1. Puasson tenglamasi qanday tipdagi tenglama ?
a) elliptik tipdagi;
b) parabolik tipdagi;
c) giperbolik tipdagi;
d) hech qaysi tipga kirmaydi.
2. Qaysi bir tenglama giperbolik tipdagi tenglama emas ?
a) to’lqin tenglamasi;
b) sayoz suvlar tenglamasi;
c) Eylerning nostatsionar tenglamalari;
d) ideal magnit gidrodinamikasi tenglamasi.
3. Quyidagi qaysi fizik jarayonlar juda sodda xususiy hosilali tenglamalar bilan ifodalanishi mumkin ?
a) barchasi;
b) to‘lqin tarqalishi;
c) ko‘chirish va diffuziya;
d) potensial;
4. Zichligi bosimga bog‘liq bo‘lmagan va suyuqlik fazosining barcha nuqtalarida zichligi o‘zgarmas, qovushoqmas (ichki ishqalanishga ega bo‘lmagan) tomchili suyuqlik yoki gazga nima deb ataladi.
a) Ideal siqilmaydigan suyuqlik;
b) qovushoq suyuqlik;
c) Siqiluvchan suyuqlik;
d) Ideal suyuqlik.
5. Barcha oqimlar umumiy gidrodinamik elementlarga ega va quyidagilardan qaysi biri gidrodinamik elementlarga kirmaydi?
a)barchasi kiradi
b) oqim chizig‘i;
c) jonli kesim;
d) suyuqlik sarfi va tezlik.
6. Oqim chizig‘i – bu …
a) bu oqimning ko‘ndalang kesimi yuzasi cheksiz kichik bo‘lgan elementar sharrachasi;
b) bu suyuqlikning gaz bilan tutash chegarasi bo‘lib, suyuqlikka gaz (havo)dan ta’sir etuvchi bosim odatda atmosferaga teng ;
c) bu oqimning ko‘ndalang kesimi yuzasiga aytiladi;
d) vaqt birligi ichida jonli kesim orqali oqib o‘tgan V suyuqlik hajmiga aytiladi.
7. Laminar oqim qaysi qatorda to’g’ri ifodalangan?
a) sokin, parallel sharrachali, kichik tezlikli oqimlar ;
b) po‘rtanali, uyurmali, katta tezlikli oqimlar;
c) po‘rtanali, parallel sharrachali, kichik tezlikli oqimlar;
d) sokin, parallel sharrachali, katta tezlikli oqimlar.
8. Gidrodinamikaning tenglamalari sistemasi neshta tenglamani o‘z ichiga oladi?
a)5
b)4
c)3
d)2
9. quyidagilardan qaysi biri suyuq muhitning sodda modellariga kirmaydi?
a) hammasi kiradi.
b) qovushoq suyuqlik modeli;
c) ideal suyuqlik model;
d) issiqlik o‘tkazmaydigan suyuqlik modeli.
10. Kuchlanish tenzorini simmetrik deb faraz qilgan holda suyuq muhitning quyidagi sodda modellaridan qaysi birida issiqlik oqimi vektori nolga teng odatda, bir vaqtning o‘zida suyuqlik ideal deb ham qaraladi ?
a) issiqlik o‘tkazmaydigan suyuqlik modeli;
b) Furye issiqlik o‘tkazuvchanlik qonuniga bo‘ysinuvchi suyuqlik modeli;
c) Nyuton bo‘yicha qovushoq suyuqlik modeli;
d) siqiluvchan suyuqlik modeli.
Do'stlaringiz bilan baham: |