1. Qadimgi misrda o'qitish maskani maktablar juda erta joriy qlingan. Maktablarda firavnlar,ayollar, amaldorlar,koxinlar



Download 335 Kb.
Sana21.02.2022
Hajmi335 Kb.
#461577
Bog'liq
11 23 p9


1-topshiriq
1. Qadimgi misrda o'qitish maskani maktablar juda erta joriy
qlingan. Maktablarda firavnlar,ayollar, amaldorlar,koxinlar,
imkoniyati bo'lgan kishilar, O'qishga xavasmand bolalar
ham o'qigan. Bolalar maktabda xarf orgatish va savod
chiqarish bilan shug'ullanganlar.
O'rta va oliy maktablar ham bolgan.
Maktablarda tajribali o'qituvchilar diniy va dunyoviy
bilimlarni malematika, geometriya, astronomiya, tarix,
adabiyot, bibbiyot va boshqa tabbiy fanlarni o'qitganlar.
Misr yozuvida 1,10,100,10000,100000 sonlarini bildliruvchi
alohida belgilar bo'lgan. Barmoq, kaft, tirsak va qarichlar
o'ziga xos uzunlik o'lchovi birligini tashkil etgan.
Astronomiya sohasida ham katta
Yutuqlarga erishganlar. Misr astronomlari
dunyoda birinchi bo'lib aloxida taqvim tuzganlar.
Qum va suv soatlari ham dostab Misrda kasht etilgan.
Miloddan avvalgi IV ming yillikdayoq birinchi
tibby shifoxonalar barpo etilgan. Bemorlami
Davolashda shifobaxsh o'simliklar va xayvonot
maxsulotlaridan keng foydalanganlar.etiqot va din misr tarixining barcha davrlarida hayvonlarga tabiat hodisalarga ota-bobolar ruhiga eʼtiqod qilish keng tarqalgan.
Qadimgi mesopatamiya madaniyati . Mesopatamiyadagi katta yutuqlardan biri bu yozuvning ixtiro qilinishi edi ilk yozuv miloddan avvalgi 4-ming yillikda janubiy mesopatamiyada kashf qilingan bu yerda koʻchib kelgan shumerlar ham ushbu yozuvni qabul qilganlar u suratli yozuv boʻlib suratli rasm orqali ifoda etilgan bu fanda yurugʻlik deb nomlangan masalan qush soʻzi qushning tasviri bilan suv soʻzi uch qator toʻlqinsimon chiziq bilan ifodalangan yozuv bilan hamma soʻzlarni ham ifoda qilib bolmagan uning cheklanganligi sababli bu yozuv takomillashtirilib borilgan.
2. O‘rta Osiyo arablar tomonidan istilo qiliganidan bir asr keyin yangi madaniyat shakllana boshladi, uning gullab-yashnashi IX-XII asrlarga to‘g‘ri keldi.
Butun sharqda bo‘lgani kabi Movaraunnahrda ham ilm-fan va ma’rifat sohasida o‘z xizmatlari bilan dunyoga mashhur bo‘lgan faylasuf va munajjimlar, matematika, fizika, tibiiyot, tarix, til va adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar etishib chiqdilar.
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy . Xorazmda tug‘ilgan, shu erda o‘sgan. U IX asr boshlarida mashhur olim sifatida taniladi. Al-Xorazmiyning ilmiy asrlari: 1) «Al-jabr val-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob» («Al kitob al muxtasarfi hisob aljabr va muqobala») asarida sonli kvadrat va chiziqli tenglamalar, ularni echish yo‘llarini bayon etadi.
Ahmad al-Farg‘oniy . G'arbda Alfraganus nomi bilan, SHarqda esa Hosib-hisobchi nomi bilan mashhurdir. Uning asarlari (XII-XIII asr) Evropada tarjima qilinishi tufayli u «Birinchi arab astronomi» nomini oldi. Uning «Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob», «astronomiya negizlari» asari bor.

Abu Nasr Forobiy-«ikkinchi ustoz» («muallimi soniy»). Aristoteldan keyin jahon ilmida ikkinchi ustoz deb tan olingan. U o‘z davri jahon ilmi yutuqlariga tayanib, birinchi va mukammal ilmdar turlanishini yaratadi va bu haqda ko‘plab asarlar yozadi. 160 ga yaqin asari bor.


Abu Rayhon Beruniy uning «Hindiston», «Geodeziya», «Minprologiya», «Yodgorliklar» kabi asarlari bor. Beruniy Xorazmda «Ma’mun akademiyasi» ga rahbarlik qilgan. Beruniy o‘zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorlik» asarida: «Ma’lumki, har bir murakkab narsaning sodda bo‘laklari bor, murakkablik shular yig‘indisidan kelib chiqadi» deb takidlagan.
Abu Ali ibn Sino (980-1087):-jahon madaniyatiga katta hissa qo‘shgan qomuschi olim. Avitsenna tufayli Fransiya g‘arb Aristotel asarlarini o‘rgandi. 450 dan ortiq asar qoldirgan. «Tib qonunlari» o‘sha davrda tezda lotin tiliga tarjima qilinib, Evropa, qator SHarq mamlakakatlarida darslik bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. «Najot kitobi», «Donishmandlik kitobi», «Ishorat va tanbeh» asarlari muhim ahamiyatga ega.

YUsuf Xos Hojib (XI asr): turk dunyosidagi milliy uyg‘onish davrining eng mutafakkirlaridan biri. U Qoraxoniylar davrida yashab ijod qildi. Uning «Qutadg‘u bilig» («Baxt-saodatga erishtiruvchi bilim») asari turkiy xalqlarning qadimgi ta’lim va tarbiya usullarihaqida ilk ma’lumotlarni saqlagan. U insonni ulug‘laydi. Uning fikricha, insonning ulug‘ligi aql-idroki, so‘zlash qobilyati bilimi, uquvi, hunarga egaligidadir. Adib uquv va bilimni farqlaydi: uquv tug‘ma ravishda inson ruhiyatida mavjuddir, bilim esa o‘qish-o‘rganish va mehnat tufayli egallanadi. Agar ularning har ikkisi birlashsa, insonning qadri ortadi.4

XI asrda yaratilgan YUsuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asari turkiy halqlarning milliy istiqlol bilan aloqador. U mustaqil qoraxoniylar davlatining tashkil topishi bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan. Undagi asosiy g‘oya el-yurtning birligidir. Faqat shundagina milliy mustaqillik saqlanishi, taraqqiy qilishi mumkin deb hisoblanadi.
YUsuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarida o‘zining axloqiy qarashlarini, ya’ni ijtimoiy munosabatlar, jamiyat a’zolarining barcha toifalari, tabaqalari o‘rtasidagi axloqiy munosabatlani amalyotga tayangan holda yoritadi. Bu xulq-odob qoidalari, talab va vazifalari butun asr davomida qahramonlarning o‘zaro munosabatlari, munozaralari asosida ifodalanadi. Asar qahramonlariga xos fazilatlar: shirinso‘zlik, tavoze, hurmat va ehtirom, aql, zakovat kabi fazilatlar o‘zaro munosabatlar vositasida zohir bo‘ladi. Olim barcha ezguliklarning bosh tili uning odobida deb ko‘rsatib, uning foyda va zararlarini badiiy uqtiradi. Kishi 2 narsa bilan hayotda mangu qoladi: biri xushxulqlik bo‘lsa, ikkinchisi yaxshi so‘z, deydi alloma. Kumush va oltin tugaydi, ammo so‘z muomalaga kritilsa, oltin va kumushdan ham qimmatliroq bo‘lib qoladi. «Oz so‘zlash, lekin ko‘p tinglash kerak». «Hech kim so‘zlab olim yoki donno bo‘lmagan» «Qizil til qor boshning yovi», «Avval o‘ylab keyin so‘zlash kerak» kabi o‘gitlar hech qachon o‘z qadrini yo‘qotmaydi. Bu o‘gitlarga amal qiluvchi kishilar kamolot yo‘ligi kirishi aniq. Zero, zehn ko‘rki - so‘z deb bejiz aytmaganlar.5

YUsuf Xos Hojib davlatni


Ma’lumki, Sharqda, aynan O’rta Osiyo zaminida yuz bergan Uyg’onish jarayoni xususan dunyoviy fanlar rivojida alog’ida yuksalish bosqichi bo’ldi. Bu borada ilm-fan va madaniyat taraqqiyotida turli tarixiy davrlarda faoliyat ko’rsatgan «Ilm uylari» - Bag’doddagi (819-833) «Bayt ul-hikmat» (Bag’dod akademiyasi), Хorazm poytaxti Urganchdagi «Ma’mun akademiyasi», shuningdek «Ulug’bek akademiyasi» va boshqa ko’plab yuksak ilm dargohlarining o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Uyg’onish davri o’z yuksak aql-zakovati, salohiyati, izlanishlari bilan fanning ko’plab sohalarida muhim kashfiyotlar o’ilgan qanchalab buyuk daholarni yetishtirib berdi. Ular jahon fanining tibbiyot, falakiyot, matematika, jug’rofiya, tarix, geologiya, geodeziya, minerologiya, farmakologiya va boshqa yo’nalishlarining tamal toshini yaratdilar. Bu muqaddas zamindan yetishib chiqqan Muhammad Muso al-Хorazmiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Bakr Muhammad Narshaxiy, Abu Abdullo Хorazmiy, Mahmud az-Zamahshariy, Burhoniddin Marg’inoniy, Nizomulmulk, Kaffol ash-Shoshiy, Mirzo Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Koshiy, Ali Qushchi va boshqa buyuk siymolar nomini haqli ravishda ehtirom bilan tilga olamiz. Milliy mustaqilligimiz sharofati tufayli ularning boy ilmiy merosi sarchashmalaridan tag’inda mo’l-ko’l baxramand bo’la boshladik. «Istiqlol sharofati bilan, - degan edi Islom Karimov, - ma’naviyat buloqlarining ko’zi ochildi, biz bu buloqning zilol suvlaridan bahramand bo’la boshladik. Sho’ro davrida unutilgan qadriyatlarimiz, nomi qoralangan bobokalonlarimizning durdona so’zlarini biz obi kavsardek ko’zimizga surtmoqdamiz. O’ylaymanki, biz nimaga erishgan bo’lsak, ana shu savobli ishlarimiz uchun Allohning bizga in’om etgan marhamatidandir» Allomalarimizning qomusiy bilimdonliklari shundaki, ularning har biri bir emas, balki ko’plab ilm-fan yo’nalishlarida ulkan kashfiyotlar o’ildilar. Bu jihatdan Muhammad Muso al-Хorazmiy (783-850), Ahmad al-Far¨oniy (797-865), Abu Nasr Forobiy (873-950)larning fandagi jasoratlari ibratlidir. Agar al-Хorazmiy matematikaga oid «Hisob aljabr va al-Muqobala», «Hind hisobi haqida kitob», «Astronomik jadvallar», «quyosh soatlari haqida risola» asarlari bilan matematika (algoritm) va astronomiya fanlarining tamal toshini qo’ygan bo’lsa, uning «Kitob surat al-arz» asari arab geografiyasi fanining tom ma’noda yaratilishiga negiz bo’lib xizmat qildi. Olimning «Kitob at-tarix»i esa Movarounnahr, Хuroson va Kichik Osiyo xalqlari tarixining VIII-IХ asrlari davrini o’rganish uchun muhim manba hisoblanadi.

Ma’lumki arablar Iroq, Misr va Suriyani istilo qilgunga qadar yunon alifbosiga asoslangan raqamlardan foydalanganlar. VII asrdan boshlab esa arab alifbosi harflari bilan ifodalanuvchi raqamlar qo’llanilgan edi. Al-Хorazmiy Hindistonda kashf qilingan o’n raqamidan iborat sanoq tizimini o’rgandi, soddalashtirdi va birinchi marta arab tilida bayon qildi. Al-Хorazmiy «Arifmetika» si bilan birga hind raqamlari ham arab dunyosiga kirib keladi. XII asrda Yevropaning boshqa mamlakatlariga tarqaladi. Arab raqami hanuz jahonda shunday deb yuritiladi. Uni jahonga tanitgan Al-Хorazmiy ekani Abu Rayxon Beruniyning «Hindiston» asarida ham aytib o’tilgan. U o’z davridagi Bag’dod ilmiy Akademiyasi faoliyatiga rahbarlik qilgan, bu esa uning nufuzining ko’tarilishiga katga ta’sir ko’rsatgan. Astronomiya, geografiya va boshqa fan sohalarida muhim kashfiyotlar o’ilgan Ahmad al-Farg’oniy nomi ham mangulikka daxldordir. Chunonchi, olimning «Astronomiya asoslari haqida kitob», «Al-Farg’oniy jadvallari», «Yetti iqlimni hisoblash haqida» singari asarlari allomaga astronomiya ilmida jahoniy shuhrat keltirdi. U Yer sharining ilk bor xaritasini tuzgan birinchi buyuk geograf olim hamdir. U nafaqat Sharq dunyosida shuhrat qozonib qolmay, balki G’arb olimlari e’tirofiga ham sazovor bo’lgan. Shu bois u Yevropada «Alfraganus» nomi bilan mashhurdir. Bejiz yurtboshimiz Al-Farg’oniyni «...kishilik tarixidagi ilk Uyg’onish davrining eng zabardast va yorqin namoyandalaridan biri, o’z zamonasi fundamental fan asoschilaridan edi. Uning merosi insoniyatning yangi ilm cho’qqilariga ko’tarilishiga sababchi bo’ldi, butun ma’rifiy dunyo olimlari uchun dasturulamal bo’lib xizmat qildi» deb ta’rif etgan edi.

Тabiiy va ijtimoiy fanlar rivojiga birdek katta hissa qo’shgan, geologiya, minerologiya, geodeziya, geografiya, farmakologiya fanlarining tamal toshini qo’yishga muvaffaq bo’lgan Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ham ilm-urfon osmonining porloq yulduzlari sirasiga kiradi. Uning qalamiga mansub «Ma’sud qonuni», «Saydona», «Minerologiya», «Astronomiya kaliti», «quyosh kitobi» singari asarlari necha asrlar davomida turli yo’nalishlarda faoliyat yurituvchi dunyo olimlari uchun bitmas-tuganmas ilmiy xazina rolini o’tab keladi. Olimning chuqur ilmiy yirik fundamental asari - «Hindiston» to’g’risida so’z yuritgan akad. V.R.Rozen «Sharq va G’arbning qadimgi va o’rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan asar yo’q», deb baho beradi.

Beruniy zamondoshi, ko’xna Buxoro zaminidan yetishib chiqqan Abu Ali ibn Sino (980-1037) nomi tibbiyot ilmi bilan hamohang, tibbiyotni haqiqiy fan sifatida shakllanib o’z maqomiga ega bo’lishiga asos solgan buyuk olimdir. Zotan, uning 5 jildli «Kitob al-qonun fit- tib» («Тib qonunlari») asari aynan tibbiyotga oid benazir dasturulamal kashfiyotdir. Bu asarlar majmuini ko’zdan kechirar ekanmiz, allomaning yuksak tabiblik salohiyatiga, kasalliklarni aniqlash, ularni davolash borasidagi yuksak mahoratiga tan beramiz. Jumladan, «Al-qonun» ning ikkinchi kitobida 800ga yakin dori-darmonlarning xususiyatlari, ularni tayyorlash va iste’mol qilish usullari buning isboti bo’la oladi. Olimning falsafa va tabiiy fanlarga doir 4 qismdan «Kitob ash-shifo», “Donishnoma” asarlari ham mavjuddir. Ibn Sinoning tibbiyotdan tashqari ko’plab tabiiy va ijtimoiy fanlar bilan faol shug’ullanganligi, muhim yutuqlarga erishganligi ham ibrat bo’larlidir.

O’rta Osiyo zamini juda qadim zamonlardan ijtimoiy-gumanitar fanlar rivoj topgan makon hisoblanadi. Ayniqsa tarix, falsafa, mantiq, fiqh (huquqshunoslik) fanlari bunda muhim o’rin tutadi. Bu xususda gap borganda falsafa fanida nom qozongan, Sharqda «Muallimi Soniy» («Ikkinchi muallim», Arastudan keyin) nomi bilan mashhur bo’lgan Abu Nasr Forobiy (873-950), fiqx-huquqshunoslik sohasida benazir allomalar: Nizomulmulk (1017-1092), Mahmud az-Zamahshariy (1075-1144), tarixnavis Muhammad Narshaxiy (899-959) xizmatlarini ta’kidlamoq lozim bo’ladi. Bunda Forobiyning falsafada o’z ilmiy maktabini yaratib, yunon falsafasi mohiyatini ochib, tushuntirib, shu bilan birga o’zining sharqona falsafiy ta’limotini ko’plab asarlarida, aytaylik, «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi», «Fozil odamlar shahri» va boshqalarda asoslab bergan bo’lsa, Nizomulmulk «Siyosatnoma»sida hukmdorlarning davlatni boshqarish, uni idora qilishga oid ko’plab qimmatbaho yo’l-yo’riqlar, dasturulamal ko’rsatmalar katta mahorat bilan qayd etilgan. Hatto Amir Тemurdek buyuk davlat arbobi ham bu kitobga necha bor murojaat etganligi ma’lumdir.

Umuman IX-XII asrlarda yuz bergan Uyg’onish davrida Sharqda, xususan o’rta Osiyodan o’z yurtlari shonu sharafini yuksaklarga ko’tarib, betakror ilmiy kashfiyotlar, chinakam mo’’jizalar yaratgan mashhur iste’dod sohiblari yetishib chiqdiki, ular jahon madaniyati xazinasiga munosib hissa qo’shdilar hamda keyingi avlodlarga bitmas-tuganmas noyob boy meros qoldirdilar.

Rus madaniyati ta'sirida xalq ma'rifatparvarlari shakllandi. Ular V. I. Gersen, N. T. Chernishevskiy, N.V. Dobrolyubovlar ta'sirida xalq ozodligi masalasini ko‘tarib chiqdilar. O‘rta asr qoloqligini tugatish, ta'lim-tarbiyaning ilg‘or usullarini joriy qilishni o‘z asarlarida kuylagan Furqat (1858-1909) misol tariqasida rus maktablarini ko‘rsatdi. U A. S. Pushkinning bir qancha she'rlarini o‘zbekchaga tarjima qildi. Muqimiy (1850-1909) o‘zining hajviy she'rlarida xalq ommasining burjuaziya tomonidan ezilishini fosh etdi. Zavqiy (1853-1921) o‘z she'rlarida ijtimoiy adolatsizlikni qoraladi.

XIX asr Turkiston adabiyoti ikki yo‘nalishda rivojtandi. Shohlik va saroy muhitini kuylovchi adabiyot hamda zo‘rovonlikka qarshi norozilikni va qoloqlikni tugatishga qaratilgan taraqqiyparvar xalq adabiyoti. Umuman, Rus va dunyo madaniyagi ta'sirida mehnatkash xalq bilan bog‘liq Turkistonda milliy madaniyatning rivojlanish jarayoni kuchayib bordi.

U musulmonlar va qolaversa turkiylar dunyosining jahon taraqqiyotidan uzilib qolganligi, bu g‘oyat xavfli holga barham berish kerakligini hamda umumturkiy qavmlardagi jaholatni yo‘q qilib, ma'rifat orqali taraqqiy togpan mamlakatlarga tenglashish zarurligini birinchi bo‘lib turkiy qrim-tatar xalqining ulug‘ farzandi Ismoil G‘aspirali (1851-1914) tushunib yetdi. U jadidchilik harakatining butun turk dunyosidagi «g‘oyaviy otasi»ga aylandi.

Musulmon turkiy olamini jahon ma'rifati, ilmi darajasiga ko‘tarish g‘oyasini amalga oshirish maqsadida Rossiyaga mustamlaka bo‘lgan barcha musulmon hududlar maorifini mutlaqo isloh qilish ularla dunyoviy fanlarni o‘qitish masalasini ko‘tardi. Ismoil G‘aspiralining g‘oyalarini yoyishda «Tarjimon» gazetasining xizmati juda katta bo‘ldi. 1888 yilda uning «Rahbari muallimin» yoki «muallimlarga yo‘ldosh» kitobining nashrdan chiqishi muhim voqyea bo‘ldi. U Buxoro, Turkistonga kelib jadid maktablarini ochishga urinadi. Uning shogirdlari Buxorolik Marjoniy, Domla Fozil, Mo‘minxo‘ja Vobkandiy, Mulla Xudoyberdi Boysuniy Buxoroda jadid maktablarini ko‘paytirishga urinadilar. 1904 yilda «Mazaffariya» jadid maktab ochildi. 1899 yilda Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori jadid maktabiga asos soldilar. 1903 yilda Turkiston o‘lkasida 102 ta boshlang‘ich va 2ta o‘rta jadid maktablari bor edi.

XX asr boshlarida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona vodiysi shaharlarida o‘nlab «usuli jadid» maknabdari ochildi. Uni bitirganlar orasida Turkiston ma'naviy-ma'rifiy dunyosini milliy uyg‘onishiga kuchli ijobiy ta'sir qiladigan zabardast namoyondalar ajrilib chiqdi. Uning birinchi qaldirg‘ochtari Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Siddiqiy Ajziy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ashurali Zohiriy, Lutfulla Olimiy, Muhammadsharif So‘fizada, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, H.H. Niyoziy kabi o‘nlab ulug‘ zotlardir. Jadidlar maktab va ma'rifatdan boshlangan faoliyatini siyosiy qiyofa kasb etgunga qadar davom qildirib, Turkistonda milliy mustaqim davlat barpo etishga urinish bilan eng yuqori pog‘onaga ko‘tarildilar.

Turkistonda ma'rifatparvarlik harakati ikki bosqichda kechdi. Birinchi davrda feodal tuzum va tartiblarini tanqid qilish, madaniy yangiliklarni egallash, Ovropaning turli tillarini o‘rganishni targ‘ib qilish, yangicha ilm-fanning ahamiyatini ko‘tarish kabi masalalar olg‘a surildi. Ahmad Donish, Avaz o‘tar. Furqat, Muqimiy, Zavqiy singari ma'rifatparvarlar yetishib chiqdilar.

Ikkinchi bosqichda ma'rifatchiliqdan jadidizm o‘sib chiqdiki, u endiliqda yangicha ta'lim-tarbiya, yangi usul maktablarini yo‘lga qo‘yish, dunyoviy ilmlarni har tomonlama egallash maorif-madaniyatda yangi tartiblarni o‘rganish, yangi ijtimoiy-siyosiy masalalarni qo‘yish darajasiga ko‘tarildi. Jadidchilik harakati turkiy millatlarning ma'naviy-madaniy ko‘tarilishiga turtki bo‘ldi. Turkistonda yangi usul maktablari ochilib, ma'rifatparvar, ilg‘or pedagoglar bu maktablar uchun turli darsliklar, o‘qish kitoblari, qo‘llanmalar yarata boshladilar. Behbudiy, Munavvar qori, Fitrat, Abdulla Avloniy, Ibrat, Hamza kabilar bu sohada jonbozlik ko‘rsatdilar va bu ishda faol ishtirok etdilar. Jadidlar boshqa o‘lkadagi ma'rifatparvarlik harakatlari bilan ham aloqa o‘rnata boshladilar. Bu davrda Turkistonda ma'rifatparvarlik va jadidchilikning turli, yangi ta'lim-tarbiya, o‘quv-o‘qituv masalalarini o‘zida aks ettiruvchi juda ko‘p jurnallar nashr etildi. «Taraqqiyot», «Oyna», «Tujjor», «Sadoyi Turkiston», «Samarqand» kabi jurnallar shular jumlasidandir.

Ma'rifatchiyaik harakati ayniqsa o‘zining rivoj topgan bosqichida Turkistonda o‘zga yurtlardagi ijobiy yutuqlardan foydalangan holda mustaqil ma'naviy taraqqiyot yo‘lini qidirish va targ‘ib egish masalalarini olg‘a surdi. Bu harakat rus podsho hokimiyatining mustamlakachilik siyosatiga zarar keltirishdan cho‘chigan chorizm amaldorlari uni chegaralash va bo‘g‘ib qo‘yish chora tadbirlarini ko‘ra boshladilar.

XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda juda murakkab ijtimoiy-siyosiy hodisalar bilan birga uning madaniy hayotida ham tez va shiddatli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Madaniyat, adabiyot, ta'lim-tarbiya, din, mafkura sohasida turli oqimlar paydo bo‘ldi, ular orasidagi munosabatlar murakkab tus oldi. Yosh buxoroliklar, yosh xivaliklar harakati vujudga keldi.

1917 yiddagi butun rossiyada yuz bergan fevral va oktyabr pnqiloblari uning mustamtakasi bo‘lmish Turkistonda ham to‘ntarishlarga olib keldi.

Sovet davridash juda ham murakkab ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar respublikaning milliy madaniyatiga har xil tarzda ta'sir o‘tkazdi, barcha sohadagi o‘zgartirishlarni qarama-qarshi tusga kiritdi va respublika taraqqiyotining asosiy tendensiyalari hamda yo‘nalishlarini uzoq yillarga belgilab berdi.
Sobiq Sovet davrida Respublika madaniy hayotida progressiv va regressiv taraqqiyotnint bir-biriga qarama-qarshi tendensiyalari tobora kuchayib bordi. 70-yillar va 80-yillarning birinchi yarmida, xuddi boshqa sohalarda bo‘lgnidek, O‘zbekistonning ma'naviy hayotida ham inqirozga xos vaziyat vujudga keldi. Shu bilan birga ushbu yillar davomida respublika madaniyati umuman muayyan muvaffaqiyatlarni qulga kiritdi. Madaniyag, maorif muassasalarining tarmog‘i sezilarli darajada kengaydi, bularni moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi, aholining umumiy bilim darajasi o‘sib, ijodiy ziyoliylar safi kengayib bordi. Talaygina ajoyib badiiy asarlar, teatr, musiqa asarlari yarataldi. Madaniyat va san'atning rivojita istedodli yoshlarning butun bir katta guruhi qo‘shildi, maishiy o‘z-o‘zini anglashning o‘sish jarayonlari belgi berib qoldi
Madaniyat inson faoliyati va shu faolliyatning ahamiyatini belgilovchi ramziy qurilmalar va asarlar majmuidir. Madaniyat musiqa, adabiyot, badiiy tasvir, meʼmorchilik, teatr, kinematografiya, turmush tarzi kabi faoliyatlarda namoyon boʻlishi mumkin. Antropologiyada "madaniyat" atamasi ostida mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish, estetik maʼno berish, hamda shu jarayonlarga bogʻlangan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Bu maʼnoda madaniyat oʻz ichiga sanʼat, fan va maʼnaviy tizimlarni oladi.

Madaniyat — jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli koʻrinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va maʼnaviy boyliklarda ifodalanadi. "M." tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik M.), konkret jamiyat, elat va millat (oʻzbek M.i), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining oʻziga xos sohalari (mas, mehnat M.i, badiiy M., turmush M.i)ni izoxlash uchun qoʻllaniladi. Tor maʼnoda "M." atamasi kishilarning faqat maʼnaviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi.

"M." arabcha madina (shahar) soʻzidan kelib chiqqan.
Sivilizatsiya (lot. cuvilis) - fuqarolikka, davlatga taalluqli, tamaddun— 1) keng maʼnoda — ongli mavjudotlar mavjudligining har qan-day shakli; 2) madaniyat soʻzining si-nonimi. Bu termin koʻpincha moddiy madaniyat maʼnosida xam qoʻllaniladi; 3) madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misr S.si, Mesopotamiya S.si va boshqalar); 4) yovvoyilik va vahshiylikdj keyingi ijtimoiy taraqqiyot bosqichi. "S." tushunchasi 18-asrda "madaniyat" tushunchasi bilan uzviy bogʻliq ravishda paydo boʻlgan. Fransuz fay-lasuf maʼrifatparvarlari akd va adolatga asoslangan jamiyatni S.lashgan jamiyat deb bilganlar. Koʻpchilik faylasuflar "S." deganda jamiyatning moddiy-texnika yutuqlarini, "madaniyat" deganda esa fakat uning maʼnaviy qad-riyatlarini tushunishgan. Ulardan ayrimlari bu tushunchalarni bir-biriga qarama-qarshi qoʻyganlar. Chunonchi, O. Shpengler fikricha, "S." har qanday madaniyat taraqqiyotining muayyan tugal boskichini bildiradi. S.ni bunday davr tanazzuli sifatida tushunish madaniyatning bir butunligi va tabiiyligiga ziddir.
Maʼnaviyat — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi. M. atamasining asosida "maʼno" soʻzi yotadi. Maʼlumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning boʻybasti, koʻrinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqa kiradi.
Yetti mo‘jiza — qadimgi dunyoda mashhur boʻlgan meʼmorlik va haykaltaroshlik obidalari. Ulkanligi, katta mahorat bilan yaratilgani, jozibadorligi tufayli asrlar mobaynida „Dunyoning yetti moʻjizasi“ hisoblangan:

Misr ehromlari — yoʻnib tayyorlangan katta toshlardan piramida shaklida qurilgan Qadimgi Misr firʼavnlarining maqbaralari (mil. av. III—II mingyilliklar). Ularning eng yirigi — Xeops piramidasi (balandligi 146,6 metr, asosi 233X233 metr)ning har biri oʻrtacha 2,5 tonnalik 2 300 000 blok bilan (baʼzi qismlarida 30 tonnalik bloklar ham bor) 30 yil mobaynida qurilgan, goʻrxonadan tashqari ikki qavatli ibodatxonasi ham bor;


„Semiramida osma bogʻlari“ — Ossuriya malikasi Semiramida (Shammuramat) Bobilga maxsus inshootlar qurdirib bunyod etgan (mil. av. VI asr);
Rodos orolidagi Artemida ibodatxonasi (taxminan mil. av. 550-yil);
Zevsning Yunonistonning Olimpiya shahridagi ulkan haykali (taxminan mil. av. 430-yil, haykaltarosh Fidiy oltin va fil suyagidan ishlagan);
Rodos oroli koʻrfazidagi yunonlarning quyosh maʼbudi Gelios haykali (taxminan mil. av. 292—280-yillar, haykaltarosh Haros misdan ishlagan);
Kariya shohi Mavsol (mavzoley uning nomidan) oʻzi uchun qurgan Galikarnas (hozirgi Turkiya hududi)dagi maqbara — monument (taxminan mil. av. 377—352-yillar);
Iskandariya (Aleksandriya) shahridagi ulkan mayoq (taxminan mil. av. 280-yil, meʼmori Sostrat).
Ma'naviy madaniyat bu ma'lum bir madaniy va tarixiy birlikka yoki umuman insoniyatga xos bo'lgan bilim va dunyoqarash g'oyalari tizimidir.

"Ma'naviy madaniyat" tushunchasi nemis faylasufi, tilshunos va davlat arbobi Vilgelm fon Gumboldtning tarixiy va falsafiy g'oyalariga qaytadi. U tomonidan ishlab chiqilgan tarixiy bilimlar nazariyasiga ko'ra, jahon tarixi - bu ma'lum bir shaxslarning ijodiy qobiliyatlari va shaxsiy sa'y-harakatlari orqali namoyon bo'ladigan, bilim chegaralaridan tashqarida bo'lgan ma'naviy kuch faoliyatining natijasidir. Ushbu qo'shma ijodning samaralari insoniyatning ma'naviy madaniyatini tashkil etadi.Ma'naviy madaniyat - bu inson va jamiyat ma'naviy hayotining turli qirralarini qamrab oladigan inson faoliyati sohasidir. Ma'naviy madaniyat ijtimoiy ong shakllarini va ularning inson faoliyatining adabiy, me'moriy va boshqa yodgorliklarida mujassamlanishini o'z ichiga oladi.


Boylik hisoblanadi qiymatga ega bo'lgan resurslarni to'plash : tovarlar, pul va boshqalar. Madaniy , boshqa tomondan, bog'liq bo'lgan narsalarga tegishli bo'lgan sifatlar madaniyat (bilimlar, urf-odatlar va bir xil jamiyat a'zolari tomonidan taqsimlanadigan marosimlar asosida shakllangan ramziy tarmoq).Tushunchasi madaniy boylik , shuning uchun bilan bog'liq qimmatli manbalar a qismiga kiradi madaniyat . Odatda bu manbalar musiqiy janr yoki raqs ritmi kabi ramziy yoki nomoddiy narsalardir.

Masalan: "Mambo bu erning madaniy boyligining juda muhim qismidir", "Biz madaniy boyliklarimizni himoya qilishimiz shart", "Hukumat madaniy boylik jamiyat uchun iqtisodiy va moddiy boyliklarni keltirib chiqarishi uchun harakat qilishi kerak".


Madaniy boylik - bu qism tarixi jamiyatning. Bular yillar davomida rivojlanib borgan va ular tomonidan berilgan qiymat uchun odamlar uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan namoyishlar.

Dunyoda eng katta madaniy boylikka ega bo'lgan davlatlardan biri, shubhasiz, Ispaniya bo'lib, bu ko'p jihatdan shu qatorda o'z mamlakatlarida yashagan madaniyatlarning mozaikasi natijasida paydo bo'lganligi bilan ajralib turadi. uning kelib chiqishi

Tarixiy va madaniy yodgorliklar muhofazasi - insoniyat madaniy merosini saklash va muhofaza qilish yoʻlidagi xalqaro, davlat va jamoatchilik tadbirlari tizimi. Tarixiy yodgorliklar, meʼmoriy obidalar, adabiyot, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, arxeologik topilmalar, milliy va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan majmualar, muhim i.t.lar muxrfaza etiladi. T. va m.yo.m., asosan, Uygʻonish davridan boshlangan. Buyuk fransuz inqilobi davrida shaxs i y kolleksiyalar natsionalizatsiya qilingan (Luvr muzeyinm tashkil etish toʻgʻrisidagi dekret, 1793). 19—20-asrboshlarida koʻpgina Yevropa davlatlarida tarixiy va madaniy yodgorliklar davlat muhofazasiga olingan. Ikkinchi jahon urushidan soʻng YUNESKO tashabbusi bilan 1954-yilda (Gaaga konferensiyasi) Xalqaro konvensiya va "Qurolli konfliktlar roʻy berganda madaniyat boyliklarini himoya qilish toʻgʻrisida" bayonnoma imzolangan.T. va m.yo.m. bilan Xalkaro muzeylar kengashi (1946), Madaniyat boyliklarini muhofaza etish va restavratsiya qilish xalqaro tadqiqot markazi (1959), Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza etish boʻyicha xalqaro kengash (1965) shugʻullanadi.



Oʻzbekistonda yodgorliklarni muhofaza etish, asosan, 20-asrning 20y.laridan boshlangan. 1920-yil Maorif xalq komissarligi qoshida muzeylar, sanʼat asarlari va qad. yodgorliklarni muhofaza qilish Turkiston qoʻmitasi — Turkkomstaris tuzilgan, keyinchalik Sredazkomstaris bu ish bilan shugʻullangan. Hozir Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi huzuridagi Madaniy meros obʼyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiyishlab chiqarish. Bosh boshqarmasi shugʻullanmoqda. Respublika hududida va chet mamlakatlarda saqlanayotgan noyob qoʻlyozmalar, madaniy, tarixiy yodgorliklar, hunarmandchilik, xalq ogʻzaki ijodi namunalari, sanʼat va badiiy asarlar, teatrmusiqa, qad. davlatchilik tarixiga oid hujjatlar, qad. cholgʻu asboblarini yigʻish, saklash va boshqa bilan shugʻullanish maqsadida "Oltin meros" xalqaro xayriya jamgʻarmasi tuzilgan (1999-yil 12 okt.).
O’zbekiston mustaqillikka erishgach, ajdodlarimizdan qolgan madaniy tarixiy merosga e’tibor kuchaydi, tarixiy yodgorliklar davlat nazorati ostiga olindi. Istiqlol yillarida Buxoro, Samarqand, Termiz, Xiva, Toshkent. Qo’qon. Shahrisabz kabi shaharlarda ulug’ ajdodlarimizning yuksak iste’dodi bilan bunyod etilgan obidalar o’zining haqiqiy qadr-qimmatini topdi, ularni ta’mirlash va asl qiyofasini tiklash davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi.
Toptalgan tariximiz, qutlug’ qadamjolar, hatto nomlari ham unutilayozgan obidalar ta’mirlandi, qayta tiklandi. Imom al Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu Mansur al-Moturudiy, Ahmad al-Farg’oniy, Burhoniddin al-Marg’inoniy, Mahmud az-Zamaxshariy kabi ulug’ allomalarimizning sha’nlariga munosib yodgorlik majmualar yaratildi. Toshkent, Samarqand va Shahrisabzda Sohibqiron Amir Temur, Toshkentda Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Urganchda Jaloliddin Manguberdi, Termizda Alpomish haykallari qad ko’tardi.
Bugungi kunda mamlakatimizda etti mingdan ortiq yodgorlik, shu jumladan, 2500 ta me’moriy obida, 2700 tadan ortiq monumental san’at asari davlat muhofazasiga olingan. 1991 yildan Xivadagi Ichonqal’a qo’riqxonasidagi, 1993 yildan Buxoro shahri markazidagi, 2000 yildan Shahrisabz shahri markazidagi yodgorliklar Yuneskoning “Umumjahon madaniy merosi” ro’yxatiga kiritildi.
Mustaqillik yillarida qayta tiklangan muqaddas qadamjolardan biri bo’lgan Oqmasjid Navoiy viloyati Xatirchi tumanida joylashgan. Bu masjidni ulug’ zotlardan biri Sayyid ota bunyod etganlar. Qariyalarning aytishiga ko’ra, 1380-1390 yillarda bunyod etilgan Oqmasjid istiqlol davrida xalqimizning muqaddas ziyoratgohiga aylanib, yaxshilik va ezgulikka, tinchlik va osoyishtalikka. O’zaro ahil va hamjihat bo’lishga xizmat qilmoqda.O`zbekistondagi tarixiy obidalar ro`yhati
Agar kimda-kim bizning qudratimizga shubxa qilsa, biz qurgan binolarga boqsin.
I. Toshkent:
1. Shayx Zayniddin buva maqbarasi.
2. Shayx Xovandi Taxur maqbarasi.
3. Yunusxon maqbarasi.
4. Muhammad Qaffol Shoshiy maqbarasi.
5. Baroqxon madrasasi.
6. Ko’kaldosh madrasasi.
7. Xo’ja Alambardor maqbarasi.
8. Tillo Shayx masjidi.
9. O’zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasi.
10. Xo’ja Ahror Valiy masjidi.
II. Buxoro:
1. Ismoil Samoniy maqbarasi.
2. Minorai Kalon.
3. Mag’oki Attori masjidi.
4. Vobkent minorasi.
5. Namozgoh masjidi.
6. Chashmai Ayyub maqbarasi.
7. Bo’yonqulixon maqbarasi.
8. Ulug’bek maqbarasi.
9. Bahouddin Naqshband majmuasi.
10. Mir Arab madrasasi.
11. Qo’shmadrasa majmuasi.
12. Baland masjidi.
13. Chor Bakr me’moriy majmuasi.
14. Xo’ja Zayniddin masjidi.
15. Ko’kaldosh madrasasi.
16. Nodir Devonbegi xonaqohi.
17. Abdulazizxon madrasasi.
III. Samarqand:
1. Shohizinda maqbaralar majmuasi.
2. Xoja Abdu Darun maqbarasi.
3. Bibixonim masjidi.
4. Go’ri Amir maqbarasi.
5. Xo’ja Ahror Valiy majmuasi.
6. Ulug’bek madrasasi.
7. Ruhobod maqbarasi.
8. Xo’ja Abdu Berun majmuasi.
9. Sherdor madrasasi.
10. Tillaqori madrasasi.
11. Hazrati Xizr masjidi.
12. Imom al-Maturidiy maqbarasi.
13. Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi.
14. Imom ad-Doramiy maqbarasi.
IV.Xiva:
1. Juma masjidi.
2. Shayx Muxtor Valiy maqbarasi.
3. Said Alouddin maqbarasi.
4. Sherg’ozixon madrasasi.
5. Pahlavon Mahmud maqbarasi va majmuasi.
6. Said Magrumjon maqbarasi.
7. Olloqulixon madrasasi.
8. Muhammad Aminxon madrasasi.
9. Muhammad Rahimxon madrasasi.
10. Islomxo’ja madrasasi va minorasi.
V. Surxondaryo:
1. Hakim at-Termiziy yodgorlik majmuasi.
2. Sulton Saodat majmuasi.
3. Abu Iso at-Termiziy maqbarasi.
4. Jarqo’rg’on minorasi.
VI. Navoiy:
1. Mirsaid Bahrom maqbarasi.
2. Qosim Shayx Azizxon maqbarasi.
VII. Qoraqalpog’iston;
1. Narinjonbobo maqbarasi.
2. Sulton Uvays bobo maqbarasi.
VIII. Namangan:
1. Xo’ja Amin maqbarasi.
2. Mullo Bozor Oxund maqbarasi.
3. Mulla Qirg’iz madrasasi
IX. Qashqadaryo:
1. Langar ota majmuasi.
2. Husam ota majmuasi.
X.Farg’ona:
1. Ahmad al-Farg’oniy majmuasi.
2. Burxoniddin Marg’inoniy maqbarasi.
XI. Xorazm:
1. Mahmud az-Zamaxshariy ziyoratgohi.
XII. Toshkent viloyati:
1. Zangi ota yodgorlik majmuasi.
2. Anbarbibi maqbarasi.
XIII. Buxoro viloyati:
1. Abduxoliq G’ijduvoniy maqbarasi.
XIV. Xorazm viloyati:
1. Yusuf Hamadoniy maqbarasi.
XV. Qashqadaryo viloyati:
1. Xo’ja Jarroh yodgorlik majmuasi.
2. Oqsaroy.
3. Hazrati Imom maqbarasi.
4. Gumbazi Sayyidon maqbarasi.
5. Shayx Shamsiddin Kulol maqbarasi.

Bosh sahifa


Red
Tarixiy obidalar

Samarqand

Buxoro

Xiva


Shahrisabz

Foto rasmlar

Sayt haqida

Tarixiy shaharlar


Samarqand
Samarqand — jahonning eng qadimiy shaharlaridan biridir. O’tmishning shoirlari va tarixchilari uni chinakam «Sharq jannatmakon bog’i», «Er yuzi», «Sharq olamining bebaho durdonasi», «Jahon mamlakatlarning bezagi» kabi go’zal o’xshatishlarni bejiz bag’ishlamagan edilar.
>> batafsil

Buxoro
Buxoroga borib, shu qadimiy shaharni ko’rgan kishilarning barchasi minoralarning tepalaridagi g’alati ko’rinishdagi «qalpoqlarga» e’tibor bergan bo’lsalar kerak. Bular laylak uyalaridir. Umidning timsoli bo’lgan bu oppoq qushlar shaharning ramzi, uning barqarorligi va sadoqatining ham ramzi bo’la oladi.


>> batafsil

Xiva
Xiva — muzey-shahar, lekin Rim shahri kabi aholi yashaydigan shahardir. Sharqning ko’pgina shaharlari kabi Xiva Amudaryoning quyi oqimida joylashgan Xeyvak nomli suv havzasi yonida barpo etilgan bo’lib, Xorazm vohasining sug’oriladigan yerlarida rivojlanib kelgan.


>> batafsil

Shahrisabz


Shahrisabz — Amir Temur shahri, bu yerda hamma narsa u yoki bu tarzda uning nomi bilan bog’liq. Bu yerda uning otasi Muhammad Tarag’ay va ma’naviy ustozi Shamsiddin Kulol ko’milganlar, bu yerda uning katta o’g’illari Jahongir Mirzo va Umarshayx Mirzolar go’ri
Samarqand — jahonning eng qadimiy shaharlaridan biri, Rim, Afina, Vavilonlarning tengdoshidir. O’tmishning shoirlari va tarixchilari uni chinakam «Sharq jannatmakon bog’i», «Yer yuzi», «Sharq olamining bebaho durdonasi», «Jahon mamlakatlarning bezagi», «Sharqning Rim kabi shahri»… va hokazolar kabi go’zal o’xshatishlarni bejiz bag’ishlamagan edilar.

Samarqand vujudga kelgan Zarafshon daryosi vodiysining tabiiy mo’l-ko’lligi «Avesto» ning muqaddas she’rlarida maqtalgan edi. Eramizdan avvalgi 1-ming yillikning o’rtalarida yunon manbalari Samarqand shahri haqida nomini Marokand shaklida aytib o’tganlar, o’rta asrlar davrida qadimiy Samarqandning xarobalari Afrosiyob deb nomlanadigan bo’ldi. Samarqand shahri haqida eng birinchi yozma fikr eramizdan avvalgi 329 yilga oid, u paytda Iskandar Zulqarnayn boshchiligidagi yunon-makedon lashkarlari uni ishg’ol qilgan. Eramizning birinchi asrlarida shahar qudratli Kangyuy davlati hukmronligiga tushib qolgan edi.

VI—VII asrlarda Samarqandda turk hoqonligi bilan yaqin aloqada harakat qilgan ishxiy hukmdorlari taxtga chiqqan. VII asr oxirida – VIII asr boshida arab istilochilariing lashkarlari paydo bo’ldi.

1220 yil bahorida shaharni Chingisxonning qo’shinlari qo’lga olib, uning qadimgi zaminigacha buzib tashlaganlar. XIV asr — XV asrning o’rtalarida Samarqandning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining yangi beqiyos yuksalishi yuz beradi. Aynan shu davrda Temur tomonidan yaratilgan, Volgadan Gang daryosigacha, Tyan-Shan tizmasidan Bosforgacha yastanib yotgan ulkan davlatning poytaxti sifatida Samarqand jahonda mashhur bo’ladi. Amir Temur poytaxti Samarqandni go’zal shaharga aylantirishni orzu qilar edi.

Hindiston, Afg’oniston, Eron, Suriya, Kavkaz orti davlatlari, Turkiyaga qilgan har bir harbiy yurishdan u Samarqandga eng mohir me’morlar, zargarlar va allomalarni olib kelar edi. O’z davlati ichida Temur yaratuvchi ijodkor edi. U rassomlar va shoiralr, mutafakkir va olimlarni saxiylar bilan qo’llab-quvvatlar edi. Bu fe’l-atvor keyinchalik uning nevarasi – Mirzo Ulug’bekka ham o’tadi, uning besh asr avval yaratilgan yulduzlar katalogi va xaritasi butun dunyoni hozir ham hayratda qoldiradi.

Aynan Temuriylarnig hukmronligi davrida Samarqand o’zinnig eng yuksak kamolotiga yetgan edi.

Evropa davlatlarining hukmdorlari bu shaharni ziyorat qilishni o’zlari uchun sharaf deb bilganlar.

Samarqand — afsonaviy shahar. Bu yerda har bir tosh, jarlik yoki suv havzasi - o’tmishdan so’ylovchi tirik bir ertak, shaharning har bir dahasi (guzari yoki mahallasi) o’z afsonalarini go’yoki shajarasi kabi saqlab keladi. Ba’zan har bir samarqandlikning qalbiga aziz bo’lgan biror bir tarixiy voqea yoki joy xam afsonalarga ko’miladi.

Zamonaviy Samarqand - holisining soni va hududining kattaligi, sanoat ahamiyatiga ko’ra O’zbekistonning Toshkentdan keyingi ikkinchi o’rinda turuvchi shahri bo’lib, jahon turizmining markazidir. U Zarafshon daryosining o’rta oqimi chap qirg’og’ining adirli qismida joylashgan.

Tabiatning o’zi Samarqandga go’zal iqlim va toza suv in’om etgan – u o’zbek zaminining jannatmakon yerida qad ko’targan. Samarqandning iqlimi kontinental-subtropik iqlim. Bulutsiz kunlarning soni yiliga 155 ta, quyosh charaqlagan soatlar yig’indisi 2916, yilning o’rtacha harorati +13,4, yanvar oyi – 0, iyul oyi +26. Absolyut minimum –27, absolyut maksimum +45. Aholisi 364,3 ming kishi.

Shaharning asosiy suv manbai Zarafshon daryosi, Dargom, Siyob, Shaudar ariqlaridir.
Buxoro
Buxoroga borib, shu qadimiy shaharni ko’rgan kishilarning barchasi minoralarning tepalaridagi g’alati ko’rinishdagi «qalpoqlarga» e’tibor bergan bo’lsalar kerak. Bular laylak uyalaridir. Umidning timsoli bo’lgan bu oppoq qushlar shaharning ramzi, uning barqarorligi va sadoqatining ham ramzi bo’la oladi. Boy go’zal shahar juda ko’p marta turli-tuman dushmanlarning bosqinchilik hujumlarining maqsadi bo’lgan, mo’g’ul-tatarlarning bosqini eng og’ir, yer bilan yakson qiluvchi darajada bo’lgan edi. Lekin Buxoro har gal qaytadan aynan o’sha joyda tiklanib, o’z zamini-yu a’analariga sodiq bo’lib qaytadan barpo bo’lar edi

Buxoroga asos solinishi qadim-qadimgi asrlar tubiga borib taqaladi. 1997 yilda YuNESKO ning qaroriga ko’ra butun madaniy dunyo uning 2500-yilligini nishonlagan edi. Afsonalar shaharning paydo bo’lishini tarixiy shaxs obrazi bilan bog’liq Zardo’shtiylik xudolaridan biri – Siyovush bilan bog’laydi. Buxoroning eng qadimiy qismi uning qal’asi – Ark hisoblanadi, bu yerda arxeologlar eramizdan avvalgi IV - III asrlarga oid bo’lgan ba’zi topilmalar borligini aniqlashdi. Bu balandligi 20 metr bo’lgan katta tepalik bo’lib, u yerda ilgari Buxoro amirining saroyi, uning harami, xazinasi, qurol-yarog’ saqlanadigan xonalari, o’ta xavfli jinoyatchilar uchun zindon bo’lgan edi. Hozirgi paytda ular tiklanmoqda.

Buxoroning eng qadimiy yodgorliklaridan biri X asrning boshida Somoniylar sulolasining asoschisi tomonidan qurilgan Ismoil Somoniy maqbarasidir. Maqbara usti yarim sfera shaklidagi gumbaz bilan yopilgan kub shaklidagi binodir. Somoniylar maqbarasi O’rta Osiyoning me’morchiligida bizgacha yetib kelgan, pishiq g’ishtdan qurilgan birinchi bino bo’lib, bunda g’ishtlar ham qurilish uchun, ham bezatish uchun ishlatilgan.

Shaharning asosiy va eng baland ko’tarilgan inshooti – 1127 yilda qurilgan Kalon minorasidir. Bu har tomonlama komil muhandislik inshooti, Buxoroning sathidan 47 metrga ko’tarilib turgan ulkan minoradir. O’zbekistonda eng baland bo’lgan ushbu minora tepaga chiqqan sari sal ingichkalashib boradi, uning dumaloq aylanasidan o’rab turgan halqalar turli rangdagi sirlangan g’ishtchalar bilan bezatilgan. Shu bilan birga minoradagi naqshlarning turli-tumanligi va takrorlanib kelishi sodda va komil me’morchilik shakllarini boyitadi.

Buxorodagi o’rta asrlar me’morchiligining alohida xususiyati – ko’cha yoki maydon bilan bir-biridan ajralib turgan va old yuzasi, darvozalari bilan bir-biriga qarab turgan ikkita ulkan inshootdan iborat bo’lgan majmualarning barpo etilishi edi. Shu asosda shaharning markaziy me’morchilik majmuasi yaratilgan – Poi Kalon («Ulkan inshoot osti») maydoni. Uning minorasi gumbazli o’tish yo’li bilan benihoya ulkan juma masjidi – Masjidi Kalon bilan bog’langan. Uning qarshisida XVI asrning boshida hatto bizning davrimizda ham ishlayotgan Mir-Arab madrasasi barpo etilgan.

Chashma-Ayub mozorining barpo etilishi ham XII asrlarga oid, deb hisoblanadi. Afsonalarga qaraganda, Injildagi payg’ambarlardan biri – Ayub (Iov) Buxoroning bu suvsiz qismidan o’tayotganda hassasi bilan yerga urgan – natijada bu yerda top-toza, shifobaxsh suvli buloq paydo bo’lgan. XIV asrda Amir Temur o’zining yurishlaridan birida olib kelgan xorazmlik ustalar buloq va quduq ustidan bino barpo etganlar hamda quduqdagi baland tortish qurilmasi ustidagi konus shaklidagi gumbazga Xorazm uchun xos bo’lgan shakl berganlar. Ularga qaraganda mashhur Chor-Minor masjidi esa yangi qurilgan bino, deb atalishi mumkin – u XIX asrda qurilgan. Bu masjidda to’rtta uncha baland bo’lmagan minoralar hamda gumbazlar zangori rangda bo’lib, masjidga o’ziga xos qiyofa bag’ishlaydi.

Sharq me’morchiligi uchun sun’iy suv havzalari bo’lgan hovuzlardan nafaqat amaliy maqsadlarda, balki shaharni yanada har tomonlama bezatish uchun ham foydalanish odatdagi holdir. Buxoroda saksontadan ortiq bunday obodonlashtirilgan hovuzlar bo’lib, shaharni ta’minlab turar edi. Ulardan eng mashhur bo’lgan hovuz Labi-hovuzdir.

Yirik poytaxt-markaz bo’lgan Buxoro shahri nafaqat o’zining masjidu madrasalari, maqbarayu-mozorlari bilan, balki saroylari, hashamatli uylar, karvon-saroylar, hammomlari va ko’p gumbazli savdo majmualari bilan ham mashhur edi. Shaharda ko’chalarning kesishuvida – guzarlarda qurilgan Toqi-Zargaron («Zargarlarning gumbazi»), Telpak-Furushon («Telpaklar sotuvchilarining gumbazi») va Toqi-Sarrofon («Pul almashtiruvchi sarroflarning gumbazi») saklangan, ular hozirgacha savdo rastalari sifatida ishlatilmoqda. Ularning birinchi qurilishi va ishlatilishidan nomlari ham dalolat bermoqda.


Xiva
Xiva — muzey-shahar, lekin Rim shahri kabi aholi yashaydigan shahardir. Sharqning ko’pgina shaharlari kabi Xiva Amudaryoning quyi oqimida joylashgan Xeyvak nomli suv havzasi yonida barpo etilgan bo’lib, Xorazm vohasining sug’oriladigan yerlarida rivojlanib kelgan.

Arxeologik tadqiqoitlarning ko’rsatishicha, shahar kamida 2500 yoshga kirgan. Bularning hammasi YuNESKO tashkilotiga Xivani qo’riqxona ahamiyatidagi shahar deb e’lon qilishga, shaharning ichki qismi bo’lgan Ichan-qal’ani esa jahon ahamiyatidagi tarixiy yodgorlik deb e’tirof etishga asos bergan. «Avesto» kitobi Xorazm to’g’risida tarixiy ma’lumotlar beradi. «Tarixning otasi» deb sanalgan Gerodot Xorazm va xorazmliklar to’g’risida gapirib o’tgan edi. Beruniy esa Xorazmdagi qadimiy dehkonchilik to’g’risida hikoya qilgan.

Xiva — tarixiy qurilish, butunligicha bino va inshootlar, aslida ochiq havodagi butun bir shahar amalda tarixiy holida saqlanib qolgan dunyoning bir nechtagina shaharlaridan biridir. XVIII asr oxiri — XIX asr o’rtasidagi Xiva shahrining monumental inshootlari go’yoki qaytadan barpo etilgan shaharni hosil qilgan bo’lib, u bizni bor-yo’g’i ikki-uch avlod ustalarning hayoti davomida qurilishi tezligi bilan hayratda qoldiradi. Lekin boshqa sharoitlarda halokatli bo’ladigan holatlar – kichik yer bo’laklaridagi tasodifiy qurilishlar, o’ta siqiq sharoitlar va yer kamligi bu yerda me’morchilik inshootlarining benihoya go’zalligi, nafisligi va turli-tumanligiga sabab bo’ldi. Xivaning eng ko’p va siqiq holda inshootlar qurilgan qismi bo’lgan aynan shu Ichan-qal’a taqdir taqozosi bilan me’morchilik muzeyiga aylandi, uning yodgorliklarida bizga xalq ustalarining eng go’zal asarlari namoyon bo’ladi.

An’anaga ko’ra, shaharning ma’naviy markazi uning katta, yoki juma masjidi sanalar edi. Masjidni rejalashtirish zamirida X—XII asrlarda yaratilgan konstruktsiyalar yotgan, deb hisoblashadi. Ichan-qal’adagi Juma masjidi ham XVIII asrinng oxirida qayta qurilgan, lekin u Sharqning klassik inshootlarining qator xususiyatlarini o’zida saqlab qolgan. Bu o’ziga xos bir qavatli binoning old kirish portallari, gumbazlari va dumaloq arkalari yo’q, u eramizning X- XVII asrlarida yaratilgan 213 dona yog’och naqshinkor ustunlarga tayanadigan yassi tomli ulkan zaldir. Ularning o’lchamlari, shakllari va bezaklari turlicha bo’lib, aynan ular masjidning yuksak badiiy qiymatini namoyon etadi. Olimlarning fikricha, ushbu xususiyatlaring barchasi bu masjidni Arabistondagi qadimiy masjidlarga yaqinlashtiradi.

Madrasalardan eng yirigi — Muhammad Aminxon madrasasidir. Uning o’ziga xos xususiyatlari – ikkitalik hujralardir. Old devorlarning naqshli bezatilishida rangli g’ishtin termalarning qatlamlari hamda o’simlik tusidagi naqshlar bo’lgan mayolika bilan qoplangan bezaklar kiritilgan. Eshiklar va panjaralar ajoyib o’yma naqshlar bilan bezatilgan. O’rta asrlar shaharlarini tashqi devorlar va minoralarsiz, shahar ichidagi ark qal’asisiz tasavuur qilish qiyin. Xiva shahri ham shunday. Ichan-kala avvaldan uni himoya qiladigan ulkan qal’a devorlari bilan o’ralgan edi. XIX asr o’rtasida esa Xivaning atrofida o’nta darvozasi bo’lgan yangi qal’a devorlari bunyod etilgan. Shundan e’tiboran shaharning ushbu kattaroq halqasi Dishan-qal’a, yoki «tashqi qal’a» deb nomlanadigan bo’ldi.

Xivaning ma’naviy hayotida


Shaxrisabz
Shahrisabz — Amir Temur shahri, bu yerda hamma narsa u yoki bu tarzda uning nomi bilan bog’liq. Bu yerda uning otasi Muhammad Tarag’ay va ma’naviy ustozi Shamsiddin Kulol ko’milganlar, bu yerda uning katta o’g’illari Jahongir Mirzo va Umarshayx Mirzolar go’ri joylashgan. Ulug’ Sohibqironning o’zi ham uning joni shu yerda arshi a’loga uchib ketadi, deb o’ylagan edi. Hattoki maqbarani ham tayyorlab qo’ydi. Lekin taqdir buni boshqacha hal etdi…

Ulkan Movarounnahr davlatini yaratgan va uning cheklanmagan hukmroni - amiri bo’lgan Temur Samarqandni o’z poytaxti sifatida tanladi. Lekin o’zining tug’ilib o’sgan kichik vatanini ham hech qachon unutmay, doimo unga g’amxo’rlik qildi. Aslida Shahrisabz davlatning ikkinchi poytaxti edi. Temurning avlodi, Buyuk Mo’g’ullar sulolasining asoschisi Bobur yozishicha: «Kesh shahri Temurbekning tug’ilgan joyi bo’lgani uchun, u shaharni taxt zainia aylantirish uchun ko’p gamhurlik qilgan edi».

Amirning buyrug’i bilan bu yerga eng yaxshi me’morlar quruvchilar, me’morchilik bezaklarining ustalari yuborilgan, mahalliy ustalar bilan birgalikda ular turli mamlakatlarning tajribasi va an’analarini uyg’unlashtirib, ulug’vor binolarni barpo etganlar. Ularning ijodi bilimlar, tajriba, an’analar va yaratuvchilik urinishlarining yaxlitlashuvi tufayli ajoyib mevalar berdi, ular XIV asr oxiri – XV asr boshi O`rta Osiyo me’morchiligning xususiyatlarini belgilab bergan monumental uslubning asoslarini yaratdilar.

Oqsaroy saroyi bayramona hukumat binosi – rezidentsiyaning namunasi bo’lishi mumkin. Saroyning qurilishi 1380 yilda boshlangan, lekin 1404 yilda ham unda pardoz ishlari tugatilayotgan edi. Bu ulug’vor inshootning o’qsimon gumbazi oralig’i 22 metrdan ortiq bo’lib, temuriylar barpo etgan barcha inshootar orasida eng antiqadir.

Temur va temuriylarning davrida shahrlarning ansambllar bilan – majmuiy qurilishi keng tarqalgan. Bu Shahrisabzda ham yaqqol ko’rinadi, bu yerda Dorus-Tilovat va Dorus-Saodat ansambllari ajralib turadi.

Dorus-Tilovatni sobiq mahalliy xodagonlar maqbarasida saqlanib qolgan uchta inshoot tashkil etadi. Bu Shamsiddin Kulol va Gumbazi Seyidon maqbaralari hamda Ko’k-Gumbaz jome’ masjidi inshootlaridir. Shamsiddin Kulol maqbarasi eng birinchi qurilgan. Shayx 1370 yilda vafot etgan bo’lib, uning go’ri izzat-ehtirom qilingan edi.

Uning yonida Gumbazi Seyidon – Sayidlar gumbazi nomli Ulug’bek avlodlarining maqbarasi qurilgan. Bu kichik bino o’zining nafis mutanosibligi va chuqur o’ymakor naqshlar bilan qoplangan, ajoyib ishlangan kirish eshigi bilan insonni mahliyo qiladi. Me’morchilik ansamblini mo’g’ullargacha bo’lgan qurilish poydevorida qad ko’targan Ko’k-Gumbaz jome’ masjidi tugallaydi.

Dorus-Saodat ansambli ham uchta qismidan iborat: Jahongir mirzoning go’ri, Hazrati Imom masjidi va Temurnig maqbarasi. 1376 yilda sohibqironning sevimli o’g’li Jahongir mirzo o’lganidan keyin Amir Temur shunday qayg’uga cho’mdiki, «sohibqironning qalbi hamdardlik uchun 30 yil yopiq edi». «Adolatli shahzoda, jasur jangchi, yer yuzida atirguldek ir ko’rinib yo’qolgan» shahzodaning jasadi ajdodlariing vataniga keltirildi, bu yerda uning uchun maqbara qurildi. Keyinroq maqbara oilaviy katta maqbara ichiga kiritilgan edi. Xona ohaktosh bilan qoplangan bo’lib, arkali o’yma tokchalar bo’ylab Qur’ondan olinagn foniy dunyoning bekorligi va boqiy dunyoning g’olibligi to’g’risidagi oyatlar o’yib ishlangan. Masjid va Jahongirning maqbarasiga yaqin joyda faqat Temur uchun mo’ljallangan go’r saqlanib qolgan maqbara bo’lgan, lekin uning o’zi, ma’lumki, Samarqandda dafn etilgan.



Lekin Shahrisabz faqatgina buyuk amirning «taxt zamini» bo’lmagan. Temurning tug’ilishidan ancha ilgari u o’z tarixiga ega edi. Avvalo bu jahonnig eng qadimgi shaharlaridan biri. Olimlarning fikricha, Shahrisabz 2700 yoshda, bu esa «Boqiy shahar» Rimning yoshidir. YuNESKO qaroriga ko’ra aynan shu sana 2002 yilda butun madaniy dunyoda nishonlangan. Eramizdan avvalgi IV asrda iskandar Zulqarnayn lashkarlari dam olish uchun Kesh vohasida to’xtagan, Baqtriyaning satrapi bo’lgan Bess Doro III in o’ldirib, o’zini «osiyo podshohi» deb e’lon Kilgan, lekin uning o’zi aynan shu yerda asirga olingan. VII asrda shaharni arablar qamal qilgan, bir asr keyin esa Kesh shahri Muqanna rahbarligi ostida arablarga qarshi kuchli qo’zg’olonning markazi bo’ldi. Tinch davrda shahar hech qanday to’sqinliksiz o’sib rivojlanar edi, bunga uning gavjum Buyuk Ipak yo’lidagi nihoyatda qulay joylashuvi sabab bo’lgan
Tarixiy va madaniy yodgorliklar muhofazasi - insoniyat madaniy merosini saklash va muhofaza qilish yoʻlidagi xalqaro, davlat va jamoatchilik tadbirlari tizimi. Tarixiy yodgorliklar, meʼmoriy obidalar, adabiyot, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, arxeologik topilmalar, milliy va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan majmualar, muhim i.t.lar muxrfaza etiladi. T. va m.yo.m., asosan, Uygʻonish davridan boshlangan. Buyuk fransuz inqilobi davrida shaxs i y kolleksiyalar natsionalizatsiya qilingan (Luvr muzeyinm tashkil etish toʻgʻrisidagi dekret, 1793). 19—20-asrboshlarida koʻpgina Yevropa davlatlarida tarixiy va madaniy yodgorliklar davlat muhofazasiga olingan. Ikkinchi jahon urushidan soʻng YUNESKO tashabbusi bilan 1954-yilda (Gaaga konferensiyasi) Xalqaro konvensiya va "Qurolli konfliktlar roʻy berganda madaniyat boyliklarini himoya qilish toʻgʻrisida" bayonnoma imzolangan.T. va m.yo.m. bilan Xalkaro muzeylar kengashi (1946), Madaniyat boyliklarini muhofaza etish va restavratsiya qilish xalqaro tadqiqot markazi (1959), Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza etish boʻyicha xalqaro kengash (1965) shugʻullanadi.

Oʻzbekistonda yodgorliklarni muhofaza etish, asosan, 20-asrning 20y.laridan boshlangan. 1920-yil Maorif xalq komissarligi qoshida muzeylar, sanʼat asarlari va qad. yodgorliklarni muhofaza qilish Turkiston qoʻmitasi — Turkkomstaris tuzilgan, keyinchalik Sredazkomstaris bu ish bilan shugʻullangan. Hozir Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi huzuridagi Madaniy meros obʼyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiyishlab chiqarish. Bosh boshqarmasi shugʻullanmoqda. Respublika hududida va chet mamlakatlarda saqlanayotgan noyob qoʻlyozmalar, madaniy, tarixiy yodgorliklar, hunarmandchilik, xalq ogʻzaki ijodi namunalari, sanʼat va badiiy asarlar, teatrmusiqa, qad. davlatchilik tarixiga oid hujjatlar, qad. cholgʻu asboblarini yigʻish, saklash va boshqa bilan shugʻullanish maqsadida "Oltin meros" xalqaro xayriya jamgʻarmasi tuzilgan (1999-yil 12 okt.).
Download 335 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish