Fanning maqsadi; jamiyatning barcha a’zolarini ijtimoiy ehtiyojga mos holda tarbiyalash, shaxs sifatida shakllantirish, barkamol avlodni tarbiyalash.
Fanning vazifalari; o’qitishning, ta’lim –tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalarini o’rganish, yoshlarni zamonaviy pedagogik bilimlar bilan qurollantirish, intellektual salohiyatini oshirish.
Fanni o’rganish natijasida o’quv tarbiyaviy faoliyatni muvaffaqiyatli olib borish uchun zarur bo’lgan pedagogik bilim va ko’nikmalarning umumiy hajmini, o’qituvchi –murabbiyga xos umumiy kasbiy va shaxsiy fazilatlarni egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |