1. Pulning kelib chiqishi,mohiyati va zaruriyati


Tanga pullar va ularning rivojlanish tarixi



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/68
Sana06.03.2022
Hajmi0,62 Mb.
#485080
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   68
Bog'liq
pul va bank

102.Tanga pullar va ularning rivojlanish tarixi 
Tanga pullam ing rivojlanish tarixi. Mavjud iqtisodiy
adabiyotlarda dastlabki tanga pullar Xitoy mamlakatida va 
qadimgi Lidiya xonligi davrida miloddan awalgi VII asrda
paydo bolganligini takidlaydi. Manbalarga ko'ra, birinchi oltin 
pullar bizning eramizgacha bolgan VII asrda Lidiya shohi 
Gigesning buyrug'i bilan zarb etilgan. Oltinga o'zining tasvirini 
tushirib zarb qilgan birinchi shoh Aleksandr Makedonskiy 
hisoblanadi, o'sha davrda oltinning qiymati uning probasi va 
oglrligi bilan olchanar edi. AQShdasjnonetalar .1793 yilda zarb 
etilgan, shu davrga qadar va undan keyin uzoq muddat 
davomida mamlakatda xorijiy mamlakatlaming tangalari tolov 
vositasi sifatida amal qilgan. Mamlakatda ayrim xorijiy tangalar 
1857 yilgacha tolov vositasi sifatida muomalada ishtirok etdi. 
Muomalada oltin tangalar tolov vositasini bajarganda ular 
haqiqiy pul sifatida o'zining sohibiga iqtisodiy zarar keltirmaydi 
va avtomatik ravishda boshqarilib turish xususiyatiga ega 
bolgan. Ya’ni, ulami hozirgi paytdagi kabi qog‘oz pullami 
emissiyasi orqali tartibga solib turishga ehtiyoj bolmagan. Agar 
oltin tangalaming hajmi ehtiyojdan ortib ketadigan bolsa, ular 
boylik sifatida avtomatik tarzda jamg'armaga o'tadi, aksincha 
bolganda esa tolov vositasi sifatida muomalaga chiqadi. Shu 
bois ham oltin tangalar tolov vositasini bajargan paytda pul 


tizimini tartibga solish apparati va pul-kredit siyosatini amalga 
oshirishga ehtiyoj bolmagan. 
103.Qоg’оz pullar va ularning rivojlanish tarixi 
Qog'oz pullaming muomalaga kiritilishL Manbalarga ko‘ra, 
dastlabki qog‘oz pullar X asming oxiri XI asming boshlarida 
Xitoyda chiqarilgan. Xitoyda qog'oz pullar muomalaga 
chiqishida mamlakatda qog'ozning kashf etilganligi va bosma 
mashinalarining yaratilganligi muhim ahamiyat kasb etgan. 
Dastlab muomalaga chiqarilgan qog'oz pullar “erkin tanga”, 
keyinchalik “qimmatbaho qog'oz tangalar” deb yuritildi, ular 
mamlakatda erkin aylanadigan to'lov vositalari bolsada oltin 
yoki tovarlar bilan ta’minlanmagan edi. Qog'oz pullar kvadrat 
shaklda bolib, bir tomonida imperatoming nomi va dinastiyasi 
haqidagi malumotlar, ikkinchi tomonida esa “G'aznachilik 
boshqaruvi iltimosiga ko'ra, hukumronlik qiluvchi imperator 
tomonidan tasdiqlangan va “bu qog‘oz tanga qiymatga ega va 
haqiqiy kumush tanga qatorida tolovga qabul qilinishi shart.
Ushbu tartibni buzgan har qanday shaxsning boshi kesiladi” - 
degan mazmundagi so'zlar bitilgan edi. Xitoyda muomalaga 
chiqarilgan qog'oz pullaming hajmi ortib ketganligi va ulami 
tartibga solish mexanizmlari mavjud bolmaganligi bois juda tez 
vaqt ichida qadrsizlanib ketadi. Natijada 1500 yillarga kelib 
qog'oz pullami muomalaga chiqarish bekor qilinadi. Yevropada 
dastlabki qog'oz pullar Stokgolm banki tomonidan 1661 yilda 
emissiya qilingan. Yevropada qog'oz pullar emissiyasining 
namoyandalaridan biri shotlandiyalik Djon Lo (1671-1729) 
hisoblanadi. Uning talimotiga ko'ra, muomalaga chiqarilgan 
qog'oz pullar ishlab chiqaruvchilar faolligini oshiradi va 
davlatning xazinasini toldirishda juda qulay vosita hisoblandi. 


U o'zining talimotini 1716-1720 yillarda Fransiyada o'zi tashkil 
etgan bank orqali amalga oshirishga erishdi. Biroq, muomalada 
qog‘oz pullar haddan ortiq ko‘payib ketishi natijasida 
pullaming qadri tushib ketdi va uning talimoti inqirozga yuz 
tutdi. 

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish