138.Mamlakatimizda diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashishga qaratilgan qonun xujjatlari va ularning ahamiyati.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI EKSTREMIZMGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 12-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2018-yil 28-iyunda ma’qullangan
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN MISR ARAB RESPUBLIKASI HUKUMATI O‘RTASIDA
BITIM UYUSHGAN JINOYATCHILIK VA TYERRORIZMGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDA
2007 yil 18 aprel, Qohira Mazkur Bitim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 3 iyuldagi PQ-666-sonli «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan.
(2007 yil 25 dekabrdan kuchga kirgan)
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Misr Arab Respublikasi Hukumati, bundan keyin «Tomonlar» deb ataluvchilar,
jinoiy faoliyatning barcha shakllariga, xususan, terrorizm, transmilliy va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilishga intilib,
mazkur jinoyatlar va harakatlarning tinchlikka, barqarorlikka, xavfsizlikka tahdid solayotganidan tashvishlanib,
yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatlarga qarshi ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rish zarurligiga ishonch hosil qilib,
Tomonlar qo‘shilgan tegishli Xalqaro konvensiyalarni e’tiborga olib,
teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyillardan va shuningdek jinoyatchilikka qarshi samarali kurash olib borish o‘zaro xohishlaridan kelib chiqildi ,
Terrorizmning tahdidi, xavfi va uning fojiali oqibatlaridan O‘zbekiston ham xoli bo‘la olmadi. O‘tgan asrning 80-yillarning oxirida terrorchilik xurujlari u yoki bu ko‘lamda o‘ziga xos xilma-xil ko‘rinishlarda sodir bo‘lib turgan edi. Biroq, mustaqillikka erishgandan so‘ng bu xurujlar kengroq va xafliroq tus ola boshladi. Bunga 1999 yil 16 fevralda Toshkentda, 1999-2001 yillari Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida, 2004 yil Toshkent shahri va Buxoro viloyatida, 2005 va 2009 yillarda Andijon viloyatida amalga oshirilgan terrorchilik harakatlari misol bo‘la oladi. Xalqaro terrorchilik, radikal, tajovuzkor ekstremizm va ayirmachilik, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash Shanxay Hamkorlik Tashkiloti faoliyatining eng muhim tarkibiy qismiga aylangan. Aynan shu vazifalarni hal qilish uchun Mintaqaviy aksilterror markazning Toshkent shahrida ochilgani O‘zbekiston Respublikasining terrorchilikka qarshi kurashdagi amaliy sa’y-harakatlari, dadil tashabbuslarining hissasi katta hisoblanadi.
Mamlakatimizda nafaqat tashqi siyosatda, balki ichki siyosatda ham ushbu jirkanch hodisa xavfini oldini olish masalalariga alohida e’tibor bilan qaralmoqda. Buning uchun huquqiy asos qo‘yilaginini alohida qayd etish zarur. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155-moddasida terrorchilikning ikki xil ko‘rinishi: xalqaro va mamlakat ichkarisidagi terrorchilik haqida so‘z boradi. O‘zbekiston Respublikasining "Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonunida esa ushbu xavf-xatar quyidagicha izohlanadi: "Terrorizm – siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy ob’ektlarning yo‘q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur etkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko‘zlab ig‘vogarliklar qilishga, aholini qo‘rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo‘rlik, zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar”.
Hozirgi davr inson ongi va qalbi uchun kurash kuchayganligi bilan xarakterlanadi. Demak, mavjud ma’naviy tahdidlar, mafkuraviy tajovuzlarga qarshi faqat qurol kuchi bilan, huquqiy vositalar bilan kurash ko‘zlangan natijani bera olmasligi Afg‘oniston, Pokiston, Iroq kabi davlatlarda bo‘layotgan voqea-hodisalar misolida anglab etish mumkin. Shuning uchun O‘zbekistonda boshqa tahdidlar qatori terrorchilik xavfiga qarshi kurashda Prezidentimiz belgilab bergan "g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish” tamoyiliga asoslanmoqda. Bunda fuqarolarimiz orasida targ‘ibot-tashviqotning keng tarmoqlaridan samarali foydalangan holda, terrorizmning g‘oyaviy, siyosiy shiorlarini mafkuraviy jihatdan fosh qilish asosiy vazifa qilib olingan.
Bugun biz axborot asrida yashamoqdamiz. Axborot xuruji xavfi bo‘lishiga qaramay, ommaviy axborotga nisbatan to‘siqlar qo‘yib bo‘lmasligi barchaga ma’lum. Lekin, nosog‘lom g‘oyalarning urchib ketishiga sabab bo‘layotgan internet sahifalaridagi illatlardan yoshlarimizni asrab qolish uchun. Axborot-texnologiyalari sohasida yangi zamonaviy ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan tanlovlar tashkil etish. Unda milliy qadriyatlarimizni davom ettira olgan va bu borada yangiliklar kashf qila olgan yoshlarni rag‘batlantirib borish.
Eng zarur choralardan biri bu xalqimizning ogohligidir. Hech bir terroristik harakat tayyorgarliksiz amalga oshmaydi. Uni qaerda amalga oshirilsa, o‘sha erdagi biron holat avvaldan biron o‘zgarishga uchramasligi mumkin emas.
Terrorizm kabi mudhish harakatning qanday kutilmagan oqibatlarga olib kelishi barchani ogohlikka, hushyorlikka, beg‘am bo‘lmaslikka undaydi.
139.Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlashda O‘zbekistonning o‘rni.
Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hamjihatlik va konstruktiv hamkorlik muhitini barpo etish masalalariga alohida e’tibor qaratib, bu borada barchani faollikka chaqirgan edi. Natijalar ko‘p kuttirmadi.
Bugun sessiyada ilgari surilgan ana shunday tashabbus hamda O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan izchil tashqi siyosat dunyo miqyosida keng e’tirofini topmoqda.
Kuni kecha BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” rezolyutsiyasi ana shundan dalolat beradi.
O‘zbekiston tashabbusi bilan mintaqadagi qo‘shni davlatlar hamkorligida ishlab chiqilgan mazkur hujjat xalqlar o‘rtasida totuvlik hamda mushtarak maqsadlarga erishishni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan tashqi siyosatning mantiqiy davomi bo‘ldi, deyish mumkin. E’tiborlisi, ushbu rezolyutsiyani dunyodagi 55 davlat vakillari bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi. Uning loyihasini tayyorlashda Rossiya, Xitoy, AQSH va Yevropa ittifoqidagi yetakchi davlatlar faol qatnashdi. Zero, bunday hamkorlik Markaziy Osiyoda dunyoning yetakchi davlatlari o‘rtasida manfaatlar raqobatidan ko‘ra, samarali hamkorlik muhiti ustun ekanidan dalolatdir.
Rezolyutsiya muqaddimasida bu boradagi faoliyat aniq misollar bilan birma-bir tilga olingan. Xususan, O‘zbekiston rahbari tashabbusi bilan 2017 yil noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro konferensiya natijalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bu bejiz emas, albatta. Chunki aynan mazkur xalqaro anjuman mintaqa davlatlarining bu boradagi amaliy ishlari asosiy yo‘nalish hamda mezonlarini belgilab berdi.
Shuningdek, hujjatda xavfsizlik va taraqqiyot sohalarida hududiy hamda xalqaro tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bosh mezonga aylangani qayd etilgan. Chunki faqatgina shu yo‘l bilan, ya’ni mintaqaviy va xalqaro sa’y-harakatlarni birlashtirish hamda o‘zaro muvofiqlashtirish orqaligina barqaror taraqqiyotga erishish mumkin.
Qolaversa, hujjatda qo‘shni davlatlarning Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlariga ham urg‘u berilgan. Joriy yil mart oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuidagi Afg‘oniston bo‘yicha konferensiyaning ahamiyati alohida qayd etilgan. Bu prinsipial jihatdan to‘g‘ri yondashuv hisoblanadi.
Zero, Afg‘onistondagi nizoni hal qilmasdan turib, Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan hamda yuksak taraqqiy topgan mintaqaga aylantirish mumkin emas. Chunki afg‘on zamini tarixiy va geosiyosiy jihatdan Markaziy Osiyoning ajralmas bo‘lagidir. Uning tinchligi nafaqat afg‘on xalqi, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida barqaror taraqqiyotning muhim omili sanaladi.
Rezolyutsiyada, shuningdek, xalqlar kelajak taqdiriga daxldor muhim masalalar tilga olingan. Jumladan, suv-energetika zaxiralaridan oqilona foydalanish, Orol dengizi halokatining asoratlarini yumshatish, mintaqada transport-logistika infratuzilmasini barpo etish, fan, ta’lim, madaniyat hamda turizm sohalarida ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada faollashtirish, mamlakatlarning innovatsion taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham keng e’tibor qaratilgan.
Aytish joizki, bu haqda kecha qo‘mitamiz tomonidan tashkil etilgan “Markaziy Osiyoda mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda O‘zbekistonning tutgan o‘rni va roli” mavzuidagi davra suhbatida ham alohida ta’kidlandi.
Qisqacha aytganda, BMTga a’zo davlatlar tomonidan yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlangan ushbu muhim rezolyutsiyaning qabul qilinishi, avvalo, O‘zbekiston diplomatiyasining katta yutug‘idir. Bosh Assambleyaning mazkur rezolyutsiyasi turli mamlakatlarni aynan Markaziy Osiyoda o‘zaro hamkorlik yo‘lida jipslashtiruvchi, ularning birgalikdagi sa’y-harakatlariga asos soluvchi tarixiy hujjat hamdir. Ushbu kelishuv kelgusida davlatlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash, pirovardida mintaqa aholisining baxtu saodati va farovonligi yo‘lida keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
140.Ta’lim-tarbiya sohasining yaxlit, uzluksiz tizimini shakllantirish va mustahkamlash borasidagi islohotlar hamda ularning ahamiyati.
2015 yil 12 iyunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentimizning “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon yurtimizdagi oliy o’quv yurtlari professor-o’qituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni bugungi kun talablariga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirishga qaratildi.
Farmonda, xususan, oliy o’quv yurtlari professor-o’qituvchilarining pedagogik va kasb darajasini muntazam oshirish asosida ularning qonunchilik normalari, nazariya, ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va o’qitilayotgan fanlar bo’yicha innovasiyalar, shuningdek, o’quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari sohasidagi so’nggi yutuqlarni chuqur o’rganishi alohida qayd etildi. Oliy ta’lim sohasida oliy o’quv yurtlarining professoro’qituvchilarini muntazam qayta tayyorlash bo’yicha mutlaqo yangi, takomillashtirilgan tizim joriy qilindi. 15 ta tayanch oliy o’quv yurtida oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish kurslari tashkil etildi. Mazkur kurslarda oliy o’quv yurtlarining 2 ming 700 ga yaqin o’qituvchisi malaka oshirdi.
Bu paytga kelib, mamlakatimizda 11 milliondan ziyod kishi internetdan muntazam foydalandi. Ularning asosiy qismi o’quvchi-yoshlar edi. 2015 yilgi ma’lumotlarga qaraganda umumta’lim maktablarida qariyb 4,5 million bola tahsil oldi. Barcha maktablar yagona ZiyoNET tarmog’iga ulandi. Mazkur tarmoq Uz domenidagi eng yirik axborot-ta’lim resursiga aylandi. Unda yoshlar uchun foydali va ahamiyatli axborot manbalari, darslik va o’quv qo’llanmalar, turli sohalarga doir adabiyotlar, media mahsulotlar, multimedia vositalari, ta’limmaqsadida foydalaniladigan bir qator interfaol xizmatlar jamlandi.
Shu sababli Hukumat tomonidan, o’qituvchilarning global internet tarmog’i, multimedia tizimlari va masofadan o’qitish usullaridan foydalangan holda, zamonaviy innovatsion pedagogika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallashi va ularni o’quv jarayoniga faol tatbiq etishi, oliy o’quv yurtlari pedagog kadrlarining chet tilini amaliy o’zlashtirish darajasini oshirishi kabi zamonaviy talablar qo’yildi.
Bu paytga kelib Oliy ta’lim yo’nalishida ham xalqaro hamkorlik aloqalari olib borildi. Ushbu hamkorlik samarasi natijasida O’zbekistonda xorijdagi nufuzli oliy o’quv yurtlarining oltita, jumladan, Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti, Turin politexnika universiteti, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat, G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot, I.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universitetlari, Singapur menejmentni rivojlantirish institutining filiallari ochildi.
Bundan tashqari, O’zbekistonda Mustaqil davlatlar hamdo’stligi mamlakatlari orasida birinchi bo’lib oliy ta’limning zamonaviy ikki bosqichli - bakalavriat va magistratura yo’nalishiga o’tildi.
Yoshlarni har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazishda sportning ham ahamiyati katta hisoblanadi. O’tgan davr mobaynida O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan 1500 dan ortiq zamonaviy sport inshootlari qurildi. Har yili bo’lib o’tadigan, uch bosqichdan iborat (maktab o’quvchilari uchun “Umid nihollari”, litsey va kollej o’quvchilari uchun “Barkamol avlod”, oliy o’quv yurti talabalari uchun “Universiada”) sport musobaqalari tizimi shakllantirildi. Bu esa yuz minglab bolalar, o’smirlar, yigit va qizlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish imkonini berdi.
Mazkur tadbirlar o’z samarasini berdi. Jumladan, birgina 2015 yili 1 ming 668 nafar sportchimiz, jumladan, 567 nafar qizimiz 165 ta xalqaro musobaqada ishtirok etib, 983 ta medalni qo’lga kiritdi, yosh iqtidorli musiqachi va ijrochilarimiz nufuzli xalqaro tanlovlarda 137 ta sovrinli o’ringa sazovor bo’ldi va ularning 76 tasi Gran-pri va birinchi o’rinni tashkil qildi.
Bu boradagi ishlar keying yillarda ham dvom ettirildi. Jumladan, 2017-yil 7-fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmoni e’lon qilindi. Mazkur Farmonda ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini takomillashtirish borasida qator vazifalar belgilandi.
Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalari qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, komputer texnikasi, o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutildi.
Shuningdek, 2017-2021-yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o‘quv dasturlarini yanada zamonaviylashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirib borilishi belgilandi.
2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining yetmishga yaqin farmon, qaror va farmoyishi qabul qilindi. Bu tom ma’noda ta’lim tizimidagi o‘zgarish va yangilanishlar jarayonini boshlab berdi. Umumta’lim maktablariga mazkur yilda 10-sinfga o‘quvchilar qabul qilish qayta yo‘lga qo‘yildi. Bu akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qabul jarayoni bilan barobar olib borildi. Bunda ota-onalar va o‘quvchilarning xohish-istaklari inobatga olindi.
Bundan tashqari, yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egalashi, o‘quvchilarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash bo’yicha ham tizimli ishlar olib borildi. Bunda yoshlarning ulug‘ ajdodlarimiz merosini o‘rganishi, ularga munosib avlod bo‘lib voyaga yetishi muhim ahamiyatga ega ekanligi ko’zda tutildi. Xususan, ulug‘ ajdodimiz Muhammad Xorazmiy nomidagi chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid maktab tashkil etildi. Mazkur maktab faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi ushbu sohalarda kadrlarni yoshligidanoq tayyorlab borish, ularning yetuk va zamon talablariga javob beradigan mutaxassislar bo‘lib ulg‘ayishiga zamin yaratdi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ham qabul qilindi. Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti qoshida matematika, astronomiya, fizika va informatika fanlarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati tashkil etilishi belgilandi.
Bundan tashqari, Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etildi, shu bilan birga 2019 yil 1 yanvardan xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi. Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi soha faoliyati shaffofligini oshirish, aniq ma’lumotlarni to‘plash, aholi bilan muloqot qilish va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish uchun axborot texnologiyalarini faoli joriy etdi. Jumladan, vazirlik ustozovozi.uzedu.uz, stat.uzedu.uz, eduportal.uz kabi resurslarni ishga tushirdi. Xalq ta’limi tizimiga homiylik mablag‘larini jalb etish maqsadida MFond jamg‘armasi ochildi. Xalq ta’limi sohasidagi ma’lumotlar ochiq-oshkora, shaffof tarzda qo‘yib borish uchun ijtimoiy tarmoqlari kanallarida «Ustoz ovozi» kanali ishga tushirildi.
Xalq ta’limi vazirligi tizimida o‘quvchilar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish uchun kitob.uz sayti yaratildi. Saytga jami 803 nomdagi, shundan, 655 nomada o‘zbek va 148 nomda jahon bolalar adabiyoti namoyondalari asarlarining elektron varianti joylashtirildi. www.kitob.uz saytiga badiiy adabiyotlarning MRZ shaklidagi audio resurslari joylashtirilishi yo’lga qoyildi.
Vazirlik markaziy apparati tarkibida o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoyalash, ular huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ta’lim muassasalari faoliyatiga asossiz aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Nazorat-huquqiy xizmati tashkil etildi. Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi Moliya vazirligidan Xalq ta’limi vazirligiga o‘tkazildi. Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish ob’ektlari sifatini nazorat qilish injiniring kompaniyasi tashkil etildi. Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etildi, shu bilan birga 2019 yil 1 yanvardan xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi.
141.O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati. Yoshlar tashkilotlari faoliyati
Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish maqsadida hamda bu borada keng jamoatchilik, avvalo, yoshlar vakillarining taklif va mulohazalarini e’tiborga olgan holda:
1. O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 2017-yil 30-iyun kuni bo‘lib o‘tgan IV qurultoyi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun – 30-iyun sanasi mamlakatimizda “Yoshlar kuni”, deb e’lon qilinsin.
3. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilansin:
birinchidan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqini respublikada yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlikni ta’minlovchi, “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tuzilmaga aylantirish;
ikkinchidan, yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ongi va qalbida mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini qaror toptirish va rivojlantirish, turli mafkuraviy tahdidlardan asrash;
uchinchidan, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor, shijoatli, el-yurt manfaati yo‘lida bor kuch-g‘ayrati, bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, mamlakat istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yoshlar safini kengaytirish;
to‘rtinchidan, yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini ta’minlash, ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirish, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, tashabbuslarini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga ko‘maklashish;
beshinchidan, yoshlarning ilmiy va badiiy kitoblar, jumladan, elektron asarlarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, huquqiy, ekologik, tibbiy va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali ularda turli mafkuraviy tahdidlarga, xususan, diniy ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat” va boshqa yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish;
oltinchidan, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va oila muqaddasligi g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, erta turmush qurish va yosh oilalar ajralishining oldini olishga qaratilgan samarali tadbirlarni amalga oshirish;
ettinchidan, yoshlarni, ayniqsa, ular uyushmagan qismining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga, ijodiy to‘garaklar va turli, jumladan, xorijiy tillarni o‘rgatish o‘quv kurslariga keng jalb etish;
sakkizinchidan, yosh oilalar, xususan, imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratishga qaratilgan maqsadli ishlarni tashkil etish;
to‘qqizinchidan, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va profilaktika qilish ishlarida faol ishtirok etish;
o‘ninchidan, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etadigan, xalq manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qiladigan bilimli, tashabbuskor, ishbilarmon, halol va fidoyi yosh rahbar kadrlarni tarbiyalash, zaxirasini yaratish va ularni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mas’ul lavozimlariga tavsiya etish;
o‘n birinchidan, yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
o‘n ikkinchidan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga yoshlarga oid faoliyatni tashkil etishda g‘oyaviy-uslubiy jihatdan ko‘mak berish.
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli idoralar faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini tashkil etish, natijasi bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish.
142.Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak tamoyilining mazmun-mohiyati
2019 yil 17 yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmonda uy-joylar, yoʻl qurilishi, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi tarmoqlari, kanalizatsiya va boshqa kommunal xoʻjalik obyektlari, ijtimoiy soha maskanlarini qurish va taʼmirlash hamda boshqa davlat dasturlari, shuningdek, aholini ijtimoiy himoya qilish uchun ajratilgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida tuman va shahar kesimida joylashtirilishi va muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlash boʻyicha aniq koʻrsatma berilgan.
Shuningdek, farmonda yana bir muhim masala yechimi koʻrsatib oʻtilgani katta amaliy ahamiyatga ega. Bunga koʻra, “Hudud” axborot tizimi yanada takomillashtirilib, unga barcha Xalq qabulxonalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar integratsiya qilinadi. Natijada Xalq qabulxonalari xodimlari, sektorlar shtablari aʼzolari turli hujjatlarni toʻldirish, yuritish, saqlash, rasmiylashtirish kabi ishlardan xalos boʻlib, asosiy vaqtini fuqarolar bilan koʻproq bevosita muloqot qilish, muammolarni joyida oʻrganish uchun uzoq hududlarga chiqish ishlariga sarflash imkoniyati koʻproq boʻladi.
Mazkur choraning mantiqiy davomi sifatida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlimlari faoliyati hamda ular koʻrsatadigan xizmatlarga oid tartib-qoidalar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, mobil ilovalar, veb-saytlar, elektron toʻlov vositalari orqali aholiga toʻliq va tezkor yetkazilishini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar koʻrilishi fuqarolarimizning ham vaqtini, ham mablagʻini tejashga xizmat qiladi.
Shu bilan bir qatorda, 2019 yilning 1 iyuliga qadar barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning viloyat boʻlinmalari veb-saytlarini, 2020 yilning 1 yanvariga qadar tuman va shahar boʻlinmalari veb-saytlarini tashkil qilish vazifasi qoʻyilgani fuqarolarga davlat organlarining hududiy boʻlinmalariga bevosita elektron murojaat qilish imkoniyatini yaratadi.
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan va bugun hayotimizdan tobora chuqur oʻrin olayotgan ushbu tamoyil yurtdoshlarimizning hayotdan rozi boʻlib yashashiga zamin yaratmoqda. Bugun poytaxt Toshkent shahridan to mamlakatimizning eng uzoq hududida yashayotgan yurtdoshimizga qadar islohotlarning real natijasini oʻz hayotida koʻra boshlagani, bu yangilanishlar minglab oilalar hayoti, millionlab insonlarning ongi, qalbi va dunyoqarashi oʻzgarishiga ham turtki boʻlayotgani buning yaqqol isbotidir. Prezidentimizning “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni Xalq qabulxonalari faoliyatini yangi bosqichga koʻtarishi barobarida islohotlar taʼsirchanligini yanada oshirishga, xalqimizning hayotdan rozi boʻlishi uchun yanada keng imkoniyat va shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilishi shubhasiz.
143.“Harakatlar strategiyasi”ning asosiy yo‘nalishlarining mazmun mohiyati
I. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish:
1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish; 1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish;
1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish;
II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish:
2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish;
2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash;
2.3. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish;
2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish;
2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash;
2.6. Yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish.
III. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish:
3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish:
3.2. Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish: 3.3. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish:
3.4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish:
3.5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish:
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirish:
4.1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish;
4.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish;
4.3. Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish;
4.4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish;
4.5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish
V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish.
5.1. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar;
5.2. Chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar.
Harakatlar strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan, bunda yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlanib boriladi.
144.Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari nimalardan iborat?
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari - fuqarolarning xalq hokimiyatini bevosita amalga oshirishi, davlat va jamiyat ishlarida toʻgʻridantoʻgʻri ishtirok etishi vositalaridan biri. Asosiy vazifasi fuqarolarni mahalliy ahamiyatga bogʻliq masalalarni hal qilishda mustakil faoliyat olib borishini taʼminlashdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (105modda) va "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida" (yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (1999 yil 14 aprel)da F.oʻ.oʻ.b.o. huquqiy holati koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu qonunga koʻra, F.oʻ. oʻ.b.o. quyidagilardir: shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining , shuningdek, shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolarining yigʻini; fuqarolar yigʻinining kengashi; fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy ioʻnalishlari boʻyicha komissiyalar; fuqarolar yigʻinining taftish komissiyasi; tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin boʻlgan shaharchalar, qishloklar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan maʼmuriy komissiya. F.oʻ.oʻ.b.o. mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. F.oʻ.oʻ.b.o. yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, namunadagi muhrga ega boʻladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida roʻyxatga olinishi kerak.
Oʻzbekistonda 10 mingdan ortiq F.oʻ. oʻ.b.o. faoliyat koʻrsatmoqda. Fuqarolar yigʻini organlarini va ularning mansabdor shaxslarini saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlarini taʼminlagan hodda, umumiy, teng va toʻgʻridantoʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin yoki ochiq ovoz berish yoʻli bilan amalga oshiriladi. "Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida" qonun qabul qilingan (2004 yil 29 agtr.).
Fuqarolar yigʻini — fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarishining yuqori organi boʻlib, aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli hududda amal qiluvchi qarorlar qabul qilish huquqiga ega. Fuqarolar yigʻinida 18 yoshga toʻlgan hamda shaharcha, qishloq, ovul va mahalla hududida doimiy yashayotgan shaxslar qatnashadi. "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida"gi yangi tahrirdagi qonunda shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yigʻini va shahardagi mahalla fuqarolar yigʻinining vakolatlari koʻrsatilgan. Fuqarolar yigʻinining qarorlarini bajarish va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining fuqarolar yigʻinlari oraliq davridagi joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarning raislari va yigʻinning masʼul kotibidan iborat tarkibda fuqarolar yigʻinining kengashi tuziladi. F.oʻ.oʻ.b.o.ning faoliyatini tashkil etishni uning kengashi hamda fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) amalga oshiradi. Fuqarolar yigʻini kengashi oʻz devoniga ega boʻlishi mumkin, uning xodimlari soni yigʻin tomonidan belgilanadi. Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), masʼul kotibi va kengash devoni xodimlari fuqarolar yigʻinining mablagʻlari hisobiga ham, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobiga ham taʼminlanishi mumkin. Taftish k o missiyasi F.oʻ.oʻ.b.o. moliyaxoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun tuziladi. Maʼmuriy komissiya maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid oʻz vakolatlari doirasidagi ishlarni koʻrib chiqish uchun tuziladi.
145.Yurt tinchligi – barqaror taraqqiyot garovi.
Insoniyatning ko‘p asrlik tarixi shundan dalolat beradiki, bu dunyoda o‘zining milliy davlatini qurishga azmu qaror qilgan har qaysi xalq yuksak vazifalarni amalga oshirish, shu yo‘lda odamlarni birlashtirish va safarbar qilish, ularning qalbida ishonch uyg‘otish, eski ijtimoiy tuzumdan mutlaqo yangi tuzumga o‘tishda o‘ziga qo‘shimcha kuch- quwat va madad topishda umumiy, yagona maqsad va orzu-intilish ifodasi bolgan milliy g‘oyani tayanch va suyanch deb biladi.
Milliy g‘oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e’zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalq- ning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyo- ji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta’bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid- maqsadlarini o‘zimizga tasawur qiladigan boMsak, o‘ylaymanki, bunday keng ma’noli tushunchaning mazmun-mohiyatini ifoda qilgan boMamiz.
Istiqlolimizni qo‘lga kiritgan ilk kunlardan boshlab, biz milliy g‘oyamizning eng asosiy tushuncha
va tamoyillarini belgilab olish va ishlab chiqishga harakat qildik. Shu maqsadda ijtimoiy fanlar soha- sidagi yetakchi olimlar, siyosatshunos va iqtisod- chilar, ijodkor ziyolilar, keng jamoatchiligimiz e’tiborini ana shu muhim masalaga qaratdik. Xalqimizning asriy orzusi, ko‘zlagan yuksak maqsadlarimizga yetishning asosiy omili — awalambor mustaqillikni asrab-avaylash, uni yanada mustah- kamlash bilan bog‘liq ekanidan kelib chiqqan holda, milliy g‘oyamizning ma’no-mazmunini ham ana shunday mezonlar negizida belgilashni vazifa qilib qo‘ydik va bu borada bir qancha e’tiborga loyiq ishlarni amalga oshirdik.
Ayni paytda hozirgi murakkab va tahlikali zamon talablari, jamiyatimizni yangilash, mamlakatimizni modemizatsiya qilish bilan bog‘liq maqsadlarimizga uyg‘un va hamohang ravishda hayotning o‘zi oldimizga yangi-yangi vazifalarni qo‘ymoqda.
Tabiiyki, milliy g‘oyamiz shu yurtda yashayotgan barcha odamlarning olijanob niyatlarini, hayotiy manfaatlarini mujassam etadigan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi degan yuksak tushunchalarni o‘z ichiga oladi.
146.Xalq farovonligi g‘oyasi va uning ta’minlovchi ko‘rsatgichlari.
Mamlakatimizda mustaqillikning oxirgi taraqqiyot yillarida barcha sohada ulkan oʻzgarishlar amalga oshirildi. Xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi yuksalib, farovonligi, turmush tarzi yana-da yaxshilandi, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qoʻllab-quvvatlash ustuvor vazifalardan biriga aylandi.
Bugungi kunda amalga oshirayotgan islohotlarimiz, xalq bilan muloqot davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani tufayli jamiyatimizda ochiqlik va erkinlik muhiti tobora kuchayib bormoqda. Prezident virtual qabulxonasi, hududlarda xalq qabulxonalari ochilib, odamlarimiz tashabbus koʻrsatib, nafaqat oʻz shaxsiy muammosi, balki koʻpchilikning dardu tashvishlarini hal qilish uchun davlat idoralari bilan hamkorlikda ishlashga oʻrganayotir.
“Yangi Oʻzbekiston” davlat siyosatida tub burilishlar, jadal islohotlarni boshlab berdi. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarini, qonun ustuvorligini taʼminlash asosida Oʻzbekistonning yangi, demokratik qiyofasi yaratilmoqda. Bu borada Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan ustuvor gʻoya mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning hayot darajasi va turmush sifatini har tomonlama yuqori bosqichga koʻtarish gʻoyasi biz uchun dasturilamal boʻlib xizmat qilyapti.
Yurtimizda ijtimoiy rivojlanish boʻyicha oʻziga xos tizim shakllanmoqda. Bu borada “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Yoshlar kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi dasturlarimiz aholini yangicha fikrlash va ishlashga safarbar etishda muhim rol oʻynamoqda. Buning natijasida yuzlab tuman, shahar va qishloqlarning meʼmoriy qiyofasi tubdan yangilanmoqda.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar jahon hamjamiyati tomonidan munosib baholanmoqda. Xususan, dunyodagi nufuzli nashrlardan biri — “Ekonomist” jurnali Oʻzbekistonni 2019-yilda islohotlarni eng jadal amalga oshirgan davlat — “Yil mamlakati” deb eʼtirof etgani har birimizga cheksiz gʻurur, iftixor va kuch bagʻishladi.
Birgina ijtimoiy himoya sohasini oladigan boʻlsak, keyingi yillarda kam taʼminlangan, nogironligi boʻlgan insonlar, yoshlar, xotin-qizlar, keksa avlod vakillarini ijtimoiy himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylandi. “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan tamoyil asosida, xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan keng koʻlamli ijtimoiy islohotlar uzviy davom etmoqda. Birinchi navbatda, aholi farovonligini oshirish va uning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bosh vazifalardan biri boʻlib qoldi.
Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning yanvar oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga yoʻllagan Murojaatnomasida birinchi marta “kambagʻallik” tushunchasining ilgari surilishi mamlakatda ijtimoiy himoya sohasida keskin burilish yasadi. Kambagʻallikni kamaytirish uchun aholida tadbirkorlik ruhini uygʻotish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarish, yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosat amalga oshirilmoqda.
Mahallalarda xotin-qizlar va oila farovonligiga eʼtiborni kuchaytirish maqsadida vakolatli davlat tuzilmasi — Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi tashkil qilindi. Mahallalarda kasb-hunarga oʻrgatish ishlarining olib borilishi, baliq emas, qarmoq berish kerakligi tamoyili asosida kambagʻal oilalarni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha sektorlar kesimida chora-tadbirlar ishlab chiqilishi xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholanmoqda. Aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan taʼminlashga jiddiy ahamiyat qaratilayotir. Amalga oshirilayotgan barcha iqtisodiy va ijtimoiy dasturlar, yirik investitsiya loyihalari, xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning markazida aynan shu muhim masala asosiy maqsad va vazifa boʻlib turibdi.
Butun dunyoda boʻlgani kabi koronavirus kasalligi bilan bogʻliq pandemiya vaziyati bizning davlatimizni ham chetlab oʻtmadi. Karantin cheklovlari tufayli ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi soni yana-da oshdi. Davlatimiz rahbari tomonidan oʻz vaqtida qoʻllanilgan chora-tadbirlar, hech bir davlatda boʻlmagan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining tashkil qilinishi, kambagʻal aholi roʻyxati va kambagʻallikdan chiqarish uchun “temir daftar”lar yuritilishi, ijtimoiy yordamga muhtoj aholi murojaatlari uchun shaffof tizim “Yagona ijtimoiy reyestr” tizimi joriy etilishi ijtimoiy himoya sohasida yangi islohotlar uzviyligini taʼminlamoqda
147.“Ma’naviy tiklanish” va “ma’naviy yangilanish” tushunchalari
.Ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo‘lgan, qaramlik zulmi ostida qolgan davrlar ham bo‘ldi. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlarini qadrsizlantirishga urinishlar bo‘ldi. Ayniqsa, so‘nggi mustamlakachilik, sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadr-sizlantirildi, ko‘plab masjid-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. Avlodlarimiz yetishtirgan allomalarimiz idealist degan yorliq bilan qoralandi, asarlarini unutish, yo‘qotish siyosati yuritildi. Islom dini qadriyatlari, musulmonlarning e’tiqodlari oyoq osti qilindi, ruhoniylar quvg‘in ostiga olindi. Mustabid tuzum hukmdorlari madaniy inqilob shiori ostida o‘zbek xalqining yuzlab iqti-dorli, milliy-ozodlik uchun kurashgan vatanparvar ziyolilarini, istiqlolchi farzandlarini siyosiy qatag‘on qildi, ularning nomlarini xalqimiz xotirasidan o‘chirib tashlashga harakat qildi.
Eski tuzum o‘zining boy mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizimini ishga solib, odamlar ongiga soxta, noinsoniy g‘oyalarni singdirishga urinardi. Tariximizni soxtalashtirish, tarixiy haqiqatni buzub ko‘rsatish, milliy tuyg‘ularni qo‘pol ravishda kamsitish siyosati yuritilardi. O‘z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o‘z tarixini bilmaslik ko‘plab odamlarning shaxsiy fojeasiga aylanib qolgan edi. Biroq og‘ir judoliklarga qaramasdan, xalqimiz ongini yo‘qotmadi, o‘zining boy ma’naviy merosini, milliy qadriyatlarini avaylab saqlab, boyitib keldi.
Mamlakatimizda o‘zbek tilining xalq va davlat turmushidagi asosiy ahamiyati va o‘rni qayta tiklandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IV-sessiyasi 1995-yil 21-dekabrda yangi tahrirda “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. Qonunda o‘zbek tili o‘zbek xalqining ma’naviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo‘llanilishi va muhofazasi davlat tomonidan ta’minlanishi belgilab qo‘yilgan. O‘zbekistonda Oliy davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining faoliyati, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hisob-kitobi, statistika va moliya ishlari o‘z-bek tilida yuritilmoqda. Respublikaning ma’muriy-hududiy birliklari, maydonlari, ko‘chalari, geografik o‘rinlarining nomlariga yagona milliy shakl berildi va o‘zbek tilida yozib qo‘yildi. Natijada o‘zbek xalqining milliy qadr-qimmati, mustaqqil davlatimizning qadr-qimmati qayta tiklandi va mustahkamlandi. Shuningdek, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millatlarning tillari, qadr-qimmati o‘z o‘rniga qo‘yildi.
Mustaqillik sharofati bilan xalqimiz ma’naviy zug‘umlardan ozod bo‘ldi, erkin fikrga, milliy tiklanishga yo‘l ochildi. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yo’qsalirishni ta’minlovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo‘nalishlari belgilab olindi. Boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yo’qsaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosni tiklash ishlari boshlanib ketdi.
148.O‘zbekistondagi siyosiy partiyalarning jamiyatni demokratlashtirishdagi o‘rni.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil boʻlganidan soʻng Sp.ning shakllanishi va faoliyat olib borishiga imkoniyat yaratildi. Mamlakatda hozirgi paytda 5 ta siyosiy partiya (Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston "Adolat" sotsialdemokratik partiyasi, Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi) mavjud. Bu Siyosiy partiyalar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992 y. 8 dek.), Oʻzbekiston Respublikasining "Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida"gi qonuni (1996 y. 26 dek.), boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, oʻz ustavi asosida amalga oshiradi. Siyosiy partiyalar tashkil etish huquqi Konstitutsiyaning 34moddasida mustahkamlangan. Konunga koʻra, Sp. fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish maqsadida, xohishirodani erkin bildirish, partiyaga ixtiyoriy ravishda kirish va undan chiqish, aʼzolarining teng huqukliligi, oʻzini oʻzi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va faoliyat koʻrsatadi. Lekin konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishni maqsad qilib qoʻyuvchi; Oʻzbekiston Respublikasi suvereniteta, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy hukuq va erkinliklariga qarshi chiquvchi; urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib qiluvchi; xalqning sogʻligʻi va maʼnaviyatiga tajovuz qiluvchi; milliy va diniy ruhdagi partiyalarni tuzish va ularning faoliyat koʻrsatishi taqiqlanadi. Siyosiy partiyalar toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni boʻyicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmat qiluvchi shaxslar (sudyalar, prokurorlar va prokuratura tergovchilari); ichki ishlar organlari, milliy xavfsizlik xizmati xodimlari, harbiy xizmatchilar, xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Siyosiy partiyalarga aʼzo boʻla olmaydilar. Siyosiy partiyalarga aʼzolik faqat yakka tartibda qayd etiladi. Bir partiyaningaʼzosi ayni vaqtda 2partiyaga aʼzolikka qabul qilinmaydi. Siyosiy partiyalarni tuzish uchun kamida 8 ta hududiy subʼyektda (viloyatda), shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan hamda partiyaga birlashish istagida boʻlgan kamida 20 ming fuqaroning imzosi boʻlishi talab etiladi. Siyosiy partiyalar saylab koʻyiladigan davlat organlaridagi oʻz vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda, qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etadi. Oʻz partiyalarining siyesatini uyushqoklik bilan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida Siyosiy partiyalarning fraksiyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarida partiya guruhlari tuziladi. "Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida"gi qonunda Siyosiy partiyalar faoliyatining kafolatlari, ularni tuzish, roʻyxatga olish, partiyalar mulki, ular faoliyatini toʻxtatish tartibi va boshqa masalalar toʻliq koʻrsatib berilgan
149.Qonun ustuvorligi tushunchasi va uning mohiyati nima?
Qonun ustuvorligi - barcha davlat hokimiyati organlari faoliyatida konstitutsiya, qonunlar oliy yuridik kuchga ega boʻlib, ularning hokimiyat chiqaradigan boshqa hamma meʼyoriy hujjatlar va yoʻriqnomalardan ustun turishi. Qonun ustuvorligi jamiyatda demokratiya va qonunchilik taʼminlanishiga xizmat qiluvchi tamoyildir. Bu tamoyil Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida mustahkamlangan: "Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish koʻradilar". Qonun ustuvorligi tamoyili birinchidan, jamiyat hayotining barcha jab-halarida qonunlarning qatʼiy hukmronligini bildirib, yuqorida taʼkidlanganidek, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning konstitutsiya va qonunlarga soʻzsiz itoat etishida; ikkinchidan, ijtimoiy munosabatlarning jamiyat, fuqaro va davlat manfaatlariga mos tarzda tartibga solinganini anglatib, mamla-kat miqyosida barqarorlik, batartiblik va qonuniy tartibot muhiti oʻrnatilganida; uchinchidan, huquq buzilishi hollarining oldini olish, shuningdek, huquqiy munosabat ishtirokchilari qonunni buzgan taqdirda qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun qonunlarning huquqiy asos vazifasini bajarishida namoyon boʻladi.
Mamlakatda hokimiyatlar boʻlinishi prinsipining real joriy etilganligi Oʻzbekistonda konstitutsiya va qonunlar ustunligini taʼminlashning muhim kafolatidir. Unga koʻra, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati boʻgʻinlari oʻzlarining konsti-tutsiyada, qonunda belgilangan vakolatlari doirasida faoliyat yuritadilar. Ular oʻrtasidagi munosabatlarni uygʻunlashtirishda eng oliy hakam qonundir.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, mamlakat prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafilidir (93-modda). Prezidentning bu boradagi faoliyati muhim siyosiy-yuridik ahamiyatga ega. U oʻz farmonlari, qarorlari bilan konstitutsiyaviy tamoyillarning , qonunlarda mustahkamlangan qoidalarning hayotga toʻla joriy etilishi uchun yoʻl ochadi, tegishli huquqiy mexanizmlarni yaratadi. Oʻzbekiston Respublikasi Preziden-tining "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oʻrganishni tashkil etish toʻgʻrisida" farmoyish qabul qilganligi (2001 yil 4 yanvar) jamiyatda Kon-stitutsiyaning mavqei va nufuzini koʻtarishga qaratilgan muhim tadbir boʻldi. Garchand, farmoyishning asosiy maqsadi aholi orasida konstitutsiyaviy savodxonlikni, huquqiy madaniyatni oshirishdan iborat boʻlsa ham, bu pirovardida, Konstitutsiyaning eʼzozlanishi, unga ustuvor tarzda amal qilinishiga puxta zamin yaratadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorida (1997 yil 9 okt.) umummajburiy tusdagi idoraviy normativ hujjatlarning Konstitutsiya va qonunlarga mosligini taʼminlash vazifasi Adliya vazirligiga yuklatilib, ularning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi talab etilgan. Rasmiy tarzda roʻyxatdan oʻtmagan idoraviy normativ hujjatlar yuridik kuchga ega boʻlmaydi, ularni hayotga joriy etish mumkin emas. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini taʼminlashda prokuror nazoratining roli kattadir. Mazkur vazifa doirasida prokuratura idoralari muayyan qonunlar ijrosini bevosita bajaruvchi vazirliklar, idoralar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasa va tashkilotlarning masʼuliyatini oshirish, qonun buzilishining oldini olish, uning sabablari va shart-sharoitlarini oʻz vaqtida bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻradilar. Qonunni qoʻpol buzish hollari aniqlanganda maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
Oʻzbekistonda konstitutsiya va qonunlarning ustunligini taʼminlash uchun tashkiliy-huquqiy kafolatlar va yuridik mexanizmlar muttasil takomillashtirilib, ularning samaradorligini oshirib borish lozim.
150.O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linish tamoyili haqida nimani tushunasiz?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida belgilangan muhim konstitutsiyaviy prinsip – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi.
151.Fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyatidan ta’sirchan jamoatchilik nazorati rolining oshib borishi.
amoatchilik nazorati demokratiya va xalq hokimiyatchiligining muhim instituti hisoblanib, u davlat organlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish orqali fuqarolarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari muhofazasini ta’minlashga xizmat qiladi.
U fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari muhofaza etilishini hamda qonun hujjatlari talablariga davlat organlari hamda ularning mansabdor shaxslari tomonidan og‘ishmay rioya qilinishini, ular oldida turgan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Shu bois kuchli fuqarolik jamiyati shakllantirilayotgan yurtimizda jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, uni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich o‘tkazilmoqda.
Alohida ta’kidlash joizki, Konstitutsiyamizga 2014 yilda kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq, davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning konstitutsiyaviy asosi shakllantirildi. Unga muvofiq, fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish hamda takomillashtirish yo‘li bilan ham ro‘yobga chiqariladi. E’tiborli jihati, jamoatchilik nazorati institutiga konstitutsiyaviy-huquqiy maqomning berilishi yurtimizda mazkur nazorat institutini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqdi.
Amaldagi qator qonun va qonunosti hujjatlarida jamoat nazorati haqida qator normalar mavjud bo‘lsa-da, ushbu institutning mohiyati, turlari, uni amalga oshirishning usul hamda shakllari, umuman olganda, nazorat qilish mexanizmlarini nazarda tutuvchi maxsus qoidalar, yagona hujjat mavjud emas edi. Bu esa qonunlardagi mazkur qoidalar, hatto, konstitutsiyaviy normaning ham to‘liq ishlamasligiga sabab bo‘layotgandi.
Bundan tashqari, jamoatchilik nazorati borasida qator normativ-huquqiy hujjatlarni birxillashtirish va yagona tizimlashtirilgan tayanch qonunni qabul qilishga, jamoatchilik nazorati masalalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlaridagi “huquqiy bo‘shliqlar”ni bartaraf etishga ehtiyoj mavjud edi.
Shuning uchun ham Harakatlar strategiyasini Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi asosida “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonun parlamentimiz quyi palatasi deputatlari tomonidan ishlab chiqilib, keng muhokamalardan so‘ng qabul qilindi, Senat tomonidan ma’qullandi hamda Prezidentimiz imzolaganidan so‘ng kecha matbuotda e’lon qilindi.
Qonun Konstitutsiyada nazarda tutilgan normani amaliyotda qo‘llashga, mamlakatimizda davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning qonunchilik asoslari va mexanizmini to‘liq belgilashga qaratilgani bilan nihoyatda e’tiborlidir.
152.Huquqiy davlat tushunchasi nima?
Huquqiy davlat - davlat tuzilishi va faoliyatining huquqk^ asoslanganligi. Huquqiy davlat gʻoyasini antik mutafak-kirlar ilgari surgan edilar. I.Kant esa unga ilmiy-falsafiy taʼrif bergan. Huquqiy davlatda davlatning quyidagi prinsiplar asosida faoliyat yurgizishi va amal qilishi shart hisoblanadi: xalq suvereniteti; shaxsning huquq va er-kinliklarining hech kim, shu jumladan, davlat tomonidan ham har qanday hodda buzilmasligi; Konstitutsiya va qonunning ustunligi; hokimiyatning boʻlinishi tamoyiliga amal qilish; sudlarning mustaqilligi, xalqaro huquq normalarining milliy huquq normalaridan ustun boʻlishi.
Huquqiy davlatda eng oliy qadriyat inson hisoblanadi. Davlat faqat huquq normalarini yaratib qolmay, oʻzi ham ularga amal qilishi Huquqiy davlatning eng muhim xususiyatidir. Huquqiy davlat demokratiyaning ajralmas belgisidir. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida Oʻzbekiston xalqi in-sonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni koʻzlab oʻzining muxtor vakillari siymosida davlatimizning asosiy qonunini qabul qilishi taʼkidlab oʻtilgan. Oʻzbekistonning mus-taqil davlatchiligi davrida konsti-tutsiya va qonunlarning ustunligi gʻoyasi xalq ijtimoiy ongining tarkibiy qismiga aylandi. Qonunni chet-lab oʻtish emas, aksincha, qonun talablari asosida, unga mos va muvofiq ravishda yashash lozimligi kishilar ongiga tobora singib bormoqda. davlat inson huquqlari va manfaatlarini taʼminlashning izchil huquqiy mexanizmini yaratish tadbirlarini amalga oshirdi
153.2021 yil – Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlashning bosh g‘oyasi nimadan iborat.
Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan gʻoya asosida keng koʻlamli islohotlar amalga oshiriladi.
Birinchidan, yosh avlodga bogʻcha, maktab va oliygohda sifatli ta’lim-tarbiya berishni yoʻlga qoʻyamiz, ular jismoniy va ma’naviy sogʻlom, vatanparvar insonlar boʻlib ulgʻayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etamiz.
Ikkinchidan, yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi boʻlgan insonlar etib voyaga yetkazamiz.
Uchinchidan, oʻgʻil-qizlarimizni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan zamonaviy kasb-hunarlarga oʻrgatish, ularda tadbirkorlik koʻnikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish hamda tashabbuslarini roʻyobga chiqarish, ish va uy-joy bilan ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratamiz. Bola tugʻilganidan boshlab, 30 yoshgacha boʻlgan davrda uni har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydigan, hayotda munosib oʻrin topishi uchun koʻmak beradigan yaхlit va uzluksiz tizim yaratiladi.
154.Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalashning asosiy saboqlari nimalardan iborat
Partiya guruhlari quyidagi huquqlarga ega:
davlat hokimiyatining tegishli vakillik organi sessiyasi kun tartibini shakllantirishda ishtirok etish;
davlat hokimiyatining tegishli vakillik organi qo‘mitalari yoki komissiyalari raisligiga, rais o‘rinbosarligiga va a’zoligiga nomzodlar yuzasidan takliflar kiritish;
davlat hokimiyatining tegishli vakillik organi sessiyasi kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha muzokaralarda partiya guruhi vakiliga so‘z berilishini kafolatlash;
tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining va Vazirlar Kengashining raislariga, vazirlariga hamda boshqa davlat organlari rahbarlariga, hokimlarga, hokim o‘rinbosarlariga, hokimliklar boshqarmalari, bo‘limlari va boshqa bo‘linmalarining rahbarlariga, shuningdek tegishli xalq deputatlari Kengashi hududida joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga so‘rov bilan murojaat qilish;
hududlarni rivojlantirish dasturlarining loyihalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
tegishli hududda joylashgan davlat organi rahbarining, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan hisobotini yoki axborotini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari Kengashining sessiyalarida eshitish to‘g‘risida, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini ko‘rib chiqish haqida takliflar kiritish. Bunda qaror deputatlarning yarmidan ko‘pi qo‘llab-quvvatlagan taqdirda qabul qilinadi;
tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining yoki xalq deputatlari Kengashining sessiyasida muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha partiya guruhining fikrini deputatlar orasida tarqatish;
tuman (shahar) hokimining, shuningdek tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslarining qoniqarsiz faoliyati to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyat yoki Toshkent shahar hokimiga xulosa taqdim etish.
155.Nodavlat va notijorat jamiyat boshqaruvini muvofiqlashtirishdagi roli nimadan iborat.
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan 200 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun zarur institutsional baza yaratildi.
Bugungi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan 9 200 dan ziyod nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilishda, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishishda muhim rol o‘ynamoqda.
Shu bilan birga ushbu sohadagi ishlarning holati amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda, fuqarolarning siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirishda, ularning ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarini qondirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining faol ishtirok etishiga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligidan dalolat bermoqda. Xususan:
birinchidan, davlatning fuqarolik jamiyati bilan samarali va konstruktiv muloqot mexanizmlari yo‘lga qo‘yilmagan, nodavlat notijorat tashkilotlarining ehtiyojlari tizimli tahlil qilinmayapti, davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning muhim masalalari bo‘yicha o‘zaro fikr almashish uchun samarali maydonlar yaratilmagan;
ikkinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga nodavlat notijorat tashkilotlarini jalb qilish darajasining pastligi barcha ijtimoiy guruhlarning turli nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ifodalanadigan manfaatlarini chuqur o‘rganish hamda inobatga olishga imkon bermayapti;
uchinchidan, yetarli qonunchilik bazasi yaratilganligiga qaramay, ijtimoiy sheriklik davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida fuqarolarning keng ko‘lamli ijtimoiy muammolarini hal qilishga, ularning, ayniqsa yoshlarning tashabbuslari va zamonaviy g‘oyalarini haqiqatda ilgari surishga qaratilgan hamkorlikning samarali mexanizmiga aylana olmadi;
to‘rtinchidan, mamlakatni sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy jihatdan yanada rivojlantirish bo‘yicha innovatsion g‘oyalarni taklif qiluvchi faol, o‘zining tashabbuslariga tayanib faoliyat ko‘rsatadigan nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish choralari lozim darajada amalga oshirilmayapti;
beshinchidan, nodavlat notijorat tashkilotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini, ularning faoliyati tartibini belgilovchi qonunchilik normalarida ortiqcha byurokratik talablar va g‘ovlar nazarda tutilgan bo‘lib, bu normalar eskirgan va zamon talablariga javob bermaydi;
oltinchidan, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qo‘llanilayotgan idoralararo hamkorlik usullari samarasizdir, davlat organlari o‘rtasida ma’lumotlar va axborot almashishning yagona mexanizmlari mavjud emas;
yettinchidan, nodavlat notijorat tashkilotlarining moddiy-texnika ta’minoti hanuzgacha qoniqarsiz holatda qolmoqda, fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlashga davlat tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar o‘rta muddatli va uzoq muddatli keng ko‘lamli hamda umumrespublika miqyosidagi loyihalar va dasturlarni amalga oshirishga imkon bermayapti.
Mamlakatning har tomonlama va jadal rivojlanishida fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini tubdan oshirish, ularning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan hamkorligini kuchaytirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida: odavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan 200 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun zarur institutsional baza yaratildi.
Bugungi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan 9 200 dan ziyod nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilishda, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishishda muhim rol o‘ynamoqda.
Shu bilan birga ushbu sohadagi ishlarning holati amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda, fuqarolarning siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirishda, ularning ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarini qondirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining faol ishtirok etishiga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligidan dalolat bermoqda. Xususan:
birinchidan, davlatning fuqarolik jamiyati bilan samarali va konstruktiv muloqot mexanizmlari yo‘lga qo‘yilmagan, nodavlat notijorat tashkilotlarining ehtiyojlari tizimli tahlil qilinmayapti, davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning muhim masalalari bo‘yicha o‘zaro fikr almashish uchun samarali maydonlar yaratilmagan;
ikkinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga nodavlat notijorat tashkilotlarini jalb qilish darajasining pastligi barcha ijtimoiy guruhlarning turli nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ifodalanadigan manfaatlarini chuqur o‘rganish hamda inobatga olishga imkon bermayapti;
uchinchidan, yetarli qonunchilik bazasi yaratilganligiga qaramay, ijtimoiy sheriklik davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida fuqarolarning keng ko‘lamli ijtimoiy muammolarini hal qilishga, ularning, ayniqsa yoshlarning tashabbuslari va zamonaviy g‘oyalarini haqiqatda ilgari surishga qaratilgan hamkorlikning samarali mexanizmiga aylana olmadi;
to‘rtinchidan, mamlakatni sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy jihatdan yanada rivojlantirish bo‘yicha innovatsion g‘oyalarni taklif qiluvchi faol, o‘zining tashabbuslariga tayanib faoliyat ko‘rsatadigan nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish choralari lozim darajada amalga oshirilmayapti;
beshinchidan, nodavlat notijorat tashkilotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini, ularning faoliyati tartibini belgilovchi qonunchilik normalarida ortiqcha byurokratik talablar va g‘ovlar nazarda tutilgan bo‘lib, bu normalar eskirgan va zamon talablariga javob bermaydi;
oltinchidan, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qo‘llanilayotgan idoralararo hamkorlik usullari samarasizdir, davlat organlari o‘rtasida ma’lumotlar va axborot almashishning yagona mexanizmlari mavjud emas;
yettinchidan, nodavlat notijorat tashkilotlarining moddiy-texnika ta’minoti hanuzgacha qoniqarsiz holatda qolmoqda, fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlashga davlat tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar o‘rta muddatli va uzoq muddatli keng ko‘lamli hamda umumrespublika miqyosidagi loyihalar va dasturlarni amalga oshirishga imkon bermayapti.
Mamlakatning har tomonlama va jadal rivojlanishida fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini tubdan oshirish, ularning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan hamkorligini kuchaytirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida:
156.O‘zbekiston Respubdikasi fuqarolari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, NNT, Ommaviy axborot vositalarining asosiy vazifalari.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari - fuqarolarning xalq hokimiyatini bevosita amalga oshirishi, davlat va jamiyat ishlarida toʻgʻridantoʻgʻri ishtirok etishi vositalaridan biri. Asosiy vazifasi fuqarolarni mahalliy ahamiyatga bogʻliq masalalarni hal qilishda mustakil faoliyat olib borishini taʼminlashdir.
NNT sektorining yanada rivojlanishi fuqarolarni davlat boshqaruvida ishtirok etishga undash, aholining huquqiy va siyosiy хabardorligini oshirishga хizmat qiladi.
Ommaviy axborot vositalari (qisqartmasi: OAV) keng ommaga axborot yetkazuvchi vositalardir. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida davriy tarqatishning doimiy nomga ega boʻlgan hamda bosma tarzda (gazeta, jurnal, axborotnoma, bulleten va boshqalar) va/yoki elektron tarzda (tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, umumfoydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb-saytlar) olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan shakli
157.Abu Nasr Farobiyning “davlat va jamiyat aloqalari o‘rtasida mutanosiblik bo‘lishi zarur” degan fikri o‘rta asrdagi g‘oyaning bugungi kundagi ahamiyati
Farobiyning chuqur falsafiy kuzatishlariga e`tibor bersak, unda insonni faol harakatda, yaratishda bo`lishi va uni tabiat bilan munosabatiga e`tibor bergan. Jamiyat va inson yagonadir, jamiyat va davlat taraqqiyotini insonlar faoliyatisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Jamiyatning kelib chiqishi va uning mohiyatini o`rganuvchi maxsus fan zarurligini Farobiy chuqur xis qiladi. Jamiyatni o`rganish insonni o`rganish demakdir. Odamlar rivojlanishlari va yaxshiroq yashashlari uchun ular jamoaga birlashishga, majbur bo`ladilar. Shu tariqa jamiyat zaruriyat taqdiri bilan vujudga keladi. Jamiyat o`z qonunlari asosida rivojlana boshlaydi.
Farobiyning uqdirishicha, inson ijtimoiy mavjudotdir. U tabiiy ravishda boshqa odamlar bilan o`zaro munosabatga kirishga intiladi, natijada ijtimoiy faoliyat vujudga keladi. Jamiyat odamlarni birlashtirishi va ularga baxt-sodat bag`ishlashi kerak. «Fozil odamlar shahri» nomli asarda davlat boshlig`ining fazilatlari belgilab beriladi. Davlatni boshqaruvchi kishi sog`lom, jasur, aqlli va ma`rifatparvar, adolatparvar bo`lishi, kishilar bilan muomala qilish, san`atini chuqur bilishi va unga amal qilishi zarur.
Farobiy qarashlarinnig asosiy tamoyili bu adolatparvarlikdir. Ideal shaharda ham adolat hamma narsadan ustun: hammaning tengligi, hamkorligi va axilligi mana shu davlatni asosiy tayanchi va kelajak ravnaqidir. Farobiy Sharqda birinchilar katorida davlatning Monarxiya shaklida cheklanib qolmasdan uni bir necha kishi tomonidan boshqarish kerak degan xulosaga keladi. CHunki bir insonda Farobiy talab kilgan o`n ikkita fazilat mujassam bo`lmasligini aniq tushunib etgan mutafakkirdir.
158.” O‘zbekistonda Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida” qonunining qabul qilinishi
O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 1-yanvardan kuchga kirgan «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonuni bu yo‘nalishdagi islohotlarni yanada yuqori bosqichga olib chiqishda muhim huquqiy asos bo‘lmoqda.
Mazkur qonunda belgilangan vazifalarni izchillik bilan hayotga tatbiq etish, jamiyatda ijtimoiy sheriklik munosabatlarini rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotir. Parlament tomonidan qonunning joylardagi ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil ishlari yuritilib, uning natijalari keng muhokama etilmoqda. Bu sohadagi ishlarni tizimli asosda tashkil etish maqsadida hududlarda ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan tashkil etilayotgan turli tanlovlarda ham jamoat tuzilmalarining dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishdagi ishtirokini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Fond tomonidan 2015-2016-yillarda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining besh yuzdan ko‘proq dastur va loyihasi moliyalashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi «Nuroniy» va «Ekosan» jamg‘armalari, «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi, Bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, O‘zbekiston vrachlar uyushmasi, Yoshlar tashabbuslari markazi kabi nodavlat notijorat tashkilotlarining loyihalari bunga misoldir. Ushbu jamoat tuzilmalarining «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturi va boshqa hududiy dasturlarda belgilangan vazifalar ijrosiga oid loyihalari fond tomonidan moliyalashtirilishi natijasida nodavlat notijorat tashkilotlarining vazirliklar, mahalliy hokimliklar bilan ijtimoiy hamkorligi kengaydi.
Joylarda aholining ehtiyojmand qatlamini, nogironlar, ayollar, bolalar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, mahalla infratuzilmasini kengaytirishga yo‘naltirilgan qator loyihalar amalga oshirildi. Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, yoshlarning jamiyatimizdagi faolligini, xotin-qizlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha keng qamrovli loyihalar hayotga tatbiq etildi.
159.2016 yil 14 sentabrda Yangi O‘zbekistonning “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risi”dagi qonunining qabul qilinishi
2016-yil 14-sentyabr kuni qabul qilingan «Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni» mamlakat kelajagiga befarq bo’lmagan barcha hamyurtlarimiz uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib 4 bob va 33 ta moddadan iborat.
Qonunda yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari, yoʻnalishlari, davlat dasturlari, hududiy va boshqa dasturlar, davlat va boshqaruv organlari vakolatlari, nodavlat notijorat tashkilotlarning ishtiroki, yoshlar huquqlari va erkinliklarining kafolatlari, yoshlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash kabi muhim masalalar oʻrin olgan.
160.BMT ning Bosh Assambleyasi tomonidan “Yoshlar bo‘yicha umumjahon harakatlar” dasturining qabul qilinishidagi asosiy maqsadlar
2001-yilda Jahon yoshlar strategiyasi ularning dunyo taraqqiyotidagi roliga eʼtibor qaratdi. BMT Xavfsizlik kengashining yoshlar, tinchlik va xavfsizlik boʻyicha ikkita, yaʼni 2250 (2015-yil) va 2419-rezolyutsiyalari (2018-yil) xalqaro tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash hamda qoʻllab-quvvatlashda yoshlarning rolini ochib beradi. BMTning “Yoshlar — 2030” yoshlar strategiyasi, Yoshlar siyosati va dasturlari toʻgʻrisidagi “Lissabon+21” deklaratsiyasi yoshlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va amalga oshirishda qoʻshimcha imkoniyat yaratadi.
Mintaqaviy darajada Arab yoshlar deklaratsiyasi (ayollarning huquq va erkinliklarini kengaytirish, yoshlarni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotga kengroq jalb qilish), Aholi va rivojlanish boʻyicha Rabot deklaratsiyasi (yoshlarga nisbatan adolatli ijtimoiy siyosat uchun resurslarni taqsimlashni yaxshilash), Afrika yoshlar strategiyasi (yoshlar taraqqiyotini taʼminlashga qaratilgan siyosiy vaziyatni yaxshilash), Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlarda yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi Toshkent deklaratsiyasi kabi qator oʻta muhim xalqaro huquqiy hujjatlar qabul qilingan.
161.Oxirgi yillarda mamlakatimiz va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan san’at, qishloq xo‘jaligi
ilm-fandagi yetuk o‘zgarishlar haqida axborot bering. O’z fikringizni bildiring
162.”Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari” g‘oyasining asosiy mazmuni mohiyati. Fuqarolik jamiyati — haqiqiy fuqarolardan, yaʼni uzviy bogʻliqlikda boʻlgan hamda axloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |