1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

Elektron pochta reklamasi. 
Odatda elektron pochta reklamasi potensial 
mijozlarning E-mail adreslarga tovar va xizmatlar to‘g‘risida ma’lumot yoki 
gipermurojaat shaklida yuboriladi. E-mail reklama odatda kompaniya Web sahifasida 
ro‘yxatdan o‘tgan mijozlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, to‘lov to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar yoki maxsus kodlar ham E-mail reklama tarzida yuborilishi mumkin. E-
mail reklamaning kamchiligi shundan iboratki, bunday reklamalarni pochta tizimlari 
spam(spam) deb qabul qiladi va spam-filtrlarida tutib qolinishi mumkin [31,334-335]. 
Ta’kidlash joizki, internet reklama samaradorligi va bozor ulushining sezilarli 
darajada o‘sishi bilan bir vaqtda uning asosiy sohalari avtomobil, texnika va 
texnologiya, ko‘chmas mulk va chakana savdo bo‘lib qolmoqda. Turizm va 
mehmonxona industriyasi internet-reklama rivojlanishida asosiy sohalardan biri 
hisoblansada, reklama bozoridagi ulushining o‘sishi boshqa sohalar bilan 
proporsional o‘sishga erisha olmaydi. Shuningdek bu faoliyat u darajada katta bo‘la 
olmaydi. Sohada muvaffaqiyatning asosiy omili keng polosali internet 
imkoniyatlaridan foydalanish bo‘lib, multimedia texnologiyasining internetdagi 
reklamada qo‘llash, ayniqsa video va audio fayllardan foydalanishda namoyon 
bo‘lmoqda. Bu o‘z navbatida YouTube va MySpace, turizm va sayohat maqsadlarida 
foydalaniladigan turli aralash saytlar orqali foydalanuvchilar kontentining o‘sishi 
bilan bog‘liq [30,262-263]. 
Internet 
texnologiyasining 
joriy 
etilishi 
ommaviy 
ovqatlanish 
va 
mehmondorchilik industriyasi uchun bilvosita munosabatlar sifatida qabul qilinsada, 
bunday texnologik o‘zgarishlar yordamida ma’lum naflikka erishish mumkin. Ayrim 
mehmonxona tarmoqlari mavjud texnologiyalar yordamida audio-vizual vositalarni 
qamrab olgan va maqsadli auditoriyada ijobiy taassurot qoldirishga xizmat qiluvchi 
dinamik veb-saytlarni yaratishga katta e’tibor qaratadilar. Bu saytga interaktiv va 
vizual elementlarni qo‘shish imkonini, sayt orqali mehmonxona bo‘ylab virtual 
sayohat qilish imkonin beradi va mehmonxona uchun qulay muhit yaratib beradi. 
Mehmonxonalar uchun vositachi-saytlarini yaratish butik-otel yoki mass-market 
(ommaviy do‘kon) kabi eng ommaviy bo‘lgan mahsulotlarni sotishga qaratilgan 


199 
bo‘lib, arzonlashtirilgan xonalarni sotish, bron qilishga mo‘ljallanadi (masalan, 
http://www.laterooms.com). Bu esa iste’molchilarga sayohat davrida turning turli 
elementlarini alohida-alohida bron qilish imkoniyatini yaratadi. Onlayn-serverlar 
yordamida alohida va mukammal turpaketlarni ishlab chiqish elektron vositachilar 
sonining ortishiga, onlayn yoki offlayn rejimda ishlaydigan yangi mahsulotlar 
yaratish, yangi turistik mahsulotlarni ishlab chiqish va reklamaning yangi 
yo‘nalishlarini izlab topish imkonini beradi [30,263]. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish