1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 5,14 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/217
Sana12.05.2023
Hajmi5,14 Kb.
#937182
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   217
Bog'liq
1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Noverbal
– nutq yordamisiz (imo-ishora, mimika vositasida) amalga 
oshiriladigan muloqot. Noverbal kommunikatsiya o‘ziga xos noverbal kodlar, ya’ni 
mimika, harakatlar, imo-ishoralar va hidlar yordamida amalga oshadi. Ularning 
ayrimlari genetik xususiyatga ham ega. Jumladan, xavf-xatarga bo‘lgan reaksiyalar 
va hissiy reaksiyalar biologik determinantlardir. Noverbal kommunikatsiya turli 
axborotlarni ovoz bilan bir vaqtda yuz harakatlari, tana, jismoniy tuzilish bilan ham 
uzata oladi. Noverbal kommunikatsiya elementlari tevarak-atrof va insonning turli 
a’zolari orqali harf va so‘zlar bilan teng ekvivalent bo‘lgan ma’noli ishoralarni 
shakllantiradi. Masalan, yuzning qizarishi, atrofga olazarak bo‘lib qarash va 
boshqalar. Noverbal kommunikatsiyaning 9 ta kanali mavjud: 


22 
1. Kinesika (ma’noli tana harakatlari) – inson tanasining barcha harakatlari 
muayyan kommunikatsiya jarayonida ma’lum ma’noni anglatadi. Aynan bir harakat 
turli muhitda turli mazmunga ega bo‘ladi. Tana –biologik va ijtimoiy tizim hamdir. 
Insonlar uchun harakatchanlik va tananing faolligi odatiy xol. Ammo ularning aniq 
funksiya bajarayotganligini, muayyan uslubga ega ekanligini tadqiqot yoki oddiy 
kuzatish orqali sezish qiyin emas. Verbal kommunikatsiya bilan tana harakatlari 
o‘zaro uyg‘unlashgan holda bo‘ladi. Bir nechta ma’noli harakatlar morfemalarni 
vujudga keltiradi. Tana harakatlari ma’noga ega bo‘lmasada, kommunikatorning 
so‘zlarini to‘ldiradi va axborotning to‘laroq yetkazilishini ta’minlaydi. Masalan, 
suhbat chog‘idagi qo‘l harakatlari. Kinesikaning quyidagi turlari mavjud: 
Emblemalar – og‘zaki nutqda aniq tarjimasi mavjud bo‘lgan harakat, maxsus 
imo-ishora va belgilar. Masalan, qadimgi Rimda ikkita barmoqning V tarzda 
ko‘rsatilishi g‘alaba ma’nosini anglatgan. 
Illyustratorlar – suhbat bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan va uni turli ko‘rinishda 
to‘ldirib turadigan ma’noli tana harakatlaridir. Bular:

 
ta’kidlash (boshni quyiga chayqash).

 
ko‘rsatma (ma’ruzachining grafik yoki chizmaga qo‘li bilan ishora qilishi).

 
tasvirlash (masalan, mevaning qiyofasini qo‘l orqali tasvirlash).

 
ritmik harakatlar (talaffuz qilinayotgan so‘zga mos tana harakatlari).

 
chizish (masalan, havoda geometrik figuralarni havoda chizish).

 
adaptatorlar – emotsional holatni tana harakatlari bilan tasvirlovchi mimika, 
qo‘l-oyoqlar harakati (masalan sovuqdan oyoq-qo‘lni uyushtirish, boshni qashlash, 
yelkani kerish, qog‘ozni g‘ijimlash va boshqalar). 
Regulyatorlar – muloqot jarayonini kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi 
harakatlar. Insonning yuzi va ko‘zi eng muhim regulyator hisoblanadi. Masalan, 
qiziqarli narsalarni eshitganda yoki ko‘rganda ko‘z qorachig‘ining kengayishi yoki 
torayishi. 
2. Vokalika (ovoz) – muloqot chog‘ida so‘zlarning turli ovoz tonida 
chiqarilishi bilan bog‘liq. Ovoz toni, tezligi, kuchi, ovoz turi (tenor, soprano va 
boshqalar.), pauza, ovoz jadalligi – bularning barchasi o‘z ma’nosiga ega. Ovoz 
ohangi insonlarning hissiyotlari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Masalan, inson juda 
xomush bo‘lganda so‘zlarni sekin va alohida-alohida, ma’lum pauza bilan talaffuz 
etadi. Vokalika shaxslarning avtoritar, liberal yoki demokratik uslubga ega ekanligini 
ham anglatishi mumkin. 
3. Fizikatika (tananing jismoniy xususiyatlari)– jozibador, chiroyli tana 
tuzilishiga ega, me’yordagi bo‘y va tana og‘irligi kommunikatsiyaning ijobiyligini 
ta’minlovchi omillardan hisoblanadi. Jismoniy nuqsonlarga ega bo‘lgan kishilar 
jamiyat ongida ko‘pincha salbiy hislarni uyg‘otadi va ularning kommunikatsiya 
imkoniyatlarini cheklab keladi.
4. Xaptika (teginish, qo‘l tekkizish) – insonlar bir-biriga turli joylarda va turli 
sabablarga ko‘ra qo‘l tekkizishadi. buning kasbiy (bir-birining qo‘lini siqish), 
marosimiy (bir-birining boshini silash), do‘stona (quchoq ochib ko‘rishish) va mehr-
muhabbat (onaning farzandini erkalashi)ga oid ko‘rinishlari mavjud. 


23 
5. Proksemika (muhit, masofa, bo‘shliq) – kommunikatsiya jarayonida ijtimoiy 
va shaxsiy chegaraning o‘zaro bog‘liqlik darajasini anglatadi. Har bir inson 
ma’naviy, madaniy, ijtimoiy xususiyatidan kelib chiqqan holda o‘zining muayyan 
qurshab turgan muhitiga, muloqot chegarasiga ega. Bu muhitni quyidagi turlarga 
ajratishimiz mumkin:
 
Rasmiy masofa (chegara) – harakatlanmaydigan narsa-buyumlar bilan to‘silgan 
chegara bo‘lib, masalan, xona devorlari, ofis jihozlari, eshik, parda va boshqalar 
bo‘lishi mumkin.
Norasmiy masofa – bu insonlarni qurshab turgan shaxsiy masofa bo‘lib, unga 
yaqinlashish kommunikatsiya mazmunini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Masalan, 
xizmat etiketi qoidalariga ko‘ra 0-0,5 metr intim masofa, 0,5-1,5 metr – shaxsiy 
masofa; 1,5-3,7 metr – ijtimoiy va 3,7 metrdan ortiq – ommaviy masofa hisoblanadi. 
6. Xronomika (vaqt) – barcha xalqlar madaniyatida vazifalarni o‘z vaqtida 
bajarish va puxtalik muhim o‘rin egallaydi. Suhbat uyushtirish, turli yig‘ilishlar va 
rasmiy uchrashuvlar o‘tkazish va ularning samaradorligi bevosita belgilangan vaqtda 
bo‘lishiga bog‘liq. 
7. Artefakt (kiyim, taqinchoq va turli bezaklar) – kishilarning turli kiyimlari, 
taqinchoq va bezaklari kommunikatsiyaning samaradorligini belgilovchi omildir. Eng 
kuchli artefakt kishilarning kiyinishidir. Kiyinish sharoit(ishda, uyda)ga, tananing 
jimoniy tuzilishi (bo‘y, oriqlik, semizlik), ijtimoiy holati(yoshlar, uylangan, turmush 
qurganligi)ga mos bo‘lishi zarur. 
8. Olfaktika (hidlar) – hidlar ehtimol boshqalarga eng kuchli ta’sir 
ko‘rsatadigan omildir. Taralayotgan hidga qarab tomonlarning bir-biriga bo‘lgan fikri 
shakllanadi. 
Hidlarning kommunikatsiya jarayonidagi quyidagi ahamiyatli jihatlarini ajratib 
ko‘rsatishimiz mumkin: 
Hidni ajrata olmaslik – muloqot chog‘ida turli hidlarning taralayotganligi 
ayrim kishilarda hidni ajrata olish imkonini bermaydi. Bu esa ba’zi hollarda 
muloqotni ham chigallashtirishi mumkin.
Hidga moslashish – muayyan hidga moslashish. Masalan samarali 
kommunikatsiyaga erishish uchun binoda doimiy xushbo‘y hidning taralib turishi 
muhim.
Hid haqidagi xotiralar – ayrim hidlar kishilarda salbiy yoki ijobiy xotiralarni 
uyg‘otishi mumkin. Masalan kasalxonaning hidi, ma’lum atirning hidi.
Tiyiqsiz hid – bu turli atir, dezodorant, ziravorlarning me’yoridan ortiqcha 
ishlatilishi.
Hidni ajrata olish– ayrim kishilar hidlarni bir-biridan juda aniq ajrata oladi. 
Bunday insonlar 10000 ga yaqin hidni farqlaydilar. 
9. Estetika (nafosat, musiqa, rang) – muloqot jarayonida yoqimli musiqalarning 
eshitilib turishi kishilarning xulqini tartibga soladi, ularni tinchlantiradi va harakatga 
undaydi. Bino xonalarining rangi, jihozlanishi, jihozlarning rangi kishilarda ijobiy 
his-tuyg‘ularni uyg‘otadi. Masalan, kasalxonalarda devorning pastki qismi yoki 
barcha xonalari yashil rangga yaqin bo‘yalishi chanqash hissini ug‘otadi, oq rang esa 
sovqotish hissini paydo qiladi. 


24 
Muloqotning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: 
1) “Niqoblar aloqasi” – rasmiy muloqot bo‘lib, unda suhbatdosh shaxsining 
o‘ziga xosliklarini tushunish va e’tiborga olishga intilish bo‘lmaydi, suhbatdoshga 
nisbatan haqiqiy munosabat va tuyg‘ularni yashirishga yordam beruvchi yuz ifodasi, 
imo-ishoralar, odatiy jumlalardan iborat odatiy niqoblardan (muloyimlik, qat’iyat, 
befarqlik, kamtarlik, xayrixohlik va boshqalar) foydalaniladi.
2) Oddiy muloqotda boshqa inson kerakli yoki keraksiz ob’ekt sifatida 
baholanadi: agar kerakli bo‘lsa – faol muloqotga kirishiladi, kerak bo‘lmasa – 
ko‘kragidan itarishadi, ba’zida buning uchun tajovuzkor va qo‘pol so‘zlardan ham 
foydalaniladi. Suhbatdoshdan o‘zlariga kerakli narsani olgandan keyin unga bo‘lgan 
qiziqish yo‘qoladi va buni yashirib ham o‘tirishmaydi.
3) Rasmiy-rolli muloqot, bunda muloqotning mazmuni ham, vositasi ham 
tartibga solingan bo‘lib, suhbatdosh shaxsini anglash o‘rniga uning ijtimoiy rolini 
bilish bilan cheklaniladi.
4) Ish yuzasidan muloqot, bunda shaxsning o‘ziga xosligi, suhbatdoshning 
harakteri, yoshi, kayfiyati hisobga olinadi, lekin ish yuzasidan manfaatlar birinchi 
o‘ringa qo‘yiladi.
5) Ma’naviy. Do‘stlarning shaxslararo (ishonchli-norasmiy) muloqoti bo‘lib, 
bunda istalgan mavzuda suhbat qurish mumkin, hamda ba’zida so‘zlar yordamiga 
ehtiyoj bo‘lmaydi, chunki do‘stingiz nima demoqchi ekaningizni yuz ifodangizdan, 
xatti-harakatingizdan bilib oladi. Muloqotning bunday shakli bo‘lishi uchun 
suhbatdoshlar bir-birlarining shaxsini, qiziqishlarini, u yoxud bu masalaga 
munosabatini yaxshi bilishlari kerak.
6) Manipulyatsiya – hiyla-nayrang asosida ta’sir etishga asoslangan muloqot 
bo‘lib, suhbatdosh shaxsidan kelib chiqib, turli usullarni qo‘llagan holda (maqtov, 
xushomad, qo‘rqitish, aldash, o‘zini mehribon qilib ko‘rsatish) undan manfaat 
ko‘rishni nazarda tutadi.
7) Dunyoviy muloqot. Bunday muloqotning mohiyatini predmetsizlik tashkil 
qiladi, ya’ni suhbatdoshlar o‘ylagan narsalari haqida emas, balki bunday holatlarda 
gapirish kerak bo‘lgan narsalar to‘g‘risida so‘zlashadi; uni yopiq muloqot ham deyish 
mumkin, chunki bu holda odamlarning u yoki bu masalaga munosabati, nuqtai nazari 
ahamiyatga ega bo‘lmaydi va kommunikatsiya harakterini belgilab bermaydi.
Kommunikatsiya jarayonini samarali amalga oshirishda ko‘plab to‘siqlar 
mavjud. Bu to‘siqlar kommunikator va qabul qiluvchi o‘rtasida vujudga keladi. 
Kommunikatsiya to‘siqlariga quyidagilarni keltirishimiz mumkin: 

Download 5,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish