"Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi" yo'nalishi 3-"b" guruhi talabasi Hakimov Shaxboz
MAVZU: Qadimgi Rim ideologiyasi .Xristian ideologiyasining vujudga kelishi
Reja:
1.Qadimgi Rim haqida.
2.Xristianlikning vujudga kelishi ijtimoiy-tarixiy asoslari.
3.Xristianlik ta’limoti.
4.Xristianlikdagi oqimlar.
Qadimgi Rim — qadimgi davlat. Rivoyatga koʻra, Rim shahriga aka-uka Romul va Rem tomonidan mil. av. 754-753-yillarda asos solingan. Rivoyatlarda VIII-VI-asrlarda hukmronlik qilgan 7 podshoh qayd etilgan. Soʻnggi podshoh Tarkviniy Takabbur quvilgach, respublika tuzumi oʻrnatilgan (mil. av. 510-509 y.). Mil. av. III asr oʻrtalariga kelib, butun Italiya hududini tobe etgan Rim yirik davlatga aylangan. U Oʻrta dengiz havzasida gegemon boʻlishga intilgan, bu Rimni Karfagen bilan toʻqnashuviga sabab boʻlgan. Puni urushlaridan soʻng mil. av. 146 y. Karfagen ustidan gʻalaba qozongan R., Oʻrta dengiz havzasining eng yirik davlatiga aylangan. Yirik yer egaligi va qulchilikning rivojlanishi dehqonlar ommasini xonavayron boʻlishiga, qishloq kambagʻallari, qullar qoʻzgʻolonining avj olishiga (Spartak qoʻzgʻoloni) sabab boʻlgan; Rim sh. koʻchalarida fuqarolar urushi boshlanib ketish xavfi tugʻilgan. R.ning ijtimoiy-siyosiy hayotida mil. av. 1-a.da armiya va uning yoʻlboshchilari (L. K. Sulla, G. Mariy, G. Pompei va b.) katta rol oʻynay boshlaganlar. 49—45 y.lardagi fuqarolar urushi davrida Sezar davlatning mutlaq hukmdoriga aylangan; 44 y. respublika tarafdorlarining fitnasi natijasida Sezar oʻldirilgan. Fuqarolar urushining yangi davri Oktavian gʻalabasi bilan tugagan. U mil. av. 27 y. senatdan Avgust unvonini olgan. Avgust hukmronligi davridan boshlab R. imperiyaga aylangan. Mil.avv. II asrda Trayan davrida imperiya sarhadlari oʻzining yuqori choʻqqisiga yetgan. Bosib olingan yerlarda mahalliy aholining qoʻzgʻolonlari, ayni vaqtda varvarlarning mamlakat xududiga bostirib kirishlari bir qancha provinsiyalarni mustaqil boʻlib ajralib chiqishiga va imperiyani Sharqiy va Gʻarbiy qismlarga boʻlinib ketishiga (395) olib kelgan. 476 y. german yollanma askarlari sardori Odoakr Gʻarbiy Rim imperiyasining soʻnggi imperatori Romul Avgustulni taxtdan agʻdargan. Sharqiy Rim imperiyasi Vizantiya nomi bilan yana 1000 y.ga yaqin mavjud boʻlgan.
Tarbiya va maorif . Qadimgi davrlarda bolalar oilada tarbiyalangan. Mil. av. V asrda ibtidoiy maktablar vujudga kelgan. Bolalar maktabga 7 yoshdan qabul qilinib, 4—5 y. oʻqitilgan. Uyda va maktabda lotin, yunon tillari, yozish, oʻqish, hisob oʻrganilgan. Bolalar dastlab xonadonlarda oʻqituvchi yollab oʻqitilgan, keyinchalik maktablarda taʼlim berishning yangi tizimi shakllandi. Mil. av. 2-a. ning 60-y.larida grammatika, ritorika maktablari vujudga keldi. Mil. 1-a. da qizlar uchun grammatika maktablari tashkil topdi. Ritorika maktablarida 13—19 yoshdagi bolalar oʻqitildi. Bu maktablar, asosan, notiqlik sanʼatini oʻrgatar edi. Maktablarda HUQoʻQ, falsafa, tarix, sheʼriyatdan taʼlim berilar edi. 2-a.dan huquqshunoslik guruhlari tashkil topdi. Imperator Mark Avreliy davrida (2-a.) Afinada oliy maktablar tashkil etildi. Bunday maktablar keyinchalik Rimning gʻarbiy viloyatlarida ham vujudga keddi. Respublika davrida taʼlim xususiy tarzda olib borildi, unga davlat aralashmadi, biroq imperiya davrida u nazorat ostiga olindi. Oʻqituvchilar davlat xizmatchilari boʻlib, maosh oladigan boʻldilar. 362 y.dan boshlab oʻqituvchilarni imperator tasdikladi. Madaniyati. R. shahardavlatdan yirik Oʻrta dengiz davlatiga aylanguncha murakkab taraqqiyot bosqichlarini bosib oʻtdi. Afina, Iskandariya, Pergam va b. yunon ilmiy va madaniy markazlar ham shu davlat tarkibiga kirib, etrusk, yunon, shuningdek, ellinizm davri madaniyatlari taʼsirida boyidi. Din va mifologiya. Kds. rimliklar juda koʻp xudolarga eʼtiqod qilganlar, turli narsalarning , Mas, buloq, oʻrmon, daraxt, joylarning va ekinlarning ilohiy homiysi — maʼbudasi mavjud deb ishonganlar. Bu maʼbuda va homiylar dastlab qiyofasiz, keyinchalik etrusk va yunon dinlari taʼsirida inson qiyofasida tasvir etilgan. Ularga qurbonlik qilib turilgan (Mas, hosilni oshirishni soʻrab sigir qurbonlik qilingan). Ibtidoiy dinlarga eʼtiqod qilgan kishilar chakalakzor, togʻ, maydonlarda ibodat qilganlar (shu yerlarda mehroblar ishlangan). Ibodatxonalar qurish odati rimliklarga etrusklardan oʻtgan. Mars (dastlab dala va hosil xudosi, keyinchalik — urush xudosi), Diana (yunonLarda — Artemida; ov maʼbudasi), Venera (bogʻ, hosildorlik maʼbudasi, keyinchalik — Afrodita — muhabbat va goʻzallik maʼbudasi), Fortuna (kismet maʼbudasi), Feroniya (yer maʼbudasi) kabi xudo (maʼbuda)larga umumitalyan xalqlarining xudolari deb karalgan. Ayrim xudolarga maʼlum tabaqalar, maʼlum kasb egalari koʻproq eʼtiqod bilan qaraganlar. Mac, chavandozlar Neptunga, savdogarlar Merkuriyga, qullar Dianaga koʻproq eʼtiqod qilishgan. Yunon madaniyati taʼsirida koʻpgina diniy urfodatlar tarqalgan. Mil. av. 3-a.da yer osti xudolari sharafiga har 100 y.da bir marta oʻyinlar, har yili esa ekin xudosi Saturn sharafiga dala ishlari tugagandan soʻng dekabrda bayram oʻtkazilgan. Mil. av. 2-a. oxiri — 1-a.larda Isida (qad. misrliklarning hosildorlik va onalik maʼbudasi), Osiris (kad. misrliklarning oʻsimlik, oy, Nil suvlari xudosi, shuningdek, narigi dunyoning podshosi deb ham eʼtiqod qilingan) kabi Sharq maʼbudalariga ham eʼtiqod qilina boshlandi. Mil. av. 1—mil. 1-a.lardan hukmronlik qilayotgan va ilohiylashtirilgan marhum imperatorlarga sigʻinish joriy qilindi. Qullar va kambagʻallar rasmiy xudolardan tashqari koʻproq mehnat axli rahnamosi deb bilgan Pan (choʻponlar homiysi, chorvachilik xudosi), Silvan (oʻrmon, dala xudosi) kabi xudolarga ibodat qilishardi. Asta-sekin Sharq xudolariga eʼtiqod va ishonch kuchaydi. Shu tarzda R. dinlari tushkunlikka uchrab, 4-a. oxirlarida imperator Feodosii 1, turli maʼjusiy urfodatlarni man qildi, shu bilan R. dinlari barham berdi.
Falsafasi. Ellinizm davri Yunoniston falsafasi taʼsirida rivoj topdi. R. falsafasining ilk davri polis mafkurasining inqirozi bilan bogʻliq boʻlib, bu paytlarda tafakkur din va mifologiyadan xalos boʻldi (mil. av. 3—1-a.lar). Kar Lukretsiy (mil. av. 99 —55)ning "Narsalarning tabiati haqida" poemasida Epikur (mil. av. 342— 270) taʼlimotini yokladi, atomistik materializmni sheʼriy shaklda tavsifladi, mayda zarralar — atomlardan tashkil topgan olam hamisha harakatda deb taʼkidladi, uning bu asari materializm rivojida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Imperiya vujudga kelgan davr (mil. av. 1-a. — mil. 1-a.)da imperiya va imperator shaxsiyati ilohiylashtiriddi, 4— 5-a. faylasuflari Platon va Aristotel asarlarini tashviq qildilar.
Tabiiy — ilmiy qarashlar. R. respublikasi davrining lotin ilmiy adabiyoti yodgorliklari juda ham kam. Mil.av. 1-a.da Aristotel asarlariga sharxlar yaratilgan. 1-a. oxirlarida astronomiya va matematikaga qiziqish ortgan. Ptolemeyning mashhur "Almagest" asarida (2-a.) olamning geotsentrik sistemasi bayon etildi. Sharkda astrologiya keng tarqalgan. Diafantning "Arifmetika" (taxm. 3-a.), 3—4-a.larda Papp Aleksandriyskiyning "Matematika toʻplami" asarlari mashhur boʻlgan. Ilmiytexnika adabiyotlari, asosan, q.x., veterinariya, harbiy texnikaga bagishlandi. Mil. av. 1-a. oxirida Vitruviyning "Arxitektura haqida 10 kitob" asari shuhrat qozondi. Harbiy texnika sohasidagi boy tajriba: lager va qalʼalar qurish masalalari adabiyotlarda yoritildi. Tibbiyot bilan bogʻliq ravishda botanika rivoj topdi. Dioskoridning 600 dorivor oʻsimlik haqidagi bayoni oʻrta asrlarda ham keng foydalaniddi. Vrach, anatom, fiziolog Galen butun Yevropada tibbiyot rivojida katta rol oʻynadi. Ilmiy adabiyotlar qiziqarli qilib badiiy yozilganligi bilan ham diqqatga sazovor. R. davlatining hududiy oʻsishi mil. av. 3—1-a.larda geogr. bilimlari taraqqiyotiga imkon berdi. Imperator Avgust davrida jahonning katta geografik haritasi ishlandi. Mil. av. 37-yilda jamoat kutubxonasi tashkil qilindi, imperiyaning oxirgi asrida ularning soni 28 taga yetdi.
Xristianlikning vujudga kеlishi. Xristianlik dini buddaviylik va islom dinlari qatorida jahon dini hisoblanadi. Bu din o`ziga e'tiqod qiluvchilarning soni jihatidan jahon dinlari orasida eng yirigi hisoblanadi. Unga e'tiqod qiluvchilarning soni 1 mlrd. 600 mln. bo`lib, bu son dunyo aholisining dеyarli uchdan biriga to`g`ri kеladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |