126
katta harajatlarni talab qilishi;
talabning miqdori to‘g‘risida ishonchli marketing axborotini olish
imkoniyatining mavjudligi.
Shaxsiy sotish boshqa kommunikatsiya vositalari bilan taqqoslaganda bir qator
afzallik va qulayliklarga ega. Shubhasiz, eng asosiy afzalligi uning egiluvchanligi va
moslashuvchanligidir. Sotuvchi o‘z tovarini haridorlarga namoyish qilar ekan,
haridorlarning javob reaksiyasini shu zahotiyoq sezadi va vaziyatni o‘z tomoniga
o‘zgartirish uchun turli motivlarni ishga soladi.
Shaxsiy sotish sotuvchilardan kam kuch talab qiladi.
Reklama beruvchilar
odatda reklama murojaatlarini maqsadli auditoriyaning tashqi vakillariga yetkazish
uchun ko‘p vaqt va pul sarflashadi. Shaxsiy sotishda aynan maqsadli auditoriya
vakillari bilan aloqa o‘rnatiladi va ularning sa’y-harakatlari aksariyat hollarda harid
bilan yakunlanadi.
Boshqa tomondan shaxsiy sotish jarayonida sotuvchilar mijozlarni harid
qilishga undash uchun qulay vaziyatga ega bo‘ladi.
Shu sababli sotuvchilar
haridorlarni harid qilishlari uchun turli sabablar, dalillar keltirish orqali ularni
ruhlantiradi.
Shaxsiy sotishning yana bir afzallik jihati sotuvchi bilan bog‘liq bo‘lib, haridga
qo‘shimcha ravishda to‘lovlarni qabul qilish, qo‘shimcha servis xizmati ko‘rsatish,
qadoqlash, qaytarilgan tovarlarni qabul qilish va bozor to‘g‘risida ma’lumot yig‘ish
vazifasini ham bir vaqtning o‘zida bajarib boradi.
Yuqori harajatlar shaxsiy sotishning asosiy kamchiligidir. Raqobatning
kuchayishi,
transport, ish haqi harajatlarining muntazam ravishda ortib borishi
ko‘pchilik firmalarda savdo bilan bog‘liq muomala harajatlarini kamaytirishni talab
etmoqda. Ayrim firmalarda sotuvchilarning ish haqi komission harajatlar orqali to‘lab
berilishi ko‘zda tutilganligi bois, ular faqatgina tovarlarni maksimal hajmda sotgan
taqdirdagina o‘zlari uchun yetarli ish haqi olishlari mumkin.
Ayrim sotuvchilar
faqatgina tovarlarni harid qilishi mumkin bo‘lgan haridorlarga telefon orqali murojaat
qilishi va tovarlarni sotishi mumkin. Shuningdek, firmalar sotish bilan bog‘liq
muomala harajatlarini telefon marketingi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri pochta jo‘natmalari,
mijozlar uchun bepul qo‘ng‘iroq raqamlarini joriy etish, potensial haridorlar bilan
onlayn aloqa o‘rnatish kabilar bilan kamaytirishlari mumkin.
Shaxsiy sotishning navbatdagi kamchiligi yuqori malakali
sotuvchilarni ishga
jalb qilish va ularni saqlab qolish bilan bog‘liq. Birinchidan, tajribali sotuvchilar
daromadlarini oshirishning yagona yo‘li ish joyini o‘zgartirishda deb hisoblashadi.
Ikkinchidan, foydani oshirish maqsadida firmalar malakali sotuvchilarni yollashga
harakat qiladilar. Kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining
yuqori malakaga ega bo‘lishi uchun odatda 3-5 yil talab etiladi.
Bu ikki jihat
aksariyat firmalarda kadrlar qo‘nimsizligi, kadrlarni tanlash bilan bog‘liq
muammolarni keltirib chiqaradi (5.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: