Savollar
1.Qadimgi Mesopotamiyada maktab va kutubxonalar faoliyati haqida nimalarni bilasiz?
2.Qadimgi Mesopotamiyada so’z janri va yozuv to’g’risida nimalarni bilasiz?
3.Qadimgi Mesopotamiyada din to’g’risida nimalarni bilasiz?
4.Qadimgi Mesopotamiyada ilmiy bilimlar rivoji haqida nimalarni bilasiz?
5.Qadimgi Mesopotamiya san’ati haqida nimalarni bilasiz?
Javoblar:
1.Maktablarning quyi sinflarida til, adabiyot, gramatika yuqori sinflarda esa matematika, musiqa, huquq, geometriya, astronomiya, tarix, tabobat, veterinariya kabi aniq fanlar bilan bir qatorda diniy fanlar ham o’qitilgan. Maktablar saroy va ibodatxonalar qoshida bo’lib uni ruhoniylar boshqarganlar. Mari va boshqa shaharlardagi qazishmalar vaqtida o’quvchilarga mos o’rindiqlar qo’yilgan maktab binosining qoldig’i topilgan. Maktablar davlat uchun xo’jalik, savdo va harbiy ishlarni boshqaruvchi xodimlarni tayyorlaganlar. Maktablarda Misrdagi kabi mirzolar tayyorlashga katta e’tibor berilgan. Maktablarda intizom va nazorat juda qattiq bo’lgan. Yetarli qobilyatli va tirishqoq bo’lmagan o’quvchilar jazolangan. Maktab qoshida ,,xivich bilan savalovchi’’ maxsus nazoratchi bo’lgan. O’qituvchilar o’quvchilarni qunt bilan o’rganganlar.
2.Zamonlar o’tishi bilan Mesopatamiyada ponasimon mixxat yozuvi kashf etlgan. Ular qotmagan loy lavhalar ustiga o’yib tushirilgan. Yozuvlar lavha ustida ko’ndalang tik va qiyshiq tushirilgan pona- mixlar shaklida 600 dan ortiq belgilar yig’indisidan iborat bo’lgan. Mixxat yozuvi miloddan avvalgi III ming yilllikda Shumerda ixtiro qilingan, keyinchalik qo’shni mamlakatlarga yoyilgan. O’sha zamondan boshlab ruhoniy va mirzolar voqea va hodisalarni mixxat yozuvida sopol, teri, loy va boshqa buyumlarning sathlariga yozganlar. Bular o’ziga xos kitoblar edi. Mesopatamiyaning Ur, Bobil, Ashur,Nineviya kabi ko’p shaharlarida kutubxonalar bo’lgan. Bu jihatdan Ashshurbanipalning Nineviyadagi 30 ming nusxadan iborat lavha kitoblarining saqlanib kelganligi diqqatga sazovordir. Mixxatlar butun Old Osiyoning asosiy yozuvi bo’lib qolgan. Mesopatamiya shaharlaridagi saroy va ibodatxonalarning hujjatxonalari va kutubxonalaridan sopol lavhalarga bitilgan kitoblar topilgan. Ularda mesopatamiya xalqlariga oid juda ko’p malumotlar saqlanib qolgan.
3.Xullas, Mеsopatamiya xalqlari diniy ilmlar borasida muxum yurishlarga erishganlar Albatta ularni borasida. Din sohasini oladigan bo`lsak quyosh xudosi Anu, Ur xudosi Enlil. Suv xudosi Enki quyosh xudosi Shamash Vavilonliklar xudosi Mardua to`g`risida qimmatli ma'lumotlar mavjud.
Old Osiyoning muxim gеografik mintaqada resurslar ko`pligi muxim savdo yo`li ustida joylashganligi bu еrda kishilik jamiyatining yuzaga kеlishi uchun muxim omil bo`lib xizmat qildi. Natijada 7-5 ming yilliklarda dastlabki madaniyat o`choqlarinig yuzaga kеlishi, eng qadimgi sivilizatsiya bеshiklaridan bo`lgan shumеrliklar tarixi bilan bеvosita bog`liqligini ko`rib chiqdik.
4.Mesopatamiyada matematika, geometriya, astronomiya, tabobat, tarix va boshqa fanlarga qiziqish ancha erta boshlangan. Yerlarni o’lchash, kanal qazish, masofani aniqlash, hosilni hisoblash va memorchilikda matematika va geometriya fanlari kerak bo’lgan. Bu fanlar chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq uchun ham zarur edi. Qadimgi Mesopotamiyaliklar birlik, o’nlik ,yuzlik va minglikni bilganlar. Bu sonlar alohida belgilar bilan ifoda etilgan. Mesopatamiyada astronomiya faniga ham katta amamiyat berganlar. Bu yerda olti- yetti qavatli zikkuratlar qurilgan. Mesopotamiyaning Ur,Uruk,Nippur, Bobil va boshqa shaharlarda ajoyib rasadxonalar bo’lgan. Ular shu rasadxonalardan quyosh, yer, oy va osmon jismlarining harakatini kuzatganlar.
5.Shumerlar juda boy va qadimiy madaniyatga ega bo’lgan. Qadimgi davlatlarning vujudga kelish munosabati bilan Shumer madaniyati ravnaq topgan va rivojlangan. Shumer yozuvi suratli yozuv bo’lib, aytilmoqchi bo’lgan fikr rasm bilan ifoda etilgan. Masalan,suv so’zi uch qator to’lqinsimon chiziq, qush so’zi qushning tasviri, yulduz so’zi yulduz tasviri, yig’lash so’zini esa ko’z va suvni bildiradigan belgilarni qo’shib ko’rsatish bilan ifodalangan. Yomg’ir so’zi ham yulduz va suv belgilarini bir- biriga qo’shish orqali ifodalangan. Rasm va turli belgi orqali ifoda etilgan yozuvlarni iyerogliflar deb nomlangan Ammo suratli yozuv bilan ko’p narsalarni ifoda qilib bo’lmagan. Hayot, o’zaro muomala rasmli yozuvni soddalashtirishni talab etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |