Pul agregatlari
Pul massasi darajasini hisoblashning asosiy tamoyillaridan biri mablag‘larni likvidlilik darajasi hisoblanadi.Muomaladagi pulning turlari pul agregatlari bilan guruhlarga ajratiladi. Unga ko‘ra muomaladagi mablag‘lar likvidlilik bo‘yicha tasniflanadi, ya’ni dastlab yuqori likvidli mablag‘lar past likvidligiga qarab M1, M2, M3,….Mn yoki L agregatlarga ajratiladi. Pul agregatlari tarkibi va soni turli mamlakatlarda turlichadir. Sanoati rivojlangan mamlakatlarning moliya statistikasida pul massasini aniqlashda quyidagi asosiy pul agregatlaridan foydalaniladi: M1 – muomaladagi naqd pullar (banknotalar, tangalar) va joriy bank schyotlaridagi mablag‘larni o‘z ichiga oladi; M2 – M1 va tijorat banklaridagi muddatli va jamg‘arma qo‘yilmalaridan (to‘rt yilgacha) tarkib topgan; M3 – M2 va ixtisoslashgan kredit muassasalaridagi jamg‘arma qo‘yilmalarini kiritgan; M4 – M3 hamda yillik tijoriy banklarining depozitli sertifikatlaridan iborat.
Pul muomalasi qonuniga ko‘ra, pul muomalasi tezligi pul massasining o‘sishiga nisbatan proporsional ravishda ortib boradi. Iqtisodiyotning pul vositalari bilan ta’minlanganligi darajasini aniqlashda monetizatsiya koeffitsiyenti ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Ushbu ko‘rsatkich ma’lum davr ichida o‘rtacha pul massasi darajasini jami ijtimoiy mahsulotning nominal qiymati o‘rtasidagi nisbati asosida aniqlanadi.
Pul tizimining mohiyati va turlari
Pul tizimi – bu mamlakatda pul muomalasini amalga oshirishning shakli bo‘lib, uning asosini milliy valyuta tashkil etadi va milliy valyuta orqali tartibga solinadi. Kishilik jamiyatining vujudga kelishi, rivojlanishi va takomillashuvi barobarida tovar-pul munosabatlari ham shunga monand holda rivojlanib va takomillashib kelmoqda. Shuningdek, pul tizimi ham mavjud ijtimoiyiqtisodiy jarayonlar davomida ikki turdan iborat bo‘ldi. Xususan: – metall pullar tizimi, bunda tovar pul (qimmatbaho metall) muomala vositasini bajaradi, metall pullar to‘lov vositasini bajarganda ularda pulning barcha funksiyalari namoyon bo‘ladi; – qog‘oz – kredit pullar tizimi, oltin va kumush tanga pullar evolyutsion tarzda qog‘oz – kredit pullari tomonidan muomaladan siqib chiqariladi.
Metall pullar tizimi sharoitida metall qanday shaklda bo‘lishidan qa’tiy nazar, to‘lov vositasi sifatida qabul qilindi. Metall pullar tizimi ikkiga bo‘linib, birinchisi, bimetallizm, ikkinchisi, monometallizm sifatida guruhlanad
Bimetallizm – bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to‘lov vositasi ikkita metallni (odatda oltin va kumush) chegaralanmagan miqdorda erkin zarb qilishga ruxsat beradi.
Monometallizm pul tizimi sharoitida – bitta qimmatbaho metall (oltin va kumush, asosan oltin) umum ekvivalent vazifasini bajardi.
Oltin quyma standarti sharoitida banknotalar davlat tomonidan o‘rnatilgan summada oltin quymalarga ayirboshlanadi, oltin quyma standarti sharoitida muomalada oltin tangalarning to‘lov vositasi sifatida harakati va erkin zarb qilinishi amal qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |