19. Limonni issiqxonalarda yetishtirish texnologiyasi
Ilmiy tadqiqot muassasalari va bir qator xoʼjaliklarning tajribalariga koʼra Oʼzbekistonning sugʼoriladigan tumanlarida oʼsuv daraxti davrining uzoq davom etishi hamda foydali temperatura yigʼindisining koʼp boʼlishi limondan muttasil moʼl va sifatli meva olishi imkonini beradi.
Limon sovuqqa unchalik chidamli emas, shu boisdan uni Oʼzbekiston sharoitida faqat transhiyalarda, issiqxonada faqat sunʼiy sharoit yaratib oʼstirish mumkin. Garchi limonni issiqxonada oʼstirish uchun koʼp xarajat talab qilinsa hamki, uni transheyada oʼstirilganda har tup daraxtdan oʼrta hisobda 200-250 tagacha meva olish mumkin boʼlgan holda, issiqxonada oʼstirilganidan 400-500 tadan limon yetishtiriladi.
Limondan muttasil moʼl hosil olish uchun talab qiladigan sharoitlardan biri oʼsish sharoitlarini nav talablariga mos keltirishdan iboratdir.
Nav sinash va ishlab chiqarish tajribalarning koʼrsatishicha, issiqxonalarda oʼstirish uchun limonning Meyer, «Pervenes Oʼzbekistona» va «Villi Frank» navlari juda mos keladi.
Yerni limon oʼtqazishga tayyorlash va oʼtkazish
Limon koʼchatlarini oʼtqazish uchun issiqxona tuprogʼi yaxshilab tekislanadi hamda 50-60 sm chuqurlikda ishlanishi lozim. Bunda gektariga 60-80 t chirigan goʼng, 600 kg superfosfat va 150 kg kaliyli oʼgitlar solinadi. Issiqxonada limon koʼchatlarini 3×4 m sxemasida oʼtqazish maʼqul. Koʼchat oʼtqazish joylari rejalangandan keyin 60 sm chuqurlikda oʼralar kovlanadi. Koʼchat oʼtqazish paytida har qaysi chuqurga yana 10-15 kg chirigan goʼng, 100-150 g superfosfat va 50 g dan kaliy oʼgʼitlari solinadi. Ildizlari yaxshi rivojlangan bir va ikki yillik limon koʼchatlarida 3- 4 tagacha birinchi tartib novdalar boʼlishi, tanasining yoʼgʼonligi 0,7-0,8 sm, ikki yilliklarida esa ikkinchi tartib novdalari va tanasining yoʼgʼonligi kamida 1 sm boʼlishi shart.
Kuzda limon koʼchati albatta ildizga ilashgan tuprogʼi bilan birga oʼtqaziladi, chunki aks holda koʼchatlarning bir qismi qurib qolishi mumkin. Oʼtqazish, shuningdek shox-shabbani qalinlashtiradigan ortiqcha novdalar, shuningdek shikastlangan ildizlari kesib tashlanadi.
Koʼchatlar chuqurlarga qoqilgan belgi qoziqlar boʼyicha oʼtqazish uchun ekish taxtalari yordamida ekiladi. Bunda koʼchatlarning ildiz boʼgʼzi tuproq yuzasidan 2sm yuqori boʼlishi shart. Koʼchat oʼtqazilgandan keyin har qaysi chuqurga bir chelakdan suv quyib tuprogʼi zichlanadi. Soʼngra har qaysi qatorning ikki tomonidan 25-30 sm qoldirib egat olib sugʼoriladi.
Sugʼorish 15-20 sm chuqurlikda olingan egatlar orqali oʼtqaziladi. Bunda suv tuproq 40-50 sm chuqurligigacha namiquncha jildiratib oqiziladi. Dastlab koʼchatlar bir-ikki kun oralatib sugʼoriladi, oʼsimliklar obdan tutib ketgandan keyin esa suv vaqti-vaqti bilan beriladi, ammo tuproq butun oʼsuv davri davomida nam holatda boʼlishi kerak. Uchinchi yili esa sugʼorish egatlari, oʼsimlikdan 50 sm uzoqlikda 30- 40 sm chuqurlikda olinadi.
Limonning yaxshi oʼsishi va hosil berishi uchun tuproqning optimal namligi DNS ga nisbatan 70-85 % boʼlishi kerak. Limon koʼchatlari tez- tez (mavsum mobaynida 25 martgacha) sugʼorib turilishi lozim. Sugʼorish soni ob-havo sharoiti va oʼsimliklarning holatiga bogʼliq boʼladi. Qumoq tuproqlarda limon oʼrta hisobda fevralda 1 marta, martda 2, aprelda va mayda 3 martadan, iyunda 4, iyul va avgustda 4-5 martadan, sentyabrda 3, oktyabrda 2, noyabrda 1-2 marta sugʼorlishi lozim. Shunda 5-6 martgacha goʼng sharbati oqiziladi. Yozning jazirama issiq kunlarida limon kechqurunlari va ertalab sugʼoriladi.
Har qaysi sugʼorishdan soʼng tuproq 10-15 sm chuqurlikda yumshatiladi. Oʼsimliklar hosilga kirgandan keyin tuproqni yumshatish, sugʼorish oralatib oʼtkaziladi.
Qish davrida qator oralari chuqur (25-30 sm) ishlanib, bir yoʼla chirigan goʼng va superfosfat solinadi. Undan keyingi ishlov berish sugʼorish yoki goʼng sharbati berish hamda mineral oʼgʼitlar bilan oziqlantirishga bogʼlab olib boriladi. Yerni ishlashda ehtiyot boʼlish kerak, chunki oʼsimlikning asosiy ildizi 15-25 sm chuqurlikda joylashgan boʼladi. Begona oʼtlar muntazam ravishda yulib olinishi va issiqxonadan chiqarib tashlanishi lozim, chunki ular bilan shira va boshqa zararkunandalarni chiqarib tashlangan boʼlishi mumkin. Limon koʼchati oʼtqazilgandan keyin ikkinchi yildan boshlab (tuproqqa kuzda ishlov berishda) goʼng va superfosfat solinadi. Bir, ikki va uch yillik koʼchatlarning har qaysisi ostiga 10 kg dan goʼng, 20 g dan fosfor va azot, 10 g dan kaliy (sof modda hisobida) solinadi, hosilga kirgan daraxtlariga esa 20-25 kg dan goʼng va 80-120 g dan fosfor va azot hamda 40-60 g dan kaliy beriladi (oʼsimliklarning yoshiga qarab solinadigan oʼgʼitlar miqdori oshirib beriladi).
Mineral oʼgʼitlar ishlatilishi
Mineral oʼgʼitlar ikki muddatda yarmi fevralda va qolgani mayning oxiri – iyunning boshlarida (tugunchalar paydo boʼlganda) solinadi. Shuningdek, limon goʼng sharbati bilan ham sugʼorib turiladi. Bunda birinchisi limon oʼsa boshlash oldidan, ikkinchisi gullash oldidan va yana 3chisi tugunchalari tugilgandan keyin hamda mevalarining oʼsish davrida 20-25 kun oralatib beriladi. Goʼng sharbati sigir, qoʼy va parranda goʼngidan (2:1:1 nisbatlarda) iborat boʼlib, ular ariq suvi bilan birga sugʼorish egatlariga oqiziladi. Yoz paytida oʼsimliklar goʼng sharbati bilan kechqurun va ertalabki soatlarda sugʼoriladi. Limondan muttasil moʼl hosil olish uchun daraxtlarni meʼyorida oziqlantirish, oʼsish va rivojlanishini taʼminlash uchun kifoya qilmaydi. Buning uchun shox-shabbasini doimo parvarish qilib turish kerak boʼladi. Bunda uning oʼsishi tartibga solinadi va meva qilishi uchun zarur boʼlgan novdalari daraxtning yoshiga qarab siyraklatiladi, chilpib, butab turiladi.
Issiqxonadagi limon novdalari fevral oxiri yoki mart oyi boshlarida oʼsa boshlaydi. Bu ob-havo sharoitiga, oʼsimlikning yoshi, meva qilish darajasi va boshqa omillarga bogʼliq. Lekin, ayni shu davrida havoning oʼrtacha kunlik harorati 12°C, tuproq harorati esa 9°C boʼlishi kerak.
Vegetatsiya davri mobaynida yosh limon daraxtlari beshtagacha bachki novdalari chiqaradi lekin, ular sovuq tushgunga qadar oʼsishini tugalay olmaydi. Shu boisdan, oxirgi chiqargan bachki novdalar kesib tashlanishi kerak, fevralning ikkinchi oʼn kunligida shona paydo boʼladi. Havoning oʼrtacha kunlik harorati 18,3-21 °C, tuproqniki esa 14,5-17 °C boʼlganda oʼsimliklar 25-28 kun davomida shonalaydi. Havoning oʼrtacha kunlik harorati 20,5-21,2 va tuproqniki 17-17,9 °C boʼlganda martning oʼrtalari aprel boshlarida gul koʼrsatdi. Mart oyi oxirida qiygʼos gullab aprel boshida tugallanadi.
Аprelning oxiri-mayning boshlarida havoning oʼrtacha kunlik harorati 22 °C ga yetganda oʼsimlik meva tugish fazasiga kirib, uni iyunning birinchi oʼn kunligida (harorat 25,4 °C boʼlganda) tugallaydi. Limon daraxti rivojlana boshlaganda vegetatsiya davri davomida vaqti – vaqti bilan uchidan oʼsadigan novdalar hosil qiladi. Dastlabki yilning oxirida qulay sharoitda novdada birin- ketin beshtagacha bachki paydo boʼladi, boʼlarning farqi kuzga tashlanib turadi. Birinchi bachki, ikkinchisi va undan keyingilaridan sustroq boʼlib barglarining uzoq turishi bilan farq qiladi.
Keyinchalik, daraxtning oʼsish va rivojlanish davomida, shakl berish maqsadida oʼtqazilgan birinchi va undan keyingi butashlardan soʼng birin-ketin yuqorisidan shoxlana boshlaydi, ularning soni asta-sekin koʼpayadi. Meva paydo boʼlishi jihatidan toʼrtinchi tartib shoxlanish oʼtkinchi hisoblanib, eng yuqori tartib novdalar asosan meva beradigan shoxlarga aylanadi.
Hosilga kirgan yosh limon daraxtlarida asosiy meva hosili oʼtgan yilgi shoxlarda (65,9 %) va bir qism mevalar shu yilgi shoxlarda (28,4%) boʼladi, mevalar asosan oʼtgan yilning bahorda oʼsib chiqqan novdalarda hosil boʼladi.
Limon daraxti hosilga kirgunga qadar ikki yillik shoxlar tabaqalanib meva va oʼsuv shoxlariga aylanadi. Hosil shoxlardan oʼsgan ikkinchi tartib novdalarning barg qoʼltiklarida gul koʼrtaklari boʼlishi mumkin, lekin ularning koʼpchiligi shonaga aylangunga qadar toʼkilib ketadi va bir ozgina gʼoʼra hosil qiladi. Oʼtgan yilgi meva shoxlardan oʼsgan ikkilamchi novdalar esa koʼp gullaydi va yaxshi meva hosil qiladi.
Rivojlanish davrlarini oʼtab boʼlgan hosil shoxlari quriydi, ularning asoslarida esa, shu vaqtga kelib oʼsuv novdalar paydo boʼladi. Ularni chilpib va butab ikkinchi yili meva shoxlariga aylantiriladi va soʼngra ular ikki oʼsuv novdali shoxlarga oʼxshatib rivojlantiriladi. Oʼsimliklar oʼtqazilgandan keyin dastlabki ikki yilda toʼgʼri shakldagi shox-shabbaning asosiy shoxlarini vujudga keltirish muhimdir. Koʼpincha tanasi 10-15 sm li va 3-4 ta birinchi tartib, baʼzan esa hatto ikkinchi tartib shoxli bir yillik koʼchatlar oʼtqaziladi. Koʼchatlarni oʼtqazish oldindan ularning birinchi tartib shoxlarini 18-20 sm qoldirib (albatta yon koʼrtaklari ustidan) kesib tashlanadi, shakllangan ikkinchi tartib novdalar oʼsib 2530 sm ga yetganda uchlari 2-3 ta barglari bilan chilpiladi. Uchinchi va toʼrtinchi tartib shoxlarga ham shu tartibda shakl beriladi. Koʼchatlar doimiy joyga oʼtqazilgandan keyin ikkinchi yilda toʼla shakllangan oʼsimlik tuplariga ega boʼlinib, bularning shox- shabbasida toʼrtinchi va beshinchi tartib shoxlar boʼladi. Bu esa daraxtning hosilga kirish uchun imkon beradi.
Limon daraxtiga shakl berish
Limon daraxtiga keng oval shaklni berish uchun, shu yilgi yosh novdalar va ancha eski shoxlar kesib tashlanadi. Oʼsuvchi novdalarni chilpish va ularni qisqartirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari shox-shabbaning ichida boʼladigan koʼk bachki novdalar kesib tashlanadi. Shox-shabbaning qalinlashib ketmasligi uchun har qaysi oldingi shoxda koʼpi bilan ikkita, eng kuchli shoxlarda esa uchtagacha novda qoldirishga ahamiyat berish kerak.
Meyer nav limonida ikkinchi oʼsuv novdalarining koʼpi qisqartirilgancha qoladi va ular meva novdalarga aylantiriladi. Bu novdalarning zaiflarini kesib tashlash, qolganlarini esa chilpimay qoldirish kerak, chunki ular ikkinchi va undan keyingi hosil qiladi.
Qolgan ikkinchi va undan keyingi oʼsuv novdalari butalaydi va shunday uzunlikda novdalar paydo boʼlishiga qarab chilpiladi.
Mevalar terib olinganidan keyin qishda oʼsimlik oʼsa boshlashiga qadar asosiy butash ishlari oʼtqaziladi. Daraxtlardagi shoxlarning quriy boshlagan va shikastlangan qismi, shuningdek shox-shabbaning ichidagi eski shoxlarda paydo boʼladigan zaif novdalar kesib tashlanadi. Meva qilib boʼlgan shoxlar oldingi meva qilgan joyining pastrogʼidan kesiladi.
Issiqxonadagi limon daraxtlari koʼpincha yumshoq qurt, qalqondor, giyoh biti (shira) va kanalardan zararlanadi. Qalqondorni yuqotish uchun oʼsimliklar zalonning 0,3 % li eritmasi bilan (5-6 kun oralatib 2 marta) yaxshilab purkaladi.
Qalqondorning axlati (eksrementi) ga zamburugʼ tushadi. Bu kuya barglardan yuvilmaydi. Uni yoʼqotish uchun barglarga qoʼshimcha ravishda 1 % li bordos yoki 0,2% li Keltan eritmasi sepiladi. Oʼsimliklar gommoz (tanadan yelim oqishi) bilan kasallanganda u boshlangan paytidayoq va yogʼochlikning zararlangan qismi to sogʼlom qavatigacha kesib olinadi. Shundan keyin tozalangan joy 3% li mis koʼporosi (tutiyo eritmasi) bilan dezinfeksiya qilinadi va bogʼ qaynatmasi (bogʼ mumi) surtib qoʼyiladi. Bunday qaynatma tayyorlash uchun konifol va asalari mumini (2:1) oz miqdorda mol yogʼi qoʼshib qizdiriladi.
Daraxt tanasining hamma aylanmasi gommoz bilan zararlanganda, uni ildizi bilan kovlab olib kuydirib tashlanadi, tuproq esa formalinning 1 % li eritmasi bilan dezinfeksiyalanadi.
Limondan muttasil moʼl hosil olish shartlaridan biri oʼsish sharoitlarini nav talablariga mos keltirishdan iboratdir.
Yerni limon oʼtqazishga tayyorlash va oʼtqazish
Limon koʼchatlarini oʼtqazish uchun tepletsa va transhiya tuprogʼi yaxshilab tekislanishi hamda 50 – 60 sm chuqurlikda ishlatilishi lozim. Bunda gektariga 60-80 m chirigan goʼng, 600 kg superfosfat va 150 kg kaliyli oʼgʼitlar solinadi.
Issiqxonada limon koʼchatlarini 3×4 sxemada oʼtqazish maʼqul koʼriladi. Transhiyada har 1 qatordagi oʼsimliklar 3 m oraliqda joylanadi. Koʼchat oʼtqazish joylari rejalangandan keyin 60 sm chuqurlikda chuqurlar qaziladi. Koʼchat oʼtqazish paytida har qaysi chuqurga yana 10 – 15 kg chirigan goʼng, 100 – 150 g superfosfat va 50 g dan kaliyli oʼgʼit solinadi.
Ildizlari yaxshi rivojlangan bir va ikki yillik limon koʼchatlari bahorda (martda) yoki kuzda (oktabrda) oʼtqaziladi. Bir yillik koʼchatlarida 3 – 4 tagacha birinchi tartib novdalar boʼlishi tanasining yoʼgʼonligi 0,7 – 0,8 sm ikki yilliklarida esa ikkinchi tartib novdalari va tanasining yoʼgʼonligi kamida 1 sm boʼlishi shart.
Kuzda limon koʼchati albatta ildizga ilashgan tuprogʼi bilan birga oʼtqaziladi, chunki aks holda koʼchatlarining bir qismi qurib qolishi mumkin.
Oʼtqazish oldidan bogʼ qaychi yoki oʼtkir pichoq bilan shoxlarining uchidan bir qismi, shuningdek shox – shabbani qalinlashtiradigan ortiqcha novdalar, shuningdek shikastlangan ildizlari kesib tashlanadi.
Koʼchatlar chuqurlarga qoqilgan nazorat qoziqchalar boʼyicha oʼtqazish taxtalari yordamida ekiladi. Bunda koʼchatlarning ildiz boʼgʼzi tuproq yuzasidan 2 3 sm yuqori boʼlishi shart. Koʼchat oʼtqazilgandan keyin har qaysi chuqurga bir chelakdan suv quyib tuprogʼi zichlanadi. Soʼngra har qaysi qatorning ikki tomonidan 25 – 30 sm qochirib egat ochib sugʼoriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |