6.10. Nasos stansiyalarini avtomatlashtirish darajasi
128
Nasos agregatlari va uskunalari avtomatik ravishda ishga tushirilganda
boshqaruv signali xar bir agregat yoki uskunaga alohida mexanizmlarni ketma-ket
ishga ishga teshirish, to‘xtatish va normal ish holatlari ta’minlanadi. Agregatlarni
avriya holatida ishdan to‘xtab qolishi, turli ishdan chiqish holatlarida avtomatik
himoya va signallash vositalari bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari nasos
stansiyalarida bir qator markazlashgan uskunalar texnik suv ta’minoti, vakuum
tizim, ventilyatsiya isitish tizimi ham avtomatlashtirilishi zarur.
Nasos stansiyasining belgilangan texnologik jarayoni sug‘orish tizimini
avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi sifatida quriladi. Avtomatlashtirilgan nasos
stansiyalarida nasos agregatlari va markazlashtirilgan uskunalar personal xodimlar
tomonidan beriluvchi birlamchi impulslar asosida boshqariladi. Bu holda alohida
uskunalar avtomatik rejimda ishlaydi. Bunday uskunalar soni ekspluatasiya
rejimlari asosida aniqlanadi.
Programmali boshqaruvda maxsus programmali uskuna yordamida barcha
agregat va mexanizmlarning ish rejimi moslanadi (masalan bir yoki bir necha
dastur avtomatik ravishda amalga oshiriladi). Programmali boshqaruvda
avtomatlashtirilgan tizimdan farqli ravishda xizmatchi xodimlar alohida
agregatlarni ishini boshqarmaydilar. Programmali qurilma ishga tushgandan so‘ng
stansiya avtomatik rejimda ishlay boshlaydi.
Avtomatik stansiyalarda barcha operetsiyalar xizmatchi xodimlarsiz
bajariladi. Ish jarayoni rejimlari maxsus datchiklar va avtomatik rostlash tizimlari
asosida amalga oshiriladi (M. metrolagik parametrlar asosida extiyojga ko‘ra va
boshqarishga ko‘ra sug‘orish).
Stansiyaning ish rejimi uning ish rejimi va sug‘orish tizimining
avtomatlashtirilish darajasiga bog‘lik.
GM tizimlarida nasos stansiyalarining bir necha asosiy turlari mavjud.
- asosiy nasos stansiyalari
- suv tortish nasos stansiyalari
- suv tortish nasos stansiyalari kaskadlari
- quritish va quritish- sug‘orish nasos stansiyalari.
Berilgan xar bir stansiyasi sug‘orish tizimining avtomatlashtirish darajasi
va texnologik ish tartibiga ko‘ra yarim avtomatik programmali va avtomatik
rejimda bo‘lishi mumkin.
Agar tizimda beriluvchi sarf oldindan ma’lum bo‘lmasa ulangan
iste’molchilar soniga ko‘ra nasos stansiyalari avtomatik rejimda extiyojga ko‘ra
ishlaydi. Quritish stansiyalari ham avtomatik rejimda quritilayotgan kollektor
sathiga ko‘ra ishlaydi.
129
Do'stlaringiz bilan baham: |