1 Pedagogika fanining dolzarb muammolari. Pedagogik tadqiqotlar va ularning yo'nalishlari. Pedagogikaning metodologik muammolari


-kurs bitiruv va diplom ishlarini tajriba tadqiqot yo'nalishida bajarish



Download 231,65 Kb.
bet3/20
Sana14.04.2022
Hajmi231,65 Kb.
#552364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1 Pedagogika fanining dolzarb muammolari. Pedagogik tadqiqotlar

-kurs bitiruv va diplom ishlarini tajriba tadqiqot yo'nalishida bajarish.
Auditoriyadan tashqaridagi ilmiy- tadqiqot ishlariga quyidagilar kiradi:
- talabalarning ilmiy to'garaklardagi ishlari. Bunday to'garaklarda talabalar ilmiy bilish metolarini, tadqiqot usullarini o'rganadilar, adabiyotlar va boshqa ilm manabaalari asosida hisobotlar yozadilar, o'zlarining tadqiqot ishlari haqida chiqishlar qiladilar, turli maslarning muhokama qilishda, munozaralarda qatnashadi-lar;
- kafedra o'qituvchilari, aspirantlar, shuningdek, maktablar, xalq ta'limi tizimidagi ilmiy-metodik muassa-salari tomonidan olib boriladigan tadqiqot ishlarida qatnashish;
- ilmiy- tadqiqot muassasalari tomonidan o'tkazila-digan arxeologik, etnografik va boshqa ekspedisiyalarda qatnashish;
- o'zining tadqiqot materiallari asosida ma'ruzalar va chiqishlar qilish;
- konstruktorlik byurolaridagi ishlarda, shartnoma yoki otaliq asosida olib boriladigan tadqiqot ishlarida qatnashish; asboblarni konstruksiya qilish, ta'limning texnik vositalari va ko'rgazmalilik vositalarini yasash, jamoa xo'jaliklarida mehnatni ilmiy tashkil qilishni o'rganish va boshqalar.
I-II kurslarda talbalar kafedra o'qituvchilari rahbarligada psixologo-pedagogik va o'z mutaxassisligi yuzasidan dastur topshiriqlariga muvofiq o'quv xarakteridagi tadqiqot ishlarini bajaradilar. O'qigan, bilganlarini yozma bayon qilishga o'rganadilar, ilmiy tushunchalarni, qoidalarni o'z tushunchasi bilan solishtiradi. Faktlar orasida aloqalarni tushunadi va mustaqil fikrlaydi. Referat yozish davomida talabalar adabiyotlar bilan ishlash malakasini egallaydi, muhim nazariy masalalarni mustaqil hal qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ilmiy ishlarni rasmiylashtirish kabi qoidalar bilan ham tanishadi.
Ayrim kurslarning oxirida o'tkaziladigan o'quv koferensiyalari ham talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga o'rgatishda muxim ahamiyat kasb etadi. Ishning bu shakli referativ ishga bog'lanadi va unga suyanadi. Ma'ruzachilar muammo yuzasidan eng yaxshi referat yozgan talabalardan tanlanadi. Ularning chiqishlarini boshqalar to'ldiradilar. Har bir ma'ruza to'ldiriladi, muhokama qilinadi. Bunday konferensiyalar o'quv yili oxirida o'tkaziladi.
Shuningdek, birinchi, ikkinchi kurslarda o'quv amaliyoti jarayonida talablar maktab o'quvchilarining yosh va individual xususiyatlarini o'rganishga jalb etiladi. Bunda ular kuzatish, suhbat va anketalar yordamida o'quvchilarning xususiyatlarini, qiziqishlarini va intilishlarini o'rgandi-lar va tadqiqotchilik malakalarini egallaydilar.
Talabalarda tadqiqotchilik sifatlari shakllanishining ikkinchi etapi yuqori kurslarda o'qish davomida bo'ladi. Bu etapda talabalar laboratoriyada, o'quv va ilmiy ekspedisiyalarda turli darajadagi tadqtqot ishlarini mustaqil bajaradilar, ilmiy to'garak va kafedra o'qituv-chilari va aspirantlar tadqiqotlarida, talabalarning jamoaviy tadqiqot ishlarida qatnashadilar; kurs, bitiruv va diplom ishalri yozish bildan bog'liq bo'lgan tadqiqot ishlarini bajaradilar; ilmiy-nazariy konferensiyalarda ma'ruza qiladilar, ilmiy ishlar konkurslarida ishtirok etadilar.
Bu etapda talabalar olib borgan tadqiqot ishlari natijasida mavzu tanlay olish, tadqiqot metodikasini tuza olish, tadqiqotni tashkil etish va o'tkazish, tadqiqot natijalarini sifat va son jihatidan taxlil qilish, o'z xulosalarini ayta olish, o'z ishini talabalar ilmiy ishalri konkurslari uchun tayyorlay olish qobiliyatini ko'rsatishi kerak.
Hozirgi davrda tarbiya muammosi bilan juda ko'p jamoatchilik shug'ullanmokda. Bu sohada pedagoglardan tashqari filosoflar, sosiologlar, psixologlar ham keng tadqiqot ilarini olib bormokdalar.
Tarbiya ya'ni pedagogik muammolarga bunday qiziqish-ni shuni bilish bilan izog'lash mumkinki, O'zbekiston Respublikasining istiqloli davrida tarbiyaning roli yanada oshib bormokda. Pedagogika fani kelajak avlodni tarbiyalashning asoslarini belgilab berishi lozim.
Pedagogika fanining rivojlanishi faqat ilmiy xodimlarning tadqiqotlari bilangina kifoyalanib qol-maydi.Bu ishga keng o'qituvchilar ommasi - intellegentlar ham bosh qo'shsa, fanning rivojlanishi ancha yuqori bo'ladi. Pedagogika tajribalarni umumlashtirish, uning yutuqlarini amaliyotga qo'llash, pedagogika fanining va maktabdagi o'quv tarbiyaviy jarayonlar samaradorligiga ta'sir qiladi.
Hozirgi kunda pedagogika fani faqat yosh avlodni shakllantirish uchungina muhim bo'lib qolmay, balki uning roli jamiyatning hamma sohalarida muhim bo'lmokda. Hozirgi davrda ishlab chiqarishda yoki halq xo'jaligining biror - bir sohasida kompleks tarbiyaviy tadbirlarni qo'llamasdan turib biror bir natijaga erishish mumkin emas.
Jamiyatda juda ko'p umumiy, iqtisodiy va tashkiliy muammolar bir vaqtda u yoki bu jihatdan tarbiyaviy muammolar ham bo'lib kolmokda.
Insoniyat faoliyati orkali bo'ladigan munosabatni 2 ga bo'lish mumkin. S-S, S-0
Hozirgi davrda pedagogikaning metodologik muammolari ayniksa o'tkir tus oladi. O'zbekiston Respublikasining istiqloli munosabati bilan istiqlol mafkurasi shakllandi.
Halk ta'limi tizimi yaslidan boshlab, oliy o'quv - tarbiya muasasalari boshqarmalarini rivojlantirish sohasi-da kompleks tadbirlar ishlab chiqishni, o'quv tarbiya - ishlari darajasi hozirgi davr talabi asosida yaxshilashni, ta'lim metodlarini takomillashtirishni, pedagogik kadrlar malakasini oshirishni va ularni tayyorlashni davr talabi asosida yaxshilashni talab etadi. Bu masalalarni muvaf-faqiyatli hal etishi, ko'p tomonlama o'qituvchilarning pedagogika fani arboblari va halk ta'limi organlarining umummetodologik tayyorgarligiga bog'liq.
Xozirgi taraqqiyot tarbiyaning muhim masalalarini birinchi planga qo'ymokda, mafkuraviy ishlarni kuchaytirish, ta'limning mazmunini milliylashtirish, uni takomillashtirish, ta'limning tashkiliy shakl va metod-larini takomillashtirish, nazariy va amaliy masalalarini hal qilishga yangicha yondashish,metologik muammolar ustida ko'proq fikr yuritishni talab qilmoqda. Umumiy ma'lumot muammosi hozirgi davrdagi eng muhim muammolaridan biridir, bu uning hozirgi davr talabiga javob berishi milliyligi, umuminsoniy sifatlarni shakllantirishga xizmat qilish, o'quv materiallarini tashkil qilish va tanlash prinsplariga mos bo'lishi kabilardir. Bular ilmiy bilimlarning ko'payib borayotgan hajmi bilan maktabda ularga o'rganish sharoitlari o'rtasidagi ziddiyatni yo'qotishga yordam beradi. Ta'lim - tarbiya metodlari, tajribalarni tushinish va unga ijodiy yondoshish, ta'limning tashkiliy shakllari, vositasita va usullarining nazariy asoslanish, uni boshqarish va mantiqiy to'zilmasi ko'pincha o'qituvchining metodologik tayyorgarligiga bog'liq.
Metodologiya nima? Metodologiya (metod va logiya so'zlari) - faoliyatining strukturasi, logik to'zilish, metod va vositalari haqidagi ta'limot.
Har qanday ilmiy- tekshirish ishlariga avval faktlar to'planadi va shu asosida nazariy xulosalar bayon etiladi. Bunda olim qanday nazariy pozisiyaga turadi, bu juda muhim, chunki uning dunyoqarashi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, uning kuyilishi, u faktlar qanday oladi, qanday xulosa chiqaradi, bo'lar tadqiqot ishining asosini tashkil etadi. Shuning uchun ham metodologiya hozirgi zamon fanining dunyoqarash konseasiyasini o'rganadi, yanada tasdiqlangan asosiy bosh qoidalari o'rganadi.Bu qoidalarni filosof ham, pedagog ham matematik ham hamma birday bilishi kerak.
Tadqiqotning tashkil qilinishi va borishi ham muhim muammo. Bu yo'llar bilan faktlar olinadi, ularni qanday ishlash, baholash va bayon qilish kerak. Faktlardan qanday xulosalar chiqarish kerak. Umumlashtirish kerak (bo'lgan) va bo'lar saosida nazariyani qanday ishlab chiqish kerak - bo'larning hammasi maxsus fan sohasi metodologiya.ir (yoki fanshunoslik). Har bir fanda umumiy asoslardan tashqari, o'zining nazariy bosh qoidalari ham mavjud. Bular mazkur fanning metodologiyasi ya'ni nazariy fundamentidir.
Pedagogikaning metodologiyasi biz har qanday pedagogik muammoni tashkil qilish asosida yotgan umumiy asosli bosh qoidalarni tushunamiz. Har qanday fan dunyoni falsafiy tushunish aks ettirilgan bosh qoidalardan foydalanadi. Pedagogika fanining metodologiyasi falsafaning dialektiq prinsip-laridir.
Birinchi darajali muammo bu voqealarni qarama - qarshiligini o'rganishdir. Qarama - qarshiliksiz rivojla-nish bo'lmaydi. Kaerda harakat, rivojlanish o'zgarish sezilsa o'sha erda ziddiyatni qidirish kerak. Ichki va tashqi ziddiyat, asosiy va unga yondosh ziddiyatlar bo'ladi.
Ichki qarama - qarshilik bu tarbiyalanuvchining asosiy ehtiyojlari va ularni qondirish uchun kuch va imkoniyatlarining bo'lishi bilan, uning maqsadi, xohishi va imkoniyatlarining to'g'ri kelmasligi o'rtasida qarama - qarshilik va boshqalar. Tashqi qarama - qarshilik hisoblanadi, lekin bularning o'zi mazkur predmet, hodisalarning boshqalar bilan bog'lanishi natijasida hosil bo'ladi, ya'ni tashqi qarama - qarshilik natijasida sodir bo'ladi.
Tadqiqotchi hodisalarning mazmunini o'rganishi uning o'zaro aloqasi va ular sohasida tashqi ziddiyatni aniqlash, keyin ichki ziddiyatlarga o'tishi, ularning paydo bo'lishi, rivojlanishi dinamikasini ko'rsatishi va nihoyat hodisaning mohiyatini, uning o'tishi sharoitlarini ochib berishi lozim. Bu har qanday hodisalarni, shuningdek pedagogik hodisalarni dam bilishning dialektik sxemasidir.
O'zbekiston Respublikasining mustaqil rivojlanish yo'lidagi taraqqiyoti turmushning barcha - ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy sohalarida tub islohatlarni amalga oshirishni taqozo kilmokda.
Qizil imperiya o'z mavqeini mustahkam saklash maqsadida hamma sohalardagi rivojlanishning me'yorlarini belgilab berib, uni cheklab qo'ygan edi. Shuningdek, fanlarning ham ana shu me'yoriy - chegaradan chiqishi mumkin emas edi.
Kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ta'lim - tarbiya sohasidagi ijobiy tajribalar bir necha yillar kamsitilgan, e'tiborga olinmas edi. Chunki ular markscha - lenincha nazarichga mos emas, deb qaralar edi. Shuningdek ta'lim tarbiya haqidagi ilg'or kapitalistik mamlakatlarda yaratilgan g'oyalar burjua g'oyalari deb tanqid qilinar, rad qilinar edi.Vaholanki har qanday g'oyaning ijobiy va salbiy jihatlari bo'lishi mumkinligi, uning ijobiy jihatlaridan ta'lim - tarbiya jarayonida foydalanish ancha muvaffaqiyatlar keltirishini bilar edik, lekin markcha - lenincha nazariyaga mos kelmagani uchun rad qilishga majbur edik. Natijada ta'lim-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish rivojiga ancha to'siqlar vujudga keldi.
Jamiyatning rivojlanishi jarayonida inson tarbiyasi, ularning shaxs va dunyoqarashida tub sifatiy o'zgarishlar sodir bo'ldi. Lekin bu o'zgarishlarning mohiyatini ochib benrishda pedagogka fani ojizlik qilib qoldi. Pedagogika fani sohasidagi ilmiy - tadqiqot ishlarida ham bir xillik, nochorlik tobora ko'zga tashlanib qoldi. Xayriyatki, Respublikamizning istiqloli hamma sohadagi kabi, pedagogika fani sohasidagi chekinishlariga barham berdi. Endi pedagogika tor qobig'dan kutildi. Uning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmokda. Kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan ta'lim - tarbiya sohasidagi tajriba-larni o'rganish, tadkik qilish sohasidagi katta ishlar amalga oshirilmokda.
Tabiiyki, bu masala hozirgi sharoitda pedagogika fanining metodologik asosini takomillashtirishni taqozo etmokda. Ta'lim va tarbiya borasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlarga metodologik zaifliklar, chalkashliklar ko'zga tashlanmokda. Bo'larga chek kuymok uchun avvalo metodologiya-ning o'zi nima? - degan savolga javob bermok lozim. O'zbek sovet ensiklopediyasining “ Metodologiya (metod va .... logiya so'zlaridan) faoliyatining strukturasi, logik tuzilishi, metod va vositalari haqidagi ta'limot”,- deb ko'rsatilgan.( O'zSE, Toshkent - 1976, 7 - jild , 172 - bet).
Ruscha - o'zbekcha lug’atda esa metodologiya so'ziga “ bilimning ilmiy metodlari haqidagi ta'limot, shuningdek, ayrim fan tarmoqlarida kullaniladigan metodlar majmui”, - deb izog'langan.(Ruscha - o'zbekcha lugat. Toshkent - 1983, 1-jild. 554-bet).
Falsafa lugatida “ metodologik - biror fanda etila-digan tadqiqot usullarining majmui: ilmiy va dunyoni o'zgartirish metodi haqida ta'limot, - deb ko'rsatilgan. (Falsafa lugati, Toshkent - 1976, 305 bet).
Demak, metodologiya barcha fanlarining rivojlanishi uchun, uni o'rganish, tanqid qilishda kullaniladigan eng umumiy tushunchalar, prinsplar, yondoshuvlar, muammolar shuningdek eng umumiy metodlarning majmuasidan iborat.
Xo'sh shunday ekan, pedagogika fanining metodologiya asosi nima? Avval ham hozirgi ham pedagogika fanining metodologiya asosi falsafa fani bo'lgan, falsafaning asosiy masalasi esa olam bilan odam orasidagi o'zaro aloqadorlik qonuniyatlarini o'rganishdan iboratdir. Olam bilan odam o'rtasidagi aloqadorlikini o'rganishdan maqsad insonning o'zini o'rganishdir. Odamni inson darajasida ko'tarishda tarbiya muhim rol o'ynaydi.shuning uchun ham qadimgi faylasuflar (Masalan: Aristotel, Farobiy va boshqalar) inson tarbiyasi masalasini falsafaning asosiy masalasi katoriga qo'yganlar. Shunday qilib falsafiy ta'limotlar tarkibida pedagogik g'oyalar paydo bo'la boshlagan va rivojlanib borgan. Keyinchalik u mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan.
Pedagogika inson tarbiyasi, uni tashkil etish prinsp-lari, yo'llari usullari va formalarini o'rganiladigan fandir. Demak, pedagogika inson tarbiyasibilan shug'ullanar ekan, u falsafaning olam va odam orasidagi o'zaro aloqadorlik qonuniyatlariga asoslanishi lozim. Har qanday pedagogik tadqiqot, izlanishlar, tarbiya sohasidagi g'oyalar ana shu metodologiya asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Yoki qisqa qilib aytganda pedagogikaning metodologik asosi falsafaning dialektik konsepsiyasidir.
Xush, dialektikaning o'zi nima? Dialektika - bu aloqadorlik, o'zgarish va rivojlanish to'g'risidagi ta'limotdir. Pedagogik muammolarni o'rganishda xuddi shu ta'limot, ishonchli metodologik asos vazifasini bajaradi. Xuddi shuning uchun ham, har qanday pedagogik muammoni o'rganishda quyidagi dialektik prinsiplarga asoslanish zarur:
1. Yaxlitlik prinsipi. Pedagogika jarayonlarni o'rganishda yaxlitlik prinspiga amal qilinganda inson tarbiyasi masalalarini to'g'ri tahlil qilishda muvafakiyatlarga erishish mumkin. Maslan: Ta'lim jarayoni yaxlit pedagogik jarayon sifatida o'rganishgina inson tarbiyasi muammosini to'g'ri berishi mumkin. Shuningdek, ta'lim-tarbiyaning barcha bosqichlarida insonni shakllan-tirish masalasi hal etiladi. Maktabgacha tarbiya, umumiy ta'lim, o'rta maxsus va oliy ta'lim – insonni tarbiyalash maqsadiga xizmat qiladi.Bular orasidagi aloqadorlikni yaxlit tassavvur qilish va o'rganishgina ta'lim tarbiya jarayoni muvaffaqiyatini ta'minlashi mumkin. Aks holda ta'lim - tarbiya bo'g'inlari har biri o'zicha ish ko'radigan bo'lsa, ta'lim - tarbiya tizimi komil insonni shakllantirish muammosini to'g'ri hal eta olmaydi.
2. Tizimlilik prinspi. Bu prinsip yordamida, eng avvalo ta'lim va tarbiya jarayonini bir butun tizim deb qaraladi.O'sha bir butun tizimni tashkil etgan asosiy elementlar, komponentlar alohida olib tahlil qilinadi.Har bir element yoki komponent bajaradigan funksiya aniqlab beriladi. Shuningdek, tizim ichida yana alohida tarkibiy qismlar, borligi inobatga olinadi. Xuddi shu asosida ta'lim - tarbiya jarayonining quyi zvenosidan tortib, yuqori pog'onasigacha, har bir etapda bu prinspga amal qilinishi lozim.
3. Sababiyat prinspi. Bu prinsip tasodif yoki zaruriyat,imoniyat va voqelik kabi kategoriyalar orqali ochib beriladi. Har qanday ijtimoiy tuzum tarbiya sohasida o'z manfaati yo'lidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishni zaruriyat qilib qo'yadi. Ushbu zaruriyat esa ba'zi imkoniyatlarni mavjud bo'lishini talab qiladi. Imkoniyat-larni etarli yoki etarli emasligi tarbiyaning maqsad va vazifalarini ro'yobga chiqarishni ta'minlaydi. Imkoniyat-larni hisobga olmasdan qilingan har qanday harakat tarbiya sohasida katta xatolarning kelib chiqishiga olib keladi. (Masalan: maktablarni ixtisoslashtirish sohasidagi harakatlar, 6-yoshlilarni o'qitishga yoppasiga o'tish va hakozolar imkoniyatlarni hisobga olinmasligi oqibatida biror bir natija bermadi).
4. Tarixiylik prinsipi. Bu prinsip har qanday pedagogik tadqiqotlarda tarixiylikka asoslanishni taqozo qiladi.Tarixiy ma'lumotlar xronologik izchillikka o'rganilishi va bayon qilinishi ob'ektiv xulosalar chiqarish-ga yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, pedagogik tadqiqotlarni amalda oshirishda falsafa fani va uning dialektik konsensiyasiga asoslanish zarur.
Har qanday fanning falsafa bilan bog'liqligi bu bilan tugamaydi.Hozirgi zamon fanining ma'lumotlari falsafaning rivojlanishi uchun baza bo'lib xizmat qiladi: faktlar, qonunlar har qanday fanning nazariyasi - falsafaning asosiy dalilidir.
Biz shunday davrda yashayapmizki, bu davrda fanlar bir-biri bilan uzviy aloqada rivojlanmokda va shular asosida qiziqarli ilmiy kashfiyotlar vujudga kelmokda.Shuning uchun bugungi kunda tarbiyani pedagoglar, filosoflar, psihologlar va sosiologlar, gigienistlar va boshqalar birgalikda o'rganmoklari lozim. Lekin bular orasida pedagogika hal kiluvchi o'ringa ega. Pedagogka fani faqat pedagogik tadqiqotnigina emas, balki bolalarning rivojlanishi, shaxsning shakllanishini o'rganuvchi boshqa fanlar uchun ham qimmatlidir.
Tarbiya yosh avlodni jamiyat hayotiga tayyorlash vositasidir. Tarbiyaviy jarayon jamiyatning shaxsga qo'yadigan talablari bilan amalga oshiriladi.Bularning hammasi muhim pedagogik qonunlarni belgilashga asos bo'ladi: Jamiyatning rivojlanishining o'zi ijtimoiy tarbiya va shaxsiy o'z - o'zini tarbiyalash bilan kelishadi, ya'ni uni korrektirovka qiladi. Shunday ekan ijtimoiy rivojlanish qonunlarini, ya'ni yangi mustaqil respublikadagi hayotning o'zgarishi, jamiyatning insonlarga qo'ygan talablari va boshqalarni bilmasdan yosh avlodni tarbiyalashni to'g'ri tashkil qilish mumkin emas. Ijtimoiy rivojlanishni boshqarish uchun demak tarbiyaviy vazifalarni ham echish kerak. Albatta tarbiya jarayonining maqsadi sharoitlari, ob'ekti, shuningdek shaxs shakllanishining vositalari yo'l va metodlarini jamiyat belgilaydi. Jamiyat haqidagi hamma fanlar kompleksini bilmasdan turib, pedagogika o'z muammolarini hal eta olmaydi. Konkret pedagogik tadqi-qotlar uchun falsafiy qarashlar muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun ham falsafa faqat pedagogikaning metodologik asosigina bulib kolmasdan, uning butun fanlar ma'lumotlaridan foydalanishga imkoniyat yaratadi, uni xatoliklar va noto'g'ri ilmiy- tekshirishdan saklaydi.
Hozirgi davrda pedagogikaning dolzarb muammolari.
1. Tarbiyaviy jarayonning mohiyati va qonuniyatlari:
2. Shaxs axloqiy irodaviy sifatlarini shakllantirishning yo'llari, xususan ongli, mehnatga munosabat, vatanparvarlik, javobgarlik, burchni sevish, pok vijdon kabi milliy hamda umuminsoniy sifatlarni shakllantirish.
3. Shaxsni shakllantirishning umumiy asoslari ta'limni mehnat amaliyoti bilan bog'lash, aqliy, jismoniy va mehnat, estetika va mavkuraviy, ijtimoiy va individual sifatlarin shakllantirish.
4. Tarbiya va o'z- o'zini tarbiyalash, tarbiya va qayta tarbiyalash va xaqozo.
5. O'quvchilarni tug'ma qobilyat va mahoratlarini aniqlash va rivojlantirsh, ta'limga individual yondashish.
6. Bolaning har - xil yoshdagi sifatlarini, motiv va qiziqishlarini aniqlash, ularning tarbiyachilarga ota - onalariga, tengdoshlariga, kattalarga munosabatlarini, o'z - o'zini tarbyalashlarini o'rganish.
7. Tarbiyaviy ishlarning tashkil etilishining samarali yo'llarini izlash.
8.O'qituvchi ta'siri xulqidagi etika va estetika.
9. Bolalar jamoasini shakllantirishning samarali yo'llari.
10. Bolalarning bilish faoliyatini faollashtirish ularning aqliy faolligini rivojlantirish.
11. O'quv ishining samarali yo'l va usullarini izlash.
12. Bolani oilada va maktabda tarbiyalashning yagona tizimini yaratish va h.
Ilmiy tadqiqot uchun quyidagilar muhim.
1). Muhim ilmiy tushuncha va tasavvurlarni bilish.
2). Faktlar, hodisalarni aniq yozib borish.
3). Bir - biriga o'xshash faktlarni ularning muhim belgilariga ko'ra tanlash.
4) Faktlarni umumiy qoidalarga muvofiq belgilariga ko'ra gruhlash.
5) Fakt va hodisalarni tahlil qilish, ularning umumiy, alohida, muhim va ikkinchi darajalarini ajratish.
6) Fakt va hodisalarni taqqoslash, ularning o'xshashlik va farqlarini, tasodifiy yoki qonuniylarini topish.
7). Tushunchalarni aniq belgilash, chunki tushuncha ilmiy bilishning fanga erishilgan darajasini aniqlash pog'onasi.
8). Isbot va rad qilishlarni ilmiy diskussiya va ma'lum fandagi har xil tadqiqotlardagi qarashlar asosida ko'rsatish.
9). Rivojlanish tendensiyasini ko'ra bilish.
10). Ilmiy xulosa.
Ilmiy tadqiqotning eng muhim tarkibiy elementlari katoriga quyidagilarni kiritish mumkin.
1. Tadqiqot predmeti (yoki ob'ekti), ya'ni nima o'rganiladi (sifatning shakllanishi : uning boshqa sifatlar bilan aloqasi, hodisa yoki jarayonning harakteristkasi, ma'lum yoshdagi, ma'lum muhitdagi bola tarbiyasining tashqi va ichki omillari, tendensiyasi, sharoit va mohiyatini aniqlash).
2. Tadqiqotning maqsadi, ya’ni tadqiqotning predmeti nima uchun o‘rganiladi.( tarbiyaning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, tadqiqot mavzusi yuzasidan yangi ilmiy informatsiyalarini topish, amaliy ishlar natijasini tahlil qilish,va boshqalar).
3. Tadqiqotning vazifasi, yangi o'rganilayotgan ilmiy muammoni tekshirishning predmetga muvofiq maqsadini konkretlashtirish. Maqsad fanning umumiy holatiga ko'ra pedagogik nazariyaning rivojlanishi zaruriyati belgi-lanadi.Tadqiqotning vazifasi faqat maqsaddan kelib chikibgina qolmay, maktabda tadqiqot ishlarini hisobga olish sharoitlari, tadqiqotning imkoniyatlari, amaliyot tajribalaridan kelib chikadi.
4. Tadqiqotning dastlabki konsepsiyasi, tadqiqotchi o'z ishiga asos qilib oladigan nazariy qoida-lar.Tadqiqotchining tayanch pozisiyasi - fanning holatini chukur tahlil qilish natijasida, adabiyotlardagi eng muhim umumiy g'oyalarini ko'rsatish, qoida va tavsiyalar.Dastlabki konsepsiya fanda nima ma'lum, hamma tomondan tan olingan, qaysi masalalar bo'yicha alohida qarashlar yo'q, nima (ma'lum) kam o'rganilgan, fanda qaysi savollarga javoblar yo'q kabilarni aniqlashga yordam beradi..Bu esa tadqiqotning maqsadi va vazifalarini aniqlashga, gepotezalar ishlab chiqishga yordam beradi.
5. Ilmiy gipoteza, ya'ni o'rganilayotgan jarayon, hodisa qanday boradi, ma'lum sifat shakllanishi bilan bolada qanday o'zgarishlar bo'ladi, jarayonning borishi nimaga bog'liq bo'ladi va hakozolarni taxmin qilinmoqda. Gipoteza ongda bajaraladigan o'ziga xos tadqiqot. U tadqiqot boshlanmasdan oldin ilmiy xodim tomonidan ishlab chiqiladi.
6. Tadqiqot metodikasi - tadqiqot vazifalari bajarilishiga yordam beradigan, ilmiy gipotezalarni tekshirishga, ishonchli ilmiy faktlarni olishga yordam beradigan priyom, yo'l va usullar ro'yxati.
7. Ishlab chiqarilgan tadqiqot metodlari sohasida ilmiy faktlar olish va ularni analiz qilish - pedagogik tadqiqotning natijalarini oilada va maktabda olib borilgan tarbiya natijalaridan ajratish va tadqiqot ishlarining mazmuni bilan bolalarning tarbiyalanganligini o'rtasida bog'liqlik o'rnatish.
8. Ilmiy konsepsiyani ishlab chiqish, ya'ni tadqiqot natijasida olinganlarning muhimmlarini ajratish, pedagogik nazariya uchun g'oya va xulosalar chiqarish.
9. Tadqiqot natijalarini amaliyotda qo'llash - bu ishning yakuniy etapining muhim elementi. Unda konkret metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi, metodik qo'llanmalar yaratiladi, tadqiqotchining pedagogik g'oyalarini ommaviy qo'llash uchun targ'ibot qilinadi.
Har qanday pedagogik tadqiqot o'z ichiga yuqoridagi izchillikni olishi va bu tarkibiy qismlar orasida uzviy bog'liqlik bo'lishi lozim.
Pedagogik tadqiqotlarda asosan quyidagi yo'nalishlar bo'lishi mumkin.
1. Tarbiya nazariyasi.
2. Didaktika.
3. Oliy maktab pedagogikasi.
4. Pedagogik psixologiya.
5. Oila pedagogikasi, kasbga yo'llash, chet el pedagogikasi va boshqalar.
Tadqiqotning asosiy predmetlari qilib quyidagilarni olish mumkin.
1. O'qituvchi (yoki ota- ona) faoliyati.
2. Pedagogik jamoa (yoki oila) faoliyati.
3. Bolalar jamoasi faoliyati.
4. Jamoatchilik ishlari (ishlab chiqarish, turar joylardagi maktabdan tashqari muassasalari, klublar, madaniyat uylari va hakozolar).
5. Bolalarning o'z faoliyati.
6. Tarbiyaviy jarayon ob'ekti va sub'ektining o'zaro ta'siri.
Pedagogik tajribalarni umulashtirish, tadqiqot ishlarini o'tkazishning eng muhim yo'lidir. Masalan, ko'pgina tajribali o'qituvchilarning ish tajribalari pedagogik fikr taraqqiyotiga muhim ta'sir ko'rsatadi. Ilg'or pedagogik tajribalarga tayanish va uning ma'nosiga tushunish ko'pgina ilmiy ishlarning manbai hisoblanadi.
Ilg'or pedagogik tajribalar umumlashtirish va ularni qo'llash uchun quyidagilarga rioya qilish zarur:
1. Ilg'or pedagogik tajribalar umumlashtirish oldin mamlakat maktablaridagi tajribaning ilg'orligi nima bilan harakterlanadi, shahar yoki tumandagi maktabning ilg'or tajribasi hosil bo'lishida atrofdagi yoki mamlakatdagi ilg'or tajribalar qanday ta'sir qiladi, maktab tarixi, uning an'analari qanday, pedagogik jamoa qandayligini aniqlash muhim.
2. Maktab hayotining hamma tomonlari bilan amaliy tanishish zarur. Buning uchun bir kunda biror sinfdagi hamma darslarni kuzatish, tadqiqotchining qiziqtirayotgan o'quv predmeti darslarini kuzatish, shu sinfda bir hafta yoki bir oy davomida har - xil tarbiyaviy tadbirlarga qatnashish kerak.
Agar tekshirishlarimiz bolalar bilan ishlashning ko'pgina shakl va metodlarida aks etsa, u holda bunday tajtibalarni ommalashtirish zarur.
3. Pedagogik tajribalarni o'rganishni o'quvchilar jamoasini, tarbiyachilarni, ularning ish uslubini, o'zaro munosabatlar, umumiy qarashlar, bir xil talablari kabilardan o'rganishdan boshlash kerak.Mana shular ilg'or tajribaning mohiyatini tashkil etadi. Bolalar va pedagoglar, o'quvchi va o'qituvchilar jamoasi o'rtasidagi munosabatlar tizimni o'rganish, shundan keyingina ilmiy xodimni qiziqtirgan muammo bo'yicha material yig'ishni bog'lash kerak.
4. Pedagogik tajribani to'g'ri tushunish va baholash uchun uni chetdan turib kuzgatmasdan, balki shu pedagogik jamoani a'zosi sifatida ishlash kerak (ya'ni etakchi, o'qituvchi, sinf rahbari sifatida) yoki o'quvchilarning tadqiqot guruhiga rahbar sifatida ishlash kerak) muammoli sovet tuzish. Har qanday holda ham ilmiy xodim maktabning o'quv tarbiyaviy ishlarida faol qatnashishi lozim, aks holda u ob'ektiv xulosa chiqara olmaydi.
5. Mamlakatdagi ilg'or o'qituvchilarning ish tajribasini o'rganishda pedagogika fani yutuqlariga asoslanib, hozirgi zamon fani pozisiyasida turib, tahlil qilish kerak.
6. Faqat birgina maktab yoki o'qituvchining tajribasi bilan cheklanib qolish ham to'g'ri kelmaydi. Shuning uchun ham bir necha maktab va bir necha o'qituvchilar ish tajribalarini taqqoslash kerak. shundagina ilg'or pedagogik tajribaning mohiyati aniqlanadi.
Pedagogika fani hozirgi davrda har qachongidan ham muhim rivojlanish davriga kirdi. Chunki mustaqil O‘zbekiston Respublikasining kelajagi unda kamol topayotgan yosh avlod tarbiyasiga bog‘liq. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun Prezidentimiz I.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining I - chaqiriq 2 -sessiyasida
“O‘zbekiston siyosiy - ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” haqida qilgan ma’ruzasida pedagogik tadqiqotlar oldiga muhim talablar qo‘ydi.
“Zamonaviy yuksak texnologiyalarda ishlay oladigan, bozor Qonunlariga mos yangicha fikrlay biladigan mutaxassislarni tayyorlash hozirgi kun vazifasi” ekanligi va buning uchun “Maktab - o‘rta -oliy ta’lim, ilmiy - tadqiqot institutlari shaklidagi ilmiy - ma’rifiy komplekslarni vujudga keltirish lozimligini ta’kidladi.
O‘zbekiston Oliy Majlisining IX sessiyasida Prezidentimiz ta’limni isloh qilish sohasidagi katta vazifalarni belgilab berdi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini qabul qildi. Bu pedagogik ilmiy tadqiqot ishlariga yanada ma’suliyat bilan yondoshishni taqozo etadi. Chunki Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi pedagogik tadqiqotlar oldiga katta va mas’uliyatli vazifalarni qo‘ydi.Dasturda “Fan bilan ta’lim jarayoni aloqalarini rivojlantirish” sohasidagi vazifalar alohida belgilab berildi.
Pedagogik ilmiy - tadqiqot ishlari bilan faqat ilmiy xodimlargina emas, balki maktab o‘qituvchilari ham shug‘ullanishlari, ularning ijodiy ishlari ta’lim- tarbiya jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Hozirgi davrda tarbiya muammosi bilan juda ko‘p jamoatchilik shug‘ullanmokda. Bu sohada pedagoglardan tashqari filosoflar, sotsiologlar, psixologlar ham keng tadqiqot ishlarini olib bormokdalar.
Tarbiya ya’ni pedagogik muammolarga bunday qiziqishni shuni bilish bilan izog‘lash mumkinki, O‘zbekiston Respublikasining istiqloli davrida tarbiyaning roli yanada oshib bormokda. Pedagogika fani kelajak avlodni tarbiyalashning asoslarini belgilab berishi lozim.
Pedagogika fanining rivojlanishi faqat ilmiy xodimlarning tadqiqotlari bilangina kifoyalanib qolmaydi.Bu ishga keng o‘qituvchilar ommasi - intellegentlar ham bosh qo‘shsa, fanning rivojlanishi ancha yuqori bo‘ladi. Pedagogika tajribalarni umumlashtirish, uning yutuqlarini amaliyotga qo‘llash, pedagogika fanining va maktabdagi o‘quv tarbiyaviy jarayonlar samaradorligiga ta’sir qiladi.
Hozirgi kunda pedagogika fani faqat yosh avlodni shakllantirish uchungina muhim bo‘lib qolmay, balki uning roli jamiyatning hamma sohalarida muhim bo‘lmokda. Hozirgi davrda ishlab chiqarishda yoki halq xo‘jaligining biror - bir sohasida kompleks tarbiyaviy tadbirlarni qo‘llamasdan turib biror bir natijaga erishish mumkin emas.
Jamiyatda juda ko‘p umumiy, iqtisodiy va tashkiliy muammolar bir vaqtda u yoki bu jihatdan tarbiyaviy muammolar ham bo‘lib kolmokda.
Insoniyat faoliyati orkali bo‘ladigan munosabatni 2 ga bo‘lish mumkin.
Hozirgi davrda pedagogikaning metodologik muammolari ayniksa o‘tkir tus oladi. O‘zbekiston Respublikasining istiqloli munosabati bilan istiqlol mafkurasi shakllandi.
Juda boy ilmiy, ma‘naviy, madaniy, diniy merosimizni qayta tiklaniish ularni zamon ruhi talabi bilan uyg‘unlashtirib faqat shaxsiy, milliy manfaat kasb yetilib qolmasdan umumjahon ma‘naviy, ijgimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ulkan hissa bo‘lib qo‘shilishini ta’minlash bugungi pedagogikaning vazifasidir. Chunki jahonda hali xorijiy davlatchilik bozor iqtisodiyotiga o‘tish tajribalarida ma’naviyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan uyg‘un holda rivojlantirilmayapti. Prezidentimiz ma’naviyatni aql, axloq, ongli amaliy faoliyatda shakllaiib rivojlanishi haqida gapirib:" Ma’naviyat - taqdirning ehsoni emas. Ma’na­viyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan aql va qo‘l bilan mehnat qilishi kerak”, degan edilar. Ma’naviyat insonda shakllanishi lozim bo‘lgan aqliy, axloqiy, intellektual, amaliy, jismoniy sifatlar majmuasi bo‘lishi bilan bir qatorda olamning ruhiy energetik, botiniy quvvati bilan ham uyg‘undir. Buni Prezidentimiz o‘zlarining "O‘zbekiston - XXI asrga intilmoqda" nomli ma‘ruzalarida quyidagicha juda yaqqol asoslab berdilar: “Ma‘naviyat haqida gap ketar ekan, men avvalo insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasi, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuchni tasavvur qilaman”. Xuddi ana shu yangi, keng qamrovli, chuqur ilmiy g‘oya, yangicha fikr, ta’lim-tarbiyani yangicha metodologik asosini boshlab beruvchi yo‘nalinshdir.
Halk ta’limi tizimi yaslidan boshlab, oliy o‘quv - tarbiya muasasalari boshqarmalarini rivojlantirish sohasida kompleks tadbirlar ishlab chiqishni, o‘quv tarbiya - ishlari darajasi hozirgi davr talabi asosida yaxshilashni, ta’lim metodlarini takomillashtirishni, pedagogik kadrlar malakasini oshirishni va ularni tayyorlashni davr talabi asosida yaxshilashni talab etadi. Bu masalalarni muvaffaqiyatli hal etishi, ko‘p tomonlama o‘qituvchilarning pedagogika fani arboblari va halk ta’limi organlarining umummetodologik tayyorgarligiga bog‘liq.
Xozirgi taraqqiyot tarbiyaning muhim masalalarini birinchi planga qo‘ymokda, mafkuraviy ishlarni kuchaytirish, ta’limning mazmunini milliylashtirish, uni takomillashtirish, ta’limning tashkiliy shakl va metodlarini takomillashtirish, nazariy va amaliy masalalarini hal qilishga yangicha yondashish,metologik muammolar ustida ko‘proq fikr yuritishni talab qilmoqda. Umumiy ma’lumot muammosi hozirgi davrdagi eng muhim muammolaridan biridir, bu uning hozirgi davr talabiga javob berishi milliyligi, umuminsoniy sifatlarni shakllantirishga xizmat qilish, o‘quv materiallarini tashkil qilish va tanlash prinsplariga mos bo‘lishi kabilardir. Bular ilmiy bilimlarning ko‘payib borayotgan hajmi bilan maktabda ularga o‘rganish sharoitlari o‘rtasidagi ziddiyatni yo‘qotishga yordam beradi. Ta’lim - tarbiya metodlari, tajribalarni tushinish va unga ijodiy yondoshish, ta’limning tashkiliy shakllari, vositasita va usullarining nazariy asoslanish, uni boshqarish va mantiqiy to‘zilmasi ko‘pincha o‘qituvchining metodologik tayyorgarligiga bog‘liq.
2. Ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilarning asosi vazifasi - ilmiy tatqiqotga tegishli barcha tushunchalar tizimini to‘la tushunib aytish, taqiqot ishlarini to‘g‘ri tashkil etish, ma’lum bir mavzuning mazmuni va mohiyatini boshqalarga aniq va ravshan yetkazib berish kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Ilmiy tushunchalar tarixiy shakllanish davrida ma’lum bir narsa yoki hodisaning aniq bir hususiyati yoki biror jarayonni kechish qonuniyatini bildiradi. Shuning uchun ham har bir tadqiqotchi o‘z ishini boshlashdan oldin o‘z sohasi va ilmiy tadqiqotga oid tushunchalarni o‘rganib, ularni chuqur tahlil qilishi, qaysi biri qay mazmunda ishlatilishi maqsadga muvofiq ekanligini aniqlab borishi maqsadga muvofiq.
Tushuncha deb, muayyan bir narsa yoki hodisaning eng umumiy va muhum hususiyatlarni, belgi va qirralarini ifodalovchi so‘z yoki so‘z birikmasiga aytiladi.
Tushunchalar narsa va hodisalarni obyektiv hususiyatlari hamda ulardagi qonuniyatlarini to‘la aks ettirishi lozim.
Ilmiy faoliyat, hali ma’lum bo‘lmagan qonuniyatlarni,ya’ni yangi bilimlarni aniqlab berish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun, asosiy tushunchalar talqinini “bilim” degan tushunchaga ta’rif berishdan boshladik.
Bilim bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi ularning ichki zaruriyatidan kelib chiqqan bog‘liqlikdir. Bu bog‘liqlik narsa va xodisaning tabiatan, ya’ni tadrijidan kelib chiqib, bizning ixtiyorimizdan tashqari o‘zi mavjud. Shuning uchun xam uni qonuniyat, deb yuritiladi.
Bilim - narsa yoki xodisaning xususiyati, ichki qonuniyatidan kelib chiqib, qoidalar umumiy ta’rif, tushuncha va atamalar shaklida namoyon bo‘ladi.
Narsa va xodisalarning qandaydir xususiyati yoki ularni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi zaruriy bog‘liqlikni kishi tafakkuri orqali his qilishlik egallashlik – bilish deyiladi.
Bilish jarayoni aqliy safarbarlik orqali tafakkur faoliyati natijasida sodir bo‘ladi.
3. Insonning boshqa mavjudotlardan farqi shundaki, u faoliyat ko‘rsatish qobiliyati ega. Shuning ma’lum bir maqsad sari qilgan harakatini faoliyat deyiladi. Oldiga qo‘ygan maqsad turi va harakatiga qarab inson faoliyati bir necha turga bo‘linadi. Har qandey faoliyat sohasining provard maqsadi yo shaxsiy, yoki jamoa, yohud butun davlatning ma’lum bir ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Har bir harakat uch xil faoliyat turlaridan tashkil topgan. Bular-amaliyot, ilm va fan.
Amaliyot, bu aniq shaxs, jamoa, yoki butun jamiyatning muayan ehtiyojidan kelib chiqib, tabiiy unsur yoki hodisalarni shu maqsadga bo‘ysundirish yo‘lida qilinadigan tartibli harakatidir. Agar inson bu harakat tartibini va tabiiy unsur yo hodisaning hususiyat hamda qonuniyatlarini bilib olgan bo‘lsa, u o‘z amaliyotini shunga asoslanib ijro etadi. Agar bu bilimlardan habardor bo‘lmasa, uni bilishga intiladi.Odatda bu bilimni uni biluvchi shaxsdan yoki shu soha fanidan olishi mumkin bo‘ladi. Shu soha fanidan ham topa olmasa, shu soha ilmiga murojat qiladi.
Ilmiy -tadqiqotlar olib borish yo‘li bilan obyektiv borliqdagi bir butunlikni, ya’ni narsa va xodisani tashkil qiluvchi qismlar orasidagi qonuniy bog‘liqlikni aniqlaydigan faoliyat turidir. Ilm aniqlagan bilimlar fanning mulki bo‘lib qoladi.
Ta’lim va tarbiyaning birligi tamoyili. Kishilarda bilim berish va bu bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgatish hamda ularni umumiy rivojlantirishni bir butunlikda amalga oshirishni taqozo etadi.
Bir butun ta’lim-tarbiya jarayonida ikki o‘zaro bog‘liqlik – hayotni bilish va unga amaliy munosabatini targ‘ib toptirish jarayoni namoyon bo‘ladi. Ta’lim bilan tarbiya o‘rtasida ma’rifiy jarayonining butunligini ta’min etuvchi uzviy bog‘liqlik mavjud. Bu jarayonda ta’lim yetakchi rolni o‘ynaydi. Chunki bilimni bermay turib insonni bu bilimni hayotga tadbiq qilishni o‘rgatib bo‘lmaydi. Ammo bilim berishdan maqsad bu bilimni hayotga qo‘llashlikdir. Shuning uchun ta’lim berish ketidan albatta bu bilimni amalda ishlatishga o‘rgatish ya’ni tarbiya jarayoni bo‘lishi shart.
Ta’lim tarbiya jarayonini amalga oshirishda umumiy tamoyil sifatida amal qilinishi shart bo‘lgan didaktikaning asosiy qonuniyatlarni tasnifini berar ekanmiz, dars berishda ularning hammasiga birday amal qilinishi shart ekanligini ham ta’kidlab o‘tish darkor. Chunki bu tamoyillarning birontasiga amal qilinmasa, ta’lim-tarbiya jarayonining umumiy metodologiyasiga amal qilinmagan bo‘lib, ta’lim-tarbiya beruvchi ko‘zlagan maqsadiga yeta olmaydi. Didaktikaning bu tamoyillaridan tashqari, har bir fandan dars o‘tish jarayonidi muayyan darsdan ko‘zlangan maqsad ko‘rsatkichlar va qonuniyatlarini ham hisobga olish zarur.
Bu yerda inson faoliyatlarini murakkabi hisoblangan maorif sohasidagi eng umumiy, umumiy va xususiy metodologiyalarga amal qilish yo‘llari ko‘rib chiqildi. Inson faoliyatining boshqa sohalarida, shu jumladan boshqa ilm sohalarining tadqiqot ishi jarayonida ham xuddi shunday uch xildagi metodologik aoslarning ikkala qismini belgilab olib, o‘z faolitida ularga amal qilinsa kishi ko‘zlagan maqsadiga tez va yanglishsiz yetib boradi.



Download 231,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish