Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi Pedagogika hodisalari va faktlarini tekshirishda maktab qujjatlarini mukammal va chuqur o‘rganmoq lozim. Maktab qujjatlarini tahlil qilishda ta'lim qonuniga amal qilinmog‘i lozim. Maktab qujjatlarini tahlil qilishda o‘quvchilarning ijodiy faolligi va mustaqilligini, iqtidorliligini hamda ilg‘or pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi va joriy etilishini ko‘rsatgan taqdirdagina to‘liq qiymatga ega bo‘ladi.
Bolalar ijodini o‘rganish metodi Maktab o‘quvchilari ijodini hamda ularning turli tuman ishlarini o‘rganish va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Iqtidorli o‘quvchilar aqliy qobiliyatlari, olijanob ahloqiy qiyofalari, estetik didlari, sinchkovliklari va qiziquvchanliklari bilan ajralib turadi. Ta'lim qonunida va milliy dasturida pedagogika fani bolalar ijodining manbaalari va faktorlarini chuqur bilishga hamda ularni yanada taraqqiy ettirish va takomillashtirishning to‘g‘ri yo‘llarini ko‘rsatib berishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |