Pulning turlari
Kishilik jamiyatida ayirboshlash munosabatlarning chuqurlashuvi, mehnat taqsimotining rivojlanishi pulning oddiy tovar shaklidan, hozirgi kunda hisob-kitoblarda qo‘llanilayotgan elektron pullar ko‘rinishi darajasigacha yetib kelishiga sabab bo‘ldi. Pul paydo bo‘lgandan to hozirgi kunga qadar turli shakllarda namoyon bo‘lgan. Xususan, ular natural, metall, qog‘oz, kredit, elektron va kripto pullardan iboratdir.
Natural pullar. Jamiyatning dastlabki davrlarida to‘lov vositasi sifatida foydalanilgan pullar buyum yoki natural ko‘rinishida bo‘lgan. Natural pullar – bu real ko‘rinishga ega bo‘lgan tovarlardir, ushbu pullarning qiymati tovarning o‘zida aks ettirilgan bo‘lib, ularning sotib olish qobiliyati tovarlar qiymati bilan ifodalangan.
Metall pullar. Kishilar o‘rtasida ayirboshlash jarayonlarining tezlashuvi va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ayirboshlash hajmining ortishiga olib keldi.
Qog‘oz pullar. Qog‘oz pullarning muomalaga kiritilishi jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy voqelik bo‘lib, ushbu jarayon o‘zi bilan birgalikda qator muammolarni keltirib chiqardi.
Kredit pullar. Kredit pullar tovar ishlab chiqarishni jarayonining rivojlanishida vujudga kelgan bo‘lib, tovarning oldi-sotdisi uchun to‘lovni kechiktirish (kreditga berish) tarzida amal qiladi.
Elektron pullar.
Kripto pullar. Kripto – so‘zi (κρυπτόζ) sirli, yashirin, shifrlangan murojaatnoma kabi manolarni beradi.
Tovar xo‘jaligi sharoitida pulning roli
Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillaridan biri har qanday faoliyatning asosida iqtisodiy manfaatdorlik yotadi. Ishlab chiqaruvchi korxona, tashkilot yoki firma yaratayotgan tovar yoki xizmatlarni shaxsiy iste’moli uchun emas, balki bozorda sotish orqali tegishli iqtisodiy foyda ko‘rish ilinjida ishlab chiqaradi. Bu ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar o‘rtasida tovar-pul munosabatlarini vujudga keltiradi, ushbu munosabatda pul ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘ratasida ayirboshlash vositasi sifatida muhim rol o‘ynaydi.
Haqiqatda ham yuqorida qayd etilgan jarayonlarni tashkil etishda pulning ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi.Shu bilan birga, pulning tovar xo‘jaligi sharoitida amal qilishining samaradorligini oshishiga qator omillar ta’sir qiladi. Xususan ular quyidagilardan iborat: 1. Iqtisodiyotning barqarorligi va raqobatbardoshligi. Mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi va raqobatbardoshligi aholining iste’mol tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabini mahalliy ishlab chiqarish hisobidan qondirish imkoniyatini beradi.
2. Markaziy bankning mustaqilligini ta’minlanganligi. Ma’lumki, Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan, ushbu maqsadni samarali amalga oshirish uchun Markaziy bank 44 hukumat va davlat boshqaruv organlari bosimidan holi bo‘lishi lozim.
3. Aholi va mijozlarning bank tizimiga ishonchining mustahkamligi. Mamlakat aholisi va mijozlarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchining yuqoriligi pulning roliga bevosita va bilvosita ta’sir qiladi.
4. Inflyatsiya darajasining tegishli me’yorlarda saqlab turilishi. Milliy valyutaning inflyatsiya darajasi xalqaro amaliyotda qabul qilingan me’yorlardan ortib ketishi uning iqtisodiyotdagi roliga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |