Sport psixologiyasi sport musobaqalari va mashqlanish faoliyatida inson psixikasining rivojlanishi, guruhiy munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Sport psixologiyasining asosiy vazifasi sportchilarning psixik va jismoniy kamolotga ta’sir o’tkazuvchi muhim shart-sharoitlarni yaratib berishdir.
Savdo psixologiyasi. Savdo psixologiyasi savdo-tijorat reklamalari, modalar psixologiyasi va shu kabi masalalarni tadqiq qiladi. Ayniqsa, sotuvchi-xaridor munosabati, kishilarga ta’sir o’tkazish, ularda iliq his-tuyg’u, ishonch uyg’otish mexanizmlari, mantiqan ularni muomala jarayonida ishontirish, qiziqtirish, ijtimoiy ahamiyatini tushuntira bilish, nizoli holatlarning oldini olish, xizmatda muloqot madaniyati va uning treninglaridan unumli foydalanish, xaridorlarning psixologik xususiyatlarini anglagan holda munosabatda bo’lish qonuniyatlarini tadqiq etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |