchi nav mevalar bo‗ladi. Pakana meva daraxtlarning unchalik uzoq yashamasligi ko‗pincha, ularning
salbiy tomoni deb hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan qarash noto‗g‗ridir, chunki pakana meva daraxtlar o‗zining 25-30 yillik hayoti davrida 45-50 yil yashaydigan baland tanali meva daraxtlari beradigan miqdordagi hosilni beradi. Shu bilan birga pakana meva daraxtlaridan ekib barpo qilingan bog‗dorchilik eski navlarni birmunchaqimmatli yangi navlar bilan tezda almashtirish imkonini beradi.
O‗zbekistonda akademik R.R.Shreder past bo‗yli payvandtaglarga ulangan ko‗chat ekilgan bog‗larni ko‗paytirish tashabbuskori bo‗lgan, u 1909 yilda Toshkent atrofida 2 gektar yerga sekin o‗sadigan olma va nokzor barpo etgan. 1905 yilda Toshkent atrofidagi bog‗dorchilik xo‗jaliklarida Qrimdan keltirilgan past bo‗yli payvandtaglarga ulangan olma va nok daraxtlari yaxlit massivlar tarzida shuningdek, kuchli o‗sadigan daraxt qatorlarini to‗ldiruvchi (zichlashtiruvchi) ekinlar sifatida o‗tqaziladi va bu yerda ular juda yaxshi sifatli ko‗p hosil bera boshlagan. 1954 yilda ularning hammasini sovuq urib ketgan. Ko‗pchilik mamlakatlarda sekin o‗sadigan payvandtaglardan hamma joyda har xil foydalaniladi. U Angliya, Fransiya, Italiya, Gollandiya, Belgiya, Germaniya, va Ispaniyada eng keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda bu mamlakatlarda bog‗larning 72 %iga sekin o‗sadigan payvandtaglarga ulangan ko‗chatlar o‗tqazilgan. Keyingi yillarda AKShda urug‗ mevali bog‗larning 40-50 %i past bo‗yli payvandtaglarda o‗stirilmokda. Mamlakatimizda olma daraxti uchun sekin o‗sadigan payvandtag sifatida past bo‗yli olmaning ayrim tur xillardan foydalaniladi. Ularga dusen va paradizka yoki
jannat olmasi kiradi. 204 Dusen payvandlangan navni yarim pakana bo‗yli, paradizka esa pakana bo‗lib o‗sadigan qiladi. Ularning bir qator morfologik belgilari va biologik xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladigan bir nechta xillari bor. Past bo‗yli va o‗rtacha payvandtaglarning kelib chiqishi to‗g‗risida ko‗pgina turli fikrlar aytib o‗tilgan. Shubxasiz, ularning ko‗pi Kavkaz ortida va Markaziy Osiyoda yovvoyi holda o‗sadigan past bo‗yli olmaga taalluqlidir. Ularda Marga Hidzor nav olma (Armanistonda), Hamandulli (Gruziyada), dipchek olma (Ozarbayjonda), turkman olmasi (Bobarab va Hazorasp olmasi). Turkmaniston va Xorazmda shuningdek, V.I.Budagovskiy chiqargan bir qancha boshqa past bo‗yli olma navlari diqqatga sazovor bo‗lgan.
Dusen buta shaklida, kichik bo‗lib, bo‗yi 4-5 m keladi. Ildiz bachkilari chiqarmaydi, lekin ildiz bo‗g‗zidan ildiz yoki novdalar chiqaradi. Novda va shoxlari qoramtir, deyarli qora rangda bo‗lib, oq yasmiqchalar bilan qoplangan. Ekilgandan keyin 3-4 yilda hosilga kiradi. Mevalari mayda, tekis qizil bo‗ladi. O‗sishdan to‗xtagani uchun paradizkaga qaraganda sovuqqa ancha chidamli bo‗ladi va qishgacha uning novdalari yaxshi yetiladi Paradizka juda sekin o‗sadi va kamrok yashaydi. Buta, ildiz yon qismlaridan bachkilar chiqaradi. Novda va shoxlari ingichka och yashil yoki och jigar rangda bo‗lib, qizg‗ish tusda tovlanib turadi. Erta va mo‗l hosil berishi, mevalarning dusennikiga nisbatan ancha yirik va shirin bo‗lishi bilan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |