1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 5,14 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/217
Sana12.05.2023
Hajmi5,14 Kb.
#937182
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   217
Bog'liq
1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Muloqotning asosiy jihatlari:

 
kommunikativ – odamlar o‘rtasida axborot almashinuvi; 

 
interaktiv – odamlar o‘rtasida o‘zaro munosabatning tashkil etilishi: 
masalan, hatti-harakatlarni kelishib olish, funksiyalarni taqsimlash, suhbatdoshning 
kayfiyatiga, xatti-harakatlariga va fikrlariga ta’sir ko‘rsatish zarur; 

 
perseptiv – muloqotdagi hamkorlar tomonidan bir-birlarini anglash va shu 
asosda o‘zaro munosabat o‘rnatish.
Kommunikatsiya jarayoni quyidagi uchta shaklda amalga oshiriladi:
1) monolog shakli – axborot uzatishning bir tomonlamaligi bilan ajralib turadi. 
Bunda axborotlar o‘z manbasidan qabul qiluvchiga yuboriladi;
2) dialog shakli – axborot uzatishning ikki tomonlamaligi bilan ajralib turadi. 
Bunda axborotlar o‘z manbasidan qabul qiluvchiga yuboriladi, bir vaqtning o‘zida 
teskari aloqa tamoyiliga ko‘ra o‘zlashtirilgan va qayta ishlangan axborot uzatuvchiga 
qaytariladi. Dialog qaror qabul qilishda samarali bo‘lgan tizim hisoblanadi; 
3) polilog shakl – axborot uzatishning ko‘p tomonlama harakterga ega 
ekanligidan dalolat beradi.
Agarda shaxslararo munosabatlar umuminsoniy tushunchaga ega bo‘lsa, 
axborot almashinuvida emotsional xususiyatga ega bo‘ladi. Bunday kommunikatsiya 
jarayoni kognitiv axborot almashinuvini, iste’molchilarda turli bilim va ko‘nikmalar 
hosil qiluvchi va kasbiy malakalarini oshirish; muayyan shaxslarda o‘ziga, 
atrofdagilar va jamiyatga nisbatan mos munosabat shakllantirish, shaxs xulq-atvori va 
ijtimoiy munosabatlarini o‘zgartirish va hissiyotlar almashinuvini ta’minlaydi. 


21 
Jarayonning maqsadi va axborotning tarkibiga ko‘ra kommunikatsiyaning 
quyidagi besh modeli ajratib ko‘rsatiladi:
1) tanishuv;
2) ishontirish;
3) ta’sirchan;
4) suggestiv;
5) marosimga oid.
Har bir modelning o‘z xususiyati, maqsadi, tashkil qilish tartibi, kommunikativ 
shakli va kutiladigan natijasi mavjud. 
Kommunikatsiyada nutqdan foydalanilishiga qarab, quyidagi turlarga ajratib 
ko‘rsatish mumkin: 
Verbal
(lotincha verbalis - og‘zaki, so‘zga asoslangan) – nutq vositasidagi 
kommunikatsiya. Verbal kommunikatsiya insonlarning nutqi va yozuvi orqali amalga 
oshadi. Zamonaviy mutaxassis o‘z faoliyatida bir kunda 30 mingtagacha so‘zni 
qo‘llashi mumkin. Bu esa verbal kommunikatsiyani boshqarishning zaruratini keltirib 
chiqaradi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, insonlar to‘g‘risidagi axborotlarning 35%ini 
verbal kommunikatsiya, 65%ini esa noverbal kommunikatsiya yetkazadi. Bunda 7%
verbal kommunikatsiya so‘zlar orqali, 28% ovoz orqali uzatiladi. Verbal va noverbal 
kommunikatsiya o‘zaro bir-birini to‘ldirib turadi. Bu xodisa kongruentlik (ham 
o‘xshashlik, ham tengligi, bir-birini to‘ldirishi) deb ataladi. Verbal kommunikatsiya 
yozma ko‘rinishda amalga oshirilganda shuni alohida ta’kidlash joizki, “ko‘rish 
uchun” va “eshitish uchun” mo‘ljallangan matnlar alohida farqlanishi va o‘ziga xos 
uslubda yozilishi talab etiladi. Chunki ma’ruzachi omma oldida so‘zlaganda noverbal 
kommunikatsiya vositalari orqali o‘z axborotini to‘laroq yetkazishga harakat qiladi. 
Gazeta va jurnallarda esa kitobxon va gazeta o‘quvchilar yolg‘iz o‘zlari bo‘ladi. 
Amaliy jihatdan bu ham gapirish, ham yozishga taalluqlidir:

 
nima kerak bo‘lsa, o‘sha narsani gapirish yoki yozish; 

 
qanday bo‘lsa, shundayligicha gapirish yoki yozish; 

 
qayerda kerak bo‘lsa, o‘sha joyda gapirish yoki yozish; 

 
qachon kerak bo‘lsa, o‘sha vaqtda gapirish yoki yozish; 

 
kimga kerak bo‘lsa, o‘sha kishiga gapirish yoki yozish; 
Bu ayniqsa iste’molchilar oldida doimiy chiqish qiluvchi yuqori pog‘ona 
menejerlari va iste’molchilar bilan doimiy ravishda ish olib boruvchi marketologlar 
uchun juda muhimdir. 

Download 5,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish