6-mavzu. Adabiyotlar va arxiv materiallarini o‘rganish
Reja:
Ta’lim-tarbiya jarayonining tarixiyligi
Ilmiy manba’lar arxiv xujjatlari, fan tarixiga doir adabiyotlarni o’rganishning tadqiqot samaradorligini oshirishdagi avzalligi.
Ta’lim-tarbiya jarayonining tarixiylik, milliylik va umuminsoniylik qonuniyati pedagogik ilmiy tadqiqotlarning metodologik asosi, yo‘riqnomasidir. Faqatgina pedagogik merosni, ta’lim-tarbiya taraqqiyoti tarixini o‘rganish emas, pedagogik ilmiy tadqiqotning barcha yo‘nalishlari tarixiylik, milliylik va umuminsoniylik qonuniyatiga asoslanadi. Har bir masalaning rivojlanish bosqichlari bo‘yicha ilmiy, ommabop adabiyotlarni o‘rganmasdan tadqiqotni amalga oshirib bo‘lmaydi.
Adabiyotlarni ilmiy tadqiqot mavzusiga doir uch turkumga bo‘lish mumkin. Avvvalo, pedagogik ilmiy tadqiqotda milliy g‘oyaga doir, jamiyat buyurtmasiga doir nazariy metodologik adabiyotlar. Ilmiy tadqiqotning dolzarbligi, ijtimoiy, iqtisodiy zaruriyati, yosh avlodni hayotga, mehnatga , kasbga tayyorlashda ta’lim-tarbiyaning davr talabi, mavjud shart-sharoitga mosligi qonuniyati, mamlakat dasturi, milliy g‘oyaga doir adabiyotlarni o‘rganishni taqazo etadi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”, “O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li” kabi qator kitoblari, xalqaro ilmiy anjumanlarda nutqlari pedagogik ilmiy tadqiqotning ijod va ilhom manbai, metodologik asosdir.
“Milliy istiqlol g‘oyasi: tushuncha va tamoyillar” ham o‘tmish adabiyotlarini, ham jahon ilmiy adabiyotlarini o‘rganishning nazariy mezonidir. O‘tmish madaniy merosdan maqsadli foydalanish, yoshlarni har tomonlama kamol toptirish va faxrlanish hissini shakllantirishda mumtoz adabiyotlarni o‘rganish muhim manba’dir.
Ikkinchi turkum ilmiy manba’lar arxiv xujjatlari, fan tarixiga doir adabiyotlardir. Ta’lim-tarbiya tarixi, madaniyatimiz tarixiga doir adabiyotlarning, o‘rganilmagan ko‘pgina qismi jahonning kutubxonalarida saqlanmoqda. Tariximizga doir adabiyotlarning aksariyati olib ketilgan, kuydirilgan, tarixga doir kitob saqlagan xonadonlar qatag‘on qilingani ma’lum. Masalan, Meksikalik olimlar Nasafiy, Kasbaviylarning ilmiy merosi mavjudligi, qadimgi Kasbi (bugungi kunda Kasbi qishlog‘i) o‘rnida ulkan shahar, sakkizta madrasa bo‘lgani haqida ommaviy axborotda ma’lumot berdilar. Qolaversa 2014 yil 15 maydagi Samarqandda o‘tkazilgan xalqaro konferensiya tarixiy manba’lar yetarli o‘rganilmagani e’tirof etildi. Tarixiy adabiyotlarni, manba’larni milliy g‘oya tamoyillari asosida pedagogik ilmiy tahlil qilish tadqiqot metodidir. Shuningdek, pedagogik amaliyot ilg‘or tajribalarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot mavzusiga doir maktablarning ta’lim-tarbiya faoliyati haqidagi arxiv hujjatlarni o‘rganish ilmiy tadqiqot metodlaridan biri. Ta’lim muassasalarining faoliyati haqidagi hujjtlardan mavjud qiyosiy natijalar haqida ilmiy xulosalar chiqariladi.
Uchinchi turkum adabiyotlar: mavzuga doir ilmiy kitoblar, dissertatsiyalar, dissertatsiya avtoreferatlari, ilmiy to‘plamlardagi maqola va tezislar, jurnallar, ilmiy axborotnomalardir. Bugungi globallashuv sharoitida internetda aksariyat adabiyotlar bo‘yicha axborotlar berib borilmoqda. Adabiyotlarni o‘rganish va undan samarali xulasalar chiqarish ilmiy tadqiqotchidan izchil izlanishni talab etadi.
Dastlab adabiyotlar ro‘yxati tuziladi, asosiy nazariy manbaalar aniqlanadi. Adabiyotlarni o‘rganish bo‘yicha konspekt, tezis, annotatsiya tuziladi. Maqsadga muvofiq sitatalar yozib olinadi. Sitatalar olganda adabiyotlarning aynan muallifning nomi, nashriyoti, necha sahifaligi va qaysi bobdan olingani ko‘rsatiladi. Agar internetdan olingan bo‘lsa, manba’ va uning sayti aniqlanadi. Demak, adabiyotlar va arxiv xujjatlarining manbalarini maqsadli o‘rganish ilmiy pedagogik tadqiqotning samaradorlik shartidir.
Педагогик тадқиқотга доир адабиётлар
|
Халқ педагогикасининг манъбалари
Тарбия назариясига доир адабиётлар
Дидактик қонуниятлар тамойили
Шарқ мутаффаккиларининг таълим – тарбия ҳақида
Жаҳон таълим-тизими жаҳон ахборотлари
Интернет манбалари
Педагогиканинг умумий асослари
Педагогика тарихига доир жаҳон адабиёти
Мавзуга доир адабиётлар
Тарихий манбалар
Назарий методологик адабиётлар
Фалсафий методологик адабиётлар
Ўзбекистонининг ўзига хос тараққиёт моделига доир адабиётлар
Таълим-тарбиянинг илғор тажрибалари
Кадрлар Тайёрлаш Миллий дастури ва ижроси ҳақида
Янги адабиётлар
Илмий конференция материаллари
Педагогик технологияларга доир адабиётлар
Архив ҳужжатлар
Педагогиканинг назарий концепцияси ҳақида адабиётлар
Илғор педагогик тажрибага доир адабиётлар
Ҳалқаро журналлар
Таълим-тарбияга доир бадиий асарлар
Мустақиллик йиллар тараққиёти тарихи
Тарихни ўрганиш ҳақида Ислом Каримов таълимоти
Педагогик, психологик, социология каби инсоний ўрганадиган фанла назариясига доир адабиётлар
Миллий ғоя, мафкурага доир адабиётлар
Do'stlaringiz bilan baham: |