55 Mavzu: MTT ning kata va maktabga tayyorlov guruhlarida harakatliy o`yinlarni o`tkazish va ularning ahamiyati
Reja:
1 Maktabga tayyorlov guruhlarida harakatliy o`yinlar
2 O‘yinga tayyorgarlik ko`rish
3 O‘yinga rahbarlik qilish.
Bolalarni hayotga tayyorlashda harakatli o‘yinlarni
o‘tkazib turish shartdir. Harakatli o‘yin kunning har xil qismida va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi. Tarbiyachi tomonidan o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar 20 minutgacha davom etadi. Ertalab, nonushtaga qadar bolalarni qiziqtiradigan, kam harakatli o‘yinlar o‘tkaziladi. Nonushtadan keyin o‘tiladigan mashg‘ulot (rasm chizish, narsa yasash, ona tili, sanoq va hokazo) boladan uzoq vaqt bir holatda turishni va diqqatni bir joyga to‘plashni talab etsa, unday vaqtda individual va kichik guruhlarga bo‘linib, uncha katta bo‘lmagan jadallikdagi harakatli o‘yinlarni (halqaga tashash, kegli, ashula aytib o‘ynaladigan o‘yinlar va hokazo) o‘ynash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar vaqtida tarbiyachi birnecha oddiy mashqlar (jismoniy tarbiya daqiqasi) ni bajarish mumkin. Bu mashqlar xona bo‘ylab harakat qilishni nazarda tutmaslik kerak, ular stol atrofida o‘tirib yoki oraliqda (bo‘g‘imlarni aylantirish, qo‘llarni silkitish, boshni burish, cho‘qqayish, engashish, burilish va hokazo). Mashg‘ulotlar orasidagi vaqtda mashqlar bilan ko‘p shug‘ullanmaslik kerak.Bolalarda ham, tarbiyachida ham muomalali bo‘lish, fikr almashish, navbatdagi mashg‘ulotga tayyorlanish uchun bo‘sh vaqt qolishi kerak. Sayr vaqtida (ham ertalabki, ham kechqurun) harakatli faoliyat bilan faol shug‘ullanish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachi sayr vaqtida bolalarning har xil o‘yinlar: harakatli, qurilish, mazmunli rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlar o‘ynashlarini, sport mashqlarida qatnashishlarini kuzatib turadi. Yugurish, sakrash bilan bajariladigan jadal harakatli o‘yinlarni sokinroq o‘yinlar bilan navbatlashtirib turish muhimdir. Maydonda tarbiyachi rahbarligida bolalar bilan o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar ikki reja asosida amalga oshiriladi. Tarbiyachi bolalarning qiziqishi bo‘yicha harakatli o‘yinlar o‘ynash uchun bolalarga mustaqil sur’atda uncha katta bo‘lmagan guruhlarga birlashishni taklif etadi, boshlovchi tanlashda ularga yordam beradi, qoidani eslatadi, boshlagan o‘yinni davom ettirganlarni rag‘batlantiradi, bunday o‘yinlarga
tabiatan vazmin, uyatchan bolalarni kiritishga harakat qiladi. Shu bilan birga har kuni sayr vaqtida tarbiyaviy ishning rejasi ostida bitta yoki bir nechta harakatli o‘yinlar o‘tkazadi. O‘yinga rahbarlik qilish. O‘yinga tayyorgarlik va yig‘ilish endilikda na tarbiyachini, na bolalarni qiynaydi. Bolalar ancha- gina mustaqil va uyushgan, ular o‘yin uchun zarur sharoit (jihozlarni tayyorlash, maydonchani tozalash va hokazo)ni yaratishda yordamlashadilar. O‘yinda mas’uliyatli vazifalarni bolalarning o‘zlari bajarishadi. O‘yinda tarbiyachining ishtirok etishi shart emas. U o‘yin davomida o‘yinga rahbarlik qilib, o‘yin qoidalarini eslatib, uning bajarilishini diqqat bilan nazorat qilib boradi, signallar berib turadi, shuningdek, bolalar harakatlarini to‘g‘riligini kuzatib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |