26 Mavzu: Mashqlar davomida buyumlardan foydalanish
Reja:
1Bolalar bajaradigan umumrivojlantiruvchi mashqlar
2 Saflanish mashqlari
Mashqlar davomida buyumlardan foydalanish. Bolalar bajaradigan umumrivojlantiruvchi mashqlarning katta qismi buyumlar: tayoqchalar, bayroqchalar, chambaraklar, lentalar,shnurlar, langarcho‘plar, sharlar bilan; predmetlarda – gimnastika devori, skameyka, stullar, xodada amalga oshiriladi. Bolalar buyumlar bilan bajariladigan mashqlarni qiziqish bilan bajaradilar, mashqlarni takrorlash to‘g‘ri muskul tonusini hosil qilishga yordam beradi.Saflanish mashqlari. Saflanish mashqlari – saflanishlar (davra, kolonna, sherenga…) qayta saflanishlar (bittadan kolonna bo‘lib saflanishdan ikkita, uchta, to‘rttadan, sherenga bo‘lib saflanish…) turli tomonlarga burilishlar (o‘ngga, chapga, orqaga), tarqalish va yig‘ilish, fazodagi barcha harakatlardan (turli saflanishlar va tarqalishlar) turli jismoniy mashqlarni bajarishda foydalaniladi (mashg‘ulotlarda, ertalabki gimnastikada, harakatli o‘yinlarda, bayram tantanalarida sayrlarda, ekskursiyalarda). Bolalarda bu mashqlarni bajarish jarayonida jamoada harakatning muvofiqligi (turli mashqlarni birgalikda va o‘zaro aloqadorlikda bajarish) tarbiyalanadi. Saflanish mashqlari bolalarda to‘g‘ri qad-qomatning shakllanishiga xizmat qiladi. Ular turli buyumlar bilan, qo‘shiq, musiqa yoki zarbli asboblar (doira, nog‘ora) jo‘rligida bajarilishi mumkin. Shunday qilib, gimnastika mashqlarining barcha guruhi – asosiy harakatlar, umumrivojlantiruvchi va saflanish mashqlari bola organizmida kechadigan funksional jarayonlarni kuchaytiradi, jismoniy va har tomonlama rivojlanishga ta’sir ko‘rsatadi.Bunday mashqlardan turli dastlabki holatlardan oquvchilar organizmiga tasir korsatuvchi hamda mashqlarni bajarish malakasi va konikmalarini hosil qilish maqsadida foydaniladi.Rostlangan qollarni harakatlantirishga orgatishni bir qolni alohida harakat qildirishdan boshlab, keyin ikkinchi qolni harakatlantirishga otgan maqul. Harakat bajarilayotganda, yani bir qol harakat qilayotganda gavdaning boshqa qismlari qoshilib harakatlantirmasligiga etibor beriladi. Harakatlar aniq bajarilishiga erishmoq kerak. Masalan, “ Ong qololdinda ” holatida turish kerak bolsa, qol yelka balandligida bolib, kaft ichkariga qaragan, barmoqlarirostlangan va hokazo bolishi kerak.Mashq shugullanuvchilarga qarab turgan holda korsatiladi. Mashqni korsatishni boshlash uchun “ Dastlabki holatni egallash !” songra menga qarab turib “ Mashqni boshlang ” buyrugi beriladi. oqituvchi mashqni guruh bilan birgalikda 2 – 3 marta takrorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |