94
paydo bo‘layotganligini kuzatishimiz mumkin.
3)
Reklamaning qimmatlashuvi va reklama vositalarining juda ko‘pligi.
Iste’molchilarning tovarni eslab qolishlari va
bir-biriga taqqoslashlarini
murakkablashtiradi. Bu o‘z navbatida sotishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan
mablag‘larning ortishiga olib keladi.
4)
Vaqtning chegaralanib borayotganligi.
Raqobat kurashining kuchayishi,
tovarlar assortimentining muntazam ravishda kengayib borayotganligi firmalarning
bozorda “yashab qolish” davrini, shu jumladan tovarlarning foydalanish muddatining
kamayishiga olib kelmoqda. Bu esa ishlab chiqaruvchilardan o‘z tovarlarini qisqa
muddatda ulkan hajmda sotish zaruratini keltirib chiqaradi.
5)
Miqdoriy jihatdan o‘lchash imkoniyatining mavjudligi.
Sotishni
rag‘batlantirishning sotish hajmiga ta’sirini reklamaning ta’siriga qaraganda oson va
ishonchli aniqlash mumkin. Bu esa sotishni rag‘batlantirishning keng qo‘llanilishini
ta’minlaydi.
6)
Firmalarning moliyaviy inqirozdan chiqishlari uchun marketing bo‘limlari
asosiy e’tiborni firma nufuzini oshirishga emas, qisqa davr mobaynida sotish
hajmini oshirishga qaratishmoqda.
7)
Tovar assortimenti cheklangan yoki kam jozibador hisoblangan bozor
segmentlarida iste’molchilar sotishni rag‘batlantirishga qaratilgan tadbirlar
orqali naflilikka erishishga harakat qiladilar.(buni qo‘shimcha tovarlarni
sovg‘a yoki tovar namunalari orqali to‘ldirish sifatida ham tushinishimiz
mumkin).
8)
OAV sarflanadigan harajatlarning oshib ketishi.
9)
Sotishni rag‘batlantirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi sohalarning ko‘payib
borishi.
Bugungi kunda barcha firmalar sotishni rag‘batlantirish bilan o‘z
amaliyotda foydalanadi.
Turizmda sotishni rag‘batlantirishning maqsadi doimiy iste’molchilarni
qo‘llab-quvvatlash (“sodiqlik”ni oshirish), yangi iste’molchilarni jalb etish (talabni
shakllantirish) va tasodifiy haridlar sonini oshirishdir.
Sotishni rag‘batlantirishning maqsadlarini shakllantirishda
eng avvalo ikki
omilni e’tiborga olish zarur. Birinchidan, auditoriya xususiyatidan kelib chiqqan
holda faol va tezkor yondashuvni amalga oshirish.
Ikkinchidan, sotishni
rag‘batlantirish faol yoki tezkor amalga oshirilishi zarur. Sotishni rag‘batlantirishning
faol yondashuvi quyidagi maqsadlarga erishishni ko‘zda tutadi:
−
bozorning qo‘shimcha ulushini egallash va qo‘shimcha daromadga ega
bo‘lish.
−
maqsadli bozorni kengaytirish.
Sotishni
rag‘batlantirishga tezkor yondashuv
bozor konyunkturasi
o‘zgarishining salbiy oqibatlarini bartaraf etish va qisqa muddatli vaziyatlardan
foydalanib qolishni ko‘zda tutadi. Ushbu yondashuv quyidagi maqsadlarga erishishni
ko‘zda tutadi:
−
raqobatlashuv qobiliyatini oshirish.
−
omborlarda vaqtincha sotilmasdan turgan tovar zahiralarini kamaytirish.
−
naqd pul mablag‘lari oqimini kuchaytirish (4.1-jadval).