"Avtobusda" o‘yini
Maqsad: O‘quvchilarda muomala madaniyatini shakllantirish, shaxslararo munosabatlarni ijobiy rivojlantirish.
Ishtirokchilardan biri avtobusdagi bezori rolini o‘ynaydi, qolganlar esa yo‘lovchilar. Bezori avtobusdagi ikkita o‘rindiqni egallab olib, biriga o‘zi o‘tiribdi, biriga esa magnitofonini qolgan. U hech kimga joy bermoqchi emas. Yulovchilardan har biri bezori bilan til topishib uning yoniga o‘tirishga harakat qilib ko‘rishi kerak. Shart shuki — maqsadga janjalsiz erishish lozim.
"Avlodlar o‘rtasidagi nizo" o‘yini
Maqsad: O‘quvchilarda muomala madaniyatini shakllantirish, shaxslararo munosabatlarni ijobiy rivojlantirish.
Bunda uch kishi ishtirok etadi — yigit, qiz va katta yoshli odam. Avlodlar o‘rtasida " Eh, hozirgi yoshlar..." qabilida taqlid uyushtiriladi. Yigit va qizning vazifasi: imkon boricha xushmuomalalik bilan nizodan qochish. Jyuri a’zolari har bir o‘quvchining harakatini baholab boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |