106
Homiylik firmalar tomonidan kelgusida tijorat maqsadlarini amalga oshirish
maqsadida turli bayramlar, muhim voqealarning nishonlanishini moliyaviy yoki
boshqa vositalar orqali qo‘llab-quvvatlash tushuniladi. Masalan yirik sport
musobaqalari, bayram tantanalari, madaniy tadbirlar va turli konsert dasturlari ayrim
yirik
firmalar tomonidan tovarlar, moliyaviy mablag‘lar va boshqa vositalar orqali
qo‘llab-quvvatlanadi.
Homiylik qoidaga ko‘ra translyatsiya(teleko‘rsatuvlar yok radioeshittiruvlar
orqali) va voqea-hodisa (sport musobaqalars, konsertlar, madaniy tadbirlar) shaklida
amalga oshiriladi. Homiylik bir vaqtning o‘zida sotishni rag‘batlantirishdan farq
qiladi. Homiylik otaliqqa olish demakdir. Homiylikda firma muayyan tadbirlarni
o‘tkazish bilan bog‘liq barcha harajatlarni o‘z zimmasiga oladi. Evaziga esa qo‘l
ostidagi Homiylikning quyidagi to‘rt asosiy shakli mavjud:
1.
Sport homiyligi
2.
Dasturlar homiyligi
3.
San’at homiyligi
4.
Voqea hodisalar homiyligi.
Homiylikning har bir shakli firmalarning tovar belgisini keng jamoatchilikka
targ‘ib qilish, tovar brendining tanilishi, mustahkamlanishi, firmaning ijobiy imidjni
shakllantirishda o‘z o‘rni va ahamiyatiga ega.
Turistik
korxonalarning
kommunikatsiya
siyosatida
homiylikdan
foydalanishlaridan asosiy maqsad quyidagilar:
– firma brendini mustahkamlash
– homiylik firmaning iqtisodiy qudratini ham
namoyish qiladi. Shu bois ko‘pchilik firma brendini nufuz uchun harid qiladi.
–
firmaning reklama imkoniyatlarini oshirish –
homiylik bir aqtning o‘zida
reklama hamdir. Sport va madaniyat sohasidagi ommaviy
tadbirlarda firmalarning
nomi, savdo belgisi va brendi reklama sifatida tarqatiladi.
– firmaning korporativ imkoniyatlarini kengaytirish –
voqea-hodisalar,
ommaviy tadbirlarga homiylik qilish bilan birga firmalar sotish bo‘limlariga, doimiy
mijozlarga turli rag‘batlantirish usullarini qo‘llaydilar. Masalan, sport tadbirlarida
firma ramzi tushirilgan bepul futbolkalar, kepka va boshqa buyumlarni tarqatishadi
Bugungi kunda homiylik asosan sport va madaniyat sohasida turli ijtimoiy
muammolarni hal etish uchun qo‘llanilmoqda. Ammo homiylikdan barcha sohalarda
va faoliyat turlarida foydalanish mumkin. Homiylikni rivojlantirish uchun homiylik
qilinayotgan ob’ektga nisbatan ommaviy qiziqish va ijobiy fikr bo‘lishi, tanlangan
tovar yoki faoliyat esa ushbu ob’ektga mos kelishi kerak [30, 245-246].
Homiylik quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi
Sport.
Sportning barcha turlari
ommaviy hisoblanganligi bois, homiylik ham
sport sohasida juda kuchli taraqqiy etgan. Sport o‘yinlari ommaviy iste’molchilar
hamdir. Shu sababli ko‘pchilik homiylar asosan sport tadbirlarini rag‘batlantirishga
arakat qiladilar.
Madaniy tadbirlar.
Ijtimoiy soha tashkilotlarnii qo‘llab-quvvatlash maqsadida
uyushtiriladigan homiylik bo‘lib, Kamolot harakati, NNT, turli jamoat fondlari shu
maqsadda tashkil etiladi.
107
Maqola va turli chiqishlar.
Bu
toifaga karta, kundalik,
yo‘llarni
ko‘rsatuvchi
kitobcha
, yilnomalarni kiritishimiz mumkin. Bunday nashrlar tijorat maqsadlarida
foydalaniladi, masalan, Rothmans kompaniyasining sport yilnomalari, Texaco yo‘l
ko‘rsatkichlari, Ginnesning rekordlar kitobi shular jumlasidan.
Ko‘rgazmalar.
Ommaviy va ixtisoslashgan ko‘rgazmalar odatda turli jurnal va
gazetalarga homiylik qiladi (masalan,
Daily Mail
“Idealniy dom” ko‘rgazmasi
uchun).
Ta’lim.
Ta’lim yo‘nalishidagi homiylikka stipendiyalar, fondlar,
turli grantlar
va boshqa rag‘batlantirishlarni kiritishimiz mumkin. Masalan, Prezident stipendiyasi,
Zulfiya mukofoti, Navoiy stipendiyasi, Erasmus Mundus fondi.
Kasbiy faoliyatni taqdirlash.
Aksariyat hollarda jurnalistlar, suratchilar,
arxitektorlar, tibbiyot xodimlari turli tashkilotlar tomonidan kasbiy faoliyati
natijalariga ko‘ra taqdirlanadilar. Bunda ushbu tashkilotlar tomonidan turli asbob-
uskunalar, jihozlar bepul beriladi [24, 196-199].
Event-marketingda homiylik dasturlarini ishlab chiqishning asosiy 4
darajasi
mavjud bo‘lib, homiyning huquq va burchlarini turli darajada belgilash uchun xizmat
qiladi. Bular quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: