3-yo’nalish. Iqtisodiyotni rivojlantirish va leberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari. Bunda, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish asosiy maqsad hisoblanadi.
Bundan tashqari, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatdoshligini oshirish, mamlakat eksport salohiyatini kuchaytirish vazifalari qilib qo’yilgan. Qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish, tuproq unumdorligini va ekinlar hosildorligini oshirish, yangi va xaridorgir mahsulotlar yetishtirish orqali jahon bozoriga chiqishning yangi yo’nalishlarini joriy etish nazarda tutiladi. Iqtisodiyotda davlat o’rnini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish, mulkka egalik qilish va uning hajmini oshirish orqali yuqori samaradorlikka erishish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, viloyat, tuman va shaxarlarni ularning tabiiy-geografik imkoniyatlar, yer sharoiti va dehqonchilik madaniyatini nazarda tutgan holda, hududiy ehtiyoj va manfaatlar nuqtai nazaridan iqtisodiy rivojlantirish choralarini ko’rish maqsad etib belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |