40
Marketing kommunikatsiyalarining tasniflari quyidagilar:
Mo‘ljallanganligiga ko‘ra
:
Oldindan mo‘ljallangan kommunikatsiyalar -
kommunikator tomonidan
maqsadli auditoriyaga ta’sir ko‘rsatish mo‘ljallangan yoki rejalashtirilgan
kommunikatsiyalar tushuniladi;
Ko‘zda tutilmagan kommunikatsiya
– kommunikatorga bog‘liq bo‘lmagan va
oldindan rejalashtirilmagan kommunikatsiyalar.
Marketing kompleksida paydo bo‘lishiga ko‘ra:
Reklama (Advertising);
To‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing (Direct marketing);
Sotishni rag‘batlantirish yoki sotuvni jadallashtirish (Sales promotion);
Jamoatchilik bilan aloqalar (Public relations).
Kommunikatsiya jarayonining tashkil etilishiga ko‘ra yoki murojaatlar turiga
ko‘ra:
Shaxsiy kommunikatsiya
– bu ikki yoki undan ortiq kishilar o‘rtasida birorta
kommunikatsiya vositasi yordamida tovar va xizmatlarni siljitish maqsadida tashkil
qilinadigan kommunikatsiyadir.
Shaxsiy kommunikatsiya dialog, telefon orqali
suhbat, teleko‘rsatuv orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat shaklda o‘tkaziladi;
Shaxsiy bo‘lmagan kommunikatsiya –
kommunikativ vositachilar ishtirokida
tashkil etiladigan kommunikatsiya bo‘lib, ommaviy tusga ega bo‘ladi. Shaxsiy
bo‘lmagan kommunikatsiyaning maqsadi tovar va xizmatlar to‘g‘risida ma’lum
qilish, ushbu tovarlarni iste’molchilar
harid qilishlari uchun emas, balki “harid
ro‘yxati”ga kiritib qo‘yishlari uchun tashkil qilinadi.
Davomiyligiga ko‘ra
:
Qisqa muddatli kommunikatsiyalar
– muayyan davrda ma’lum muddatga
tashkil qilinib, keyinchalik to‘xtatiladigan kommunikatsiyalardir. Masalan, bayramlar
arafasidagi narx chegirmasi;
O‘rta muddatli kommunikatsiyalar –
talabning mavsumiyligiga bog‘liq xolda
bir necha mavsum davomida qo‘llaniladigan kommunikatsiyalar. Masalan, reklama.
Uzoq muddatli kommunikatsiyalar
– bir yoki bir necha yillar mobaynida o‘z
tashqi ko‘rinishini o‘zgartirmaydigan kommunikatsiyalardir. Masalan, tovar belgisi,
brend, firma uslubi.
Takroriy qo‘llanilishiga ko‘ra
:
Bir
marotabalik
kommunikatsiyalar
– bir marta qo‘llaniladigan
kommunkiatsiyalar;
Ko‘p marotabalik kommunikatsiyalar
– takrorlanadigan kommunikatsiyalar
.
Maqsadli yo‘naltirilganligina ko‘ra
: yakuniy iste’molchiga yo‘naltirilgan
kommunikatsiyalar; vositachilarga yo‘naltirilgan kommunikatsiyalar; hamkorlarga
yo‘naltirilgan kommunikatsiyalar; raqiblarga yo‘naltirilgan kommunikatsiyalar;
davlat organlari va jamoatchilik fikriga yo‘naltirilgan kommunikatsiyalar va ichki
tizimga yo‘naltirilgan kommunikatsiyalar.
Keltirilgan tasniflar mukammal bo‘lmasada, kommunikatsiya turlarini alohida
guruhlarga ajratish imkonini beradi. Ushbu tasniflardan
eng mukammal tasnifi
41
shaxsiy va shaxsiy bo‘lmagan kommunikatsiyalar hisoblanadi. Deyarli barcha
kommunikatsiya turlarini ushbu guruhga birlashtirishimiz mumkin.
Marketing kommunikatsiyasi tovar va xizmatlarni bozor segmentlarida siljitish
bilan bog‘liq tadbirlarni o‘z isiga oladi. Kommunikatsiyaning aossiy elementlari
quyidagilar:
–
reklama,
–
sotishni rag‘batlantirish,
–
jamoatchilik bilan aloqalar,
–
shaxsiy sotish,
–
direkt-marketing.
Do'stlaringiz bilan baham: