8 Mavzu: Jismoniy sifatlarini tarbiyalash
Reja:
1Bolalarning harakatli faoliyati ularda asosiy jismoniy sifatlari
2 Mashg`ulotlarni rejalashtirish
Bolalarning harakatli faoliyati ularda asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish bilan bogliqdir. Bunga chaqqonlik, epchillik, kuchlilik, matonat singari sifatlar kiradi. Amalda mazkur sifatlarning hech birini alohida olib rivojlantirishni tasavvur qilish ham mumkin emas. Turli jismoniy sifatlarni tarbiyalash aslida bolaning jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlanishidek yagona jarayonning turli tomonlaridir. Chunki bunday rivojlanish natijasida organizmning miqdoriy imkoniyatlarida umumiy yuksalish sodir boladi. Lekin baribir yuqorida sanab otilgan jismoniy sifatlarning har birini tarbiyalashning oziga xos xususiyatlari mavjuddir. Chaqqonlik-bu faoliyat davomida paydo boladigan kutilmagan shart-sharoitlarga binoan harakat faoliyatini tezlik bilan qayta qura bilash hamda yangi harakatlarni egallay olish qobiliyatidir. Chaqqonlikni tarbiyalash harakatlar uygunligini rivojlantirish, ularning surati va kolamini, muskullarning zoriqishi va boshashi darajasini bir-biridan farq qilish, shuningdek, vaqtga va joyga moslashib moljal ola bilish mahorati asosida sodir boladi. Chaqqonlikni tarbiyalash uchun aniq xarakatlar qilish qobiliyatini rivojlantirish muhimdir. Bundan tashqari, turgun holatda hamda bir joydan ikkinchi joyga yurib borilayotganda gavdaning muvozanatini saqlay olish chaqqonlik korinishlaridan biri hisoblanadi. Bolalikning maktabgacha yoshida harakat analizatorini rivojlantirishda anchagina siljish roy beradi. Bu esa chaqqonlikni asta-sekin takomillashtirib borish uchun imkoniyat yaratadi. Harakatlarni bajarishdagi epchillik ham maktabgacha yoshdagi bolalarda tez rivojlanadigan muhim xususiyatdir. Epchillik-bu harakatni eng kam vaqt ichida bajara olish qobiliyatidir. U qandaydir bir signalga javob tariqasi bajarilgan harakat tezligiga (harakat reaksiyasi deb ataladigan tezlikka), ayrim harakatlar tezligiga, shuningdek kop marta takrorlanayotgan harakatlarning tezligiga bogliq boladi. Harakatlarning mana shu barcha tarif-tavsifi, bogchadagi kichik yoshdagi bolalardan boshlab to katta gruppadagi bolalarda muntazam mashq natijasida osib boradi. Chaqqonlik va epchillikning rivojlanishiga oyin va mashqlarni muntazam bajarib borish orqali erishiladi. Bunda atrofdagi muhit sharoitning ozgarishiga qarab shugullanuvchilar tezlik bilan javob reaksiyasi berishlari hamda bir harakatdan ikkinchisiga jadallik bilan otishlari, tez siljishlari vatopshiriqni bajarishlari muhimdir. Turli oyinlar hamda tosiqlarni engib otish, toxtab-toxtab, burilishlar bilan bajariladi birdan berilgan signal boyicha xilma-xil topshiriqlarni bajarish, hatlab otish, engashib-emaklab otish bilan bogliq bolgan mashqlar, muvozanat mashqlari,har turli sport oyinlari va boshqalar mana shunday chaqqonlik va epchillikni ostiruvchi mashqlar hisoblanadi. Kuchlilik-bu muskullarni malum darajada zoriqtira olish qobiliyati bolib,chaqqonlik va epchillikni tarbiyalashning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolaning muskullari hali yaxshi rivojlanmagan boladi, uning asab harakati ham hali takomillashmagan, bogcha bolalari muskullarni kuch bilan ishga solishda aniq farq qilish qobiliyatiga ega emaslar. Bogcha bolalari uchun, ayniqsa, kichik gruppadagilar uchun shu narsa muhimdirki, ularda rostlovchi muskullarning xayotiy, faoliyatidan kora bukish muskullarining hayotiy faoliyati ortiqroq boladi, bolalar yurish va yugurish vaqtida oyoqlarini yarim bukik holda tutib harakat qiladilar, oyinlar otkazish vaqtida esa engashib otiradilar va hokazo. Shu sababdan bolaning kuch-quvvat sifatlarini rivojlantirayotganda rostlovchi muskullar kuchini kopaytirishga etibor berish, bola gavdasini va oyoq-qollarini rostlaydigan, togri turishga orgatadigan mashqlar bajartirish muhim ahamiyatga egadir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda kuch-quvvatni tarbiyalashga qaratilgan mashqlar asosan dinamik xarakterga ega bolishi kerak. Ayni vaqtda bu uzoq vaqt davom etib, asablarni ancha tarang holga keltiradigan bir xildagi zoriqishlar bilan bogliq, bolmasligi shart. Bundan tashqari kuchni rivojlantirishda zor berib kuchlanish zarur bolgan mashqlar qollanmasligi kerak. Bogcha bolalarkning kuch-quvvatini tarbiyalash uchun qisqa muddat davom etadigan tezlik-kuch talab qiladigan mashqlar (masalan, bir joyning ozida turib uzunlikka sakrash, uzoqqa uloqtirish mashqlari), shuningdek, oz ogirligini kotarish bilan bogliq bolgan bazi bir mashqlar (engashtirib qoyilgan va tikka turgan narvonlar, taxtalarga tirmashib chiqish mashqlari, gimnastika skameykasida oz qollari, kuchi bilan tortilish va shunga oxshash mashqlar)ni bajarish orinlidir. Matonat-bu jismoniy ishni imkoni boricha uzoq vaqt davomida yetarli darajadagi jadallikni saqlagan holda bajara olish qobiliyatidir. Matonatni tarbiyalash organizmning turli sistemalarining miqdoriy imkoniyatlarini oshirib borish bilan, asta-sekin sharoitga moslashib borish bilan, oqibat natijada charchashga olib boradigan kuchli zoriqish bilan uzoq vaqt davom etadigan faoliyat natijasida organizmda paydo boladigan konikish bilan bogliq boladi. Shuning uchun bolalarda matonatni tarbiyalashda ular organizmiga ozlari konikib qolgan vazifaga qaraganda yuqoriroq jismoniy tasir korsatadigan mashqlar va oyinlar qollaniladi. Maktabgacha yoshdagi kichik gruppalarda matonatni tarbiyalash bilan bogliq maxsus mashqlar amalga oshirilmaydi. Katta yoshdagi bogcha bolalarida matonatni tarbiyalash uchun oyin va mashqlardan foydalaniladi. Bunday oyin va mashqlarda ancha ogir, lekin qisqa muddatli jismoniy zoriqish talab qilinadi. Bunday mashqlarda bolalar diqqat-e`tiborni bir yerga jamlab, mashqlarni takrorlashda yetarli darajada uzoq tanaffuslar berib, ularga dam oldirish lozim. Bu yoshdagi bolalarda matonat avvalo yurish, yugurish,sakrash, changida yurish, raq tushish, suzish va harakatli oyinlar oynash va
mustaqil faoliyat korsatish vaqtida rivojlanadi. Mashgulotlarni rejalashtirish. Tarbiyachilar yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish, muvozanat mashqlari kabi asosiy harakatlarni izchil ravishda mashgulotlarga taqsimlab chiqishda koproq qiynaladilar. Ularni rejalashtirish vaqtida faqat mashgulot otkazish shart-sharoitlarini (xona, asbob-uskuna va boshqalarni), bolalarning tayyorligini hisobga olibgina qolmay, shu bilan birga har bir harakat malakasini izchillik bilan shakllantirishga ham etibor berish kerak. Bunga murakkabligi tobora ortib boradigan mashqlar va oyinlarni koproq tanlash orqali erishiladi. Mashgulotlar vaqtida asosiy harakatlarning bir-biri bilan maqsadga muvofiqroq ravishda qoshib olib borishni kozda tutish, shuningdek, bolalarning yuksak darajadagi faolligini taminlovchi uyushtirish usullarining qollanishi ham katta ahamiyatga egadir. Materialni takrorlash ham muhim rol oynaydi. Ayni bir harakatni taxminan oradan 3-4 hafta otgandan keyin takrorlab turgan maqul. Har bir organiladigan harakat turiga bir nechta (ikki-tort) izchil bajariladigan mashgulotlarni kiritish maqsadga muvofiqdir. Odatda mashgulotlar uchun bolalarni oqitishning har xil bosqichlari bilan bogliq bolgan mashqlar tanlanadi: topshirnqlarnipg biri kopincha yangi mashqlarni organish bilan yoki harakat qismlarini takrorlash bilan bogliq boladi, boshqalari esa malakani mustahkamlash va takomillashtirishgа qaratilgan boladi. Materialni taxminiy taqsimlash rejasida har bir yosh gruppasi uchun faqat asosiy harakatlar bilan bogliq topshiriqlar, shuningdek, harakatli oyinlar berilgan. Mashgulotlar uchun belgilangan umumiy rivojlanish mashqlarining mazmuni mashgulotning asosiy maqsadiga boysundiriladi, u bolani asosiy mashqlarga tayyorlamogi lozim. Yosh gruppalari uchun tuzilgan planda haftasiga ikki marta otkaziladigan mashgulotdan faqat bittasining mazmuni berilgan. Bu planlashtirishda birmuncha ozgartirishlar bolishi uchun kerakli erkinlikni tamin etadi. Ikkinchi mashgulot birinchi mashgulotning mazmunini tola takrorlashi ham mumkin. Bolalar otgan mashgulotlarda organgan harakatlarni takrorlab, faol ravishda mashq qilib olishlariga imkon yaratish uchun shunday qilinadi. Bazan ikkinchi mashgulotning mazmuni qisman ozgartiriladi: mashgulotning kirish qismiga boshqa yangi mashqlar kiritiladi yoki umumrivojlantiruvchi mashqlar uchun boshqa mashq tanlanadi, asosiy harakatlarga orgatish vaqtida bolalar kollektivini uyushtirish uslubi ozgartiriladi. Boshqa mashgulotdagi asosiy harakatlar qoshimcha takrorlash materiali sifatida kiritiladi. Kvartallar boyicha tuzib chiqilgan perspektiv plan asosida tarbiyachining har bir mashgulotning reja-konspektini tuzib chiqishi osonroqdir. Bunda har bir yosh gruppasida material qanday otilayotganini nazorat qilib borish imkoniyati ortadi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiyaning tashkiliy shakllari quyidagilardan iborat: 1) mashgulotlar, 2) jismoniy tarbiya-soglomlashtirish tadbirlari (ertalabki gimnastika, harakatli oyinlar, sayr vaqtidagi sport mashqlari, fizkultdaqiqa, bogcha atrofiga saylga chiqish, jismoniy tarbiya bayramlari, shaxsiy ishlar) ni bolalar bogchasi kun tartibiga binoan o`tkazish, 3) bolalarning mustaqil ravishda bajaradigan harakatli faoliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |