Kreditning shakllari va turlari
Kreditning turlari asosan uning mohiyatini aniqroq tushunish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, ta’kidlash joizki, kreditning nafaqat turlari va shakllari o‘rtasida, balki tasniflanishi ham ulardan ajralgan holda o‘rganilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Kredit an’anaviy ravishda qator belgilarga qarab tasniflanishi mumkin. Xususan, kredit qarzdor va kreditor toifasi bo‘yicha (1), kreditni taqdim etish muddatiga qarab (2) va kreditni berish shakllariga (3) qarab tasniflanadi.
Kreditning tovar shakli uning juda oddiy shakli hisoblanib, kredit bilan bog‘liq dastlabki munosabatlar aynan ushbu shakl doirasida rivojlangan.
Bank krediti – kreditning eng rivojlangan shakli bo‘lib, ushbu kredit tijorat banklari tomonidan vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larni jalb qilish hisobiga, qo‘shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj tug‘ilgan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi.
Davlat krediti.Ushbu kreditning asosiy belgilaridan biri kreditni berish yoki olish jarayonida davlat bevosita ishtirok etadi.Ko‘pchilik hollarda esa davlat kreditor sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga kreditlar beradi.
Ist’emol (ipoteka) krediti asosan aholiga yashashi uchun zarur bo‘lgan buyumlarni (uy, mashina, televizor, muzlatgich, mebel va boshqalar) olishga beriladi. Iste’mol krediti pul va tovar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Pul ko‘rinishidagi iste’mol krediti bank muassasalari tomonidan jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida savdo tashkilotlarining hisobiga o‘tkazib beriladi.
Tijorat krediti – kreditning boshqa turlariga nisbatan tarixan juda qadimda paydo bo‘lgan. Uning vujudga kelishi bevosita tovarlarni ishlab chiqarish va ularning realizatsiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Xalqaro kredit – bu mamlakatlar, banklar, yuridik shaxslar tomonidan boshqa mamlakatlarga, banklarga, kompaniya va tashkilotlarga beriladigan kreditdir.
Kredit bahosi va uning funksiyalari
Kredit bahosi kreditorning ssudadan foydalanganligi uchun qarzdordan oladigan foiz to‘lovi yoki foiz stavkasi bo‘lib, moliya-pul bozoridagi talab va taklif asosida bank tomonidan o‘rnatiladi64. Kredit foiz stavkasining quyi va yuqori chegarasi bo‘lib, uning yuqori chegarasi kreditdan foydalanish natijasida olinadigan o‘rtacha foyda miqdoridir. Kredit foiz stavkasining quyi chegarasi bankning kredit berishdan olishi mumkin bo‘lgan minimal foydasi hisoblanadi. Chunki foiz stavkasi quyi chegarasining bo‘lmasligi mablag‘ egalarining mablag‘larni joylashtirishidan manfaatdor bo‘lmasligini anglatadi. Banklarda kredit bahosi darajasiga jalb qilingan mablag‘lar bahosi, kredit amaliyoti bo‘yicha bankning operatsion xarajatlari, kredit riski bo‘yicha ustama va bankning marjasi ta’sir ko‘rsatadi. Banklar faoliyatida kredit marjasini ko‘p uchratish mumkin. Iqtisodiy adabiyotlarda kredit marjasi bankdan yoki kredit muassasidan olgan kredit summasi va uni qaytaradigan summasi o‘rtasidagi farqi sifatida ifodalanadi.
Kredit bahosining taqsimlash funksiyasi orqali jismoniy va yuridik shaxslar ixtiyoridagi vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘lari yig‘iladi va ular resurslarga talabi bo‘lgan subyektlar foydasiga taqsimlanadi. Bunda moliyaviy vositachilar past foiz stavkada jalb qilingan 212 mablag‘larni yuqori foiz stavkada daromad keltiruvchi aktiv operatsiyalarga joylashtiradi.Tijorat banklari jalb qilingan resurslarga o‘z marjasini qo‘shgan holda resurslar bahosini belgilaydi.Bundan tashqari, davlat byudjet mablag‘lari va tashkil etilgan jamg‘armalar hisobidan kredit resurslari ma’lum tarmoq yoki sohalarga taqsimlanib, ular faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |