174
7-BOB. MARKETING KOMMUNIKATSIYASIDA DIREKT-MARKETING
Reja:
7.1. Direkt-marketing haqida tushuncha
7.2. Direkt-marketingning turlari
7.3.
Marketing
ma’lumotlar
bazasini
boshqarish
va
CRM
texnologiyasidan foydalanish
7.4. Elektron biznes va elektron marketing
7.1. Direkt-marketing haqida tushuncha
Direkt-marketing marketingning ajralmas bir qismi hisoblanib, marketing
kommunikatsiyasining boshqa vositalaridan tubdan farq qiladi. Direkt-marketing
iste’mol tovarlari yoki xizmatlarni ommaviy reklama qilish tadbiri emas,
balki ular
to‘g‘risida-to‘g‘ri ma’lumotlar yetkazib berishdir.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar eng avvalo mahsulotlar sotilishiga qaratiladi. Biroq
direkt-marketingning turizm sohasidagi asosiy xususiyatlaridan biri bu potensial
mijozlarga qaratilganligidir. Turizmda direkt-marketing quyidagilarga yordam beradi:
−
mijozlarni jalb qilish;
−
iste’molchilarning sodiqligini oshirish;
−
takroriy haridlar uchun mustahkam asos yaratish;
−
haridorlash ishonchini qozonish;
−
taklif qilinayotgan tovar va xizmatlar uchun maqsadli auditoriyani aniqlash
va uning fikrini aniqlash;
−
harid chastotasini ijobiy tomonga o‘zgartirish va eng samarali harid
assortimentini shakllantirish;
−
direkt-marketing samaradorligini oshirish uchun muhim hisoblangan
ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
Direkt-marketingning boshqa kommunikatsiya vositalaridan farqli jihatlari
quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
Birinchidan, direkt-marketingni qo‘llaydigan firma va kompaniyalar tovarlarni
va ular haqida ma’lumotlarni chakana iste’molchilarga tijorat vositachilari orqali
emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib beradilar. Ayrim firma va kompaniyalarda esa,
chakana savdo do‘konlari ham mavjud bo‘ladi, ammo bu do‘konlar biznesning juda
kam ulushini tashkil etadi.
Ikkinchidan, direkt-marketing shaklidagi kommunikatsiya nafaqat firma va
kompaniyalarning imidjini mustahkamlash
yoki tovar haqida bildirish, balki
haridorlarga javob reaksiyasi hamdir. Masalan, ayrim tovarlar reklamasi
iste’molchilarda qisqa muddat ichida o‘zgarishlar keltirib chiqarmaydi, balki ularning
iste’molchilarida buyurtma berish yoki qo‘shimcha ma’lumot olishni rag‘batlantiradi.
Bundan tashqari direkt-marketingda iste’molchilar bilan OAV orqali emas,
balki maxsus kommunikatsiya vositalari bilan muloqotlar o‘rnatiladi. Masalan,
175
bunday vositalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri pochta jo‘natmalari, kataloglar, elektron pochta,
maxsus televizion aloqa kanallari taalluqli.
Direkt-marketing g‘oyasi yaqinda paydo bo‘lgan tushuncha emas. Dastlabki
to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish bilan bog‘liq kataloglar Benjamin Franklin tomonidan 1744
yilda yaratilgan bo‘lib, unda ilmiy adabiyotlar va darsliklar taklif qilingan edi.
Dastlabki direkt-marketing amaliyotini Montgomery Word kompaniyasi 1872 yilda
joriy qildi. Montgomery Word kompaniyasi 1950 yillarga qadar dunyodagi eng katta
va mashhur direkt-marketing amaliyotchisi bo‘lib qoldi. XXI asr esa tom ma’noda
direkt-marketing va reklama asridir.
Direkt-marketingning bunday ommaviylashib ketishi uning vaziyatga
moslashuvchan usullari mavjudligi, nafaqat tovarlar va xizmatlar haqida ma’lumotlar
berish, balki keyinchalik iste’molchilar bilan aloqaga kirishish imkoniyatining
mavjudligi bilan ham izohlanadi. Bunday teskari aloqa tizimining mavjudligi direkt-
marketingning kelgusida munosabatlar marketingini
vujudga keltirishini ham
anglatadi. Direkt-marketingdan kataloglar bo‘yicha buyurtmalar olishda, sotish
bo‘yicha turli tadbirlar uyushtirishgda, haridorlarni firma ofislariga yoki chakana
savdo magazinlariga jalb qilishda foydalanish mumkin. Ayniqsa, ommaviy
sotiladigan tovarlar ishlab chiqarmaydigan sanoat korxonalari uchun bu xos bo‘lib,
bir vaqtning o‘zida bitimlar tuzish, harid qilish imkonini yaratadi. Masalan,
avtosalonlarga mijozlarni jalb qilish, bir vaqtda bitim
tuzish va sotish mumkin
bo‘ladi.
Direkt-marketing axborot uzatishning aniq kanallariga xos va juda
egiluvchandir. Direkt-marketingga yo‘naltirilgan harajatlarning asosiy qismi elektron
marketing, keyin esa telefon marketing, pochta jo‘natmalari, telemarketing va
shundan keyingina OAV sarflanadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra yaqin yillarda
direkt-marketing orqali sotilgan tovar va xizmatlarning ulushi 25-30% ga yetadi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki bu yerda direkt-marketing va to‘g‘ridan-
to‘g‘ri reklama murojaat o‘rtasidagi farqni anglash juda muhim. Direkt-marketing –
marketing kommunikatsiyasining interaktiv vositasi bo‘lib, kompaniya haqidagi
ma’lumotlar bir yoki bir nechta vositalar orqali tarqatiladi. Ushbu ma’lumotlar teskari
aloqa tamoyiliga ega bo‘lib, miqdoriy o‘lchovga ega bo‘lgan axborotlar tarqatish
manbaining joylashvidan qat’iy nazar javob reaksiyasi(buyurtma, bitim, shartnoma)
tarzida
olinadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri reklama murojaati direkt-marketingning
vositalaridan biri bo‘lib, harid haqida qaror qiluvchi
guruh yoki shaxslarga
yo‘naltiriladi.
Direkt-marketingning asosini iste’molchilar kartotekasi yoki iste’molchilarning
ma’lumotlar bazasi tashkil qiladi. Direkt-marketingning javob reaksiyasi tovarni
harid qilish yoki buyurtmaning shakllantirilishidir. Ommaviy reklamaning
iste’molchilari noaniq bo‘lib, ular ma’lum ommaga qaratiladi. Direkt-marketing esa
doimo muayyan guruhlar va ayrim shaxslarga qaratiladi va bu albatta harid haqida
qaror qabul qilinishi bilan yakunlanadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri reklama murojatining javob reaksiyasi natijasida qo‘shimcha
axborot olish, buyurtma berish va harid qilish imkoniyati paydo bo‘ladi, ammo
tovarlarni sotish reklama bo‘yicha mutaxassis tomonidan emas, bevosita sotish
176
bo‘yicha mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda
direkt-marketing jarayon sifatida tovarlarning sotilishini o‘z ichiga oladi, reklama
murojaati esa yo‘q.
Direkt-marketingning asosiy vositasi sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri
sotishning
barcha turlari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri reklama murojati, maxsus davriy nashrlardan
foydalanish qaraladi. biroq bugungi kunda shaxsiy sotish, telemarketing va Internet
bunda muhim o‘rin egallamoqda. Bu zamonaviy marketing konsepsiyasi bilan
bog‘liq bo‘lib, kommunikatsiyalar tovar va xizmatlarni sotish nuqtai nazaridan emas,
balki tovar va xizmatlarni sotish maqsadida iste’molchilar bilan o‘zaro
munosabatlarni olib borish sifatida qaraladi. Bunday yondashuv munosabatlar
marketingini angatib, teskari aloqa tamoyiliga yo‘naltirilgan. Shu bois munosabatlar
marketingida asosiy diqqat e’tibor reklama yoki PRga emas, sotishni rag‘batlantirish
va direkt-marketingga qaratilgan.
Direkt-marketingdan foydalanadigan firma va kompaniyalar alohida haridorlar
va tor segmentdagi iste’molchilarga tobora ixtisoslashib boradilar. Ularning
ko‘pchiligi uchun direkt-marketing bitimlar tuzishga yo‘naltiriladi,
biroq keyingi
paytlarda ko‘pgina firma va kompaniyalar nafaqat maqsadli iste’molchilarni qamrab
olish, balki ular bilan uzoq muddatli, naf keltiruvchi munosabatlarga asoslangan
munosabatlar marketingi yoki individuallashgan marketingga ham alohida e’tibor
qaratmoqdalar.
Ommaviy marketingdan munosabatlar marketingi yoki individuallashgan
marketingga o‘tish uy xo‘jaliklarida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, murakkab
texnologik tovarlar va xizmatlarning paydo bo‘lishi, sotish va to‘lovning yangi
shakllarining yaratilishi, raqobat kurashining jadallashuvi,
yangi taqsimot
kanallarining rivojlanishi va zamonaviy axborot texnologiyalarining keng
qo‘llanilishi bilan izohlanmoqda [29,155].
Ommaviy marketing va individual marketing o‘rtasida farqlarni quyidagicha
alohida ajratib ko‘rsatishimiz mumkin (7.1-jadval)
Do'stlaringiz bilan baham: