1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


  7.2. Direkt-marketingning turlari



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

181 
7.2. Direkt-marketingning turlari 
Direkt-marketingning asosiy turlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
– shaxsiy sotishlar – bir yoki bir nechta potensial mijozlar bilan taqdimotlar 
uyushtirish, suhbat, muzokara olib borish, buyurtma qabul qilish va bitim tuzish 
maqsadida bevosita munosabatlar o‘rnatish;
– direkt-meyl – manzilli va manzilsiz pochta jo‘natmalari, reklama materiallari, 
buklet va boshqa reklama xususiyatiga ega bo‘lgan materiallarni haridorlar manziliga 
tarqatish yoki elektron pochta orqali jo‘natish; 
– katalog-marketing (kataloglar bo‘yicha sotish) – haridorlarga tovarlar 
katalogini pochta orqali jo‘natish, ko‘rgazma va magazinlarga kataloglar jo‘natish;
– telefon orqali sotish (telefon marketing) – haridorlarga tovar va xizmatlarni 
sotishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefondan foydalanish;
– televizion murojaat (telemarketing) —tovar va xizmatlarni teleko‘rsatuv yoki 
radioda murojaat qilish va teskari aloqa vositasida sotish (bunda ma’lum 
telekanallarda firma videomateriallari namoyish qilinadi va ekranda telefon raqam, 
firma manzili, bog‘lanish markazlari berib boriladi);
– interaktiv (onlayn) marketing – muayyan vaqt oralig‘ida kompyuter aloqasi 
orqali interaktiv xizmatlar ko‘rsatish orqali sotish tushuniladi [31,315]. Masalan soliq 
qo‘mitasi saytida STIRni aniqlash, davlat xizmatlaridan foydalanish.
Direkt-marketingda muvaffaqiyatning muhim omillaridan biri har bir potensial 
mijozlar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasining mavjudligidir. Zamonaviy firma va 
kompaniyalarda 
potensial 
mijozlar 
to‘g‘risida ulkan ma’lumotlar bazasi 
shakllantirilgan bo‘lib ular haridorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni geografik, 
demografik, psixografik, hattoki xulq-atvor xususiyatlarga ko‘ra saralash imkonini 
beradi. Bunday ma’lumotlar bazasi potensial mijozlarni qidirib topish, tovar va 
xizmatlarni modifikatsiyalash va muayyan ehtiyojlarni e’tiborga olgan xolda ishlab 
chiqarish va bu iste’molchilar bilan uzoq muddat aloqalar o‘rnatishga imkon beradi. 
Direkt-meyl (direct-mail) o‘zbek tiliga tarjima qilinganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
pochta tarqatmalarini anglatadi. Bunda kommunikator manzil egasiga yozma 
ravishda pochta orqali murojaat qiladi (manzil bo‘yicha yetkazib berish, manzil 
bo‘yicha tarqatish, elektron pochta).
Direkt-meyl tadbirlarining samaradorligi boshqa reklama vositalariga 
qaraganda yuqori bo‘lib, uning iqtisodiy samarasini aniqlash reklama samaradorligini 
aniqlashga nisbatan ishonchli va aniqroq natija beradi. Odatda direkt-meyl 
litsenziyalar, texnologiyalar, kitob, gazeta va jurnallar obunasi, sug‘urtalash, turli 
xizmatlarni sotish jarayonida samarali qo‘llaniladi.
Direkt-meylning muhim afzalliklaridan biri undan bozorni tadqiq qilish 
vositasi sifatida ham foydalanilishidir. Buning uchun bozor to‘g‘risida zarur 
ma’lumotlarni to‘plash maqsadida potensial mijozlar va ayrim iste’molchilarga bozor 
to‘g‘risidagi savolnomalar tarqatiladi. Olingan ma’lumotlar qayta ishlanib kerakli 


182 
qarorlar qabul qilinadi. Boshqa xollarda esa bunday tadbirlar uchun katta miqdordagi 
moliyaviy mablag‘lar va ma’lum bir vaqt sarflashga to‘g‘ri kelgan bo‘lardi [31,312].
Direkt-meylni reklama bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, davriy nashrlardagi 
reklamalarni kishilar doimiy ravishda kuzatish va eslab qolish yoki taxlil qilish 
imkoniga ega emaslar. Shuningdek, televizion kanallarni ham barcha iste’molchilar 
ham bir xilda va bir vaqtning o‘zida tomosha qila olmaydi. Direkt-meyl reklamaga 
xos bo‘lgan chalg‘itish xususiyatiga ega emas va odatda potensial mijozlar va 
kelgusida firma haridoriga aylanishi mumkin bo‘lgan iste’molchilar uchun zarur 
bo‘lgan axborotni tarqatadi.
Reklamaning barcha turlari iste’molchilarni tovarlar bilan tanishish, ularni 
harid qilishlari uchun magazinlar tomon yo‘naltiradi. Direkt-meyl esa tovar va 
xizmatlar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni o‘zida aks ettirgan bo‘lib, 
iste’molchilarni tovar bilan oldindan tanishmasdan harid qilishga imkon beradi va 
shu bilan birgalikda ular bilan uzoq muddat munosabatlarni saqlab qoladi.
Direkt-meyl to‘g‘ridan-to‘g‘ri pochta orqali tarqatilganligi bois, uning o‘rami 
ham dizaynerlik konsepsiyasiga javob berishi lozim. Ushbu o‘ramlar oddiy pochta 
o‘ramlaridan farqlanib turishi, qabul qilib oluvchida uni ochib ko‘rish ishtiyoqini 
yanada oshirishi lozim. 
Direkt-meyl tarqatmalariga badiiy bezak berish odatda pochta konverti, xat, 
reklama prospekti(reklama harakteridagi savdo-sotiq ma’lumotnomasi), javob 
varaqasi va qaytarish varaqasidan iborat bo‘ladi.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish