1. O’zbekistonning hayvonot olami. Kamayib ketyotgan hayvonlar


O’zbekistonning qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar



Download 35,26 Kb.
bet3/4
Sana14.04.2022
Hajmi35,26 Kb.
#549640
1   2   3   4
Bog'liq
asatbek

3. O’zbekistonning qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar.
O’zbekistonda cho’llarning o’zlashtirilishi, tog’ va tog’ oldi mintaqalarida tog’-kon sanoatining rivojlanishi, buning oqibatida ekologik sharoitning o’zgarishi hamda ovchiliq xo’jaligi ishlarida qat’iy tartibning bo’lmaganligi natijasida hayvonot olamiga zarar etdi. Ko’p hayvon turlari soni keskin kamayib (jayron, tog’ va sibir echkisi, arhar, qum quyoni, sug’ur), ayrimlari esa yo’qolib ketmoqda. Masalan, turon yo’lbarsi, sirtlon yo’qolib ketdi. Yo’qolib ketish arafasida turgan qush va hayvonlardan o’rta Osiyo qoploni, targil sirtlon, ustyurt quyi, qora laylak, qum charxiloni, o’rta Osiyo ko’zoynakli iloni, uzun dumli burg’utni ko’rsatish mumkin. Bu ahvol tabiatni, shu jumladan hayvonot olamini muxofaza qilishni talab qiladi. Bu ishni amalga oshirish uchun respublikamizda «Qizil kitob» tayyorlanib nashr etilgan (I jildi 1983 y., II jildi 1984 y.), 9 ta qo’riqxona, bir qancha buyutmalar, milliy bog’lar tashkil etilgan.
O’zbekistonning «Qizil kitob»iga respublikamizda yashaydigan sut emizuvchilarning 22 turi, qushlarning 31 turi, sudralib yuruvchilarning 5 turi va baliqlarning 5 turi kiritilgan. Qizil kitobga kiritilgan bu hayvonlar to’liq muxofaza qilinishi lozim. Ayniqsa ayiq, koplon, silovsin, qor qoploni, gepard, jayron, buxoro kiyigi, tyanshan quyini ovlash butunlay taqiqlanadi.
O’zbekistonda hayvonot dunyosini muxofaza qilishda quirqxonalar muhim o’rin tutadi. Qo’riqxona-tabiat kompleksining bir qismi- hayvonlar, o’simliklar, foyhali qazilma, noyob relef shakllari qonun asosida muxofaza qilinadigan joy. Ularda soni kamayib borayotgan hayvonlar va o’simliklar muxofaza qilinadi va ko’paytiriladi, u yerdagi hayvonlar soni boshqarib turiladi. Qo’riqxonalardan tashqari kamayib ketayotgan hayvon turlarini saqlab qolish va tiklash maqsadida 10 ga yaqin buyurtmalar faoliyat ko’rsatmoqda. Buyurtma joy-hudud yoqi akvatoriyaning bir qismi bo’lib, unda barcha tabiiy kompleks emas, balki uning alohida elementlari: o’simliklar, hayvonlar yoqi ba’zi bir hayvon turlarigina turli maqsadlarda ko’paytiriladi. Bu joylarda bioekologik tadqiqotlar ham olib boriladi. Biroq davlatimiz tomonidan ko’rilayotgan chora-tadbirlarning o’zi jonli tabiatning barcha boyliklarini etarli darajada saqlashga qodir emas. Bu bizdan hayvonlarni ehtiyot qilishni, ularga e’tibor berib, umumhalq himoyasiga olishni talab qiladi.
Ko‘p hayvon turlari soni keskin kamayib (jayron, tog‘ va sibir echkisi, arxar, qum quyoni, sug‘ur), ayrimlari esa yo‘qolib ketmoqda. Masalan, Turon yo‘lbarsi, sirtlon yo‘qolib ketdi. Yo‘qolib ketish arafasida turgan qush va hayvonlardan O‘rta Osiyo qoploni, targ‘il sirtlon, ustyurt qo‘yi, qora laylak, qum charxiloni, O‘rta Osiyo ko‘zoynakli iloni, uzun dumli burgutni ko‘rsatish mumkin. Bu ahvol tabiatni, shu jumladan hayvonot olamini muhofaza qilidgai talab qiladi. Bu ishni amalga oshirish uchun respublikamizda "Qizil kitob" tayyorlanib nashr etilgan (I jildi 1983 y., II jildi 1984 y.), 9 ta qo‘riqxona, bir qancha buyurtmalar, milliy bog‘lar tashkil etilgan.
O‘zbekistonning "Qizil kitob"iga respublikamizda yashaydigan
sut emizuvchilarning 22 turi,
qushlarning 31 turi,
sudralib yuruvchilarning 5 turi va
baliqlarning 5 turi kiritilgan.
Qizil kitobga kiritilgan bu hayvonlar to‘liq muhofaza qilinishi lozim. Ayniqsa ayiq, qoplon, silovsin, qor qoploni, gepard, jayron, buxoro kiyigi, tyanshan qo‘yini ovlash butunlay taqiqlanadi.
O‘zbekistonda hayvonot dunyosini muhofaza qilishda qo‘riqxonalar muhim o‘rin tutadi. Qo‘riqxona — tabiat kompleksining bir qismi —hayvonlar, o‘simliklar, foydali qazilma, noyob relyef shakllari qonun asosida muhofaza qilinadigan joy. Ularda soni kamayib borayotgan hayvonlar va o‘simliklar muhofaza qilinadi va ko‘paytiriladi, u erdagi hayvonlar soni boshqarib turiladi. Qo‘riqxonalardan tashqari kamayib ketayotgan hayvon turlarini saqlab qolish va tiklash maqsadida 10 ga yaqin buyurtmalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Buyurtma joy —hudud yoki akvatoriyaning bir qismi bo‘lib, unda barcha tabiiy kompleks emas, balki uning alohida elementlari: o‘simliklar, hayvonlar yoki ba’zi bir hayvon turlarigina turli maqsadlarda ko‘paytiriladi. Bu joylarda bioekologik tadqiqotlar ham olib boriladi. Biroq davlatimiz tomonidan ko‘rilayottan chora-tadbirlarning o‘zi jonli tabiatning barcha boyliklarini etarli darajada saqlashga qodir emas. Bu bizdan hayvonlarni ehtiyot qilishni, ularga e’tibor berib, umumxalq himoyasiga olishni talab qiladi.
O‘zbekiston tabiatida uchraydigan yovvoyi hayvonlarni ovlash qoidasi tartibga solinuvchi 2020-yil 8-iyulda qabul qilingan “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunni tahlil qilgan UzNews’ning yozishicha, mazkur hujjat bilan yovvoyi hayvonlarni tutishga doir har yilgi kvota yovvoyi hayvonlarning ko‘p miqdorda tutiladigan turlariga, shuningdek, kamyob va oz sonli turlariga nisbatan belgilanishi ko‘rsatilgan.
Mazkur kvota kelgusi yil uchun Ekoqo‘mitaga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yovvoyi hayvonlarni tutishga doir talabnomalar kiritganligi asosida belgilanadi. Qo‘mita esa kvota loyihasini Fanlar akademiyasiga yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota loyihasi bo‘yicha xulosani olish uchun jo‘natadi.
Shundan so‘ng Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 10-dekabrga qadar (qo‘shimcha kvota uchun 10-mayga qadar) bo‘lgan muddatda Fanlar akademiyasining xulosasi asosida yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalarni tasdiqlaydi va tegishli tartibda qo‘mitaning mahalliy boshqarmalariga yuboradi. Qo‘mitaning hududiy organlari esa hayvonot dunyosidan foydalanishga doir ruxsatnomalarni beradi.
“Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunda, shuningdek, O‘zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan kamyob va yo‘qolib borayotgan sutemizuvchilar turlari bo‘yicha alohida to‘lov miqdorlari belgilangan.
Jumladan, Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini ilmiy, tibbiy va nazorat maqsadida tutish uchun o‘zbekistonliklarga BHMning 80 baravari (14-may holatiga ko‘ra, 19,6 million so‘m), sport, havaskorlik va o‘lja olish maqsadida tutish uchun esa BHMning 100 baravari (24,5 million so‘m) to‘lov belgilangan. Xorijlik fuqarolarga esa ushbu hayvonni ov qilishning barcha turlari bo‘yicha tutishga 3 ming dollar miqdorida to‘lov belgilangan.


Download 35,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish