Flipchart qog‘ozi – trening jarayonida qo‘llaniladigan maxsus qog‘oz.
Shaxs – ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi va ongli faoliyat bilan shug‘ullanuvchi odam.
“Shu yerda va hozir” – guruhdagi muomala – munosabat mashg‘ulot jarayoniga bevosita aloqador, ya’ni hozirgi zamonga bog‘liq bo‘lishi lozim.
Emotsiya – (lot.emovek – uyg‘otish, to‘lqinlantirish) odamlarning sub’ektiv ifodalangan ichki yoki tashqi qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga javob reaksiyasi.
Emotsional ta’sirchanlik – o‘yinni boshlash uchun qilinadigan takliflarni jonli, quvnoq tarzda aytilishi va ishtirokchilarni harakatlarga keltirish jarayoni.
Empatiya – (yunon empathia - birgalikda dardlashmoq) boshqa odamlarning psixik holatlarini tushunish va ularga hamdardlik qilish qobiliyati.
“Yagona mikrofon” – bir ishtirokchi so‘zlaganda, boshqalar unga diqqat bilan quloq solishi va gapini bo‘lmasligi, birg‘birining shaxsini hurmat qilishi.
O‘yin – kishilarning ish – harakatlarini, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni aks ettirishda ifodalangan va tevarak – atrofdagi borliqni bilishga qaratilgan faoliyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |