1. Parchin mixli birikmalarning turlari. Parchin mixli chokni hisoblash


Egiluvchi moment ta`sir etuvchi chokni hisoblash



Download 0,95 Mb.
bet3/4
Sana01.03.2022
Hajmi0,95 Mb.
#475970
1   2   3   4
Bog'liq
Ajralmaydigan (payvand, parchin mixli) birikmalarning hisobi

Egiluvchi moment ta`sir etuvchi chokni hisoblash. Bunday chok turli usullarda hisoblanishi mumkin. Odatda, hamma usullarda ham, avvalo munosabatlardan foydalanib, chokning taxminiy sxemasini belgilab olish tavsiya etiladi. Bu sxema chokdagi parchin mixlarning soni, ularning o’zaro joylashuvi ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Shundan so’ng, belgilangan chokning eguvchi moment ta`siridagi mustahkamligi hisoblanadi.
Quyidagi ta`sir etuvchi moment M ni parchin mixlardagi juft kuchlar momentiga tenglashtirish yo’li bilan hisoblash usuli ko’rib o’tiladi.
Masalan, eni h bo’lgan ikki list bitta qo’shimcha list (ust-qo’yma) vositasida biriktirilgan chokni olaylik (11-shakl). Shaklda ko’rsatilgan parchin mixli chokka eguvchi moment M ta`sir etadi. Shakldan foydalanib, quyidagi tenglamani yozish mumkin.
M=P1l1+P2l2+P3l3+…,
Bu erda P1 P2 P3 – har bir gorizontal qatordagi parchinli mixlarga ta`sir etuvchi kuchlar; l1 l2 l3 – neytral o’qqa nisbatan baravar oraliqlardagi joylashgan qatorlar orasidagi masofa.

shaklda ko’rinib turadiki, P2 va P3 ni P1 orqali quyidagicha aniqlash mumkin.
bundan P2=P1 bundan P3 =P1
Demak, (19) tenglama quyidagicha yozilishi mumkin:

M = + +


bu yerda i=1,2,3……
Shaklga ko’ra, gorizontal qatorga ta`sir etuvchi kuchlarning eng kattasi P1dir. Shuning uchun chokni hisoblashda, avvalo, (19a) dan P1 ni topamiz.

bu yerdagi M masalaning shartida berilgan bo’ladi, l1 l2 va l3 lar esa qabul qilingan sxemadan olinadi. P1 birinchi qatordagi parchin mixga tutashayotgan kuch bo’lgani uchun undan bitta parchin mixga to’g’ri keladigan P0= bo’ladi (n1- birinchi qatorda joylashgan parchin mixlar soni) . Yuqoridagi shakl uchun n1=2 . Agar chok, qo’shimcha listsiz, ustma-ust biriktirilganda n1=4 bo’lar edi. Shunday qilib, ikkita parchin mixga ta`sir etuvchi kuchni topdik, endi, material tanlab, dastavval parchin mix diametrining,
so’ngra esa qolgan o’lchamlarning chok mustahkamligini ta`minlay olish yoki olmasligini tekshirib ko`rish mumkin.

Shuni qayd etib o’tish lozimki, qator neytral o`qqa qanchalik yaqin joylashgan bo`lsa, unga ta`sir etuvchi kuch shunchalik kichik bo’ladi. Bun­dan, chetki qatordagi parchin mixlar diametri qolgan qatordagi parchin mixlar diametri­dan katta bo`lishi va chokning bir qatoriga o`ziga mos diametrli parchin mix ishlatilishi lozim, degan xulosaga kelish mumkin. Ammo amalda bir chok uchun ishlatila­digan hamma parchin mixlarning diametrlari bir xil qilinadi, chun­ki har xil diametrli parchin mix ishlatilganda teshiklarning o`l­chamlari ham har xil bo`ladi, bu esa texnologik jihatdan noqulaydir.
Bordi-yu parchin mixli chokka, eguvchi momentdan tashqari, ko`n­dalang kuch Q hamda cho`zuvchi kuch N ham ta`sir etsa (12-shakl) bitta par­chin mixga tushadigan kuchlarning teng ta`sir etuvchisi quyidagicha bo’ladi:

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish