Psixologik eksperimentning mohiyati shundaki, unda ataylab shunday sun’iy bir vaziyat shakllantiriladi va tashkil etiladiki, aynan shu vaziyatda qiziqtirayotgan psixik jarayon yoki xodisa ajratiladi, o`rganiladi, ta’sir ko`rsatiladi va baholanadi. Agar tabiiy eksperiment o`sha qiziqtirayotgan fenomen tekshiriluvchi uchun tabiiy hisoblangan sharoitlarda (masalan, mehnat jarayonida, kanikulda yozgi lagerda, litsey auditoriyasida va shunga o`xshash) maqsadli tashkil etilib, o`rganilsa, laboratoriya eksperimenti maxsus joylarda, maxsus asbob-uskunalar vositasida ataylab o`rganiladi. Masalan, diqqatingizning xususiyatlarini bilish kerak bo`lsa, psixologiya laboratoriyasida maxsus taxistoskop deb atalgan moslama yordamida yoki «Landolt xalqachalari» deb nomlangan jadvallar yordamida o`rganish mumkin bo`ladi. Xattoki, ijtimoiy munosabatlar borasida ham o`zaro hamjihatlik, liderlik va konformlilik xodisalarini tekshirish uchun gruppaviy integratorlar va gomeostat deb nomlanuvchi moslamalar yaratilgan va ular yordamida guruhdagi turli xil xodisalar o`lchangan.
Modellashtirish metodi kuzatish, so`roq, eksperiment yoki boshqa usullar yordamida o`rganilayotgan xodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda qo`llaniladi. Bunda o`sha xodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari modellashtirilib, o`sha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o`rganiladi va xulosalar chiqariladi.
2. Psixologiya shaxsning bolalik davridagi xususiyatlari va psixik taraqqiyot darajasini aniqlash uchun turli eksperimental psixologik m etodlardan foydalanadi. Psixologik tadqiqotlarda foydalaniladigan m etodikalar u yoki bu faoliyat jarayonida shaxs psixik xususiyatlarining namoyon bo‘lishini aniqlashdan iborat. B olalar psixologiyasida eksperimental metodikalarni ishlab chiqish va sinovdan o ’tkazish psixologlar va pedagoglarning asosiy www.ziyouz.com kutubxonasi vazifasidir. Eksperimental topshiriqlar majmui bola psixik taraqqiyotini, aqliy darajasini, uning maktabda o ‘qishga tayyorligini aniqlashga moMjallangan. Jum ladan. maktabda o ‘qishga tayyorlikni bildiruvchi belgilar quyidagilardir: a) psixik jarayonlam ing ixtiyoriyligi; b) aqliy ish qobiliyatining etarlicha davomiyligi; v) yangi bilim va m alakalarni maqsadga yo'naltirilgan ravishda o ‘zlashtirish imkoniyati; g) borliqni bilishgaqiziqishning mavjudligi; d) tevarak atrofdagi voqea va hodisalarni farqlay olish va umumlashtira olishi; e) fikrlay olish va boshqalar. Yuqorida qayd etilgan belgilam ing mavjudligi pedagoglar va psixologlar tomonidan o‘quv jarayonida turli didaktik vosita va usullar yordamida aniqlanadi. Eksperimental tadqiqot sharoitida yuqoridagi belgilam ing mavjudligi so ‘zli, predmetli va psixom etrik m etodikalar yordam ida aniqlanadi. Har bir konkret holda olingan ma'lumotlarni sifatiy tahlil qilish va ularni boshqa m etodlardan olingan natijalar bilan bogMash zarur. «Psixodiagnostika» atamasi psixologik tashxis qo‘yish degan ma'noni anglatib, shaxsning ruhiy holati, to‘liq biror-bir alohida xususiyati haqida xulosa chiqarishdir, bunda «tashxis» shaxsning taraqqiyot ko‘rsatkichi va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holat va xususiyatlari haqidagi xulosalardan iborat. «Psixodiagnostika» atamasi ilk bor Rorshaxning «Psixodiagnostika» asari chop etilishidan so‘ng psixiatriyada qo‘llanilgan bo‘lib, u tez orada tibbiyotdan tashqarida ham keng miqyosda ommalasha boshladi. «Diagnoz», ya'ni «tashxis» esa shaxs rivojlanishidagi har qanday og‘ishlarni, hattoki uning holat va xususiyatlarining konkret taraqqiyot darajasini aniqlash demakdir.Psixodiagnostika – bu maxsus bilimlar sohasi bo‘lib, individ guruhning psixologik taraqqiyot ko‘rsatkichlarini, holat va xususiyatlarini baholash uchun metodikalar majmuini ishlab chiqish bilan bog‘liqdir. Psixologiya fani o‘rganayotgan har qanday jarayon psixodiagnostikaning baholash ob'ekti bo‘lishi mumkin. Masalan: o‘zaro hamkorlik qilayotgan shaxslarning xatti-harakatlari va muloqotida Yuzaga keladigan, alohida bir odam sezgisidan boshlab, murakkab ijtimoiy- psixologik jarayongacha. Psixodiagnostika – shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini (aniqlab o‘lchashda) har xil metodlar bilan aniqlab o‘lchasa-da, keyinchalik proektiv metodlar, so‘rovnomalar paydo bo‘lishi jarayoniga asos bo‘lib xizmat qildi. Shu bilan birga psixodiagnostikaning rivojlanishida nazariy jihatdan metodikalarning kamligi ko‘rinib qoldi. Psixodiagnostikaga matematik-statistik metodlar va korrelyatsiya hamda tahlil qilish, faktorli analiz paydo bo‘lishi va takomillashuvi, psixometrik tadqiq qilish amaliy jihatdan juda katta samara berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |