5 Mavzu:Jismoniy tarbiya jarayonida ta`lim tarbiya asoslari va o`qitish tamoyillari
Reja:
1 Jismoniy tarbiya tamoyillari
2 Jismoniy tarbiya va sportning hayot bilan bog’liqlik tamoyili
3 Ta’lim metodlari va usullari tasnifi.
Jismoniy tarbiya tamoyillari shaxsni har tomonlama komil inson qilibrivojlantirishga bolalarda jismoniy qobiliyatni, harakat malakalari vako’nikmalarini rivojlantirishga yordam beradigan, bola shaxsinitarbiyalashni birgalikda va har tomonlama tarbiyalashni amalga oshirishgamujassam holda yondashishni ko’zda tutadi. Jismoniy tarbiya tizimidagibunday yondashuv bolalarning o’ziga xos xususiyatlari, yosh rivojlanishbosqichlari xususiyatlari, hayotning u yoki bu davrida asosiy faoliyat sifatida tanlanadigan jismoniy tarbiya faoliyati turlari xususiyatlariga ham bog’liq bo’ladi.Jismoniy tarbiyaning umumiy tamoyillariga quyidagilar kiradi:Jismoniy tarbiya va sportning hayot bilan bog’liqlik tamoyili.Maktabgacha tarbiya yoshidagi muassasa bolalarini tegishli dastur asosidajismoniy va sport mashqlariga, o’yinlarga o’rgatib, ulardagi bu qiziqishqo’llab-quvvatlab turiladi. Ta’limning maqsadi bolalarda maktabga o’tish va kelajakda jismoniy tarbiyadan meyoriy ko’rsatkichlar majmuasi talablarini muvaffaqiyatli o’zlashtirish uchun jismoniy tayyorgarlik hosil qilishdaniboratdir, shu asosda bolalarda O’zbekistonning mashxur sportchilari, ularning vatanparvarligi, ishchanligi, jasurligi, bardoshliligi, mahorati, do’st-birodarligi va o’zaro yordam kabi xislatlariga hurmat hissi tarbiyalanadi. Sog’lomlashtirishga yo’nalgan tamoyilining mohiyati bolalar sog’ligini mustahkamlash vazifalarini bajarishda namoyon bo’ladi. Shuning uchun jismoniy mashqlarni tanlashda bola organizmini har tomonlama sog’lomlashtirishga intilish,uning jismoniy sifatlarini hissiy-ijobiy holat, hayotdagi xushchaqchaq kayfiyat bilan yaxlitlikda rivojlantirish ham ko’zda tutiladi. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini rejalashtirishda salomatlikni mustahkamlash qonuniyatlari hisobga olingan jismoniy yuklama albatta idora qilinadi. Bu ish tarbiyachi, vrach va mudiraning muntazam vrachpedagoglik nazorati ostida amalga oshiriladi.
Ta’lim metodlari o’quv predmeti, aniq didaktik vazifalar, vositalar va ta’lim shartlarining o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq usullar tizimining turli birikmalaridan iboratdir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning nerv tizimi va butun organizmi nihoyatda plastik va tashqi ta’sirga beriluvchan bo’ladi. Shuning uchun maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan mashg’ulot olib borganda psixik va jismoniy kuchni sarflanadigan to’g’ri vaqt nisbati va undan so’nggi dam olish tarbiyachining muhim vazifalaridan biri bo’lishi lozim. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berishda ularning yosh xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda quyidagi metodlardan foydalaniladi.
1. Ko’rgazmali metod.
2. Og’zaki metod.
3. Amaliy metod.
4. O’yin metodi.
5. Musobaqa metodi.
Do'stlaringiz bilan baham: |