Mavzu: O’zbekiston respublikasida Ikki palatali parlament tizimining shakllanishi va saylovlar
Reja:
1.Parlament islohotlarining ijtimoiy zaruriyati.
2. Ikki palatali parlament tizimining o`ziga hos hususiyatlari
3. Parlament islohotlari jarayonida I.A.Karimovning jamiyatni demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilish g`oyalarining ahamiyati
4. Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatining prinsiplari tushunchasi va ahamiyati.
So`nggi yillarda O`zbekiston huquq tizimida bir qator demokratik o`zgarishlar ro`y bermoqda. Xususan, 2002 yil 27 yanvar kuni bo`lib o`tgan referendumda O`zbekiston parlamentini ikki palatali parlamentga aylantirish to`g`risidagi masala umumxalk ixtiyoriga xavola etildi. Ushbu referendum natijalariga binoan O`zbekistonda bir palatali parlamentdan ikki palatali parlamentga o`tilmoqda. Ikki palatali parlamentning vujudga kelishi vakillik demokratiyasining yanada yuqori pog`onaga ko`tarilishiga, qonun chiqaruvchi hokimiyatni kuchaytirish orqali davlat hokimiyati faoliyatining samaradorligini oshirishga hamda respublikamizda parlamentarizmning to`la shakllanishiga mamlakatimizda qonun ustivorligini ta'minlanishi uchun asos yaratilishiga xizmat qiladi.
Ikki palata parlament deyilganda, tashkil etish va faoliyat kursatish tartibi jixatidan bir-biridan farq qiluvchi mustaqil ikki aloxida vakillik tuzilmasidan iborat yagona organ tushuniladi. Ikki palatali tizim (bikameralizm4) parlamentlarning tuzilishi bulib, bunda parlament odatda har xil tarzda shakllanadigan va turli vakolatga ega bo`lgan ikki palatadan iborat bo`ladi.
2004yil 26 dekabr kunida bo`lib o`tadigan saylovlarda qonunchilik palatasi deputatlari bevosita saylovchilar tomonidan to`g`ridan-to`g`ri yashirin ovoz berish yo`li bilan saylanadi, ya'ni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi xududiy saylov okruglari bo`yicha ko`ppartiyaviylik asosida saylanadigan 120 deputatdan iborat bo`ladi. Senat a'zolari esa qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kegesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo`shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo`li bilan Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda - olti kishidan saylanadi. 100 nafar Senat a'zosidan 84 nafari saylanib, qolgan 16 tasi esa fan, san'at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo`lgan, alohida xizmat ko`rsatgan eng obro`li fuqarolar orasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
O`zbekiston Respublikasi davlat organlari tizimi va foaliyatining doimo takomillashtirib borishi, davlatimiz siyosatining asosiy mazmunini tashkil etmoqda. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunchilik tashabbusi huquqiga egadir. 2000 yil 25 may kuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq, ikkinchi sessiyasida; "Bizning jamiyatimiz tez sur'atlar bilan o`zgarayapti. Odamlar ma'naviy ulg`ayishi yo`lida ildam qadam tashlayapti. Bu uzoqni ko`zlagan siyosatimiz, ezgu maqsad yo`lidagi intilishlarimiz natijasidir. Shuni yaxshi anglab olishimiz zarurki, hayot o`zgarishi bilan, odamlarimizning avvalgi siyosiy va manaviy ongi ulg`ayishi bilan, bizning parlamentimizning tashkil etilishida ham, uning faoliyatida ham tegishli o`zgarishlar bo`lishi tabiiydir.
Shu holatlarni nazarda tutib, men doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o`tish taklifini kiritmoqchiman ya'ni, biz 2004 yilda bo`ladigan saylovlarda parlamentni ikki palatali qilib, tashkil etishimiz lozim. Bunda quyi palata – Oliy Majlis partiyalar vakillari va mustaqil deputatlardan saylanadi. Siyosiy partiyalar va aholi yig`ilishlari unga o`z vakillarini o`tkazadi, ular parlamentda doimiy ravishda ishlaydi. Yuqori palata tarkibini viloyat, shahar va tumanlardan mahalliy kengashlarga saylangan deputatlarning vakillari tashkil etadi. Misol uchun Qashqadaryo viloyat kengashiga saylangan deputatlar shahar va tumanlarda saylangan noiblar hisobidan viloyat miqyosidagi yig`ilishlarda ana shu kengashlarning olti-yetti nafar eng ishonchli vakili mamlakat parlamentining yuqori palatasiga saylanadi. Ular yuqori palatada shu viloyatning manfaatlarini himoya qiladi, …palataga saylangan deputatlarning har bir viloyatdan bir xil miqdorda bo`lishini ta'kidlab; yuqori palataga saylangan vakillarning asosiy vazifasi quyi palata tayyorlangan qonunlarni ko`rib chiqish va shunga mos ravishda o`zlarining qarorlarini qabul qilishdan iborat bo`ladi deb so`zlarining davomida, yuqori palata mamlakatimizning barcha hududlariga teng ko`z bilan qarab, ana shu hududlarning vakillari orqali xalqimiz manfaatlarini bir xilda himoya qilishi kerak"1 degan takliflari va Oliy Majlis palatalarining qay tartibda faoliyat yuritishi to`g`risidagi asoslari deputatlarning muhokamasiga kiritildi. Shundan so`ng bu taklif yuzasidan, deputatlarning fikr va mulohazalari o`rganib chiqilib, 2001 yil 6 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq, yettinchi sessiyasida deputatlar bir ovozdan O`zbekiston xalqining fikrini aniqlash maqsadida refendum o`tkazish to`g`risida qaror qabul qildi, 2002 yil 27-yanvar kunini umumxalq referendumi kuni deb e'lon qildi. Referendumda ovoz berish bulleteniga quyidagi mazmundagi savollar kiritildi;2
1. Siz kelgusi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Parlamentini ikki palatali qilib, saylanishiga rozimisiz?
2. Siz O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy vakolat muddatini besh yildan yetti yillik qilib, o`zgartirishga rozimisiz?
O`zbekiston xalqi, Oliy Majlis va Prezident faoliyatini takomillashtirishni bir ovozdan tasdiqladi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining navbatdagi sakkizinchi sessiyasida bu masalaning hal etilishini dastlabki, muhokamasi bo`lib: O`zbekiston Respublikasining "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to`g`risida"gi Konstitutsiyaviy Qonuni qabul qilindi.
O`zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining bo`linish prinsipi asosida, davlat organlari tizimi va ularning tashkil etilish tamoyillari, jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlisi Palatalari vakolatlari majburiyatlari, vazifalarini va buning barobarida boshqa davlat organlari tizimidagi faoliyat yo`nalishlarini o`zida belgilab bergan alohida konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi va undan keyin Konstitutsiya va tegishli qonunlarni qabul qilish yoki o`zgartirish, tuzatishlar kiritish masalalarini hal etish tartibining belgilanganligi, Oliy Majlis oldida turgan maqsadni reja asosda mukammalligini ta'minlangan holda, amalga oshirish uchun sharoit yaratib beradi. Shunday qilib, Konstitutsiyaga o`zgartirish hamda tuzatishlar kiritish zaruriyatining paydo bo`lishi davlat va jamiyatning rivojlanishida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish borasidagi huquqiy islohotlarning amaliy natijasi bo`lib hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq respublikada yagona vakillik organlarining tizimi mavjud. Bu tizimning eng yuqorisida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi turadi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi mamlakatda konstitutsiyaga muvofiq qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
Davlat hokimiyati vakillik organlari yagona tizimga birlashgan holda o`z faoliyatlarini ma'lum bir yo`nalish va mazmunda amalga oshirishlari uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lgan qator asoslarga tayanadilar. Barcha bug`indagi davlat hokimiyati vakillik organlarini faoliyati va uni tashkil etishni o`ziga xosligi shundaki, ham oliy vakillik organlari, ham mahalliy vakillik organlari funksional jihatdan bir xil prinsiplarga tayanadi. Faqat oliy vakillik organlari faoliyatida ayrim o`ziga xos ko`rinishlar mavjud bo`lishi mumkin.
Oliy va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining tashkil etilishi va faoliyatidagi demokratik prinsiplar yordamida mamlakatimizning fuqarolari davlat boshqaruviga jalb qilinadi, jamiyatda ro`y beradigan muhim masalalarni hal etish va ularni hayotga tatbiq qilishda faol ishtirok etadilar.
Davlat hokimiyati vakillik organlarining faoliyat prinsiplari deganda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarni tashkil etish hamda faoliyatining hal qiluvchi shakl va uslublarini belgilab beruvchi asosiy g`oyalar, qarashlar tushuniladi.
Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatining demokratik prinsiplari barcha bug`indagi vakillik organlarini tashkil etilishi va faoliyat yo`nalishini belgilab beradi. Bu prinsiplar, albatta, iqtisodiy munosabatlarni, jamiyat rivojlanishining siyosiy shart-sharoitlarini ham aks ettiradi.
Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatining prinsiplarini amalda tatbiq etish vakillik organlarini tashkil etilishi va faoliyati ta'sirining samaradorligiga, ularning ilmiy yetukligi va asoslantirilganligiga, jamiyatning rivojlanish darajasiga bog`liq.
Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati prinsiplari mazmuniga ko`ra ahamiyatiga ko`ra asosiy (umumiy) va xususiy (maxsus) turlarga ajraladi. Barcha prinsiplar bir-birlari bilan o`zaro mustahkam bog`langan, bir-birini to`ldirib, boyitib boradi. Masalan, respublika fuqarolarini vakillik organlari ishiga keng jalb qilish demokratizm prinsipini amalda nomoyon bo`lishi bilan birgalikda oshkoralikni ta'minlanilayotganligi, ya'ni oshkoralik prinsipiga aloqadorligini ham yaqqol ko`z oldimizga keltirishimiz mumkin.
Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatining prinsiplari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov risolalarida, O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati to`g`risidagi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi to`g`risidagi, Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risidagi qonunlarda ishlab chiqilgan va vakillik organlarining bevosita amaliy faoliyatida rivojlantirilgan. O`zbekiston mustaqilligi sharoitida xalq deputatlari Kengashlarini tashkil etish va faoliyatining demokratik prinsiplarini, omma tomonidan davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda to`plangan tajriba, O`zbekiston Respublikasi oldida turgan yangi vazifalarni o`zlarida ifodalab rivojlandi va yangi mazmun bilan boyib bormoqda.
Hozirgi jarayonda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq VIII sessiyasida bildirgan fikrlariga asoslangan holda «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to`g`risida»gi konstitutsiyaviy qonunning 2-moddasida «Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishga doir qonun hujatlarini takomillashtirishning asosiy prinsiplari» belgilangan.
Davlat hokimiyati vakillik organlarini tashkil etish va faoliyatining demokratik prinsiplari tashkiliy-siyosiy munosabatlarning huquqiy va tashkiliy shakllarini mufassal qamrab oladi. Misol uchun, ba'zi prinsiplar Kengashlar tizimi tuzilishini belgilaydi. Kengashlar hududlarga ko`ra tuziladi.
Davlat hokimiyati vakillik organlarini tashkil etish va faoliyatining demokratik prinsiplarini har xil asoslarga ko`ra turkumlash mumkin. Xalq deputatlari Kengashlarini tashkil etish va faoliyatining eng umumiy ahamiyatga ega bo`lgan prinsiplari, davlat hokimiyati vakillik organlari to`g`risidagi nazariya o`zagini tashkil etadi. Ular: Kengashlar faoliyatiga aholini doimiy va tobora ko`proq doiralarda jalb etish, xalq deputatlari Kengashlarini tashkil etish va faoliyatining demokratlashtirish, Kengashlar faoliyatida oshkoralik, kollegiallik, qonunchilik, Kengashlar va hokimning ijro etuvchi apparati faoliyatida boshqarish, mehnatni ilmiy tashkil etish (NOUT), millatlarning tengligi prinsipi. Prinsiplar vakillik organlarini tashkil etish va faoliyatining boshqa maxsus asoslari uchun zamin bo`lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |