Mahsulotni qabul qilinishi. Barcha kelib tushadigan materiallar, xom-ashyolar, o‘tga chidamli va boshqa buyumlar texnik nazorat bo‘limi tashqi qabul qilish uchastkalarida GOST larga muvofiqligi tekshiriladi.
Metall chiqindilarga qayta ishlov berish. Nostandart metall chiqindilarga ishlov berish XXIQM sexlarida, marten sexining metall chiqindilarga ishlov berish va shixta uchastkalarida amalga oshiriladi. Nostandart chiqindilarga qayta ishlov berishda paketir-press, temir kesuvchi yordamida (rezak) chiqindilarni olovli bo‘lish jarayonlaridan foydalaniladi. Po‘lat eritish sexiga 2787-75 GOST bo‘yicha 1A,2A, 3A turidagi qayta ishlangan gabarit chiqindilar uzatiladi.
“O‘zmetkombinat” HICHBda po‘lat eritish ishlab chiqarishi elektrda po‘lat eritish (EPE) sexlarida amalga oshiriladi.
Elektrda po‘lat eritish sexi. EPE sexi 1978 yilda foydalanishga topshirilgan va uning tarkibida YOPE-100UMK turdagi 3 ta yoyli po‘lat eritish pechlari mavjud, ularning hajmi 100 tonna bo‘lib, 80MVA transformator quvvatiga ega, shuningdek 60 MVA transformatori mavjud 2 ta pechi mavjud. Po‘latga pechdan tashqari ishlov berish pech-kovsh turdagi po‘latga majmuaviy ishlov berish agregatida amalga oshiriladi.
a) b)
1.4.(a,b)-rasm. YOPE-100UMK pechi va tayyor mahsulot
Barcha metallni quyish radial turdagi uzluksiz tayyorlamalar quyish uchta 4 oqimli mashinalarda amalga oshiriladi. Tayyorlanmalarning kesimi 250x320 mm. Sexda uglerodga boy va pas legirallangan po‘lat quyiladi. Po‘lat quyilishi bir shlakli jarayonda amalga oshiriladi. Metall ko‘prikli kranning ilmoqlariga osilgan po‘lat quyish kovshlariga chiqariladi. Po‘lat quyish kovshlari periklazo-uglerodga boy buyumlar bilan futerovka qilinadi. Sexdagi shlaklar temir yo‘l lafet vagonetkalarida hajmi 11m3 bo‘lgan shlakovnyalarda amalga oshiriladi. Sex tarkibiga shixta, pech, quyish yo‘lakchalari, PO‘QM yo‘lakchasi va bezak berish yo‘lakchalari kiradi. Sexda yuk ko‘tarish qobiliyati 30/15, 50/20, 180/63/20 tonna bo‘lgan ko‘prik kranlari o‘rnatilgan.
Sexga metall chiqindilarni uzatish konteynerlarda ko‘ndalag uzatuvchi aravachalarda amalga oshiriladi. Bundan tashqari metall chiqindilarini konteyner va bostirmalarda temir yo‘l platformalar orqali uzatish uchun shixta prolyotida temir yo‘l yotqizdirilgan. Yo‘lakchalarda metall chiqindilarini qayta yuklanishi va bostirma savatlariga yuklanishi amalga oshiriladi. Shlaklarni xosil qiluvchi va ferroqotshmalar pech prolet bo‘ylamasida joylashgan bunker estakadalariga sochiluvchan materiallar bo‘limidan konveyerlar yordamida uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |