O‘zbekiston pul tizimining tashkil topishi va rivojlanishi
O‘zbekistonda pul tizimining tashkil topishi milliy valyuta so‘mning muomalaga joriy etilishi bilan bevosita bog‘liqdir. Milliy valyuta so‘m muomalaga joriy etilgan davrlarni asos qilgan holda mamlakatimiz pul tizimini vujudga kelishini shartli ravishda uchta bosqichga guruhlash orqali o‘rganish maqsadga muvofiq.Birinchi bosqich. Pul tizimining birinchi bosqichi 1991 yil sentyabrdan 1993 yil noyabr oyigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ushbu davrda O‘zbekiston pul tizimi Rossiya pul tizimiga bevosita bog‘liq edi. Chunki bu davrda mamlakatimiz milliy valyutasi muomalaga kiritilmagan, barcha hisob kitoblar sobiq Ittifoq va Rossiya rubli bilan amalga oshirilar edi. Bu davrda pul-kredit tizimi o‘z boshidan murakkab va og‘ir davrni kechirdi.
Ikkinchi bosqich 1993 yil noyabrdan 1994 yil iyun oyiga to‘g‘ri keladi. Ushbu davrda, ya’ni 1993 yil 15 noyabrdan muomalaga oraliq «so‘m – kupon»lar kiritildi.
Pul tizimining uchinchi bosqichi 1994 iyuldan to hozirgi kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122 – moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida”gi qonunning 11 – moddasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1993 yil 3 sentyabrdagi 952 – XI – sonli qaroriga muvofiq 1994 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to‘lov vositasi bo‘lgan milliy valyuta “So‘m” muomalaga kiritildi.
Shu tarzda mamlakatimiz pul tizimining asosi bo‘lib hisoblanadigan milliy valyuta barcha hisob-kitoblar va to‘lovlar bo‘yicha yagona to‘lov vositasi sifatida amal qila boshladi. Bu o‘z navbatida, Markaziy bank va tijorat banklariga pul tizimini nafaqat siyosiy jihatdan, balki iqtisodiy jihatdan ham to‘liq mustaqil boshqarish imkoniyatini vujudga keltirdi.
O‘zbekiston pul tizimining elementlari Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat pul tizimi elementlari muhim ahamiyat kasb etadi, pul tizimi elementlarining to‘liq amal qilishi va barqarorligi milliy iqtisodiyotining rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston pul tizimining elementlari mamlakatimiz 1991 yilda mustaqillikka erishgandan boshlab tashkil topa boshladi. U o‘z ichiga quyidagilarni oladi: – pul birligi “so‘m” bo‘lib, 1 so‘m 100 tiyindan iborat; – baho masshtabi tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talab va taklif asosida belgilanadi; – muomalada qog‘oz va tanga pullar to‘lov vositasini bajaradi. Qog‘oz pullar 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 1000, 5000 so‘m qiymatdagi banknotlardan, tanga pullar 1, 3, 10, 50 tiyin, 10, 25, 50 va 100 so‘mdan iborat; – banknot va tangalarni emissiya qilish va muomaladan qaytarib olish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuklatilgan bo‘lib, muomaladagi barcha pullar uning majburiyati hisoblanadi; 142 – Markaziy bank pul-kredit siyosati instrumentlari asosida mamlakatda pul muomalasini tartibga soladi; – mamlakatda pul aylanmasi va naqd pulsiz hisobkitob shaklidan iborat bo‘lib, pul aylanishi tarkibida asosiy ulush naqd pulsiz hisob-kitoblar hissasiga to‘g‘ri keladi. Markaziy bank pul muomalasi aylanmasini tashkil etadi va hisob-kitoblarning shakllarini belgilaydi.
. Inflyatsiyaning mohiyati va turlari
Muomalada qog‘oz pullar va tanga pullarning mavjudligi inflyatsiyani vujudga keltiruvchi iqtisodiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. “Inflyatsiya” termini – lotincha so‘zdan olingan bo‘lib – “shishirilgan”, “bo‘rttirilgan”, “ko‘pchigan” kabi ma’nolarni anglatadi. Inflyatsiyaning iqtisodiy mohiyati muomaladagi naqd pullarning sotib olish qobiliyatini pasayishi, tovarlar va xizmatlarning bahosini o‘sib borishini anglatadi. Inflyatsiya so‘zi birinchi marta amerikalik iqtisodchi A.Delmar tomonidan 1864 yilda iqtisodiy oborotga kiritildi. Bunga AQSh Federal hukumati 1861 – 1865 yillarda mamlakat fuqarolar urushi davrida davlatning xarajatlarini qoplash maqsadida muomalaga juda katta miqdorda qog‘oz pullarni emissiya qilishi sabab bo‘ldi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari iqtisodiy adabiyotlarida inflyatsiya termini birinchi jahon urushidan keyin, sobiq ittifoq adabiyotlarida esa 1920 yillarning o‘rtalaridan keng miqyosda paydo bo‘ldi.
Inflyatsiya juda ko‘p qirrali bo‘lib, u asosan quyidagi shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin: • sudraluvchan inflyatsiya; • shiddatli inflyatsiya; • giperinflyatsiya; • kutilgan va kutilmagan inflyatsiya; • ochiq inflyatsiya; • yopiq inflyatsiya; • talab xarajatlar inflyatsiyasi; • taklif (xarajatlar) inflyatsiyasi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |