43
2.6-jadval (davomi)
Ijtimoiy-axloqiy
(1980-1995 yy.)
Tovar va xizmatlarni
iste’molchilar zarurati
va jamiyatni talabini
hisobga olgan xolda
ishlab chiqarish
marketinga-miks,
ishlab chiqarilayotgan
tovar va
xizmatlarning
ijtimoiy, ekologik va
iqtisodiy oqibatlarini
tadqiq qilish
Inson resurslari,
moddiy, tabiiy, energiya
resurslarini tejash va
atrof-muhit
muhofazasini ta’minlash
orqali maqsadli bozor
ehtiyojlarini qondirish
Munosabatlar
marketingi
(1990 yy.- xozirgi
vaqtga qadar)
Iste’molchilar va
biznes hamkorlarni
qoniqtiradigan tovar va
xizmatlarni ishlab
chiqarish
Iste’molchilar bilan
aloqalarni
muvofiqlashtirish,
integratsiya va
tarmoqli usullarda
tahlil qilish,
marketing-miks
Iste’molchilar, davlat va
hamkorlar ehtiyojini
o‘zaro tijorat va
notijorat aloqalar
jarayonida qondirish
Kommunikatsion
marketing
(1990 yy.- xozirgi
vaqtga qadar)
Samarali
kommunikatsiyani
o‘rnatish orqali tovar
va xizmatlarni siljitish
Kommunikatsiya
strategiyasi
Brend yaratish,
iste’molchilar va
hamkorlar bilan uzoq
muddatli aloqalarni
o‘rnatish
Zamonaviy
iqtisodiy
munosabatlarda
kommunikatsiya
muammolarini
o‘rganishda uchta yondashuv mavjud. Birinchi yondashuv
tashkilotlardagi ichki
kommunikatsiyalarga asosiy e’tiborini qaratadi. Ikkinchi yondashuv tovarlar va
xizmatlarni marketing tizimida siljitish bilan bog‘laydi.
Uchinchi yondashuv
kommunikatsiya sifatida murakkab dinamik tizimlarda barcha turdagi axborotlar
almashinuvni ko‘zda tutadi.
Mamlakatimiz
va
xorijiy
iqtisodchi
olimlar
asosiy
e’tiborni
kommunikatsiyaning nazariy, tarixiy, sotsiologik va psixologik jihatlariga e’tibor
qaratishgan. Jumladan mamlakatimizda ham
kommunikatsiya nazariyasiga
bag‘ishlangan aksariyat tadqiqotlar pablik rileyshnz – PR(public relation)ga
bog‘lanadi. Ammo bunda korxonaning iqtisodiy manfaatlari ikkinchi o‘rinda qolib
ketadi. Chunki PR eng avvalo turistik korxonaning nufuzini oshirishga qaratiladi.
Shu bois marketingda kommunikatsiya kompleks tarzda qo‘llaniladi va bu
“integratsiyalashgan marketing kommunikatsiyalari” deb ataladi. Integratsiyalashgan
marketing kommunikatsiyalari maqsadli auditoriyaga ta’sir ko‘rsatishning
barcha
usullaridan bir vaqtda bir-birini to‘ldiruvchi sifatida qo‘llanilishini ko‘zda tutadi
[15,35].
Turistik korxonalarda kommunikatsion faoliyat alohida funksiyalar yoki ayrim
vazifalarni bajarish bilan chegaralanadi. Ularda kommunikatsiya
sifatida xabar
berish, muvofiqlashtirish,
motivatsiya, jamoatchilik bilan aloqalar,
reklama va
boshqalar ko‘zda tutiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki,
ushbu korxonalarda yaxlit
kommunikatsiya konsepsiyasi mavjud emas. Bugungi kunda kommunikatsiya
konsepsiyasini shakllantirish nafaqat
marketing kompleksi uchun, balki turistik
korxonaning boshqaruvida ham muhim ahamiyatga ega.