1. O‗zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‗simliklarning necha turi bor? J: 4500



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/44
Sana22.04.2022
Hajmi1,07 Mb.
#573348
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
Bog'liq
6-sinf Biologiya savol javob kitobi

 
12-§. KURTAK. 
1. Kurtak − ...? J: bu boshlang‗ich poya. 
2. Vegetativ kurtak − ...? J: boshlang‗ich bargli novda. 
3. Generativ kurtak − ...? J: boshlang‗ich to‗pgul yoki gul. 
4. Har qanday novda nimadan hosil bo‗ladi? J: kurtak. 
5. Yirik kurtakli o‗simliklarga misol? J: terak, chinor, soxta kashtan, nastarin. 
6. Mayda kurtakli o‗simliklarga misol? J: tut, tol, qayrag‗och, o‗rik, olma. 
7. Kurtaklarning yirik yoki mayda bo‗lishiga qarab nimani aniqlash mumkin? J: o‗simlik turini. 
8. Kurtaklar novdada qanday joylashadi? J: ketma-ket, qarama-qarshi va halqa hosil qilib. 
9. Qanday kurtaklar farqlanadi? J: uchki (novdaning uchida); yon (novdaning yonida) va qo‗shimcha 
(ildizda, bargda) kurtaklar. 
10. Kurtak uzunasiga kesilganda nimani ko‗rish mumkin?J: pishiq qobiq (tangacha barg), qobig‗i 
ostida joylashgan boshlang‗ich poyani va zich bo‗lib joylashgan boshlang‗ich barglarni. 
11. Kurtak qobig‗ining vazifasi? J: kurtakni qishni qattiq sovug‗idan, kasallik tug‗diruvchi bakteriya, 
zamburug‗lardan saqlaydi. 
12. Kurtak qachon yaxshi o‗sadi? J: qishki tinim davrini o‗taganda ya‘ni yanvarning ikkinchi yarmi va 
fevralda. 
13. Faza − ...? J: kurtaklarning bo‗rtib, yangi barg yoki gul chiqarishi uchun ketadigan vaqt. 
14. Dastlab generativ kurtaklari so‗ngra vegetativ kutaklari yoziladigan o‗simliklarga misol? J: o‗rik, 
shaftoli, bodom. 
13-§. POYANING ICHKI TUZILISHI. 
1. Yuksak o‗simliklarning yer ustidagi asosiy vegetativ organi? J: poya. 
2. Poya qanday vazifalarni bajaradi? J: tayanch, moddalar transporti, zaxira oziq moddalar to‗plash, 
vegetativ ko‗payish. 
3.
Poya nimadan hosil bo‗ladi? J: urug‗ning murtak qismidagi boshlang‗ich poyachadan. 
4. O‗simliklar poyasi nimasiga qarab turlicha tuzilgan bo‗ladi? J: ular qaysi sistematik birlikka kirishi 
(bir va ikki urug‗pallali) va qaysi hayotiy shaklda (bir yillik o‗t, buta yoki daraxt) bo‗lishiga qarab. 


5. Epiderma − ...? J: poyaning yuzasida bir qavat hujayralardan tashkil topgan qavat. 
6. Po‗st parenximasi (asosiy to‗qima) − ...? J: epiderma ostida ko‗p qavatli tirik hujayralardan hosil 
bo‗lgan qavat. 
7. Lub (floema) − ...? J: po‗st ostidagi qavat. 
8. Kambiy − ...? J: lub bilan yog‗ochlik orasidagi yosh va nozik hujayralardan iborat qavat. 
9. Ksilema (yog‗ochlik) − ...? J: kambiydan keyingi qavat. 
10. O‗zak qayerda joylashgan? J: poyaning o‗rtasida. 
11. Yasmiqchalar qachon va qayerda hosil bo‗ladi? J: yozning ikkinchi yarmida, daraxtlar po‗stining 
sirtida. 
12. Yasmiqchalarning rangi qanday bo‗ladi? J: qo‗ng‗ir rangli. 
13. Yasmiqchalarning ahamiyati? J: poya ichidagi tirik hujayralar shu yasmiqchalar orqali nafas oladi. 
14. Po‗stloq qanday hosil bo‗ladi? J: po‗st po‗kaklashishidan. 
15. O‗simlikning qaysi qismlari qalin po‗stloq bilan qoplangan? J: tanasi va eski shoxlari. 
16. Qalin po‗stloqni vazifasini ayting? J: ichkaridagi tirik hujayralarni qishki sovuqdan, yozgi issiqdan 
va turli zararli kasalliklar tug‗diruvchi mikroblardan himoya qilish. 
17. Floema qaysi to‗qima hujayralaridan tashkil topadi? J: asosiy (parenxima), mexanik (lub tolalari) 
va o‗tkazuvchi (elaksimon naylar). 
18. Tut novdasining qanday bo‗lishi lub tolalarining ko‗pligiga bog‗liq? J: egiluvchan va pishiq. 
19. Lub tolasi yaxshi rivojlangan o‗simliklarga misol? J: zig‗ir, kanop va tut. 
20. Lub tolalari yaxshi rivojlangan o‗simliklardan nimalarda foydalaniladi? J: ip tayyorlashda va arqon
qop, gazlama to‗qishda. 
21. Elaksimon naychalar − ...? J: lub tolalari orasidagi teshikli to‗siqlar bilan bo‗lingan cho‗ziq, 
ingichka naychalar. 
22. Qattiq yog‗ochli o‗simliklarga misol? J: qayrag‗och, eman, yong‗oq, o‗rik, zarang, saksovul
yulg‗un. 
23. Yumshoq yog‗ochli o‗simliklarga misol? J: tol, terak, jiyda. 
24. Qattiq yog‗ochli daraxtlardan nimalarda foydalaniladi? J: mebel va boshqa uy-ro‗zg‗or buyumlari 
tayyor-lashda foydalaniladi. 
25. Ksilema (yog‗ochlik) qaysi to‗qima hujayralaridan tashkil topgan? J: o‗tkazuvchi (naylar), mexanik 
(yog‗ochlik tolalari), asosiy (parenxima). 
26. Kambiy qavatining ahamiyati? J: uning hujayralar doimo bo‗linib (ko‗payib) turadi va shu 
hujayralar hisobiga poya eniga o‗sadi. 
27. Yosh novdalarning o‗zagi qanday bo‗ladi? J: hujayralari tirik, ularda organik moddalar to‗planadi. 
28. Poya ichki tuzilishiga ko‗ra qaysi qavatlardan iborat? J: po‗st yoki po‗kak, floema (lub), kambiy, 
yog‗ochlik (ksilema) va o‗zak. 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish