1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

Internet-reklamaning turlari 
Internetda reklama mohiyatan uch xil formatda amalga oshadi: 
1. qidiruv marketingi (search marketing) –internet qidiruv tizimlarida 
joylashtirilgan reklamaning umumiy nomidir. Qidiruv reklamasi foydalanuvchilar 
saytga kirishi bilan ishga tushadi. Masalan, Yahoo, Google, Ask va boshqalar saytga 
kirishingiz bilan kalit so‘zni kiritishingizni so‘raydi. Qidiruv natijalari 
foydalanuvchiga homiylik va homiylik qilinmagan ro‘yxat shaklda tasvirlanadi. 
Reklama ishoratlari reklama beruvchi kompaniyalar tomonidan pul to‘langan 
ro‘yxatda tasvirlanadi. 
Ba’zan uni kompaniyalar qidiruv so‘zlarini “harid qiluvchi sayt” “sayt 
marketingi” ham deb atashadi. Chunki ularning saytlarida foydalanuvchi tomonidan 
qidirilayotgan so‘zlar maxsus belgi bilan alohida ajratilgan holda qidiriladi va 
ro‘yxatga kiritiladi. 
Boshqa atamasi “klik uchun to‘lov” bo‘lib, bunda kompaniyalar saytdagi 
ishoratga har bir murojaati (klik) uchun haq to‘lashadi.
Qidiruv marketingi o‘ziga xos raqobat arenasi hamdir. Bunda kompaniyalar o‘z 
tovar va xizmatlari to‘g‘risidagi “kalit so‘z (qidiruv so‘z)”ni qidiruv tizimlariga 
kiritish uchun homiylik qilishlari mumkin. Shuning uchun reklama beruvchilar biznes 
uchun dolzarb bo‘lgan qidiruv tizimlarida pullik asosida joylashtirishga harakat 
qilishadi. Qidiruvni optimallashtirish SEO (search engine optimization) bu 
kompaniya saytini eng taniqli bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan jarayon bo‘lib, 
qidiruv natijalariga ko‘ra kompaniya qidiruv tizimlari uchun haq to‘laydi. Bu “paid 
inclusion” deb ataladi. Qidiruvni optimallashtirish (SEO)da kompaniya saytiga 
yo‘naltiruvchi ishorat qidiruv chog‘ida doimiy ravishda ko‘rinib turadi. Ayrim 
hollarda buning imkoniyati bo‘lmasada, kompaniya nomi atamalarning statistik 
ahamiyatini tartibga solishda eng ko‘p qidirilgan so‘z sifatida ham ko‘rinib turishi 
mumkin [30, 266-267]. 
2. tasnifiy reklama (classified advertising) – tematik kategoriya bo‘yicha 
maxsus guruhlangan reklama xabarlari bo‘lib, reklamaning internet shaklidir. 
masalan,
“ishchi kerak, talab qilinadi”,”sotiladi”
). Tasnifiky reklamalar gazeta 
orqali berilgan taqdirda ularga ajratilgan joyga qarab pul to‘lanadi. Internet orqali 
e’lon qilinganda esa tovarlar sotilishi yoki talab qilingan narsaning topilishi tufayli 
bunday reklamalarni bepu joylashtirish ham mumkin. Tasnifiy reklamalar ma’lum bir 
tasnif bo‘yicha guruhlanganligi bois arzonga tushadi va aynan bir kompaniya 
manfaatini ko‘zlamaydi. Tasnifiy reklamaning “telefonlar sotiladi”, “Oshxona 
jihozlari sotib olamiz”, “santexnika xizmatlari”, “o‘ta maxfiy” kabi toifalari mavjud. 


200 
Mazkur reklama e’lonlaridan asosan reklama byudjetiga ega bo‘lmagan 
jismoniy shaxslar, kam byudjetli kompaniyalar keng foydalanishlari mumkin[30, 
268]. 
3. tasviriy reklama (display advertising) – Internet-reklama keyingi yillarda 
dastlabki shakllardagi ko‘rinishda ham jadal rivojlanmoqda. An’anaviy bosma 
reklamalarning media va onlayn shakli bir nechta harakatlanuvchi tasvirlarni o‘z 
ichiga oladi. Odatda ular ekranda joylashishiga qarab “banner” yoki 
“osmono‘par”deb ataladi. Ular “bo‘linib-bo‘linib chiqadigan reklama” yoki “qalqib 
chiquvchi oyna” shaklda bo‘ladi. Bunday reklama e’lonlari reklama beruvchining 
saytida xosterga murojaat qilinishi bilan yangi oynada avtomatik tarzda paydo 
bo‘ladi. “qalqib chiquvchi oyna” keng turlari mavjud bo‘lib, Pop-up shaklda yoki 
yopmagunga qadar ochiq turuvchi pop-ander (pop-unders) shaklda ko‘rinadi. Bunday 
reklama turlari iste’molchilar tomonidan ko‘pincha ularga majburlash xususiyatiga 
ega ekanligi bois tanqid qilinadi. Ko‘pchilik iste’molchilar bunday reklama 
kontentlarini maxsus dasturlar yordamida avtomatik tarzda ta’qiqlashni ma’qul 
ko‘rishadi. Shu bois kompaniyalar iste’molchilar bilan onlayn tarzda aloqa 
o‘rnatishga asoslangan puxta strategiyalarni o‘ylab topishlariga to‘g‘ri keladi. 
Keyingi vaqtlarda iste’molchilar bilan kamroq ziddiyatga olib keluvchi va ularning 
g‘ashiga tegmaydigan reklama shakllari ishlab chiqilmoqda. 
Internet va marketing kommunikatsiyalari asosida maxsus reklama atamalari 
lug‘ati ishlab chiqilgan. IAB (
www.iabuk.net
) yangi va bugungi kunda kerakli 
bo‘lgan internet-reklama bo‘yicha glossariy ishlab chiqqan bo‘lib, u zamonaviy 
tushuncha va atamalar asosida boyitilgan [30, 266]. 
7.5-rasmda onlayn-reklama harajatlarining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha 
taqsimlanishi keltirilgan. Bu reklama harajatlarinining asosiy manbaigina bo‘lib 
qolmasdan eng jadal suratlar bilan rivojlanayotgan internet-reklama formati hamdir. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish