17
Kommunikatsiyani talqin qilganda shuni aytish joizki, kommunikativ
izlanishlar bilan bir qatorda mavhum, nazariy bilimlar haqiqiy voqelikdan uzoqlashib,
xulq-atvorning o‘rganilishi hamda amaliy hal qilinishi bevosita shunga qaratilgan.
Ammo izlanishlar sohasidagi masalada ham yaxlit fikrga kelinmagan. Ayrim olimlar
kommunikativistika – bu kommunikologiyaning bir ilmiy yo‘nalishi bo‘lib, axborot
tizimi paydo bo‘lishi va faoliyat yuritishi, ushbu tizimlarning tashqi ijtimoiy muhit
bilan aloqani amalga oshirishi,
shuningdek, turli tizimlarda ijtimoiy o‘zaro
munosabatlarning nazariy asoslari hamda amaliy sohalarini o‘rganadi, deb
hisoblaydilar.
Kommunikatsiyaning mohiyatini yoritib berishda quyidagi yondashuvlar
muhim o‘rin tutadi:
1. Kibernetik yondashuv. Kommunikatsiya maqsadga yo‘naltirilgan va teskari
aloqa tamoyili asosida boshqariladigan jarayondir. Ushbu yondashuvdan kelib chiqib,
tomonlarning
o‘zaro bir-biriga moslashuvini ham sezishimiz mumkin.
Kommunikatsiya jarayonini tashkil etuvchilar o‘z navbatida ushbu jarayonni
boshqaradilar.
2. Axborotga asoslangan yondashuv. Kommunikatsiya axborotlarni yuborish
va qabul qilish bilan bog‘liq jarayondir. Uning samaradorligi axborotlarni kodlash,
eng ishonchli uzatish vositalarini tanlashga bog‘liq bo‘ladi. Bunda eng asosiy
e’tiborni texnik va semantik shovqin hamda to‘siqlarni bartaraf etishga qaratish lozim
bo‘ladi.
3. Semiotik yondashuv. Kommunikatsiya o‘zaro belgilar,
qiymatlar
almashinuvi bo‘lib, har bir kommunikator auditoriya xususiyatidan kelib chiqqan
xolda o‘z axborotlarini maxsus kodlar orqali ifodalaydi.
4. Kognitiv yondashuv. Kommunikatsiyaning tarkibiy tuzilmasi bo‘lib rangli
bajarilgan, kognitiv-grafik elementlar xizmat qiladi. Kognitiv vizuallik birinchidan,
tomonlarning ko‘rish va fazoviy fikrlash qobiliyatini oshiradi, ikkinchidan, axborot
mazmunini o‘zida zich joylashtirish orqali oddiy surat yoki rasm orqali tizimli bilim
shakllanishiga yordam beradi, uchinchidan rangli suratlar axborotning qabul qilinishi
va
eslanish samarasini oshiradi, hamda estetik tarbiyalash vositasi bo‘lib xizmat
qiladi. Shu boisdan kompyuter texnikasi vositasida axborotlarni olish uchun shart-
sharoitlarni yanada takomillashtirish zarur bo‘lib qoladi.
5. Mantiqiy yondashuv. Kommunikatsiya mantiqiy fikrlashga asoslangan turli
suhbat, ishbilarmonlik uchrashuvlari, muloqot, sahna, hikoya, tarix va boshqalardan
iborat. Bunda samaradorlik kommunikatsiyani amalga oshirish va ijro etish
qoidalariga bog‘liq.
6. Talqiniy yondashuv. Barcha kommunikatsiya jarayoni o‘z mohiyatiga ko‘ra
izohlashga, sharhlashga va talqin qilishga asoslangan.
Bu jarayonda kommunikator
o‘z tilida turli ob’ektlarni sharhlaydi, ularga izoh beradi.
7. Tuzilmaviy yondashuv. Kommunikatsiya belgilar tizimi sifatida qaralib,
uning komponentlari - fonetik, grammatik, leksik birliklari o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘lanishdan iborat. Qarama-qarshi munosabatlarni tekshiruvchi oqim bo‘lib, bir
tomon haqiqiy, ilg‘orlikni targ‘ib etsa, ikkinchi tomon esa aksincha.
18
8. Tanqidiy yondashuv. Kommunikatsiya ma’lum ijtimoiy guruh, tashkilot
yoki jamoalarning zo‘ravonlik, bosim o‘tkazish, majburlashga yo‘naltirilgan
harakatlardir. Bu ayniqsa ommaviy kommunikatsiyada o‘z aksini topadi. Barcha
kommunikatsiya muayyan g‘oyani targ‘ib etadi. Manfaatlarning
xilma-xilligi
kelgusida ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar va davlatlar o‘rtasida nizolarning paydo
bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.
9.
Dialektik
yondashuv.
Kommunikatsiya
qarama-qarshiliklar
va
munozaralarga asoslanganligi, ularni uyg‘unlashtirish asosida shaxs va jamiyat
darajasida mavjud optimal qiymatni yaratishga asoslanadi.
Kommunikatsiyaning
mohiyatini
ochib
berishga
qaratilgan
bunday
yondashuvlar soni cheksiz. Ular asosida kommunikatsiya faoliyatining turli bilim,
malaka va ijodiy ko‘nikmalarni talab etuvchi murakkab funksiyalari shakllanib
boradi. Marketing sohasi mutaxassislari uchun bu funksiyalar quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: