Tijorat banklarining noa’nanaviy operatsiyalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari mijozlarning moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish va foyda manbasini oshirish maqsadida qator noa’nanaviy operatsiyalarni bajaradi. Bunday operatsiyalar sirasiga faktoring, kredit – ijara (lizing), kontokorrent (overdraft), forfeyting, trast kabi operatsiyalarni kiritish mumkin.
Faktoring operatsiyalari
Faktoring operatsiyalarida banklar tovar sotib oluvchining qarz hujjatlarini sotib oladi, unda asosan uchta tomon ishtirok etadi. Birinchisi, faktor – vositachi, bankning faktoring operatsiyalarini bajaruvchi bo‘limi. Odatda, rivojlangan mamlakatlar tajribasida faktoring operatsiyalarini amalga oshirishga ixtisoslashgan faktoring kompaniyalari tashkil etish amaliyoti ham mavjud. Ikkinchisi, mijoz (tovar sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi), faktor – vositachi bilan kontrakt tuzuvchi sanoat yoki savdo firmasi. Uchinchisi, tovar sotib oluvchi
Iqtisodiyotda faktoring operatsiyalarni vujudga kelishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni ta’kidlash mumkin: – sotib oluvchi korxona va tashkilotlar olingan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlarga to‘lashi lozim bo‘lgan mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lash imkoniyatlarining mavjud emasligi. Bu qator ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar tufayli vujudga keladi; – tovar sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi mijozning ishlab chiqarish jarayonini doimiy ravishda davom ettirib turishi uchun moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashning zarurligi; – banklarning moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish hisobiga qo‘shimcha foydani shakllantirishga bo‘lgan ehtiyojining mavjudligi.
Kredit – ijara (lizing)
Iqtisodiy nuqtai nazardan, kredit – ijara (lizing) murakkab savdo – moliya – kredit operatsiyalarining bir shakli hisoblanadi.Kredit – ijaraning asosiy xususiyatlari sifatida lizing muddati davomida ijaraga berilgan vositalarga nisbatan egalik huquqini saqlab qolishdir. Uning asosiy shakllaridan biri mashina va jihozlarni ijaraga berish, asosiy usullaridan biri investitsiyalarni moliyalashtirish va ta’minotni faollashtirish hisoblanadi. Kredit – ijara (lizing) operatsiyasida odatda uch tomon ishtirok etadi: ishlab chiqaruvchi (tovar sotuvchi), bo‘lajak lizing beruvchiga tegishli mashina va jihozlarni sotuvchi yuridik shaxs; lizing beruvchi, tovar sotuvchidan mashina va jihozlarni sotib oluvchi, mulkning egasi sifatida lizing shartnomasiga asosan ma’lum muddatga va to‘lov evaziga mashina va jihozlarni lizing oluvchiga beruvchi. Odatda, lizing beruvchi sifatida etarli darajada moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lgan banklar, ixtisoslashgan lizing kompaniyalari, korxonalar maydonga chiqadi; lizing oluvchi, lizing shartnomasiga ma’lum muddat va to‘lovga asosan mashina va jihozlarni oluvchi shaxs.
Odatda, lizing oluvchi sifatida asosan yuridik shaxslar maydonga chiqadi. Lizing beruvchi va lizing oluvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, lizinga olingan mashina va jihozlarning shartnoma muddati tugagandan 336 so‘ng lizing beruvchiga qaytariladi yoki lizing oluvchining ixtiyorida qoladi. Lizing o‘ziga xos bo‘lgan shartnoma hisoblanadi, unda ijara elementlari va kredit elementlari mujassamlashadi. Shu bois, lizing so‘zi “kredit – ijara” tarzida talqin etiladi.
Lizing iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, kredit munosabatlariga xos bo‘lib, kreditning iqtisodiy mohiyati va elementlarini o‘zida aks ettirsada, kredit sifatida to‘liq e’tirof etilmaydi. Chunki, kreditor va qarzdor kapital sifatida pul mablag‘i bilan emas,
Do'stlaringiz bilan baham: |