37
−
shaxsiy sotuvlar.
Haqiqatan ham marketing kommunikatsiyalari soni cheklanmaydi. Masalan,
tovar kommunikatsiyasi tovar o‘rami, qadog‘ining iste’molchilarga ta’sir etishiga
asoslangan. Tarqatish kanallari va o‘tkazilish joyiga ko‘ra kommunikatsiyalar
merchendayzing
va Event-promotionda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, yuqorida sanab o‘tilgan
kommunikatsiya
elementlari ayrim hollarda bir-birini to‘ldiradi yoki takrorlash xususiyatiga ega.
Masalan, tovarlarni bezash, qadoqlash merchendayzingning yo‘nalishi hisoblanadi.
O‘z navbatida ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish jamoatchilik bilan aloqalar
(Public relations) va sotishni rag‘batlantirish (Sales Promotion)ga taalluqli.
Bugungi kunda aksariyat yirik firma va kompaniyalar o‘z faoliyatini ko‘proq
merchendayzingga qaratishmoqda.
Merchendayzing (Merchandising)
– sotuvlar hajmini oshrish maqsadida savdo
zallari, savdo belgilarining iste’molchilar diqqatini jalb qilishini o‘rganish va bu
imkoniyatlardan foydalanishga qaratilgan faoliyatdir. Savdo zalini jihozlash,
xonalarining turlari, texnologik planirovkasini
takomillashtirish, magazinlarda
haridorlarga
ko‘rsatiladigan
xizmatlarni
takomillashtirish
orqali
sotuvni
jadallashtirish faoliyatidir. Bugungi kunda merchendayzingning asosiy vazifalariga
quyidagilar kiradi:
−
sotish joylarini bezash;
−
POS-materialarni tayyorlash;
−
feysing (facing) –iste’molchilarning tovarlarni yuqor ehtimol bilan topa
olishini kuchaytirish maqsadida peshtaxtalarga joylashtirish;
−
chakana savdoni maxsus savdo jihozlari bilan ta’minlash;
−
geografik tahlil asosida chakana savdo nuqtalarini joylashtirish.
Voqea marketingi
(Event promotion) – bu turli voqea-hodisalar bilan bog‘liq
tadbirlarni uyushtirish va o‘tkazish bilan bog‘liq faoliyat bo‘lib, iste’molchilarning
tovarga bo‘lgan e’tiborini tez jalb qiladi.
Event promotion bayramlar, milliy
bayramlar, tantanali sanalarni nishonlash, konsertlar orqali amalga oshiriladi [27, 42-
44].
Bugungi kunda marketing amaliyotida
BTL (below the line)
atamasi ham paydo
bo‘ldi.
BTL
bevosita sotuv joylarida iste’molchilarga ta’sir ko‘rsatish orqali sotishni
jadallashtirishdir.
BTL tadbirlari asosan sotishni rag‘batlantirish, merchendayzing va voqea
marketingidan iborat.
Zamonaviy marketing faoliyati bugungi kunda asosan ommaviy va to‘g‘ridan-
to‘g‘ri marketing strategiyasi asosida amalga oshirilmoqda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri
marketing har bir iste’molchi to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini shakllantirish va ularga
bir nechta kommunikatsiya vositalarini qo‘llash orqali ta’sir ko‘rsatishdan iborat.
Kommunikatsiya jarayoni axborot yoki xabarlarni
kommunikatsiya kanallari
orqali tarqatishni anglatadi. Ammo xabar jo‘natish uchun kommunikatsiya kanallari,
texnik vositalari bo‘lishi shart emas. Buni oddiy sotuvchi shaxsiy sotish chog‘ida
ham amalga oshirishi mumkin.
38
Shuning uchun kommunikatsiya jarayoni keng tushuncha va uning ko‘plab
elementlari mavjud. Shunga ko‘ra axborot tarqatish kanallarini ommaviy, shaxsiy va
mahalliy kanallarga bo‘lishimiz mumkin.
Ommaviy kanallar –
barcha xabarlarni ommaga qaratadi va bunda asosan
ommaviy iste’mol tovarlari to‘g‘risidagi axborotlar tarqatiladi. Ommaviy kanallar
marketingning maqsadli auditoriyasini ommaga uyg‘unlashtirib yuboradi va bu
xabarlar ayrim kishilarga zarur bo‘lmasada, tarqatilishi amalga oshiriladi.
Ommaviy
kanallarga OAV, tashqi reklama, Internet va tovarlar o‘ramini kiritishimiz mumkin.
Ayrim mutaxassislar ommaviy kanallar sifatida paketlarni ham kiritishadi. Buning
sababi bugungi kunda ko‘pchilik magazinlar va supermarketlar o‘z xususiy
paketlariga ega bo‘lib, iste’molchilar undan
boshqa maqsadlarda ham
foydalanishadi.
Shaxsiy kanallar–
tovarlarning sotilishi uchun xizmat qiladi.
Shaxsiy
kanallarning ahamiyatini mutaxassislar fikri orqali to‘ldiriladi. Bunda mutaxassislar
deganda muayyan tovarlar bilan bog‘liq zaruriy axborotlarga ega va maqsadli
guruhlar ishonchini qozongan shaxslar tushuniladi. Masalan, iste’molchilar mebel
harid
qilishda, tishlarni davolashda, ko‘zoynaklar harid qilishda aynan shu sohani
yaxshi biladigan mutaxassislarga murojaat qilishadi.
Mahalliy kanallar
– maxsus harid qilinadigan tovarlar
sotuvida ahamiyatli
bo‘lib, ommaviy harakterga ega bo‘lmaydi. Mahalliy kanallar moddiy va axborotli
kanallarga bo‘linadi. Moddiy mahalliy kanallar tovarlarni sotish joyi va sotishni
rag‘batlantirish bilan bog‘liq turli tadbirlardir. Masalan, turli attraksion o‘yinlarni
park va hiyobonlarda ko‘proq uchratish mumkin. Chunki bu joylarga ko‘proq dam
oluvchilar tashrif buyuradi.
Axborotli mahalliy kanallarga mavzuli ma’lumotnoma-spravochniklar, davriy
byulletenlar va gazeta varaqalari kiradi.