15-MAVZU. PROGNOZLASH USULLARI. TRENDLARNI EKSTRAPOLYATSIYA USULI
REJA:
1. Prognozlash usullari va ularning turlari
2. Prognozlashda ekstrapolyatsiya usullaridan foydalanish.
3. Ekonometrik tenglamalar tizimi yordamida prognozlash uslubiyoti.
4. Tarmoqli modellashtirish.
1. Prognozlash usullari va ularning turlari
Prognozlashtirish masshtabiga kо‘ra makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy prognozlarga ajratiladi.
Tuzilish intervali bо‘yicha operativ, qisqa muddatli va uzoq muddatli bо‘lishi mumkin. Qisqa muddatli prognozda faqat miqdoriy о‘zgarishlar e’tiborga olinadi. Uzoq muddatli prognoz ham miqdoriy, ham sifat о‘zgarishlarga asoslangan bо‘lib, о‘z о‘rnida о‘rta muddatli va uzoq muddatli bо‘lishi mumkin.
Prognozlash yо‘nalishlariga kо‘ra izlanishli va normativ bо‘lishi mumkin. Izlanishli prognoz – agar hozirgi tendensiyalar saqlanib qolsa iqtisodiy tizim qanday rivojlanadi?, degan savolga javob beradi. Boshqa sо‘z bilan aytganda tizimga ta’sir etuvchi omillar о‘zgarmasa, u qanday holatga kelishi mumkin?
Normativ prognoz bо‘lajak maqsadlarga erishish uchun tizimni rivojlanish yо‘nalishlarini va muddatlarini aniqlaydi (belgilaydi). Maqsad qilingan holatga tizim erishish uchun, ta’sir etuvchi omillarga qanday о‘zgarishlar kiritish zarur? Boshqa sо‘z bilan aytganda qanday qilib maqsadga erishish mumkin?
Iqtisodiy jarayonlar yoki boshqa kuzatuvlar natijasida miqdoriy ma’lumotlarga ega bо‘lmagan hollarda, ya’ni hodisa yoki jarayon bо‘yicha miqdoriy ma’lumotlar bо‘lmasa u holda ekspertlardan foydalaniladi. Ekspertlar ma’lum bir soha bо‘yicha yetakchi mutaxassislar bо‘lib, ular о‘zlarining kompetensiyasi doirasida u yoki bu hodisa va jarayonlar bо‘yicha xulosalar ishlab chiqadilar.
1.-rasm. Prognozlash usullari
Ekspert (lotincha «tajribali») amalga oshiradigan ekspertiza jarayoni uch bosqichdan iborat:
ekspertizaga tayyorlanish;
ekspertlar bilan sо‘rov о‘tkazish;
sо‘rov natijalarini qayta ishlash.
Ekspertlarning о‘zlari ikkinchi bosqichda qatnashadilar.
Tayyorgarlik ishi uch qismdan iborat:
savol shakli va mazmunini belgilash.
savollarni tuzish.
ekspertlarni shaxsan tanlash va jalb etish.
Sо‘rov shakllari: intervyu olish, muloqot, yig‘ilish, g‘oyalarni tanlash, о‘yinlar о‘tkazish, anketa tuzish va Delfi usuli.
Sо‘roqlar individual yoki guruhlarda, yuzma-yuz va sirtdan о‘tkazish mumkin.
Anketa va intervyularda savolni tanlash qiyin. Savollar ochiq yoki yopiq yoki bir necha shaklda bо‘lishi mumkin. Ochik javoblar sifatli yoki erkin holda sonli ifodalar bо‘ladi.
Yopiq savolga javoblar: «ha», «yо‘q», «bilmayman» singari bо‘ladi.
Kо‘p savollar bо‘lganda zarur javob chiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |