Barmoq tashlash
Guruhning hamma ishtirokchilari doyra shaklida o‘tiradilar.
Yo‘riqnoma: "Hozir hammamiz birgalikdagi quyidagi topshiriqni hal etishimizga to‘g‘ri keladi: Men "bir, ikki, uch", — deb sanayman va hamma tezlik bilan, bir vaqtning o‘zida bir-biri bilan kelishmasdan, gaplashmasdan, qo‘ldagi panjalarni xohlagan miqdorda tashlaydi". Mashq hamma bir xilda barmoq tashlamaguncha davom etaveradi. Davraning hamma ishtirokchilari bir xildagi barmoqlar sonini tashlaganda mashq tugagan hisoblanadi.
Mashqlar turlicha o‘tishi mumkin. Ba’zan guruhga vazifa yechilmaguncha o‘ttiz martagacha takrorlash talab qilinadi, ba’zan to‘rt-besh marta yetarli bo‘ladi. Har qanday holatda ham, mashq muhokama qilish uchun boy ma’lumotlar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |