1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

Internet reklama. 
Matn va
 
gipermedia texnologiyalari yordamida matn, 
tovush, tasvir, animatsiyalarning uzatilishi bo‘lib, turli foydalanuvchilarning diqqatini 
jalb qilishga mo‘ljallangan. Interent reklama banner, web-sahifa, yuguruvchi satr 
ko‘rinishda bo‘ladi [30,264-266]. 
Ta’kidlash joizki, turistik xizmatlar bozori axborotlari ulkan bozor hisoblanib, 
brendlar uchun ham o‘z marketing kommunikatsiyalarini yo‘naltirish uchun 
ahamiyatlidir. Axborotlarni qidirish va onlayn haridlar yaqin 5 yil ichida barqaror 
o‘sish suratiga ega. Shuningdek, internet-reklama bozorining jadal o‘sishi saqlanib 
qoladi. Bu internet-reklamaning reklama tarixida eng tez rivojlanayotgan turi 
ekanligidan dalolat beradi [30, 264]. 
Onlayn-kommunikatsiya strategiyasi ko‘p jihatdan korxonalarning an’anaviy 
strategiyalariga o‘xshash bo‘ladi. Bugungi kunda deyarli barcha kompaniyalarning 
o‘z sayti mavjud bo‘lib, potensial mijozlar kompaniya tomonidan taklif qilinayotgan 
tovarlar, xizmatlar va turli takliflar to‘g‘risida zarur axborotlarni izlashi mumkin. 
Veb-saytlar kompaniyalarning maqsadli axborotlarni yo‘naltirishga qaratilgan 
integratsiyalashgan marketing kommunikatsiyalarining tarkibiy qismi bo‘lishi 
mumkin. Shu bois, saytlar muntazam ravishda aynan yo‘naltirilgan operatsiyalarga 
ixtisoslashib bormoqda. Shuning uchun ularning funksionalligi harid jarayonida 
imkon qadar katta hajmdagi axborot oqimini taqdim qila olishi kerak. Onlayn-


198 
reklama eng avvalo xabar berish, brend to‘g‘risida xabardor qilish, yangi 
munosabatlarni shakllantirish va o‘zgartirish, harakatga, ya’ni harid qilishga yoki 
qo‘shimcha axborot olishga undash, mijozlar sodiqligini saqlab qolish va mijozlar 
bazasini shakllantirishga qaratilishi kerak [265]. 
Internet banner 
tovar va xizmatlarning turli grafik tasvirlari piktogrammasidan 
iborat bo‘lib, GIF, JPG yoki JAVA formatida saqlanadi. Bannerlar Web sahifalarga 
joylashtiriladi va reklama beruvchining serveriga gipermurojaat shaklida 
yo‘naltiriladi. Banner reklamaning afzalligi fayllar almashinuvida axborot hajmini 
kamaytirish va ko‘proq axborotlar berilishini ta’minlashdir. Bannerlar turli 
o‘lchamdagi knopkalardan iborat bo‘lib, to‘liq (468x60), yarim o‘lchamdagi 
(234x60), kvadrat (125x125) va vertikal (120x240) turlarda bo‘ladi. Aksariyat banner 
reklamalar “sehrli jumla” – Click here (shu joyni bosing) bilan boshlanadi. 
Shuningdek, kontekst reklama ham mavjud bo‘lib, odatda qidiruv satridan keyin 
joylashadi. 
Mamlakatimizda 
eng 
ko‘p qo‘llaniladigan kontekst reklama 
Yandeks.Direkt, Google AdWords va MediaTargetdir [30,268]. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish