27 Mavzu:MTT ning kata va maktabga tayyorlov guruhlarida umumrivojlantirish mashqlarini o`rganish
Reja:
1 Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari katta guruhlarda
2 Turli yoshdagi bolalar guruhlarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazish.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari katta guruhlarda haftasiga 2 marta, tayyorlov guruhlarida 3 marta mashg‘ulot o‘tkaziladi. Ular katta guruhlarda 20-25 minut, tayyorlov guruhlarida esa 30-35 minut davom etadi. Tayyorlov guruhlarida uchinchi mashg‘ulot kunning ikkinchi yarmida, uyqudan so‘ng o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlarning mazmuni katta va tayyorlov guruhlarda bir tomondan ko‘pgina yangi, ancha murakkab mashqlar hisobiga, ikkinchi tomondan egallab olingan ayrim malakalar beixtiyor amalga oshiriladigan harakatlar hisobiga murakkablashib boradi. Asosiy har akatlar qoidasini va umumrivojlantiruvchi mashqlar qoidasini o‘rganishni chuqurlashtirish, davom etadi. Katta guruhlarda harakatlarni o‘rganishning boshlanishidanoq odatdagi xatolarni o‘z vaqtida aytib o‘tish mumkin. U guruh bolalar bilan har doim o‘tkaziladigan, amaliyotda ko‘p qo‘llanadigan aralash tipdagi mashg‘ulotlardan tashqari mu jassam mashg‘ulotl ar keng o‘rin egallay boshlaydi. Bunday mashg‘ulotlarda tarbiyachi va ‘ faqat bir maqsadni ko‘zlamasdan bir mashg‘ulotda ikki va uchta maqsadni ko‘zlashi mumkin.
Masalan: bolalarni shakllar bilan tanishtirish, yurish, yugurishga o‘rgatish, saflanish va qayta saflanishga o‘rgatishni davom ettirish. Bu maqsadga erishish uchun tarbiyachi jismoniy mashg‘ulotlarning kirish qismida bolalarni buben jo‘rligida turli yurishlarga o‘rgatib boradi va ularni turli shaklda (doira, to‘rtburchak, uchburchak) saflanishlarni taklif etadi. Bu yoshdagi bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkazish jarayonida og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlardan keng foydalaniladi va bolalarni mashg‘ulotlarda uyushtirish metodlari frontal, guruhiy, individual, musobaqa metodlaridan foydalanadi.
Harakatlarni va harakat sifatlarini har tomonlama rivojlantirishga mashq va o‘yinlar o‘tkazishning musobaqa metodi yaxshi yordam beradi. Endilikda bolalar harakatli musobaqalarda komanda tarkibida jamoa bo‘lib ishtirok etishni uddalaydigan bo‘lib qoladilar. Musobaqalar bolalarning harakat qobiliyatlari maksimal sur’atda namoyon bo‘lishiga yordam beradi, harakat malakasi va sifatlarining jadal sur’atda takomillashuviga olib keladi. Ko‘pincha tayyorlov guruhida turli o‘yin-estafetalar o‘tkazilgan vaqtda mana shunday komanda bo‘lib musobaqalashishga to‘g‘ri keladi. Bolalarning yuqori darajadagi harakat faolligini ta’minlash uchun mashqlarini bajarish vaqtida bolalarni uyushtirish metodlari xilma-xil bo‘lishi lozim. Maktabgacha katta yoshdagi bog‘cha bolalari uchun jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida bilish faolligining o‘sishi o‘ziga xos xususiyatdir. Ular tarbiyachining ko‘rsatmalarini qiziqish bilan bajaradilar, mashqning bajarilishi va tuzilishiga oid savollar beradilar, topshiriqni qayta ko‘rsatib berishni so‘raydilar, o‘zlari mashqni qay darajada bajarganliklarini aniqlab oladilar. Tarbiyachi bolalarning aqliy faolligini uyg‘otish maqsadida ularning bunday qiziqishlarini qo‘llab quvvatlaydilar. Bolalar endi o‘z malakalar ini takomillashtirish uchun mashqlar qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini tushunadilar. Bu narsa shunga olib keladiki, bolalar ko‘pincha o‘zlari yaxshi bajara olmayotgan harakatlarni mustaqil ravishda mashq qila boshlaydilar. O‘z harakatlarini va o‘rtoqlarining harakatlarini baholashda tobora adolatli bo‘la boradilar. Tarbiyachi bolalarning bir-birlariga yordam berish to‘g‘risidagi istaklarini rag‘batlantiradi, ularga ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan topshiriqlar beradi (kerakli jihozlarni tayyorlash, xonani yig‘ishtirib qo‘yish va shunga o‘xshash). Bolalar erkin harakat qilishni, harakatlarni ishonch bilan tez bajarishni yaxshi ko‘radilar. Bu bolalarning muayyan ravishda mashq ko‘rganliklaridan hamda ulardagi harakat sifatlari: kuch-g‘ayrat, chaqqonlik va epchillikni hamda boshqa sifatlar ma’lum darajada rivojlanganligidan darak beradi. Bu mahalda mazkur sifatlarni maxsus vositalar va metodlar bilan tarbiyalash zarur. Masalan, tezkorlikni rivojlantirish uchun kichik-kichik oraliqlar bilan qisqa masofalarga tez yugurish bo‘yicha musobaqa mashqlarini, kuch-quvvatni rivojlantirish uchun qarshilikni yengish bilan bog‘liq bo‘lgan xilma- xil mashqlarni (to‘ldirma to‘p bilan bajariladigan mashqlarni juft-jut bo‘lib bajariladigan mashqlar va boshqalar), chaqqonlik va epchillikni oshiruvchi mashqlarni va boshqa shu singari mashqlarni takrorlash ko‘zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |