1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

Elektron tovar va xizmatlar. 
Elektron bozorning asosiy ishtirokchilari tovar 
ishlab chiqaruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalar hisoblanib, ular internetdan 
o‘z tovar va xizmatlarini iste’molchilarning yangi guruhlariga taklif qilish, marketing 
tadqiqotlari o‘tkazish, kommunikatsiya o‘rnatish, bitimlar tuzish va to‘lovni amalga 
oshirishda foydalanadilar. 
Internet bozor sifatida o‘zining elektron, raqamli yoki axborot ko‘rinishidagi 
maxsus tovariga ega. Masalan, elektron to‘lov, elektron xatlar, jurnal, gazeta va 
kitoblarning elektron shaklini elektron bozor tovarlari hisoblanadi. 
Bugungi kunda xizmatlar ham elektron shaklda bo‘lishi mumkin. Masalan, 
Amazon.com sayti doimiy mijozlar uchun maxsus oyna orqali elektron kitoblar 
savdosiga oid eng so‘nggi yangiliklar berib boriladi. Ushbu sayt orqali harid qilinsa, 
soliq to‘lovlari, pochta xizmati va boshqa qo‘shimcha xizmatlar to‘lov amalga 
oshirilishi bilan bir vaqtda to‘ldiriladi va shu ondayoq to‘lab beriladi. Shuningdek, 
dunyoning yetakchi muzeylari ham ma’lum to‘lov amalga oshirilishi bilan o‘z 
zallarida virtual ekskursiyani taklif etadi. 
Ayrim moddiy shaklga keltirib bo‘lmaydigan tovar va xizmatlarni ham 
elektron shaklda ifodalash mumkin. Masalan, insonning bilimi, malakasi, tajribalarini 
maxsus dasturlar, amaliy dasturlar paketi orqali elektron magazindan harid qilish, 
yoki sovg‘a tariqasida yuklab olish mumkin. Kutubxonalarda kitob, jurnal, gazeta, 
ilmiy maqola va dissertatsiyalardan nusxa olish, ayrim jumla va havolalarni ko‘chirib 
olish xizmatlari ham bugungi kunda elektron shaklda amalga oshiriladi.
Elektron tovarlarning konvergensiyasi, nomoddiy shaklga ega bo‘lishiga 
qaramasdan ularni tasniflash mumkin. 


195 
7.7-jadval 
Elektron tovarlarning tasniflanishi 
axborot ko‘ngilochar 
mahsulotlar 

ommaviy axborot vositalari; 

tovarlarning xususiyati, tarkibi foydalanish yo‘riqnomasi; 

grafik materiallar: fotosurat, tabrik otkritkalari, kalendar, 
haritalar; 

audio-materiallar: musiqa, nutq, chiqish, taqdimotlar; 

video-materiallar: kino, televizion dasturlar. 
belgi, jetonlar

aviabiletlar, mehmonxona, konsert nomerlarini bron qilish, 
sport tadbirlari; 

moliyaviy sertifikatlar: chek, elektron to‘lov, kredit 
kartochkalar 
xizmatlar 

turli to‘lov shakllari; 

elektron xabarlar: xat, faks, telefon qo‘ng‘iroqlari; 

biznes-jarayonlar: buyurtma, buxgalteriya o‘tkazmalari, 
hisob, shartnomalar; 

auksion va elektron tijorat; 

masofaviy o‘qitish, tibbiy va boshqa interaktiv xizmatlar; 

interaktiv o‘yinlar 
Elektron tovarlarning o‘ziga xos jihatlari quyidagilar: 
– buzilmasligi. 
Elektron tovar va xizmatlar eskirmaganligi bois bozorda har 
doim mavjud bo‘ladi va istalgan vaqtda iste’mol qilinishi mumkin. Bu 
korxonalarning nafaqat yangi tovarlari bilan, balki ilgari ishlab chiqarilgan 
mahsulotlari bilan ham raqobatlashish imkonini beradi. 
– o‘zgaruvchanligi. 
Elektron tovarlar o‘zgaruvchan bo‘ladi. Masalan, turistik 
shahar ob-havosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni istalgancha uzoq vaqt saqlash mumkin. 
Kun o‘zgarishi bilan ob-havo ma’lumotlari ham o‘zgaradi. Natijada ushbu xizmat 
ham o‘zgargan hisoblanadi. Shu bois elektron tovarlarni istalgan vaqtda yangilash 
mumkin. Aksincha, ularni yangilash salbiy oqibatlarga olib kelishi, ma’lumotlarning 
qo‘pol ravishda o‘zgartirilishi yoki mualliflik huquqining buzilishiga olib keladigan 
bo‘lsa, maxsus dasturiy vositalar yordamida himoya choralari ko‘riladi. Masalan, 
turli Farmon, qaror, buyruqlar, fotosuratlar yoki elektron kitoblar aksariyat hollarda 
*.pdf shaklda yaratiladi. Bu shakldagi ma’lumotlarni maxsus yaratilgan Adobe’s 
Acrobat, FoxitFantom Adobe Acrobat Reader dasturlari yordamida o‘qish mumkin.
Xizmatlarning
sezilmaslik, saqlanmaslik, sifatning doimiy emasligi, servisning 
manbaidan ajralmasligi
kabi o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligi bois, elektron 
bozorda sotish murakkabdek tuyuladi. Biroq, elektron shaklga o‘tish xizmatlarning 
ushbu xususiyatlarini bartaraf yetishga imkon beradi (7.8-jadval). 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish